«Adventure Time» (tarjimasi «Sarguzaşt vaqti») — yigit Finn va şaklini özgartira oladigan it Jake haqida. Ular falokatdan söng qolgan Ooo olamida sarguzaştga otlanadilar. Ularning har bir sayohati syurrealistik hodisalarga boy.
Serialni Pendleton Ward yaratgan, rejissyorlari Larry Leichliter va Cole Sanchez. Janri — fentezi, sarguzaşt va komediya. Studiya — Cartoon Network Studios. Serial 2010-yil 5-aprelda Cartoon Network telekanalida efirga çiqdi va 2018-yil 3-sentabrda yakunlandi. Serial sakkiz marta «Primetime Emmy» mukofotiga sazovor böldi, Peabody mukofotini ham oldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
·Ensiklopediyadan
Adventure Time (tarjimasi „Sarguzaşt vaqti“) Cartoon Network telekanali buyurtmasiga binoan Pendleton Ward tarafidan yaratilgan Amerika animatsion teleserialidir. Keyinçalik, multserialni işlab çiqariş Frederator Studios tarafidan davom ettirildi. Ilk marotaba 2008-yilda Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatildi, keyinçalik efirga uzatiş huquqini Cartoon Network telekanali sotib oldi va 5-aprel 2010-yildan uşbu animatsion serialni efirga uzatişni boşladi. Serial Finn va uning ögay ukasi Jakening birgalikdagi sarguzaştlari haqida hikoya qiladi.
Animatsion serial turli manbalardan, jumladan Dungeons & Dragons nomli fentezi janridagi videoöyinlardan ilhomlangan. Serialning dastlabki qismlari qölda çizilgan animatsiyalar orqali hozirlangan. Lekin, bu jarayon ança maşaqqatli bölib, bir qismni nihoyalaş 8-9 oy talab etdi. Keyinçalik, yangi texnologiyalar yordamida har biri 11 daqiqadan iborat qismlar işlandi. Cartoon Network telekanali 29-sentabr 2016-yilda animatsion serialning öninçi fasli tugaganidan söng, 2018-yilda serial tugaşini eʼlon qildi. Serialning yakuniy qismi 3-sentabr 2018-yilda efirga uzatildi va 44 daqiqadan iborat böldi.
Adventure Time Cartoon Network telekanalining reytingida muhim rol öynadi. Serialning ayrim qismlari uç milliondan ortiq tomoşabinni qamrab oldi. Serial asosan bolalar uçun möljallangan bölsa-da, yoşlar va kattalar orasida ham keng tarqaldi. Serial tanqidçilar tomonidan xuş qarşilandi hamda köplab yutuqlarga sazovor böldi. Şuningdek, uşbu serial asosida köplab kitoblar, videoöyinlar, öyinçoqlar va kiyimlar işlab çiqarildi.
3Mazmuni
Finn va Jake şirinliklar saltanati yaqinidagi yoğoç uyda yaşar edilar. Bolaligida Finn muammoga duç kelgan…

Finn va Jake şirinliklar saltanati yaqinidagi yoğoç uyda yaşar edilar. Bolaligida Finn muammoga duç kelgan har kimga yordam berişga vaʼda bergan. Buning ortidan, u va Jake atrofdagi kişilarni qutqariş maqsadida sarguzaştga otlanişadi. Serial voqealari yadro uruşidan omon qolgan mamlakatlarda bölib ötadi. Uruşdan söng, sayyoraning faqat uçdan ikki qismi omon qoldi hamda dunyoga turli sehrlar va mutatsiyalar tarqaldi. Serial voqealarining aksariyati „Şirinliklar saltanati“ deb nomlangan bir uydirma hududda bölib ötadi.
4Boş qahramonlar
Fin the Human (Fin — odam) yoki Fin Mertens (talaffuzi: Fin Myortens) — animatsion serial boş qahramoni. U…

Fin the Human (Fin — odam) yoki Fin Mertens (talaffuzi: Fin Myortens) — animatsion serial boş qahramoni. U doimo şlyapa kiyib yuradi. Uşbu şlyapa esa uning juda uzun va sarğiş tusli soçini berkitib turadi. Fin kuçli va adolatli, ammo juda sodda. Biror kişiga yordam bera olmasa, bundan köngli ranjiydi.
Jake the Dog (Jake — it) — bulldog turidagi it, Finning eng yaqin dösti va ögay ukasi. Tana şaklini özgartiriş qobiliyatiga sohibdir. Jake sodda hamda heç qanday muammo haqida qayğurmaydi.
Princess Bubblegum (Malika Bubblegum) — şirinliklar saltanati hukmdori. U tadqiqotçi xarakterga ega bölib, davlatni boşqarişdan böş vaqtlarida fan bilan maşğul böladi.
Marceline Abadeer (boşqa nomi Vampirlar qiroliçasi) — inson va jinning gibridi, keyinçalik vampirga aylangan. U çörtkesar va dovyurakdir. Princess Bubblegumning eng yaqin dösti. U taxminan 1 000 yoşda.
BMO — Fin va Jakening videoöyin konsoli. U şuningdek pleer, kamera, fotoapparat, budilnik, toster, fonar, stroboskop, video -muharir dasturi, video-pleer, magnitofon va şunçaki döstdir. 1 000 yildan keyin u Ooo mamlakati qiroli böldi.
Lumpy Space Princess (odatda, ismi LSP, deb qisqartiriladi) — Lumpy Space malikasi. Princess Bubblegum, Finn va Jakening dösti.
5Salbiy qahramonlar
Ice King (Muz qiroli) — animatsion serial birinçi faslining boş yovuz qahramoni. 1 043 yoşda. Muntazam…

Ice King (Muz qiroli) — animatsion serial birinçi faslining boş yovuz qahramoni. 1 043 yoşda. Muntazam ravişda malikalarni öğirlaşga urinadi. Multserialning keyingi fasllarida, uning fojiali tarixi oçib beriladi: u bir paytlar sehrli toj ortidan es-huşini va yaqinlarini yöqotgan Simon Petrikov ismli yaxşi inson bölgan.
Earl of Lemongrab — qirollik oilasining aʼzosi hisoblanmiş Princess Bubblegum tomonidan yaratilgan juda asabiy va öjar jonzot bölib, şirinliklar saltanati taxti merosxöri böliş huquqiga ega.
Liç — animatsion serialning asosiy antagonisti. U muqarrar ölimning qadimiy, kosmik körinişi bölib, özini hozirgi olamdan avvalgi davrda omon qolgan jonzot sifatida körsatadi.
6Ovoz berganlar
Jeremy Şada — Finn the…
Jeremy Şada — Finn the Human
John DiMaggio — Jake the Dog
Hynden Walç — Princess Bubblegum
Niki Yang — BMO va Lady Rainicorn
Tom Kenny — Ice King
Olivia Olson — Marceline the Vampire Queen
Pendleton Ward — Lumpy Space Princess
Jessica DiCicco — Flame Princess
Lena Dunham va Felicia Day — Betty Grof
7Kadrlar
3
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB8Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Adventure Time» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
