«Columbo» — Los-Anjeles politsiyasi qotillik bölimining leytenanti haqida Amerika detektiv teleseriali. Kolombo mulayim, gapga usta va beğubor körinadigan tergovçi: ustida eski, ezilgan plaş, ağzida arzon sigara, haydaydigan maşinasi ham tez-tez buzilib turadi. Gumondorlar uni köp hollarda jiddiy olmaydi, lekin u barça işlarni oxiriga yetkazadi va ayblov uçun zarur dalillarni toplaydi. Uning tafsilotlarga eʼtibori esa köpinça qotil uçun syujetning oxirida ayon bölişi mumkin.
Serialni Richard Levinson va William Link yaratgan, boş rolni Peter Falk ijro etadi. Studiya — Universal Television, janri — kriminal. Pilot qism 1968-yilda efirga çiqqan, muntazam epizodlar 1971–1978-yillarda namoyiş etilgan, tanaffusdan keyin esa 1989–2003-yillarda davom ettirilgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Peter Falk, Vito Scotti, Marshall R. Teague
·Ensiklopediyadan
Columbo - Richard Levinson va William Link tomonidan yaratilgan Amerika detektiv teleseriali. Ilk namoyişi 1968-yilda bölib ötgan; 1971–1978-yillarda muntazam ravişda suratga olingan (69 epizoddan 44 tasi), tanaffusdan söng 1989–2003-yillar davot ettirilgan.
Los Angeles politsiyasi qotillik bölimining tergovçisi leytenant Kolomboning rolini aktyor Peter Falk ijro etgan.
3Serial ğoyasi
Serialning boş qahramoni, Los-Anjeles politsiyasining qotillik bölimi xodimi leytenant Kolombo öz davri uçun…

Serialning boş qahramoni, Los-Anjeles politsiyasining qotillik bölimi xodimi leytenant Kolombo öz davri uçun juda noodatiy politsiya tergovçisi obraziga ega edi. Öşa davrda keng tarqalgan şafqatsiz yoki öta aqlli detektiv qahramonlardan farqli ölaroq, Kolombo oddiy va hatto biroz beğubor körinişga ega, juda sodda, garçi doim odobli bölsa ham, umuman olganda, yuqori toifali detektiv emas, balki işçi kasb egasiga öxşardi. Kolombo qiyofasi juda muvaffaqiyatli bölib çiqdi va darhol tomoşabinlar eʼtiborini tortdi.
Serialdagi jinoyatçilar deyarli faqat aqlli, hurmatli va nufuzli odamlar, nufuzli kasblar va yuqori jamiyat vakillari: muvaffaqiyatli yuristlar va şifokorlar, arxitektorlar, biznesmenlar, siyosatçilar, generallar, yozuvçilar, şoumenlar. Kolombo, özining kamtarona ğijim yomğir paltosida, eski, tez-tez buzilib turadigan maşinasidada, özgarmas arzon sigarasi bilan qimmatbaho kostyumlardagi raqiblari bilan keskin farq qiladi. U unçalik aqlli emasdek körinadi, doim beöxşov bölişga harakat qiladi. Vaholanki, bu obraz ortida ötkir aql, muşohada, matonat va psixologiyani çuqur bilişi yotadi. Deyarli har doim Kolombo qotil kimligini birinçi uçraşuvdan sezilmaydigan tafsilotlarga köra aniqlaydi. Kolomboning tergov usuli — mayda detallargaça sinçikovlik bilan eʼtibor qaratiş orqali jinoyatning tasvirini şakllantirişdir.
4Yaratiliş tarixi
Avvaliga Peter Falk serialda suratga tuşişdan boş tortdi. U tez-tez televizorda paydo bölar va serialdagi…

Avvaliga Peter Falk serialda suratga tuşişdan boş tortdi. U tez-tez televizorda paydo bölar va serialdagi advokat yoki politsiyaçi obraziga qaram bölişni istamas edi. Ammo produserlar bilan uzoq davom etgan muzokaralardan söng, Folk 1968-yilda çiqarilgan "Qotillik uçun retsept" nomli ilk sonda rol öynaşga rozi böldi. Ilk taqdimot juda muvaffaqiyatli böldi va Kolomboning birinçi epizodlarini suratga olişga tayyorgarlik boşlandi, ammo ular faqat 1971-yilda çiqarilgan. "Kolombo" politsiya detektivi haqidagi öşa davrdagi boşqa seriallardan farqi şundaki, uning boş qahramoni oddiy odam, qotillik bölimining tergovçisiga öxşamaydi, keng kostyumlar kiyadi, xotini haqida qayğuradi va it boqadi.
Produserlar tomoşabinlar murakkab, ammo sekin harakatlanuvçi syujetdan zerikib qolişidan xavotirda edilar va bir neça bor zöravonlik bilan boğliq elementlarni kiritişga harakat qilişgan. Ammo Falk bu qarorni qatʼiyan rad etdi.
Folk boşqa aktyorlaridan töğri maşq qiliş uçun köproq vaqt talab qilişi bilan bilan ajralib turardi. U ssenariy mualliflari va produserlar oldiga qöygan yuksak talablari bilan yodda qoldi. William Linkʼning eslaşiça: «Peter huddi tikandek edi. Bahslaşişdan çarçaganimiz uçun biz unga bu qançalik qiyinligini isbotlaş uçun öz ssenariysini yozişga ruxsat berdik”. Richard Levinson suratga oliş rejalaştirilgan ön ikki kun emas, balki ön uç yoki ön tört kun davom etganini eslaydi: "U bizni bu film uçun ança yaxşi bölişiga işontirdi".
Ssenariy mualliflarining işidan qoniqmagan Folk 1977-yilda loyihani tark etdi. 1989-yilda qaytib kelgan Folk har bir epizod uçun 600 000 dollardan köp haq evaziga işlaşini bildirdi. "Gap pulda emas, tamoyilda", deydi aktyor. "Men ular öz işimga jiddiy yondoşişim va bu ish eng yuqori darajada bölişi kerakligini bilişlarini istayman".
5Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «Columbo» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.