Gummi ayiqçalari (inglizça: Adventures of the Gummi Bears — „Gummi ayiqlarining sarguzaştlari“) ilk marotaba 1985-yildan 1991-yilga qadar AQŞda efirga uzatilgan Amerika animatsion teleserialidir. Multserial Walt Disney Television studiyasining ilk animatsion mahsuloti bölib, multserial ğoyasi marmeladli ayiqlar konfetidan ilhomlangan; aniqroği, Disney boş direktori Michael Eisner bir kuni öğli undan marmeladli ayiqlar konfetini söraganida, bundan ilhomlanib, multserialni işlab çiqarişga kirişadi. Multserial premyerasi 1985-yil 14-sentabrda NBC telekanalida bölib ötdi va bu telekanalda multserialning tört fasli efirga uzatildi. Keyinçalik, 1989-yildan 1990-yilgaça multserial ABC telekanali orqali efirga uzatildi (The New Adventures of Winnie the Pooh multseriali bilan birgalikda Gummi Bears-Winnie the Pooh Hour (Gummi ayiqçalari-Momiqvoy Soati) ölaroq efirga uzatildi).
1Treylerlar
▶2Mazmuni
Gummi ayiqçalari uzoq va boy tarixga ega bölgan antropomorfik ayiqçalardir. Multserialda aytilişiça, qadimgi…

Gummi ayiqçalari uzoq va boy tarixga ega bölgan antropomorfik ayiqçalardir. Multserialda aytilişiça, qadimgi davrlarda (serial voqealaridan taxminan 500 yil muqaddam) Buyuk Gummilar va insonlar yonma-yon totuvlikda yaşaşgan, biroq ayrim sabablarga köra bu totuvlik uzoqqa bormagan, sababi esa oçiqlanmagan (multserialning „Light Makes Right“ va „The Knights of Gummadoon“ epizodlarida taxmin qilinadiki, yovuz kimsalar Gummi ayiqçalarining sehrli va mexanik yutuqlariga ega bölişga intilişib, ularga uruş bilan tahdid solişadi). Buyuk Gummilar ulardan qoçişga muvaffaq bölişadi hamda yangi boşpana topiş ilinjida dengiz böylab suzib ketişga majbur bölişdi. Qadimgi Buyuk Gummilar Gummi şaharlari va inlarni kuzatib boriş uçun kiçik va tarqoq ayiqlar populyatsiyalarini qoldirişdi; masalan, multserialning asosiy qahramonlar guruhi — Gummi-Glen Gummies.
3Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Gummi ayiqchalari» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.