«Ördaklar sarguzaşti» (inglizça: DuckTales) milliarder Scrooge McDuck va uning uç jiyani — Huey, Dewey hamda Louie haqida. Dunyodagi eng badavlat ördak bölsa-da, Scrooge öz boyligini oşiriş payidan tuşmaydi. Donald amakisi ularni Scroogega qoldirib ketgaç, uç ukaning hayoti tubdan özgaradi. Voqealar Duckburg şahrida bölib ötadi. Qahramonlarning sadoqatli döstlari — Launchpad McQuack, Gyro Gearloose va Beakley xonim ular bilan birga.
Serialni Disney Television Animation studiyasi tayyorlagan, rejissyori Alan Zaslove. Musiqasini Ron Jones yozgan. Ovoz berişda Alan Young, Frank Welker, June Foray va Peter Cullen iştirok etgan. Janri — sarguzaşt va komediya. Serial 1987-yilning 18-sentyabrida birinçi marta efirga uzatilgan. Jami 4 ta mavsumda 100 ta qism çiqqan. U haftalik efirga çiqqan birinçi animatsion loyiha bölgani bilan ahamiyatli.
1Rollarda
Alan Young, Chuck McCann, Terry McGovern
·Ensiklopediyadan
„Ördaklar sarguzaşti“ (inglizça: DuckTales) — AQŞ animatsion teleseriali. Disney Television Animation studiyasi mahsuloti. Serial 1987-yilning 18-sentyabrida Disney Channel telekanalida birinçi marta efirga uzatilgan. Yakuniy qismi 1990-yilning 28-noyabrida efirga uzatilgan. Bu vaqt davomida serial 4 ta mavsumga bölinib, hammasi bölib 100 ta qism tayyorlangan. Serial ğoyasi Carl Barks yaratgan „Uncle Scrooge“ komiksiga asoslangan. Serial boşida yangraydigan maşhur qöşiq Mark Mueller tomonidan yozilgan.
Özbekistonda serial Yoşlar telekanalida efirga uzatilgan.
Serialdagi voqealar Calisota ştatining Duckburg (talaffuzi: Dakburg) nomli ördaklar şahrida bölib ötadi. Voqealar markazida Scrooge McDuck ismli milliarder, ammo hasis ördak va uning uç jiyani — Huey, Dewey, Louiening boşdan keçirgan sarguzaştlari yotadi.
„Ördaklar sarguzaşti“ asosida 1990-yil „DuckTales the Movie: Treasure of the Lost Lamp“ nomli töliq metrajli multfilm ekranlarga çiqarilgan. Serialning ayni nomli rebut versiyasi 2017–2021-yillar davomida Disney XD telekanalida efirga uzatilgan.
2Asosiy qahramonlar
Scrooge McDuck (Alan Young ovoz bergan) — jahondagi eng badavlat ördak, Duckburg şahrining obröli…

Scrooge McDuck (Alan Young ovoz bergan) — jahondagi eng badavlat ördak, Duckburg şahrining obröli ördaklaridan. Öta hasis, doim boyligini yanada oşiriş payida yuradi. Asli şotlandiyalik. Yoşligida Amerikaga kelgan.
Huey, Dewey va Louie Duck (uççalasiga ham Russi Taylor ovoz bergan) — Donald Duckning jiyanlari. Donald harbiy-dengiz flotiga qöşilganda, ularni amakisi Scroogega qoldirib ketadi. Huey, Dewey va Louie taşqi köriniş jihatdan bir xil bölib, uççalasi ham ayni futbolka va kepka kiyib yurişadi. Ularni faqat kiygan futbolka va kepkalari ranglariga qarab ajratiş mumkin. Huey qizil, Dewey kök, Louie esa yaşil tusli futbolka va kepka kiyadi.
Webby Vanderquack (Russi Taylor ovoz bergan) — sevimli qöğirçoği qölidan tuşmaydigan köngilçan ördak-qiz. Beakley xonimning nevarasi. Hayvonlarni yoqtiradi. Odatda puşti rangli köylak kiyadi.
Launchpad McQuack (Terry McGovern ovoz bergan) — Scrooge McDuckning uçuvçisi. Parvozlari odatda falokat bilan yakunlanadi.
Bentina Beakley (Joan Gerber ovoz bergan) — Scrooge McDuck xonadonida uy xizmatçisi. Webbyning ona tomondan buvisi.
Aka-uka Beaglelar — itlardan iborat katta oila. Doim banklarni tunaşga harakat qilişadi.
Flintheart Glomgold (Hal Smith ovoz bergan) — Scrooge McDuckning azaliy duşmani, jahondagi ikkinçi eng badavlat ördak. Doim eng badavlat ördak bölişga intiladi.
3Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Oʻrdaklar sarguzashti» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.