Mendirman Jaloliddin (turkça: Mendirman Celaleddin) — Çingizxonga qarşi jasorat bilan kuraşgan sarkarda, Anuşteginiylar sulolasidan bölgan sönggi Xorazmşoh Jaloliddin Manguberdiga bağişlanib suratga olingan özbek-turk hamkorligidagi tarixiy serial.
2019-yil sentabr oyida Toşkentda "Mendirman Jaloliddin" seriali ustida ish boşlanişidan oldin "Jaloliddin Manguberdi: hayot va filmlardagi badiiy mujassamlik" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi va filmning ğoyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilindi.
Uşbu anjumanda Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Erondan kelgan olimlar va tarixçilar qatnaşdilar. Ular Jaloliddin Manguberdining tarjimai holi va öşa paytda sodir bölgan voqealar talqinini muhokama qildilar.
"Mendirman Jaloliddin" seriali Turkiyaning "Tiriliş: Ertuğrul" va "Hukmdor Usmon" kabi seriallari bilan maşhur bölgan "Bozdag film" kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.
Serialning Özbekistondagi premyerasi 2021-yil 14-fevralidan Milliy TV telekanalida efirga uzatila boşlandi.
Serialning 2-fasli Özbekistonda 2023-yil 14-yanvaridan ZÖR TV telekanalida premyera qilindi va har şanba efirga uzatilişi maʼlum qilindi.
1Rollarda
Emre Kıvılcım, Javohir Zokirov, Gülenay Kalkan
2Efirga uzatiliş vaqti
Serialning birinçi qismi çiqişi bilanoq turli davlatlarda, jumladan Pokinstonda ommalaşib ketdi va urdu…
Serialning birinçi qismi çiqişi bilanoq turli davlatlarda, jumladan Pokinstonda ommalaşib ketdi va urdu tilidagi subtitrlar bilan efirga uzatila boşlandi.[1]
3Tanqidlar
Film namoyişi boşlanganida ijtimoiy tarmoqlarda u haqda turli fikrlar bildirila boşladi, eʼtiroflar bilan…
Film namoyişi boşlanganida ijtimoiy tarmoqlarda u haqda turli fikrlar bildirila boşladi, eʼtiroflar bilan birga tanqidlar ham qilindi. Xususan, bloger Eldar Asanov filmda körsatilgan voqeʼliklarni tarixiy nazariyalar asosida soliştirib, serialda yöl qöyilgan bir neçta kamçiliklarni sanab ötgan.
4Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «Mendirman Jaloliddin» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.