⌕
Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)
Serial

Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)

It's Okay to Not Be Okay
2020 · melodrama, drama
● Strimingda
hali baho yöq
▶ Treyler

Mun Kang-tae psixiatriya bölimida hamşira bölib işlaydi. U heç kim bilan yaqinlaşmaslikka öyrganib qolgan: autizmga çalingan akasi bilan doim bir joydan boşqa joyga köçib yuradi va ötmişdan qolgan oğir yukni öz zimmasida olib yuradi. Bir kuni uning yoliga Ko Mun-yong çiqadi. U maşhur bolalar yozuvçisi bölib, ertaklar yozadi, lekin özi ularga işonmaydi. Kutilmaganda aynan şu ayol unga tuzalişni boşlaşga yordam beradi.

Serial Janubiy Koreyada Studio Dragon studiyasi tomonidan suratga olingan, rejissyor – Park Shin-woo. Boş rollarni Kim Soo-hyun, Seo Yea-ji, Oh Jung-se va Park Gyu-young ijro etgan. Janrlari – drama va melodrama. 2020-yil 20-iyundan 9-avgustgaça tvN kanalida efirga çiqqan, hozir esa Netflix orqali butun dunyoda köriş mumkin.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)▶
2

Rollarda

Kim Soo-hyun, Seo Yea-ji, Oh Jung-se
Kim Soo-hyunKim Soo-hyunaktyorSYSeo Yea-jiaktyorOJOh Jung-seaktyorPGPark Gyu-youngaktyorKJKim Ju-hunaktyorPJPark Jin-jooaktyorKCKim Chang-wanaktyorJYJang Young-namaktyor
·

Ensiklopediyadan

„Itʼs Okay to Not Be Okay“ (rus. Псих, но всё в порядке, kor. 사이코지만 괜찮아) – 2020-yilda suratga olingan Janubiy Koreya teleseriali. Ssenariy muallifi – Jo Yong, rejissyor – Park Shin-woo va boş rollarni Kim Soo-Hyun, Seo Yea-ji, Oh Jung-se va Park Gyu-younglar ijro etişgan. Serial bolaligi şaharda ötgan, muhabbati tufayli qaytib kelgan, ğayritabiy bolalar yozuvçisi Ko Moon-young va öz hayotini autizm kasalligiga çalingan akasi Moon Sang-taega ğamxörlik qilişga bağişlagan psixiatriya bölimi mutasaddisi Moon Gang-tae haqida. Serial ilk marotaba 2020-yil 20-iyundan 9-avgustgaça tvN kanalida har şanba va yakşanba kunlari Janubiy Koreya vaqti bilan soat 21:00 da efirga uzatildi va baʼzi davlat aholisi uçun Netflix platformasi orqali ham köriş imkoniyati yaratilgan.

Nielsen Korea maʼlumotlariga köra, serial butun mamlakat böylab örtaça 5,4% teletomoşabinlar reytingini qayd etgan. Bu Janubiy Koreya Netflix platformasida 2020-yilning eng maşhur romantik seriali böldi. Köp tanqidçilar serialni ijobiy baholadilar; baʼzilari serialning ikkinçi yarmidagi yozuvni tanqid qilişgan bölsa-da, aktyorlarning ijro mahoratini yuqori baholadilar.

The New York Times jurnali „Itʼs Okay to Not Be Okay“ teleserialini „2020-yilning eng yaxşi xalqaro teleseriali“ deb taʼrifladi. „Baeksang Arts Awards“ marosimining 57-taqdirlaş jarayonida k-drama ikkita ğoliblik (Eng yaxşi yordamçi plandagi aktyor va Eng yaxşi texnik yutuq – libos dizayni uçun)ni qölga kiritiş bilan birgalikda sakkizta nominatsiyani ham oldi. Bundan taşqari, 49-xalqaro „Emmy Awards“da „Eng yaxşi telefilm yoki miniserial“ nominatsiyasida uning nomzodligi qöyildi.

3

Voqealar rivoji

Moon Gang-tae autizmga çalingan akasi Moon Sang-tae bilan yaşaydi. Sang-tae onasining öldirilişiga guvoh…
Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)
Kadr: «Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)»TMDB

Moon Gang-tae autizmga çalingan akasi Moon Sang-tae bilan yaşaydi. Sang-tae onasining öldirilişiga guvoh bölganidan keyin ular tez-tez özlari yaşayotgan joylarini almaştirib turişadi. Gang-Tae köçib ötgan har bir şahardagi psixiatriya bölimida bemorlarni parvarişlovçi xodim sifatida işlaydi. Gang-tae şahar şifoxonalaridan birida işlaş davomida, atrofdagi turli miş-mişlarga köra, antisotsial şaxsiyat buzilişi kaslligiga çalingan maşhur bolalar yozuvçisi Ko Moon-young bilan uçraşadi.

Vaziyat Gang-taeni Seongjinni, boş qahramonlarning barçasining bolaligi ötgan şaharda joylaşgan OK psixiatriya kasalxonasida işlaşga majbur etadi. Moon-young Moon Gang-tae va Moon Sang-tae bilan birgalikda bolaligini ötkazganliklarini bilganidan söng, ular yana asta-sekinlik bilan avvalgidek döstlaşib, Seongjinda bir-birlarining hissiy jarohatlarini davolay boşlaydilar. Şaxsiy hayotlari bilan boğliq köplab sirli jumboqlarni birgalikda yeçadilar, bir-birlaridan tasalli izlaydilar va birgalikda harakat qilişadi.

4

Rollarda

Kim Soo-hyun – Moon Gang-tae…
Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)
Kadr: «Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)»TMDB

Kim Soo-hyun – Moon Gang-tae rolida;

Moon Woo-jin – yoş Moon Gang-tae rolida;

OK psixiatriya kasalxonasida işçi xodim. Atrofidagi barçaga mehribon bölsa-da, u ötmişdagi tajribalari kelib çiqib, özini-özi hurmat qiliş uçun kuraşadi va akasidan boşqa hamma bilan yaqin munosabatda bölişdan qoçadi.

Seo Yea-ji – Ko Moon-young rolida>;

Kim Su In – yoş Ko Moon-young rolida;

Antisotsial şaxs buzilişiga çalingan maşhur bolalar yozuvçisi. Uning ota-onasi bilan munosabatlari va bolaligi yaxşi keçmaydi. Gang-tae bilan sodir bölgan tasodifiy uçraşuvdan söng, u psixiatriya şifoxonada bemorlarni parvarişlovçi xodimning eʼtiborini jalb qiliş uçun haddan taşqari harakat qiladi.

Oh Jung-se – Moon Sang-tae rolida<;

Lee Kyu-sung – yoş Moon Sang-tae rolida;

Moon Gang-taening autizmga çalingan akasi, Moon-youngning muxlisi hamda intiluvçan illyustrator. Moon sang-tae onasining öldirilişiga yagona guvoi bölgani, unda kapalaklarga nisbatan irratsional qörquvning paydo bölişiga olib keladi. Har bahorda bemorning qörquvi dahşatli tuşlarga aylanib va Gang-taeni „kapalaklardan qoçiş“ uçun u bilan şahardan şaharga köçib yurişiga majbur qiladi.

5

Suratga oliş jarayoni

„Itʼs Okay to Not Be Okay“ filmi „Studio Dragon“ tomonidan suratga olingan bölib, ssenariy Jo Yong tomonidan…
Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)
Kadr: «Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)»TMDB

„Itʼs Okay to Not Be Okay“ filmi „Studio Dragon“ tomonidan suratga olingan bölib, ssenariy Jo Yong tomonidan yozilgan, Park Shin-woo rejissyor hamda „Story TV“ va „Gold Medalist“ tomonidan efirga tayyorlangan. Jo Yong dramani hayotida sodir bölgan real voqealarga, şaxsiyatidagi hissiy muammolar mavjud bölgan erkak bilan bölgan suhbatiga asoslab yaratadi. Muallif autizmga çalingan bemorlarning hikoyalarini tinglaş orqali Moon Sang-tae xarakterini kengroq oçib beradi va rivojlanişida nuqsoni bölgan odamlar işlaydigan Bear Better ijtimoiy korxonasi boş direktori tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan foydalanadi. Moda direktori Cho Sang-kyung kostyumlarga rahbarlik qilgan, dizayner Minju Kim esa Ko Moon-youngning baʼzi liboslarini loyihalaştirgan.

6

Kitoblar

Dramada körsatilgan beşta bolalar ertak kitobini Jo Yong yozgan va kontseptual rassom Jamsan tomonida…
Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)
Kadr: «Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)»TMDB

Dramada körsatilgan beşta bolalar ertak kitobini Jo Yong yozgan va kontseptual rassom Jamsan tomonida tasvirlangan. Ular 2020-yil iyul va avgust oylarida Wisdom House naşriyoti tomonidan koreys tilida çop etilgan. Kyobo kitob markazi va YES 24 tomonidan berilgan maʼlumotlarga köra, foydalanilgan beşta kitobning barçasi "Oyning eng köp sotilgan 20 ta kitobi" röyxatiga kiritilgan va ularning sotuvi 9 baravarga oşganligi qayd etiladi. 2021-yilda esa beşta kitobning barçasi Vu Jae-Hyung tomonidan braziliya va portugal tillariga tarjima qilinib, mart va may oylarida Intrínseca naşriyotida bosmadan çiqariladi.

7

Sountreklar

2021-yil 9-avgustda raqamli ketma-ketlik ravişda çiqarilgan „Itʼs Okay to Not Be Okay“ serialiga bağişlangan…
Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)
Kadr: «Itʼs Okay to Not Be Okay (K-drama)»TMDB

2021-yil 9-avgustda raqamli ketma-ketlik ravişda çiqarilgan „Itʼs Okay to Not Be Okay“ serialiga bağişlangan saundtrek albomi musiqa direktori bölgan Nam Hye-seung tomonidan yozilgan. Albomda serial qismlaridan 16 ta qöşiq, şuningdek, singl va 20 ta partitura ham yiğilgan. Unda Janet Sugh, Heize, Sam Kim, Park Won, Lee Su-hyun, Kim Feel, Çeeze, Yongzoo va Elainelarning vokal çiqişlari mavjud. Tayyor bölgan albom 15-avgust kuni tugaydigan haftalik Gaon Albomlar Röyxatida 14-örinda debyut, keyingi haftada esa tört poğona yuqorilab, 10-örinni qayd etdi.

Matn: maqola «It's Okay to Not Be Okay (K-drama)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.