«Kim Possible» — Kim Possible haqidagi amerika animatsion serialidir. Boş qahramon — 15 yoşli qiz Kim, u yaşirin agent sifatida dunyoni yovuzlardan qutqaradi. Lekin unga maktab darslari va jamoa maşqlari ham kerak. Unga yordam beradigan eng yaqin dösti Ron Stoppable va uning körsiçqoni Rufus.
Serialni Bob Sçooley va Mark McCorkle yaratgan. Rejissyorlari Steve Loter va Chris Bailey, ssenariy muallifi Nicole Dubuc. Janri — sarguzaşt, jangari va komediya, studiyasi — Disney Television Animation. Premyerasi 2002-yil 7-iyunda Disney Channel telekanalida bölib ötdi. Serial 2007-yilgaça efirga uzatildi, jami 4 fasl va 87 qism çiqdi. 2005-yilda kunduzgi «Emmy» mukofotini tovuş miksi nominatsiyasida oldi.
1Rollarda
·Ensiklopediyadan
Kim Possible (talaffuzi: Kim Possibl) Bob Sçooley va Mark McCorkle tarafidan yaratilgan jangari, komediya va sarguzaşt janrlaridagi Amerika animatsion teleserialidir. 2002-yildan 2007-yilga qadar Disney Channel telekanali orqali efirga uzatilgan. Multserial ösmirlik davri bilan boğliq kundalik muammolarni uddasidan çiqib, doimiy tarzda jinoyatçilikka qarşi kuraşadigan bir ösmir qiz haqida hikoya qiladi. Kimga bu kuraşda besönaqay dösti Ron Stoppable, Rufus ismli körsiçqon va ön yoşli kompyuter dahosi Wade kömaklaşadi. Özlariga Possible deb nom qöygan bu jamoada Kim va Ronning vazifasi birinçi navbatda aqldan ozgan olim va superyovuz — doktor Drakken va uning yordamçisi Şego tuzgan yovuzlikka xizmat qiluvçi rejalarni barbod qilişdan iboratdir.
2Qahramonlar
Kimberly Ann „Kim“ Possible (talaffuzi: Kimberli Enn Kim Possibl) — dunyoni turli balo-uqibatlardan…

Kimberly Ann „Kim“ Possible (talaffuzi: Kimberli Enn Kim Possibl) — dunyoni turli balo-uqibatlardan qutqaruvçi qiz. U juda epçil, turli akrobatik harakatlarni osonlik bilan qila oladi, qurollarga ega, jang sanʼatidan xabardor. Şu bilan bir qatorda, u maktabda tahsil oladi.
Ronald „Ron“ Stoppable (talaffuzi: Ronald Ron Stoppeybl) — Kimning eng yaqin dösti. Mehribon, ammo juda ovsar. U doimo Kimga yordam zarurati bölganida unga kömak beradi, biroq u odatda uni çaqqonligi uçun emas, balki omad tufayli qutqaradi. Baʼzi jang sanʼatlarini yaxşi biladi.
Rufus — Ronning çöntagida istiqomat qiluvçi körsiçqon. U odatda boşini çöntakdan taşqariga çiqarmaydi, biroq döstlar muammoga duç kelganda, Rufus doimo yordamga tayyor böladi. Uning asosiy afzalliklari çaqqonligi va maxfiyligidir.
Wade Load (talaffuzi: Ueyd Load) — ön yoşli kompyuter dahosi bölib, Kim va Ronni barça zarur texnologiyalar bilan taʼminlaydi. Odatda, u faqat Kim doimo özi bilan olib yuradigan qurilma ekranida köriniş beradi, şuningdek, yovuzlar bilan kuraşda, ularning joylaşgan manzili koordinatalarini kuzatib boradi, döstlariga zarur maʼlumotlarni olişda yordam beradi. IQ darajasi 140ʼdir (25-qism, 2-fasl).
Doktor Drakken — aqldan ozgan olim, Kimning asosiy duşmani. U dunyoni egallaşiga yordam beradigan turli texnologiyalarni öylab topiş bilan maşğul böladi.
Şego (talaffuzi: Şigo) — qölidan yaşil tusdagi portlaydigan yoruğlik çiqadigan super qobiliyatli qiz hamda doktor Drakkenning yordamçisi. Şego bunday qobiliyatga uning ustiga tuşgan sirli kamalakli kometa ortidan erişdi.
3Ovoz berganlar
Christy Carlson Romano — Kim…

Christy Carlson Romano — Kim Possible
Will Friedle — Ron Stoppable
Nancy Cartwright — Rufus
Tahj Mowry — Wade Load
John DiMaggio — Dr. Drakken
Nicole Sullivan — Şego
Gary Cole — Dr. James Timothy Possible
Jean Smart — Dr. Ann Possible
Şaun Fleming — Tim va Jim Possible (2002—2006)
Spencer Fox — Tim va Jim Possible (2007)
Kirsten Storms — Bonnie Rockwaller
Raven-Symoné — Monique
Patrick Warburton — Steve Barkin
Tom Kane — Lord Monkey Fist
Brian George — Duff Killigan va Professor Rameş
Néstor Carbonell — Señor Senior Jr.
Patton Oswalt — Professor Dementor
4Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «Kim Possible» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.