⌕
Şerlok
Serial

Şerlok

Sherlock
2010 · kriminal, drama · 90 daq
● Strimingda
hali baho yöq
▶ Treyler

«Şerlok» — Britaniyaning kriminal drama janridagi teleseriali bölib, ser Artur Konan Doylning Şerlok Xolms haqidagi asarlari asosida yaratilgan. Voqealar XXI asr Londonida bölib ötadi. Afğonistondan qaytgan harbiy şifokor Jon Vatson arzon turar joy qidirmoqda. Unga Baker Street köçasidagi kvartirada xona taklif etiladi. Bu eʼlonni esa ğayrioddiy, ammo jozibali odam — Şerlok Xolms bergan. Maʼlum böladiki, u şahar köçalarida sodir böladigan sirli qotilliklarni tekşiradi, Vatson esa unga yordam beradi.

Teleserialni Mark Getiss va Stiven Moffat yaratgan. Boş rollarni Benedikt Kamberbetç va Martin Friman ijro etgan. Rejissyorlari Euros Lyn va Rachel Talalay, musiqasini David Arnold yozgan. Işlab çiqaruvçisi — BBC telekompaniyasi. Serial 2010-yil 25-iyulda çiqqan. Ssenariysi va aktyorlik ijrosi uçun e‘tirof etilgan hamda «Emmi» va «Oltin globus» nominatsiyalariga nomzod bölgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Şerlok▶
2

Rollarda

Rupert Graves, Louise Brealey, Mark Gatiss
ELEuros LynrejissyorRTRachel TalalayrejissyorRupert GravesRupert GravesaktyorLouise BrealeyLouise BrealeyaktyorMark GatissMark GatissaktyorVRVinette RobinsonaktyorZTZoe TelfordaktyorAndrew ScottAndrew ScottaktyorLPLara PulveraktyorBenedict CumberbatchBenedict CumberbatchaktyorMark GatissMark Gatissssenariy muallifiDavid ArnoldDavid Arnoldkompozitor
·

Ensiklopediyadan

Şerlok yaʼni Şerlok Xolms sifatida juda ham keng tarqalgan Britaniyaning Hartswood Films kompaniyasi tomonidan, maxsus BBC Wales uçun suraʼtga olingan teleserial. Film ser Artur Konan Doylning detektiv Şerlok Xolms asarlari asosida suraʼtga olingan. Filmdagi voqealar yozuvçi tassavuridek XX asrda emas balki, bizning kunlarda sodir böladi. 2009-yilda maxsus namoyişga çiqmagan epizodlar taqdimoti bölib ötadi, keyinçalik 2010-yilda BBC One va BBC HD telekanallarida töqson (90) minutlik uç qismli birinçi fasl körsatila boşlangan. Ikkinçi fasl 2012-yilning yanvarida, uçinçi fasl esa 2014-yilning yanvarida BBC One telekanali tomonidan omma eʼtiboriga havola etilgan. 2014-yilning 8-yanvarida Steven Moffat teleserial törtinçi va beşinçi fasllarga çözilişini OAV hodimlari bilan bölgan suhbatda qayd etib ötgan. Uşbu teleserialning özbek tilidagi tarjimasi 2014-yilning avgustida Yoşlar teleradiokompaniyasi tomonidan efirlarga uzatilgan bölib barça fasllarni öz içiga qamrab oladi. Serial mualliflari taniqli Kim Doktor va Jekkil teleseriallari bilan muhlislarga yaxşi taniş bölgan Steven Moffat va Mark Getisslardir. Boş rollarni esa (Şerlok Holms rolida) Benedikt Kamberbetç va (Doktor Vatson rolida) Martin Frimanlar ijro etişgan. Filmni tasvirga oliş işlari asosan, London va Cardiff şaharlarida bölib ötgan. Uşbu film uç fasl taqdimoti yuzasidan köplab Xalqaro kinomukofotlariga munosib körilgan va 2011-yilda Eng yaxşi drammatik serial nominatsiyasi ostida nufuzli BAFTA televizion mukofotiga sazovor bölgan.

3

Qisqaça serial borasida

Serialda Konan Doylning ajoyib kriminalistika va vahimali Şerlok Xolms asari boş qahramoni va uning yaqin…
Şerlok
Kadr: «Şerlok»TMDB

Serialda Konan Doylning ajoyib kriminalistika va vahimali Şerlok Xolms asari boş qahramoni va uning yaqin dösti Dr. Vatsonlarning sarguzaştlaridan parçalar keltirilgan. Hodisalar rivoji XIX va XX asrlardan bizning davrlarga köçirilgan va moslaştirilgan. Yordamçiga ehtiyoji kuçli Şerlok Xolms öz dösti orqali yaqinda Afğonistondan qaytgan harbiy-şifokor Jon Vatson bilan tanişadi. Şerlok darhol Vatsonni yaqinda Afğonistondagi uruşdan qaytganini va uruş xotiralari uni hamon qiynayotganini hamda oyoğiga qarab oyoqdagi oğriq psihomatiya oqibatida yuzaga kelişini aytib berib Vatsonni hayratga soladi. Bu ikki jentlmenlar Beyker Strit köçasida 221 B uyda yaşovçi köngilçan Xadson xonimnikiga ijaraçi sifatida joylaşişadi. Ular birgalikda öta kuzatuvçanlik, tezkor tahlil, deduksiya nazariyasi, zamonaviy texnologiyalar, internet va mobil aloqa vositalari yordamida Scotland Yardga murakkab jinoyatlarni foş etişda öziga xos beminnat yordamlarini körsatişadi.

4

Ğoya

Teleserial Steven Moffat va Mark Gatiss hamkorligining mahsuli hisoblanadi. Uşbu ikki şaxs oldinlari ham…
Şerlok
Kadr: «Şerlok»TMDB

Teleserial Steven Moffat va Mark Gatiss hamkorligining mahsuli hisoblanadi. Uşbu ikki şaxs oldinlari ham telekanallar uçun maxsus Xolms kabi murakkab filmlar bilan şuğullanişgan. 2007-yilda Moffat Robert Stivensonning Janob Xayd va doktor Jekkilning qörqinçli taʼrixi asariga asoslangan Jekkil filmiga senaristlik qiladi. Mark Gatiss esa, Çarlz Dikkensning asarlariga asoslanib suraʼatga olingan Kim Doktor ilmiy-fantastik serialining Notinç ölik nomi bilan maşhur bölgan qismiga senaristlik qiladi. Bu ğoya Moffat va Gatiss Kim Doktor filmi ustida işlayotgan vaqtlari, Londonga poyezd orqali birgalikda ketişayotganida ikkalasiga ham Doylning detektiv asarlari yoqişini payqab qolişi, teleserial yaratilişiga asosiy turtki bölgan. Ular ğoyasining asosiy mazmuni bölib, Şerlok Xolmsni industrial epoha vasvasasidan halos etiş bölgan. Şerlok Xolms taʼrixi haqida Mark Gatiss uşbu sözlarni aytib ötgan: Men qaçonki fikrlari öqilmagan insonlarni uçratganimda, ularni (odamlar) naqadar qiziqarli narsa kutayotgani haqida doim öylayman. Monte-Karloda bölib ötgan, mukofot topşiriş marosimlaridan birida, prodyuser Syu Vertu va Moffatning rafiqasi bu ikki ğoya muallifiga filmni yorqin ekranlarga olib çiqişni tavsiya qilişadi.

Steven Moffatning The Guardian naşriyoti bilan bölgan intervyusi:

Biz uni jumboqli fikrlaş sanaʼatidan halos etib, qanday bölsa ham, uni öz holiça körişni istagan edik. Şerlok Xolms aslida möjizakor inson bölib, boy oilaning farzandi bölgan va muşkul jinoyatlarni olimlardek foş etgan izquvar bizning şaharda yaşagan. Vatson bölsa harbiy jarohati tufayli Afğonistondagi frontdan çetlatilgan doktor böladi. Frontga qaytişni tez qumsagani bois, uy unga zerikarlidek tuyuladi. Biroq jinoyatni bir telba bilan foş etiş unga zavq bağişlaydi.

Asl nusxasi:

We wanted to bring him out of the faux-Victorian fog and see him for what he is. Sherlock Holmes is really that posh freak from a wealthy family, that scary boffin crime-solver who lives in your town. Then Watson the ex-soldier, invalided out of the war in Afghanistan, coming home a bit bored because heʼd rather be back at the front. So solving crimes with a psychopath excites him.

Gatiss serialning oxirgi qismlari nihoyatda va juda zerikarli ekanini taʼkidlab ötib, Beyzil Ratbvan boş rolni ijro etgan 1930-nçi va 1940-nçi yillardagi film kabi Xolmsni asl holidan uzoqlaştiriş kerakligini qayd etib ötgan. Şerlokning DVD formatidagi audiolavhalarida Moffat va Gatissning fikriça, ular asl Konan Doyl asarlaridan va Şerlok Xolms borasida suraʼtga olingan barça filmlarlardan foydalanişgan. Benedikt Kamberbetç ijrosidagi Şerlok Xolms obrazi jinoyatni foş etiş paytida SMS, Internet, GPS kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Paul McGuiganning aytişiga qaraganda serial boşidagi tört qism Konan Doyl tassavuridek sodir bölgan, faqatgina film voqealari bizning zamonamizga özgartirilgan. Doyl tassavuridagi Şerlok Xolms öz davridagi texnologiyalar va labaratoriya tajribalaridan foydalangan.

Benedikt Kamberbetç:

Men Xolmsning Vikipediyadan foydalanişiga şubham bor. Lekin u texnologiyadan foydali resurs sifatida foydalanadi. Ismlar va personajlarning muomalasi bilan boğliq köpgina holatlar zamonaviylaştirilgan. Şerlok teleserialida qahramonlar bir-birini ismlari bilan ataşgan hamda ular orasidagi munosabat ham özgaça lavha kasb etgan..

Taʼrix va qahramonlarning zamonaviylaştirilişiga qaramasdan, baʼzi bir epizodlar özgartirilmagan. Bunga misol, Xolms Beyker Stritdagi manzili, uning qadrdonlari va uning aşaddiy duşmani Moriarti şular jumlasidandir Martin Friman – Afğonistondagi uruşdan qaytganiga unçalik köp bölmagan harbiy şifokor Jon Vatson obrazini talqin etgan; Gatiss va Moffat tasvirlagan Vatson obrazi bilan Konan Doyl yaratgan Vatson orasidagi tafovut şundaki, asl kitobda yozilişiça Doktor Vatson Ikkinçi ingliz-afğon uruşida yaralanib frontdan çetlatilişidadir.

Keyinçalik Gatiss:

Bu öşa uruş deb öyladim men. Öşa mağlub qilib bölmaydigan uruş.

Şerlokning (60) oltmiş daqiqalik birinçi epizodi 2008-yilda Edinburgda ötkazilgan xalqaro telenigoh festivalida namoyiş etilib, ikkinçi efir 2009-yilga tayyorlangan. Epizodning muvafaqqiyatli namoyişidan söng teleserialni töliq suraʼtga oliş işlari rejalaştirilgan Birinçi epizodga OAV hodimlari tomonidan berilgan habarga köra 800 000 funt-sterling sarflangan.. BBC

maʼmuriyati serialning bu formatdagi epizodini özgartiriş kerak degan hulosaga kelgan va uç epizod töqson daqiqalik qilib suraʼtga olingan. Keyinçalik birinçi qismlarning körsatilmagan varianti birinçi fasl bilan birgalikda DVD formatida muhlislar eʼtiboriga havola etilgan. Mualliflar DVDdagi audiolavhalar BBC tomonidan

maʼqullangan, lekin format jihatini özgartiriş kerakligi borasida zaruriy maslahatlar berilgan. The Guardian jurnalistining sözlariça Yangiça qiyofa kasb etgan epizod qaytadan yozilgan, kengaytirilgan, butunlay taşqi özgariş, dekoratsiya rejalari, ovozlaştiriş işlari qaytadan amalga oşirilgan.

5

Törtinçi fasl

Törtinçi faslning söngi ikki qismning premyerasi 2017-yil Fevral oyiga…

Törtinçi faslning söngi ikki qismning premyerasi 2017-yil Fevral oyiga möljallangan.

Matn: maqola «Sherlok (teleserial)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.