Colorado ştatidagi tinç va nosoz South Park şaharçasida yaşovçi tört nafar maktab öquvçisi bemaʼni sarguzaştlarga duç keladi. Dunyo esa ötkir tilli bolalarning nazari orqali körsatiladi.
Satirik komediya moda tendensiyalarini, maşhur odamlarni va siyosatçilarni ayovsiz masxara qiladi. Trey Parker serialning rejissyori va ssenariy muallifi, musiqasini Primus guruhi yozgan. Studiyasi — South Park Studios, premyerasi 1997-yil 13-avgustda bölib ötgan. Bir epizod 22 daqiqa davom etadi.
·Ensiklopediyadan
South Park (Janubiy Park; talaffuzi: /saʊθ pɑːrk/) Trey Parker va Matt Stone tomonidan yaratilgan Amerika multserialidir. Comedy Central kanalida 1997-yildan beri efirga uzatiladi. Serial maşhur şaxslar va voqealarni mutoyiba va satira yordamida parodiya qiladi.
Multserial asosida 1999-yilda South Park: Bigger, Longer & Uncut nomli töliq metrajli animatsion film ham işlangan.
2Mazmuni
Serialdagi voqealar Colorado ştatining South Park şaharçasida bölib ötadi. Boş qahramonlar ölaroq tört nafar…
Serialdagi voqealar Colorado ştatining South Park şaharçasida bölib ötadi. Boş qahramonlar ölaroq tört nafar maktab bolasi — Stan, Kyle, Eric va Kennylar qatnaşadi. Multfilm ijtimoiy, diniy, siyosiy muammolarni hajv bilan yoritadi, illatlarni foş qiladi (masalan, NAMBLA haqidagi qismda baçabozlik qattiq tanqid ostiga olingan). Serialda tez-tez sökiniş eşitilişi va jinsiy aloqaga oid mavzular eslatilişi tufayli 18 yoşdan kiçik bölganlarga tavsiya etilmaydi.
3Işlab çiqariş
Multfilm ikki ölçamli sodda animatsiyadan iborat. Avval boşda Parker va Stone rangli qoğozlarni qirqiş bilan…
Multfilm ikki ölçamli sodda animatsiyadan iborat. Avval boşda Parker va Stone rangli qoğozlarni qirqiş bilan serialni işlab çiqarişgan bölişsa, hozir kompyuter grafikasi yordamidan foydalanişadi.
4Asosiy qahramonlar
Stan Marsh (Trey Parker ovoz bergan) — „örtaça amerikalik bola“. Kylening yaqin…

Stan Marsh (Trey Parker ovoz bergan) — „örtaça amerikalik bola“. Kylening yaqin dösti.
Kyle Broflovski (Matt Stone ovoz bergan) — aqlli, mantiqli bola. Yahudiy bölgani uçun Cartman bilan munosabatlari yomon.
Eric Cartman (Trey Parker ovoz bergan) — xudbin, irqçi, agressiv bola. Töladan kelgan, lekin „semiz“ ekanligini tan olmaydi.
Kenny McCormick (Matt Stone ovoz bergan) — sökinğiç bola. Olovrang anoragi oğzini yopib turgani uçun nima deyotgani aniq eşitilmaydi. Qaşşoq oila farzandi. Serialning köp qismlarida öladi (keyingi qismlarda esa uni yana uçratiş mumkin).
Çef (Isaac Hayes ovoz bergan) — South Park maktabi oşpazi. Ayollarga öç.
Herbert Garrison (Trey Parker ovoz bergan) — maktab öqituvçisi. Jinsiy moyilligi xilma-xil (multserial davomida u ham geteroseksual, ham gomoseksual munosabatlarda bölgan) va şu yuzdan ikki marta jins almaştiriş amaliyotidan ötgan.
Janob Mackey (Trey Parker ovoz bergan) — maktabb ruhşunosi. Bolalarga alkogol va giyohvand zarari haqida uqtirgan bölsa-da, uning özi araqxör va naşaxör bölib ketadi. Biroq köp ötmay bu odatlarini taşlaydi.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB6Franşiza tartibida
2 film
Matn: maqola «South Park» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.