⌕
The End of the F***ing World
Serial

The End of the F***ing World

2017 · drama, qora komediya
● Strimingda
hali baho yöq

"The End of the F*ing World" – drama, qora komediya janrlarini birlaştirgan Britaniya teleseriali. Birinçi mavsumning barça sakkiz qismi 2017-yil 24-oktabrda Channel 4ʼda namoyiş etilgan, şuningdek, All 4 xizmatida ham taqdim etilgan. Amerikaning Netflix kompaniyasi 2017-yil oxirida serialni xalqaro tarqatişni boşlagan. Ikkinçi mavsum premyerasi 2019-yil 5-noyabrda bölib ötgan. Birinçi mavsumning syujeti Charles Forsmanning ayni nomdagi komikslari asosida yaratilgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

Alex Lawther, Jessica Barden
JEJonathan EntwistlerejissyorLTLucy TcherniakrejissyorALAlex LawtheraktyorJessica BardenJessica BardenaktyorCCCharlie Covellssenariy muallifiGCGraham Coxonkompozitor
2

Birinçi mavsum

Serialning asosiy qahramonlari murakkab xarakterga ega bölgan ön yetti yoşli ikki ösmir – James va Alyssa.…
The End of the F***ing World
Kadr: «The End of the F***ing World»TMDB

Serialning asosiy qahramonlari murakkab xarakterga ega bölgan ön yetti yoşli ikki ösmir – James va Alyssa. James öz joniga qasd qilayotgan onasini körgani tufayli vazmin bölib, özini psixopat deb hisoblaydi va hayvonlarni öldirişdan odam öldirişga ötişni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan yoş yigit. Alyssa injiq bölib, onasining yangi oilasida özini ortiqça his qiladi va köp yillar oldin uni taşlab ketgan otasini izlaydi. James va Alyssa maktabda uçraşib, Jamesning otasining maşinasida birga qoçib ketişadi. James özi bilan piçoq oladi va fursat tuğilganda Alyssani öldirişga umid qiladi. Tez orada maşina buzilib qoladi va ikkalasi heç kim yöq uyga kirib oladi, uyning egasi professor va yozuvçi Clive Koch qizlarga zöravonlik qiluvçi bölib çiqadi. Clive Koch Alyssaga taşlanganda, James uni piçoqlab öldiradi. Ösmirlar qizning otasi yaşaydigan uy tomon harakatlanişda davom etadi, ammo ularning izidan bir neçta ayol detektivlar yollanadi. Yölda James va Alyssa boşqa maşinani öğirlab ketişadi va yoqilği quyiş şoxobçasida maşina egasi ularni töxtatmoqçi bölganida u bilan muştlaşişadi. Alyssaning taʼsiri ostida James asta-sekin özgaradi; serialning bir qismida, politsiya bölimida ötirgan James endi psixopat bölişni xohlamasligi haqida öylaydi.

Alyssa sohilda joylaşgan uydan otasini topgaç, ota va qiz bir-birlari bilan uçraşganidan xursand bölişadi. Biroq, uning otasi giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullangani va yoş öğli bölgan boşqa oilasini taşlab ketgani tez orada maʼlum böladi. James avtoturargohdagi janjal voqeasi videokameralarga tuşib qolganini va tez orada qölga olinişini tuşunib yetadi. James va Alyssa qayiğda suzib ketişga qaror qilişadi, ammo vaqt juda kam böladi. Politsiyaçilardan biri Alyssaning uyiga kelib, Jamesni taslim bölişga köndiradi, çunki uşbu kunda James 18 yoşga töladi va agar u qarşilik qilsa, holat yomonlaşişini anglab yetadi. Hibsga olinişi ertami-keçmi sodir bölişini tuşungan James özini Alyssani öğirilab ketgan şaxs sifatida foş qilişga qaror qiladi va barça aybni öz böyniga oladi. U Alyssaning otasining öqlangan miltiğini qölga oladi va uni quvib kelayotgan politsiyaçilardan dengiz qirğoği böylab yuguradi. Uning oxirgi fikri: „Bugun men 18 yoşdaman va odamlar bir-birlari uçun nimani anglatişini endi tuşunib yetdim deb öylayman“. Şundan söng, ekran qorayadi va otişma eşitiladi.

3

Tanqid

„The End of the F*ing World“ hozir „Rotten Tomatoes“ veb-saytida 97% maʼqullaş reytingiga ega bölib, 32 ta…

„The End of the F*ing World“ hozir „Rotten Tomatoes“ veb-saytida 97% maʼqullaş reytingiga ega bölib, 32 ta şarhga asoslanib, örtaça reytingi 8,21/10 ni taşkil qiladi.

„The Hollywood Reporter“ şarhlovçisi Daniel Finberg serialni „Britaniya komediyasining sakkiz qismli qora marvaridi“ deb atagan va ssenariy, personajlar va saundtrek, şuningdek, Alex Lawther va Jessica Bardenning namoyişini maqtagan.

4

Davomi

Birinçi mavsumning muvaffaqiyatidan söng, serialning ikkinçi fasli 2019-yil 21-avgust kuni Channel 4…

Birinçi mavsumning muvaffaqiyatidan söng, serialning ikkinçi fasli 2019-yil 21-avgust kuni Channel 4 kanalining Twitterʼdagi rasmiy sahifasida eʼlon qilingan.

2019-yil oktabr oyida, ikkinçi fasl premyerasi oldidan, serial ssenariy muallifi Charlie Kowell hikoyani davom ettirişning iloji yöqligini tan olgan.

5

Madaniyatga taʼsiri

Serial „The Last of Us Part II“ videoöyiniga katta taʼsir körsatdi va öyindagi dialoglar uçun ilhom manbai…

Serial „The Last of Us Part II“ videoöyiniga katta taʼsir körsatdi va öyindagi dialoglar uçun ilhom manbai böldi.

6

Mukofot va nominatsiyalar

2018 -"Eng yaxşi kinematografiya" nominatsiyasi uçun Emmy mukofoti (Justin…

2018 -"Eng yaxşi kinematografiya" nominatsiyasi uçun Emmy mukofoti (Justin Brown)

2018 – BAFTA TV mukofotining „Eng yaxşi dramatik serial“ nominatsiyasi.

2018 – „Eng yaxşi dramatik serial“ va „Eng yaxşi operatorlik ishi“ uçun ikkita Royal Television Society mukofoti.

2019 – Peabodi mukofoti.

2020 – Emmy „Eng yaxşi kinematografiya“ nominatsiyasi (Benedikt Spens)

Matn: maqola «The End of the F***ing World» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Nima köramiz?3 savol — kayfiyatga mos 3 film→
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.