⌕
Kurtlar Vadisi Pusu
Serial

Kurtlar Vadisi Pusu

Valley of the Wolves: Ambush
2007 · jangari · 120 daq
● Strimingda
hali baho yöq

Kurtlar Vadisi Pusu Pana Film tarafidan tayyorlangan, dastlab 2003-yil 15-yanvarda efirga uzatilgan siyosiy turdagi turk teleserialidir.

2007-yilning 19-aprelida boşqa nom bilan efirga uzatilgan siyosiy, politik ruhdagi „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialining dastlabki uç fasli Show TVda namoyiş etilgan. Serialning 4-mavsumi moliyaviy sabablarga köra Star TV orqali efirga uzatilgan. Biroq, payşanba oqşomida efirga uzatiladigan UEFA Yevropa ligasi öyinlari bilan serial qismlarining vaqti parallel bölib qolganligi sababli, „Kurtlar Vadisi Pusu“ serialininng 5-mavsumi ATVda namoyiş etilgan. Serial 6-mavsumdagi faoliyatini TNTda davom ettirgan. TNT yopilişi munosabati bilan 7 va 8-mavsumlari ATV da namoyiş etilgan. Keyinçalik, 9 va 10-fasllari „Kanal D“ telekanali orqali efirga uzatilgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

GKGökhan Kırdarkompozitor
2

Mavzu

Polat Alemdar öziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajaradi va Turkiyada mafiyaning tepasida turgan…
Kurtlar Vadisi Pusu
Kadr: «Kurtlar Vadisi Pusu»TMDB

Polat Alemdar öziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajaradi va Turkiyada mafiyaning tepasida turgan Kurtlar Konseyi (Qaşqirlar kengaşi)ni qulatadi. Bu ishi orqali Turkiyadagi mafiya tuzilmasiga barham beradi. Topşiriqni muvaffaqiyatli bajargaç, Polat Alemdar Jamoat Xavfsizligi Taşkiloti (KGT) rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi, şuningdek, davlat tarafidan yuklatilgan muhim operatsiyalarni amalga oşiriş uçun bir qança rejalar tuzadi. Ammo, unga berilgan yangi topşiriq avvalgisidan xavfliroq edi.

3

Terminologiya

Oqsoqollar kengaşi (İhtiyarlar Heyeti): Turk davlati taşkil topgan kundan boşlab bugunga qadar faoliyat…

Oqsoqollar kengaşi (İhtiyarlar Heyeti): Turk davlati taşkil topgan kundan boşlab bugunga qadar faoliyat yuritayotgan sirli taşkilot. Turk davlatining global kuçlarga qarşi mintaqaviy kuçga aylanişi uçun xizmat qiladi.

Oqsoqol (Aksaçli): U Oqsoqollar Kengaşining aʼzosi va aʼzolar orasidan saylanadigan hamda qömitani boşqaradigan şaxsdir. Oxirgi oqsoqol - Hoca hisoblanadi.

Regent (Naip): U oqsoqolning birinçi raqamli odami va yordamçisi. U delegatsiya aʼzosi emas. Oxirgi taniqli regent Abdulhey.

Qizil Kitob (Kirmizi Kitap): Bu Turkiyaning barça sirlarini öz içiga olgan kitob. Maxfiy qurollar, maxfiy xonalar, strategik tadqiqot markazlari va delegatsiyaga aloqador bölgan şuningdek, mamlakat strategiyasini işlab çiqişda muhim rol öynaydigan odamlarning joylaşuvlari uşbu kitobga kiritilgan. Qizil kitob Oqsoqollar kengaşi himoyasida böladi.

Nasabnoma kitobi (Soy Kitabi): Bu delegatsiyaning barça aʼzolari vafot etgan taqdirda yangi delegatsiyani tuzadigan xususiy şaxslarni öz içiga olgan kitob.

Rasadi qöriqçilari (Rasadi Muhafizlari): Ular „Nasabnoma kitobi“ning qöriqçilari bölgan jamoadir. Ularning kimligini va qayerdaligini heç kim bilmaydi. „Nasabnoma“ kitobi zarurat bölmasa paydo bölmaydi.

Xudo toği (Tanri Daği): Turklarning eng qadimiy odatiga köra, öliklar Xudo toğiga yuboriladi.

Jamoat Xavsizligi Taşkiloti (Kamu Guvenliği Teşkilati) (KGT) - Aslan Akbey tomonidan asos solingan. Dastlab norasmiy muassasa, keyinçalik rasmiy muassasaga aylangan bölsa-da, töğridan töğri Oqsoqollar Kengaşi tasarrufida hisoblangan.

Kiber xavfsizlik agentligi (Siber Guvenlik Teşkilati): Taşkilot bevosita Oqsoqollar kengaşiga böysunadi. Kiber xavfsizlik uçun maʼsul. Kiber xavfsizlik böyiça sönggi mutaxassis Erdem edi. U vafot etganidan keyin qayta tiklanmagan.

Moliyaviy xavfsizlik agentligi (Finansal Guvenlik Teşkilati): Bu taşkilot ham Oqsoqollar kengaşiga böysunadi. Bu global kapital uruşlarda mamlakat manfaati uçun işlaydigan muassasa. Sami Bey uşbu muassasaning oxirgi boşliği edi, u vafot etganidan keyin qayta tiklanmagan.

Siyah Sancak: Bu Oqsoqollar kengaşiga qaraşli jamoa. Bu jamoa Armagedon jamoasiga qarşi kuraşadi. Polat Alemdar buyruği bilan Kara tomonidan asos solingan. Biroq, Karaning kutilmagan ölimi va Suriyada qolgan jamoa aʼzolari ShEDİD tarafidan öldirilgaç, jamoa Polatning buyruği bilan Yasin tomonidan qayta tiklanadi va kuraşlarini davom ettiradi. Natijada, ŞEDIDni mağlub etişadi. Jamoaning sönggi rahbari - Yasin.

Ocaklar:Birinçi jahon uruşi boşlanganda Usmonli imperiyasi mudofaasini yaxşiroq qiliş uçun markaz bölgan Istanbulni mustahkam uşlab, Rumeliya va Arabiston yarim oroli yerlarida yangi davlatlar tuzişgan. Usmonli imperiyasi bu davlatlarda hukmronlik qilişgan. Turkiyaning Anadoludagi istiqlol uruşidagi ğalabasida ocaklar katta jonbozlik körsatişgan. Omar Baba vafotidan söng ocaklarning Istanbuldagi maxfiy kotibi Suha Tarik Polatga ocaklarning boş kotibi Omar Baba ekanligini hamda uning maxfiy vasiyatini maʼlum qiladi. Omar Baba özining yaşirin vasiyatida ocaklar rahbarligini Polatga berilişini xohlagan. Şunda Polat buni qabul qilib, Ocaklar boşliği böladi. Ocaklarning oxirgi rahbari Polat Alemdardir.

Qaşqirlar kengaşi (Kurtlar Konseyi): Bu mafiyalarning eng yuqori kuçi. 1983-yilda Mehmet Karahanli baronligi ostida taşkil etilgan va uning eng taʼsirli yillari 2003—2005-yillar oraliğida bölgan. Kengaş 2005-yilda Nizamettin Guvenç tomonidan Topinuvçilarlarning buyruği bilan boşlangan operatsiya natijasida tarqatib yuborilgan. Şundan söng, Tapinakçilar Vahap Kuzuzadening öğli Fehmi Kuzuzadega kengaşni qayta tuzişni buyuradilar va Fehmi tez orada kengaşni qayta tuzadi. Uşbu kengaşdagi barça aʼzolar Polat Alemdar tomonidan, oxirgi baron Fehmi Kuzuzade esa sobiq KGT aʼzosi Zeynep Öğuz tomonidan öldiriladi.

Milliy xavfsizlik kengaşi (Ulusal Guvenlik Musteşarliği): Uning boşqa nomi - Jamoat xavfsizligi maslahatçilik kengaşi. Bu Iskender Buyuk boşçiligidagi maslahatçilik kengaşi hisoblanadi. Iskender soğliği bilan boğliq jiddiy muammolar tufayli işdan böşatilgaç, Unsal Kemal maslahatçi etib tayinlanadi va uning ölimidan söng markazning barça bölinmalari tarqatib yuboriladi.

Gladio: Bu Sovuq uruş davrida taşkil etilgan yirik davlat taşkiloti. Turkiyadagi eng faol davr 1960—1980-yillar oraliğida bölgan. Eng muhim vakillar Aron Feller va Bulent Fuat Aras hisoblanadi. Aron Feller Polat Alemdar tomonidan öldiriladi.

(Topinuvçilar): Bu dunyoni şakllantiriş strategiyalariga ega bölgan, global kuçlarning tepasida joylaşgan maxfiy va universal taşkilot bölib, Dogu Eşrefoğlu Polat Alemdarga bu taşkilotni Mehmet Karahanlining ortidagi soyalar deb taʼriflagan. Ularning asosiy maqsadi Yaqin Şarqni içki tartibsizliklarga giriftor qiliş va Bolqonda katolik-pravoslav uruşini boşlaşdan iborat bölgan. Ayniqsa, Mematining ölimidan söng, Oqsoqollar kengaşini yöq qilişga urinadilar, ammo, Polat Alemdarning aqlli harakatlari ular bilan boğliq xavfni bartaraf etadi.

Muqaddas Najotkor (Kutsal Kurtarici): Tapinakçilarning ilohiy qutqaruvçisi.

(Yuce Majeste): Ilohiy qutqaruvçi. Oxirgi oliy hazratlari Karun edi.

4

Reytinglar

Serialning reytingi asosan yuqori bölgan. Birinçi fasllarda, aksariyat epizodlar 13-14 atrofida bölsa, u…

Serialning reytingi asosan yuqori bölgan. Birinçi fasllarda, aksariyat epizodlar 13-14 atrofida bölsa, u köpinça 15-16-örinlarni egalladi. Televizorda eng köp tomoşa qilingan epizod 19 va 20-reytinglari bilan 48-qism hisoblanadi. Ammo, 6-mavsum, ayniqsa TNTda, past körsatkiç qayd etgan. Kanal D ga ötgandan söng efirga uzatilgan 9 va 10-mavsumlarda reytinglar örtaça bölgan, lekin, avvalgi fasllardan pastroq edi. Serialning oxirgi 10-qismida jiddiy pasayiş kuzatildi va yakuniy qism hisoblangan 300-qismida esa 4,11 ball bilan Qaşqirlar makoni tarixidagi eng past reytingni oldi.

5

Şarhlar

Serial baʼzi sobiq davlat amaldorlarining qanday bölganligini, ularning davlatni qanday boşqarganligini…

Serial baʼzi sobiq davlat amaldorlarining qanday bölganligini, ularning davlatni qanday boşqarganligini körsatib bergan. Bu sahnalar quyidagi qahramonlar timsolida taʼsvirlab berilgan: Palaska Zafer (Muzaffer Tekin), Kazim Kaşifoğlu (Kaşif Kozinoğlu), Mete Aymar (Mehmet Eymur). Boşqa tomondan, serial ötmişdoşi „Kurtlar Vadisi“ dizisining muvaffaqiyatidan foydalanib, omma nazarida turli yönalişlarni yaratişga harakat qilayotganligi ham daʼvo qilingan. Garçi prodyuserlar idrok daʼvolarini inkor etsalar-da, vaqti-vaqti bilan serialda turli allegoriyalarni köriş mumkin.

Matn: maqola «Kurtlar Vadisi Pusu» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.