XX asr qizi (koreysça: 20세기 소녀) - Janubiy Koreya Bang Woo-ri tomonidan yozilgan va suratga olingan romantik drama filmi. Film 1999 yilda örta maktabda öqiyotgan yoşlar örtasidagi döstlik va muhabbatni tasvirlaydi. U 2022-yil 21-oktabr kuni Netflix-da çiqarildi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Kim You-jung, Byeon Woo-seok, Park Jung-woo
3Syujeti
1999-yilda ötkaziladigan hikoya Na Bo-ra (Kim Yo-jung) atrofida bölib ötadi, u ön yetti yoşli örta maktab…
1999-yilda ötkaziladigan hikoya Na Bo-ra (Kim Yo-jung) atrofida bölib ötadi, u ön yetti yoşli örta maktab öquvçisi va yorqin şaxsiyatga ega. Bo-raning eng yaxşi dösti Yeon-du (Roh Yoon-seo), yurak operatsiyasi uçun AQŞga ketişgaga tayyorlanayotgan bölsa-da, u birdan uydan ketolmasliginini aytadi, çunki u öz maktabidan bir yigitga muhabbatga tuşdi, uning ismi Baek Hyun-jin (Park Jung-woo) edi. Bo-ra Baek Hyun-jinni kuzatib borişni va u haqida hamma narsani bilib olişiniva maʼlumotlarni elektron poçta orqali yuborişni vaʼda qiladi. Xotirjam bölgan Yeon-du ketadi.
Maktabda Bo-ra Hyun-jinni kuzatişni boşlaydi. Bir kuni u Hyun-jin va uning eng yaqin dösti Poong Woon-ho (Byeon Woo-seok) maktabda radioeşittiriş klubiga kiriş uçun iştirok etişini eşitadi, şuning uçun klubga qöşiliş uçun yaxşi harakat qiladi. Woon-ho klubga qöşildi, Hyun-jin esa qöşilmadi. Bo-ra Hyun-jinni kuzatib boriş uçun Woon-hoga yaqinlaşişga harakat qiladi.
Hyun-jin Bo-ra unga qiziqişini tuşunmay, uni rad etiş uçun uni uçraşişga çaqiradi. Ayni paytda, Bo-ra Woon-honi sevib qolganini tuşunadi, u ham unga nisbatan his-tuyğularini rivojlantiradi.
Yeon-du yuragining operatsiyasidan söng Koreyaga qaytadi, va ular Bo-ra boşqa yigitni kuzatganini va Yeon-duni sevgan haqiqiy "Baek Hyun-jin" aslida Poong Woon-ho ekanligini bilişadi. Bunga sabab uning öz ismi yozilgan döstining maktab kiyimini kiygan Woon-ho çalkaşlikni keltirib çiqaradi. Dugonasiga sodiqligi va soğliği tufayli himoyaçi bölgan Bo-ra, öşa Woon-honi sevişini yaşiradi. Keyin Bo-ra Woon-hodan qoçişni boşlaydi, şunda ularning munosabatlari tugaydi, lekin Hyun-jin orqali Yeon-du Woon-Ho va Bo-ra bir-birlarini yoqtirişini bilib oladi. Yigit Yoon-du Bo-raga ularning döstligi uçun Woon-ho-dan voz keçişi mumkinligini va Bo-ra uning uçun eng qadrli şaxs ekanligini aytadi. Yeon-du Bo-ra unga nisbatan töğri bölmaganidan va Woon-hoga nisbatan his-tuyğularini yaşirganidan norozi.
Şu bilan birga, Woon-ho onasi va kiçik ukasi bilan hayotni tiklaş uçun Yangi Zelandiyaga qaytişga tayyorlanada. Yeon-du va Hyun-jinning yordami bilan Bo-ra ketiş kuni poyezd stantsiyasida öz his-tuyğularini tan olişlari uçun öz vaqtida yetib boradi. Woon-ho Seuldagi universitetga öqişni rejalaştirganini va ular aloqani saqlab qolişini aytadi. Woon-ho Yangi Zenlandiyaga ketgandan söng yil tugagunça elektron poçta orqali gaplaşib turişadi. Woon-ho heç qanday sababsiz Bo-raning elektron poçta xabarlariga javob berişni töxtatadi. Bo-raning qalbi sinadi, ğazablanadi, uni yenga boşlaydi.
Bo-ra universitetga öqiy boşlaydi va ança vaqt ötib ketadi. 2019-yilda u Woon-honing kiçik ukasi bölgan Joseph ismli kişidan sanʼat körgazmasiga taklifnoma oladi. Va uyerda Josephdan Woon-Ho öşa yillarda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini bilib oladi. Joseph Bo-Raga Woon-honi eslab qolganligi uçun minnatdorçilik bildirdi va Woon-Honing qisqa hayotidagi eng baxtli paytlari u uning oldida ötkazganini aytdi. Film tugaş paytida Bo-ra Woon-ho tomonidan yaratilgan video tomoşa qiladi.
4Boş röl
Kim Yo-jung Na…
Kim Yo-jung Na Bo-ra
Han Hyo-joo katta yoşdagi Na Bo-ra rölida
Ön yetti yaşar örta maktab öquvçisi, taekwondo öquvçisi va özining maktabidagi radio-televideniye klubining aʼzosi.
Byeon Woo-seok Poong Woon-ho rolida
Bo-Raning sinfdoşisi va radioeşittiriş klubi aʼzosi.
Park Jung-woo Baek Hyun-jin rolida
Woon-honing eng yaxşi dösti, sinfdoşlari tomonidan yoqadigan maşhur odam.
Roh Yoon-seo Kim Yeon-du rolida
Bo-Raning eng yaxşi dösti, u Hyun-jinga nisbatan javobsiz muhabbatga ega.
5Röllarda
Kim Sung-kyung Bo-raning onasi…
Kim Sung-kyung Bo-raning onasi rolida
Jeong Seok-yong Bo-raning otasi rolida
Lee Çeon-moo Bo-raning kiçkina ukasi Na Ba-da rolida
Yoon Yi-re "Madam", Bo-ra sinfdoşi
Jeon Hy-won "Darn it" sifatida, Bo-ra sinfdoşi
6Maxsus röllar
Lee Beom-soo maktab öqituvçisi…
Lee Beom-soo maktab öqituvçisi rolida
Park Hae-jun[1] maktab şifoxonasida şifokor rolida
Ryu Seung-ryong[1] Poong Woon-honing otasi (ovozi)
Gong Myung Jung Woon-ho, Bo-ra-ning kör tanlovi sifatida
Ong Seong-wu Poong Jun-ho / Joseph, Poong Woon-honing kiçik ukasi sifatida
Jung Min-jun yoş Jun-ho
7Taraqqiyot
Rejissor Bang Woo-ri ssenariyni dösti bilan kundalik almaşiş tajribasiga asoslanib yozgan. Film rejissyorning…
Rejissor Bang Woo-ri ssenariyni dösti bilan kundalik almaşiş tajribasiga asoslanib yozgan. Film rejissyorning tuğilgan şahri Çeongju şahrida sodir böladi.
8Filmlar
Filmning suratga oliş jarayoni Çeongju 2021 yil oktyabrdan 2022 yil yanvargaça, keyin Şimoliy Çungçeong…
Filmning suratga oliş jarayoni Çeongju 2021 yil oktyabrdan 2022 yil yanvargaça, keyin Şimoliy Çungçeong viloyati bölib ötdi.
9Çiqiş
Film 27-Busan xalqaro kino festivaliga taklif etilgan va 2022 yil 6 oktabr kuni "Korean Cinema Today -…
Film 27-Busan xalqaro kino festivaliga taklif etilgan va 2022 yil 6 oktabr kuni "Korean Cinema Today - Special Premiere' " bölimida taqdim etilgan. U Netflix-da 2022 yil 21 oktabr kuni çiqarildi.
10Taşqi havolalar
XX asr qizi…
XX asr qizi Netflixda
XX asrdagi qizbilan HanCinema
XX asr qizi IMDbda
XX asrdagi qiz Koreya kino maʼlumotlar bazasi da
11Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «XX asr qizi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.