A Silent Voice (yaponça: 聲の形, Koe no Kataçi, sözma-söz maʼnosi – „Sassiz ovoz“) – 2016-yilda yaratilgan yapon animatsion drama film bölib, Yoşitoki Ōimaning xuddi şu nomdagi mangasi asosida suratga olingan.
Film Kyoto Animation studiyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Rejissyor Naoko Yamada, ssenariyni Reiko Yoşida yozgan. Şuningdek, Futoşi Nişiya personajlar dizaynini yaratgan va Kensuke Uşio musiqasini bastalagan. Uşbu mangani animatsion filmga aylantiriş rejasi 2014-yil noyabrida eʼlon qilingan. 2015-yil noyabrida Kyoto Animation studiyasi filmni işlab çiqarişi tasdiqlangan. Miyu Irino va Saori Hayami 2016-yil may oyida ovoz beruvçi aktyorlar tarkibiga qöşilgan. Filmning rasmiy afişasi va treyleri 2016-yil iyul oyida taqdim etilgan.
Film baloğatga yetiş va psixologik drama unsurlarini öz içiga oladi. Unda zöravonlik, nogironlik, keçirimlilik, ruhiy salomatlik, öz joniga qasd qiliş va qarama-qarşi jins vakillari örtasidagi döstlik mavzulari kötarilgan. Syujet markazida ilgari boşqalarga ozor bergan, ammo hozirda jamiyatdan çetlaştirilgan yigit haqida hikoya qilinadi. U bir neça yil avval özi kamsitgan kar qiz bilan aloqani tiklaşga va döstlaşişga qaror qiladi.
Filmning premyerasi 2016-yil 24-avgustda Tokioda bölib ötgan. U Yaponiyada 2016-yil 17-sentyabrda, xalqaro miqyosda esa 2017-yil fevral–iyun oylarida namoyişga çiqqan. Tanqidçilar filmni rejissyorlik mahorati, animatsiya sifati, ovozli ijro, musiqa hamda qahramonlarning psixologik murakkabligi uçun yuqori baholaganlar. Film dunyo böyiça 30,8 million AQŞ dollari daromad keltirgan. A Silent Voice Yaponiyada Japanese Movie Critics Awards tomonidan Eng yaxşi animatsion film mukofotiga sazovor bölgan. Şuningdek, u Japan Academy Film Prizening „Yilning eng yaxşi animatsiyasi“ hamda Mainiçi Film Awardsning „Eng yaxşi animatsion film“ nominatsiyalariga nomzod bölgan, biroq uşbu toifalarda mos ravişda In This Corner of the World va Sening isming filmlari yutgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
3Syujeti
Şōya Işida va uning sinfdoşlari yangi öquvçi – tuğma kar bölgan Şōko Nişimiyani masxara qiladi va unga doimo…
Şōya Işida va uning sinfdoşlari yangi öquvçi – tuğma kar bölgan Şōko Nişimiyani masxara qiladi va unga doimo bezorilik qiladi. Maktab direktori bu holatdan xabar topgaç, Şōyaning döstlari barça aybni faqat unga yuklaydi.
Şōko unga yordam bermoqçi bölganda, Şōya öz navbatida qizni ayblaydi va ular örtasida janjal çiqib, jismoniy töqnaşuv sodir böladi. Natijada Şōko boşqa maktabga ötkaziladi, Şōya esa uning kundaligini özida olib qoladi.
Yuqori maktabda Şōya özining ilgari bezori bölgani haqidagi yomon nomi tufayli tengdoşlaridan ajralib, yolğiz va tuşkun hayot keçira boşlaydi. U asta-sekin özini aybdor his qilib, faqat öz joniga qasd qilişgina aybini yuvadi, degan fikrga keladi. Ammo bunga qöl urişdan oldin, Şōya ilgari ozor bergan odamlardan uzr söraş va qilgan xatolarini tuzatişga qaror qiladi.
U imo-işora markazida öqiyotgan Şōko Nişimiyani topib, uning daftarini qaytaradi va qiz hali ham tortinçoqligi sababli yolğiz yaşayotganini tuşunadi va u bilan yaraşadi. Şuningdek, Şoya xuddi özidek döstsiz bölgan sinfdoşi Tomohiro Nagatsuka bilan döstlaşadi. Tomohiro Şoyani özini bezorilardan qutqargani uçun minnatdorlik bildiradi.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «A Silent Voice (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.