Voqea XV asr boşlarida Rus yerlarida bölib ötadi. Knyazlar örtasidagi nizolar, tatar bosqinlari, oçarçilik va vabo xalqni ezadi. Şu notinç davrda tinçlik izlab yurgan rohib, mohir rassom Andrey Rublyov hayoti haqida hikoya qilinadi. U bir joydan ikkinçi joyga köçib yuradi va asta-sekin öz sanʼati bilan şuhrat qozonadi.
Filmni rejissyor Andrey Tarkovskiy suratga olgan, boş rollarda Anatoliy Solonitsin, Ivan Lapikov va Nikolay Burlyayev ijro etadi. Bu tarixiy biografik drama «Mosfilm» studiyasida tayyorlangan, davomiyligi 185 daqiqa. Film 1966-yilda çiqqan. Sovet davrida tanqid va senzuraga uçragan, keyinçalik esa rejissyorning eng muhim asarlaridan biri deb tan olingan hamda jahon kinosining eng yaxşi filmlari röyxatlariga kiritilgan.
1Rollarda
Anatoly Solonitsyn, Ivan Lapikov, Nikolai Grinko
·Ensiklopediyadan
Andrey Rublev (rusça: Андрей Рублёв) — 1966-yilda rejissyor Andrey Tarkovskiy tomonidan Andrey Konçalovskiy bilan hammualliflikda yozilgan ssenariy asosida suratga olingan Sovet epik, tarixiy biografik dramatik filmi. Kartina XV asrda yaşab ijod qilgan rus rassomi Andrey Rublyov hayotiga asoslangan bölib, Brejnev davrining dastlabki ön yilligida sovet senzurasi tazyiqiga uçragan va „Andreyning çekkan azoblari“ nomli dastlabki talqinning qayta tahrirlangan nusxasidir. Film 1969-yilgi Cannes kinofestivalida namoyiş etilib, Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi (FIPRESCI) mukofotiga sazovor bölgan hamda keyinçalik jahon kino tarixidagi eng yaxşi filmlaridan biri sifatida tan olingan.
2Syujeti
XV asrning boşlari. Rus yerlarida knyazlar örtasidagi taxt uçun uruşlar boşlangan edi, şafqatsiz tatar möğul…
XV asrning boşlari. Rus yerlarida knyazlar örtasidagi taxt uçun uruşlar boşlangan edi, şafqatsiz tatar möğul bosqinlari esa butun mamlakatni xarobaga aylantiradi. Film çerkov minorasiga boğlangan, qölbola usulda tikilgan havo şarida havoga kötarilgan Yefim ismli odamning hayratga töla quvonçi bilan boşlanadi, u öz hayotida birinçi marta zamin gözalligini osmonu falakdan tomoşa qiladi, biroq oradan soniyalar ötmay şiddat bilan yerga qulab, halokatga uçraydi.
Aynan ana şu fojeali yöllardan birida uç nafar rohib hamda mahoratli rassomlar Andrey, Danil va Kirill özlari yaşagan Andronikov monastirini tark etib, Moskva tomon safarga otlanişadi. Kutilmaganda boşlangan şiddatli yomğirdan boşpana izlab, ular yöl çetidagi omborxonaga kirişadi va u yerda masxaraboz, skomoroxning hukmdorlarni masxara qiluvçi hajviy qöşiqlarini eşitib qolişadi. Xudojöy va qatʼiy feʼlli Kirill bundan qattiq norozi bölib taşqariga çiqib ketadi va köp ötmay kelgan knyaz askarlariga masxarabozni tutib beradi. Keyinçalik Moskvaga yetib kelgan Kirill öşa davrning eng buyuk rassomi, usta Feofan Grekning ustaxonasiga (badiiy studiyasi) borib, unga hamkor böliş istagini bildiradi. Biroq uning umidlari çil-çil böladi, Feofan monastirga maxsus xabarçi yuborib, öziga şogird va hamkor sifatida Kirillni emas, balki isteʼdodli Andreyni tanlaydi. Iç-içidan hasad ötida yongan Kirill esa bu kamsitişga çiday olmay, xudoga isyon qilgança monastirni butkul tark etadi.
Andrey özining yoş şogirdi Foma bilan Moskva tomon yölga çiqadi. Sokin örmon qöynida u usta Feofan bilan dinning mohiyati, imon va azob uqubat çekayotgan rus xalqining qismati haqida çuqur falsafiy bahsga kirişadi. Köp ötmay, Ivan Kupala bayrami keçasida u daryo böyida yalanğoç holda sirli marosimlarni bajarayotgan butparastlarga duç keladi va ular tomonidan asirga olinadi. Biroq sirlardan xoli, bağrikeng Marfa ismli butparast ayol uni ölim xavfidan qutqarib, ozodlikka qöyib yuboradi. Ertasi kuni tongda Andrey daryo böyida keçagi butparastlarni şafqatsizlarça taʼqib qilayotgan knyaz askarlarini köradi va u çuqur vijdon azobi va çorasizlik içida nigohlarini yaşirad.
Yillar ötib, Vladimir şahrida Andrey özining qadrdon dösti Danil bilan birgalikda boş çerkov devorlarini bezaşga kirişadi. Biroq u uzoq vaqt davomida „Qiyomat kuni“ („Daxşatli sud“) sahnasini çiza olmay qiynaladi, çunki u xristian insonlarni daxşatli azoblar bilan qörqitib, dinga itoat qildirişni mutlaqo xohlamas edi. Aynan öşa kunlarda mamlakatda navbatdagi daxşat yuz beradi. Buyuk knyazning hokimiyatga öç ukasi xiyonat yöliga ötib, tatar möğul qöşinlari bilan til biriktiradi va öz birodarlari yaşaydigan Vladimir şahrini şafqatsizlarça bosib oladi. Qonli jang maydonida yoş şogird Foma tatar qöşinlari otgan öqdan yaralanib halok böladi, şahar aholisi jon saqlaş uçun panoh topgan çerkov içida esa misli körilmagan vahşiyona qirğin boşlanadi. Andrey öşa tartibsizlik içida yoş, aqli zaif qiz, Duroçkani rus askarining zöravonligidan qutqariş uçun beixtiyor qöliga bolta oladi va öz millatdoşini çopib öldiradi. Sodir etgan qotilligi va insoniyatning çirkinligidan daxşatga tuşgan rassom xudo oldida özini aybdor his etib, rassomlik sanʼatidan butkul voz keçadi hamda umrining oxirigaça sukut saqlaş (gapirmaslik) qasamini qabul qiladi. Oradan yillar ötadi, oçarçilik, quvğin va uruşlardan ruhan ezilgan Kirill tavba qilib monastirga qaytib keladi, tatarlar esa monastir hovlisida qolgan öşa aqli zaif qiz (Duroçkani) özlari bilan birga asir qilib, uzoq ölkalarga olib ketişadi.
Filmning yakuniy va eng muhim epizodi Boriska ismli yoş yigitning qismatiga bağişlangan. Uning otasi, butun rus yerlarida dong taratgan mohir qönğiroq ustasi edi va u vabo sababli vafot etgan edi. Boriska Buyuk knyaz odamlaridan qönğiroq yasaş buyurtmasini oliş uçun otasi unga hunar sirlarini örgatib ketganini aytib yolğon gapiradi. U daxşatli qörquv va qiyinçiliklar bilan ulkan qönğiroqni tayyorlaydi. Sinov kuni qönğiroq juda baland va çiroyli jaranglaydi. Knyaz xursand bölib ketadi, ammo Boriska çetga ötib, yiğlagan holda Andreyga otasi heç qanday sirni aytmaganini, hammasini tavakkal qilganini tan oladi. Bolaning bu jasoratidan taʼsirlangan Andrey köp yillik gapirmaslik qasamini buzadi va unga „Sen qönğiroq quyasan, men esa diniy surat çizaman“ deydi. Filmning oxirida Rublyovning saqlanib qolgan haqiqiy rasmlari yorqin rangli kadrlarda körsatiladi, eng söngida esa yomğir ostida daryo böyida turgan otlar sahnasi bilan asar tugaydi.
3Işlab çiqariş
1961-yilda Andrey Tarkovski özining ilk töliq metrajli badiy asari „Ivanning bolaligi“ (Ivanovo detstvo)…

1961-yilda Andrey Tarkovski özining ilk töliq metrajli badiy asari „Ivanning bolaligi“ (Ivanovo detstvo) ustida işlayotgan paytidayoq „Mosfilm“ kinostudiyasiga diniy rasmlar çizadigan rus rassomi Andrey Rublev haqida film suratga oliş ğoyasini taklif qilgan. Rasmiy şartnoma 1962-yilda imzolangan bölib, kartina ssenariysi Andrey Konçalovski bilan hamkorlikda ikki yildan ortiq vaqt davomida, örta asr solnomalari (yilnomalari) va tarixiy manbalarni çuqur örganiş asosida yozilgan hamda 1964-yilning aprel oyida tasdiqlangan. Uşbu ssenariy dastlab „Искусство кино“ jurnalida çop etilib, tarixçilar hamda kinotanqidçilar örtasida qizğin bahs munozaralarga sabab bölgan. Rublev rolini ijro etişni Tarkovski öşa paytda Sverdlovsk teatrida faoliyat yuritgan, kino olamida hali umuman tanilmagan aktyor Anatoly Solonitsinga işonib topşirgan. Solonitsin ssenariyni jurnalda öqib qolib, kastingda qatnaşiş uçun öz hisobidan Moskvaga kelgan edi. Keyinçalik u Tarkovskining eng köp hamkorlik qilgan aktyorlaridan biri sifatida, rejissyorning „Solaris“, „Közgu“ (Zerkalo) va „Stalker“ kabi maşhur filmlarida ham boş rollarni ijro etgan.
Tasvirga oliş işlari 1965-yilning aprel oyida boşlangan (kino tarixçisi J. Hoberman öz tadqiqotlarida 1964-yil sentabr oyini körsatadi). Loyiha uçun dastlab ajratilgan 1,6 million rubllik byudjet keyinçalik bir neça bor qisqartirilib, 1 million rubl etib belgilangan, buning oqibatida Kulikovo jangi kabi bir qator yirik va ommaviy sahnalar ssenariydan butunlay çiqarib taşlangan. Yakunda film işlab çiqariş qiymati 1,3 million rublni taşkil etgan, rejadagi xarajatlardan oşib ketişga 1965-yil noyabridan 1966-yil aprelgaça tasvirga oliş jarayonini töxtatib qöygan kuçli qor yoğişi (noqulay ob-havo) sabab bölgan. Kartina Nerl daryosi böyida, şuningdek, Vladimir, Suzdal, Pskov, Izborsk va Peçori kabi tarixiy şaharlarida suratga olingan. Tarkovski filmning asosiy qismini qora-oq formatda, Rublevning asarlari körsatiladigan yakuniy xulosa qismini (epilogni) esa rangli tasvirda muhrlagan, rejissyorning fikriça, insonlar kundalik hayotdagi ranglarni deyarli payqamaydilar. Filmdagi ayrim şafqatsiz sahnalar, xususan, haqiqiy otning ölimi tasvirlangan kadrlar öşa paytdayoq jamoatçilik orasida keskin bahs munozaralarga sabab bölgan.
Filmning „Andreyning çekkan azoblari“ deb nomlangan ilk montaj talqini 1970-yilning iyul oyida tayyor bölgan va u 205 daqiqa davom etgan. SSSR Davlat kinematografiya qömitasi (Goskino) kartinaning haddan taşqari uzunligi, undagi tuşkun (salbiy) kayfiyat, şafqatsizlik hamda oçiq sahnalar (yalanğoçlik) sababli uni qisqartirişni talab qilgan. Film 1966-yil 16-dekabrda Moskvadagi Kinoçilar uyida bir marotaba namoyiş etilgan bölib, KPSS Markaziy Qömitasi uning „mafkuraviy jihatdan mutlaqo xato ekanligiga şubha yöq“ deb xulosa çiqargan. 1969-yilgi Cannes kinofestivalida kartina asosiy tanlovdan taşqari, festivalning sönggi kunida, tonggi soat 4 da bor yöği bir marta körsatilganiga qaramay, Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi (FIPRESCI) mukofotiga sazovor bölgan. SSSRda film faqatgina 1971-yil 24-dekabrga kelib, 186 daqiqalik qisqartirilgan talqinda katta ekranlarga çiqdi, u 277 ta nusxada tarqatilib, 2,98 million tomoşabin töpladi. 1973-yilda film AQŞ kinoteatrlarida namoyiş etila boşlagaç, „Columbia Pictures“ uni yana 20 daqiqaga qisqartirib yuborgani sababli, kartina ğarb kinotanqidçilari tomonidan sovuq (salbiy) kutib olindi. 2018-yilda esa „The Criterion Collection“ kompaniyasi filmning ilk original variantini va keng ommaga taqdim etilgan nusxasini DVD va Blu-ray formatlarida sotuvga çiqardi.
4Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB5Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Andrey Rublyov (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
