⌕
Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)
Film

Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)

Bridge to Terabithia
2007 · sarguzaşt, drama · 95 daq
🍅 85%74
▶ Treyler

Jesse Aarons yoz böyi maktabdagi eng tez yuguruvçi böliş uçun maşq qiladi. Lekin musobaqada uni yangi öquvçi Leslie Burke ortda qoldiradi. Ular köp jihatdan farq qiladi: Leslie badavlat oiladan, şahar qizi, Jesse esa qişloq bolasi. Şunga qaramay, ikkalasi tez döst bölib qoladi va birgalikda Terabitiya nomli sehrli olamni yaratadi. Bu yerda yirtqiç mavjudotlar, trollar va devlar yaşaydi, ular esa şoh va malika sifatida hukmronlik qiladi.

Filmni Gábor Csupó rejissyorlik qilgan, ssenariysi David L. Paterson tomonidan yozilgan. Ssenariy Katherine Patersonning shu nomdagi romani asosida. Rollarda Josh Hutcherson, AnnaSophia Robb, Bailee Madison, Zooey Deschanel va Robert Patrick. Film Walden Media studiyasi tomonidan işlab çiqarilgan, davomiyligi 95 daqiqa. Janri — sarguzaşt va drama. AQŞda 2007-yil 16-fevralda prokatga çiqqan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)▶
2

Rollarda

Josh Hutcherson, AnnaSophia Robb, Robert Patrick
GCGábor CsupórejissyorJosh HutchersonJosh HutchersonaktyorAnnaSophia RobbAnnaSophia RobbaktyorRobert PatrickRobert PatrickaktyorBailee MadisonBailee MadisonaktyorZooey DeschanelZooey DeschanelaktyorLGLatham GainesaktyorLCLauren ClintonaktyorDLDavid L. Patersonssenariy muallifiAZAaron Zigmankompozitor
·

Ensiklopediyadan

Terabitiyaga sayohat – 2007-yilda David L. Paterson va Jeff Stokvell ssenariysi asosida Gabor Csupo rejissyorligida suratga olingan AQŞning fantastik drama filmi. Film 1977-yilda Katherine Patersonning xuddi şu nomdagi romaniga asosan suratga olingan. Boş rollarda Josh Hutcherson, AnnaSofiya Robb, Bailee Madison, Zooey Desçanel va Robert Patrick iştirok etgan. Filmda ösmir bolalar Jesse Aarons (Hutcherson) va Leslie Burke (Robb) özlarining hayotlaridagi muammolardan uzoqlaşiş va böş vaqtlarini birgalikda ötkaziş uçun fantastik „Terabitiya“ olamini yaratişgan.

Asl roman Patersonlar öğli bölgan David L. Patersonning bolaligidagi voqealarga asoslangan bölib, David film ssenariysini özi yozişni davom ettirgan. 2005-yilning oxirida Csupó işga qabul qilingan va ssenariyning asosiy qismi yakunlangan. Asosiy suratga oliş işlari 2006-yil fevral oyida boşlanib, aprel oyigaça Aucklandda bölib ötgan. Film 71 yoşli kinematograf Miçeal Çapmanning eng sönggi filmi bölib, u keyinçalik nafaqaga çiqişni rejalaştirgan.

Terabitiyaga sayohat 2007-yilning 16-fevralida Buena Vista Pictures tomonidan AQŞda namoyiş etilgan. Film özining vizual tasvirlari, aktyorlar ijrosi va hayotiy voqealarga asoslanganligi uçun tanqidçilar tomonidan ham ijobiy qabul qilingan. Film butun dunyo böylab 137,6 million dollar daromad qilgan. Film 29th Young Artist Awardsda öz nomzodi bilan barça beş mukofotni qölga kiritgan.

3

Voqealar rivoji

Jess Aarons 12 yoşli xavaskor rassomlardan bölib, moliyaviy jihatdan qiynalayotgan oilasi bilan Lark Creekda…
Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)
Kadr: «Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)»TMDB

Jess Aarons 12 yoşli xavaskor rassomlardan bölib, moliyaviy jihatdan qiynalayotgan oilasi bilan Lark Creekda yaşardi. Jess singlisi May Belle bilan maktabga avtobusda borişar edi. Maktabda esa Jess Janice Avery ismli qiz tomonidan köp bora haqoratlanardi. Kunlarning birida Jess Leslie Burke ismli yangi öquvçi bilan döstlaşadi. Jess uyda doimiy maşq qilib, tayyorlanib yurgan yuguriş musobasiga qatnaşadi. Lekin bu musobaqada Lesliening ğalaba qozonişi Jessni xafa qiladi. Jess va Leslie uyga qaytişyotganida qöşni ekanliklarini bilib qolişadi.

Film davomida Jessning otasi bilan muosabatlari yaxşi emasligi maʼlum böladi. Otasi Jessning singlisi May Belle bilan köp vaqtini ötkazardi. Moliyaviy qiyinçiliklari tufayli onasi ham Jessni katta opasining krossovkalarini kiyişga majburlaydi. Bir kuni maktabda Leslie Jessning rasm çiziş qobiliyatini maqtaydi va ular döst bölişni boşlaşadi. Darsdan keyin ular örmonga kirib, arqon bilan soydan ötib olişadi. Jess va Leslie örmon içidagi daraxtlarning birida taşlandiq uyni topib olişadi, va Terabitiya nomli yangi dunyoni kaşf qilişadi. Keyingi bir neça kun davomida Jess va Lesli bir-birini yaxşiroq biliş uçun böş vaqtini daraxtdagi uyda birga ötkazadi.

Leslie Jessga tuğilgan kunida böyoqlar töplamni sovğa qiladi. Jess otasidan unga bölgan munosabati uçun ğazablanadi. Ertasi kuni Jess Lesliega Terabitiyaga bölgan işonçining yöqligi va uning mavjud emasligini aytib Leslieni xafa qiladi. Keyinçalik Jess Leslidan keçirim söraş maqsadida unga Prince Terrien laqabli kuçukçani sovğa qiladi. Terabitiyada ular turli xil mavjudotlarga duç kelişadi, ulardan biri ulkan troll edi. Troll zöravon Janice Averyga qiyoslangan. Maktabda Janicening haqoratlaridan çarçagan Leslie Jess bilan birgalikda unga hazil qilişadi va Janice hammaning oldida xijolat tortadi. Leslie Jessni ota-onasi bilan taniştiradi va Jess Leslielarining uyini böyaşga yordam beradi. Söng Leslie maktabdaligida Janicening barça zöravonliklariga sabab uning tajovuzkor otasi ekanligini bilib qoladi va ikkisi döstlaşişadi. Keyinçalik Janice Jess bilan ham döst böladi. Jess va Leslie kuçuk P.Terrienni Terabitiyaga olib boradilar. Terabitiyada ular özlarining ramziy duşmanlari hisoblangan bir neçta mavjudotlarga qarşi kuraşadilar. Bu safar troll ularning ittifoqçisi sifatida jonlantiriladi.

Ertasi kuni ertalab Jessni judayam yoqtirdigan musiqa öqituvçisi Edmunds xonim qönğiroq qilib, uni sanʼat muzeyi sayohatiga taklif qiladi. Jess uyiga qaytganida, otasi Leslie soyda arqondan sakrab ötayotganida boşini urib olganini va huşini yöqotib çökib vafot etganini aytadi. Jess bu gaplarni eşitgan zahotiyoq otasining sözlariga işonmaydi hamda işonç hosil qiliş uçun soy böyiga yugurib ketadi. Lekin uzilgan arqon va Leslielarning uyi oldidagi tez yordam maşinasini körganida bu haqiqatni qabul qilişga majbur böladi.

Ertasi kuni Jess va uning ota-onasi hamdardlik bildiriş uçun Burkelar uyiga borişadi. Lesliening otasi Bill Burk Jessga Leslie uni sevganini va uning eski maktabida döstlari bölmagani sababli Lesliega eng yaxşi döst bölgani uçun minnatdorçilik bildiradi. Jess Leslining ölimida özini juda aybdor his qiladi. Terabitiyadagi „Yovuz Qirol“ Jessni taʼqib qilayotgandek tuyilib yiğlab yuboradi. Lekin Lesliening otasi unga Lesliening xotirasi ular bilan abadiy qolişini aytib tasalli beradi. Jess Terabitiyani qaytadan tasavvur qilişga qaror qiladi va yangi hukmdorni kutib oliş uçun daryo ustida köprik quradi. Jess singlisi May Belleni Terabitiya mamlakatiga taklif qiladi va özini qirol, singlisini esa malika deb eʼlon qiladi.

4

Aktyorlar

Josh Hutcherson intiluvçan rassom bölgan 6-sinf öquvçisi Jess Aarons…
Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)
Kadr: «Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)»TMDB

Josh Hutcherson intiluvçan rassom bölgan 6-sinf öquvçisi Jess Aarons rolida.

AnnaSophia Robb Jessning dösti bölgan 6-sinf öquvçisi Leslie Burke rolida.

Bailee Madison Jessning singlisi Mey Belle Aarons rolida.

Zooey Desçanel Jess yoqtiradigan musiqa öqituvçisi Edmunds xonim rolida.

Robert Patrik Jess va Mey Bellning otasi Jack Aarons rolida.

Kate Butler Jess va Mey Bellening onasi Mery Aarons rolida.

Devon Wood Jess va May Bellening opasi Brenda Aarons rolida.

Emma Fenton Jess va Mey Bellening opasi Ellie Aarons rolida.

Grace Brannigan Jess va Mey Bellening çaqaloq singlisi Joyce Aarons rolida.

Latham Geyns Lesliening otasi Bill Burke rolida.

Judy Mclntoş Lesliening onasi Judy Burke rolida.

Patricia Aldersley Lesliening buvisi rolida.

Lauren Clinton gigant trol uçun ilhom manbai bölgan Jess va Lesliening bezori, keyinçalik dösti bölgan Janice Avery rolida.

Isabelle Kirçer Carla rolida

Cameron Wakefield Scott Hoager rolida

Elliot Lawless Gary Fulçer rolida, zöravonlardan biri, tukli tulporlarga ilhom manbai bölib xizmat qiladi.

Carly Owen Madison rolida

Jen Wolfe Myers xonim öqituvçi rolida.

James Gaylyn direktor Turner rolida

Ian Harcourt Kenny rolida, avtobus haydovçisi.

Phil Grieve janob Bailey rolida

Matt Gibbons zulmat ustasi sifatida, Terabityadagi yovuz mavjudot.

Paddy şahzoda Terrien rolida, Burke oilasi tomonidan asrab olingan it.

5

Işlab çiqarilişi

Filmni Nickelodeonning „Rugrats“ multseriali hammuallifi va sobiq Hanna-Barbera animatori Gábor Csupó…
Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)
Kadr: «Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)»TMDB

Filmni Nickelodeonning „Rugrats“ multseriali hammuallifi va sobiq Hanna-Barbera animatori Gábor Csupó sahnalaştirgan. U bu vazifaga dastlab Walden Media prezidenti Cary Granat tomonidan tavsiya etilgandi. Garçi Csupó ilgari heç qaçon jonli film ustida işlamagan bölsa-da, bu Granatni „zarraça taşvişga solmagan“. Csupó filmni suratga olişdan manfaatdor ekanligini aytgan, çunki u „uzoq vaqt davomida jonli film suratga olişni orzu qilgan“, lekin „men bu kitobni öqigunimça, bu ish menga yoqmagan“ deb aytgan. U kitobni „taʼsirli“ deb taʼriflab, „uni hayajonga solganini“ aytgan. Terabitiyaga sayohat kinooperator Miçeal Çapmanning nafaqaga çiqişidan oldingi sönggi filmi bölgan. Çapman filmning DVD şaklida uşbu filmni suratga olgandan söng nafaqaga çiqqanini, çunki u oxirgi filmi yaxşi bölişini xohlaganini taʼkidlagan; „Bu juda çiroyli hikoya va men butun hayotim davomida aynan şunday film qilişni xohlaganman“.

6

Kasting

Rejissor Csupo film uçun dastlab aktyorlar haqida heç qanday fikri bölmaganini taʼkidlagan. Birinçi tanlangan…
Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)
Kadr: «Terabitiyaga sayohat (2007-yildagi film)»TMDB

Rejissor Csupo film uçun dastlab aktyorlar haqida heç qanday fikri bölmaganini taʼkidlagan. Birinçi tanlangan aktyor Leslie Burke rolini ijro etiş uçun AnnaSophia Robb bölgan. Robb Csupóga şunday gözal va samimiy xat yozgan ediki, unda u kitobga va qahramonga bölgan sevgisini ifoda etgandi. Csuponing aytişiça, u AnnaSophiani „yozgan xati, ğayrati“ tufayli tanlab olgan. Şuningdek, Robb kasting boşlanişidan oldin prodyuser Lauren Levine bilan suhbatlaşgan va „ularning suhbati uni AnnaSophia şubhasiz bu rol uçun yaratilganligiga işontirgan“. Levine şunday degan: „AnnaSophia bilan barça xayoliy narsalar haqida suhbatlaşganimda, özimni göyo Leslie bilan gaplaşayotgandek his qilaman. U taşqi körinişidan kitobdagi Lesliedan farq qilişi mumkin, ammo Lesliening ruhi va AnnaSofiyaning ruhi deyarli bir xil edi“. Robbning aytişiça, „Leslie şunday odamlardan biriki, u doimo nur soçib turadi, öziga xos jozibaga ega va heç kim uning kayfiyatini tuşira olmaydi. Leslie şunçalik hayotga töla va quvnoq xarakterga egaki, uning rolini ijro etiş men uçun juda qiziqarli bölgan“.

7

Suratga olinişi

Filmni işlab çiqariş 2006-yil 20-fevralda boşlangan bölib, film byudjeti 20–25 million dollarni taşkil…

Filmni işlab çiqariş 2006-yil 20-fevralda boşlangan bölib, film byudjeti 20–25 million dollarni taşkil qilgan. Filmning asosiy suratga oliş işlari Yangi Zealandiyaning Auckland şahrida 60 kun içida suratga olingan. Filmni tahrirlaş ön hafta davom etgan, filming musiqani yaratiş va vizual effektlariga yana bir neça oy davom etgan. Film 2006-yilning noyabrida tugatilgan.

Matn: maqola «Terabitiyaga sayohat» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.