Muzlik davri (Ice Age) – muzlik davrida bölib ötadigan sarguzaşt. Sovuq yaqinlaşgaç, aksariyat hayvonlar janubga köçib ketadi, ammo yolğiz va jiddiy mamont Manny hamda besaranjam yalqov Sid qolişga qaror qiladi. Yölda ular inson boladan topib oladi va uni qabilasiga qaytarişga qaror qiladi. Yöllariga qiliç tişli yölbars Diego ham qoşiladi.
Rejissyorlari Chris Wedge va Carlos Saldanha, ssenariy muallifi Michael Berg. Rollarni Ray Romano, John Leguizamo va Denis Leary ovoz berib ijro etgan. Film Blue Sky Studios studiyasi tomonidan işlangan, 20th Century Fox tarqatgan, 2002-yil 15-martda AQŞda çiqdi. Film "Oskar" nominatsiyasiga nomzod böldi va 383,2 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Muzlik davri franşizasi şu filmdan boşlandi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
·Ensiklopediyadan
Muzlik davri (inglizça: Ice Age) – 2002-yilda ekranlarga çiqarilgan AQŞ kompyuterli animatsion filmi; Muzlik davri franşizasidagi birinçi film. Blue Sky Studios studiyasi tomonidan işlangan, 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Chris Wedge rejissyorlik qilgan. Film boş qahramonlariga Ray Romano, John Leguizamo, Denis Leary, Goran Višnjić va Jack Black ovoz bergan.
3Syujeti
Film voqealari muzlik davrida sodir böladi. Havolar sovişni boşlagani ortidan butun hayvonlar janubga…
Film voqealari muzlik davrida sodir böladi. Havolar sovişni boşlagani ortidan butun hayvonlar janubga migratsiya qilişni boşlaydi. Sid ismli besönaqay yalqov ikki karkidon hujumiga uçraganda, Manny ismli serjun mamont uni qutqarib qoladi. Ayni zamonda Soto ismli qiliç tişli yölbarslar tödasi yölboşçisi birodarlarining ölimi uçun odamlar qabilasidan öç olişni istab, qabila yetakçisining öğli – Roşan ismli gödakni öğirlaşni maqsad qiladi. Diego Roşan va uning onasini qöldan çiqarganda, Soto unga gödaksiz tödaga qaytmasligini aytadi. Sid va Manny daryo böyida Roşan va uning jarohatlangan onasini topib olişadi. Roşanning onasi ölimidan oldin ularga öğlini işonib topşiradi. Diego Sid va Mannyga gödakni uyiga qaytarişda yordamlaşişini aytadi, ammo uning asl rejasi Roşan va Mannyni Sotoning yoniga olib boriş böladi. Şunday qilib, uçovlon sayohatga yöl olişadi. Manny va Sid bilan yaqin döst bölib qolgan Diego ularni Soto qöygan pistirma haqida ogohlantiradi. Uçovlon pistirmaga yöliqqanda, Sotoning tödasiga pand beradi, ammo Diego Mannyni qutqarayotib jarohat oladi. Manny va Sid Roşanni odamlar qabilasiga qaytaradi. Pirovardida Manny, Sid va Diego boşqa hayvonlar bilan janubga migratsiya qiladi.
4Ovoz berganlar
Ray Romano – Manny…
Ray Romano – Manny (mamont)
John Leguizamo – Sid (yalqov)
Denis Leary – Diego (qiliç tişli yölbars)
Chris Wedge – Scrat (olmaxon)
Goran Višnjić – Soto
Diedriç Bader – Oscar
Alan Tudyk – Lenny
Stephen Root – Frank
Jane Krakowski – Rachel
Lorri Bagley – Jennifer
Kristen Johnston – Sylvia
Tara Strong – Roşan
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB6Franşiza tartibida
7 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Muzlik davri (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



