Jurnalist Marcello Rimning yuqori doiralari orasida hayot keçiradi: tungi ziyofatlar, aristokratlar va bogema bilan muloqot uning kundalik işiga aylangan. Biroq u nima istaşini hali bilmaydi. Sevgilisi Emma oddiy oilaviy hayot va anʼanaviy nikohni orzu qiladi, ammo aynan uning soddaligi Marcelloni itarib yuboradi, elitaning jozibasi esa uni tortadi. Marcello jiddiy yozuvçi böliş yölini izlaydi va şu ikki dunyo orasida sarosimada qoladi.
Filmni Federico Fellini suratga olgan, boş rolni Marcello Mastroianni ijro etgan. Rollarda Anita Ekberg va Anouk Aimée ham iştirok etadi. Ssenariy muallifi Ennio Flaiano, musiqasi Nino Rota. Janri — komediya-drama, studiyasi — Pathé. Film Fransiyada 1960-yilning may oyida, AQŞda 1961-yilning aprelida tomoşabinga taqdim etilgan. Kann kinofestivalida «Oltin palma novdasi» mukofotini qölga kiritgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Marcello Mastroianni, Anita Ekberg, Anouk Aimée
·Ensiklopediyadan
La Dolce Vita (Şirin hayot; italyança: La dolce vita) — 1960-yilda rejissyor Federico Fellini tomonidan suratga olingan satirik komediya-drama filmi. Filmda Marcello Mastroianni Rimning „şirin hayoti“da yetti keça va kunduz davomida muhabbat va baxt izlagan sariq matbuot jurnalisti Marcello Rubini rolini ijro etgan. Film 1960-yilgi Cannes kinofestivalida „Oltin palma novdasi“ni qölga kiritgan va Oscar mukofotining „Eng yaxşi kostyumlar dizayni“ nominatsiyasida ğolib bölgan.
3Syujeti
Voqealar Rim şahrida boşlanadi. Vertolyot Iso payğambarning ulkan haykalini arqonga osib, qadimiy şahar…
Voqealar Rim şahrida boşlanadi. Vertolyot Iso payğambarning ulkan haykalini arqonga osib, qadimiy şahar ustidan olib ötadi, uning ortidan esa ğiybat va şov-şuvlar ortidan quvuvçi sariq matbuot jurnalist Marcello Rubini öz vertolyotida ergaşadi. Şu tariqa boşlangan sarguzaştlar davomida Marcello tungi klublarning birida boy va injiq merosxör Maddalena bilan tanişib, tunni u bilan birga ötkazadi. Biroq u tongda uyiga qaytganida, dahşatli manzaraga guvoh böladi, uning unaştirilgan qayliği Emma haddan taşqari köp dori içib, öz joniga qasd qilgan edi. U zudlik bilan Emmani şifoxonaga olib boradi, ammo şunday oğir daqiqalarda ham uning xayolini Maddalena band etgan edi, Marcello unga qönğiroq qiliş payida böladi.
Ertasi kuni Marcello aeroportda şved-amerikalik taniqli kino yulduzi Sylviyani kutib oladi. U aktrisa bilan Muqaddas Pyotr gumbazini tomoşa qiladi, tun böyi Rim köçalarini aylanib, tong saharda Trevi favvorasiga tuşadi. Biroq bu lahzalar uzoqqa bormaydi, mehmonxona oldida Sylviyaning mast qayliği Robert ularni kutib turgan edi, u ğazab ustida qizni ham, Marcelloni ham uradi. Keyingi kunlarda Marcello özining yuksak madaniyatli, ziyoli dösti Steiner bilan çerkovda organ musiqasini çalib, ruhiy taskin qidiradi. Söngra ikki gödak Bibi Maryamni körganini daʼvo qilgan soxta „möjiza“ maydoniga reportaj tayyorlaş uçun yöl oladi. Jala quyayotgan tunda yiğilgan olomonning tartibsiz baqir çaqirlari ostida boşlangan bu soxta tomoşa, tongga yaqin şifo ilinjida olib kelingan va sarosimada halok bölgan beçora gödakning jasadini kötarib çiqiş bilan ayançli yakun topadi. Keyinçalik Steinerning şinam xonadonida ötgan ijodkorlar va ziyolilar davrasida Marcello öz döstining taşqi tomondan risoladagidek va farovon köringan hayoti ortida aslida daxşatli içki ziddiyatlar hamda maʼnaviy böşliq yaşiringanidan voqif böladi.
Marcelloning otasi Rimga keladi lekin bu uçraşuv ularni bir biriga yaqinlaştirmaydi, otasining tobi qoçib, yana yolğiz uyiga qaytib ketadi. Kunlarning birida, aristokratlar qasridagi ziyofatda Marcello Maddalenani uçratadi. Qiz aks sado beruvçi xonadan turib unga turmuş qurişni taklif qiladi. Marcello bunga tayinli javob bermagaç, qizning eʼtibori boşqa odamga çalğiydi. Tong otganda Marcello Emma bilan maşinada urişib qoladi va uni yölda qoldirib ketadi, lekin köp ötmay baribir ortiga qaytib keladi. Biroq bu yaraşuv ham uzoq davom etmaydi, köp ötmay u dösti Steiner özining ikki farzandini va özini öldirgani haqidagi dahşatli xabarni eşitadi.
Oradan vaqt ötib, Marcello jurnalistikani ham, kitob yozişni ham butunlay taşlaydi va reklama agenti bölib işlay boşlaydi. Dengiz böyidagi xonadonda ötgan navbatdagi ziyofat tonggaça çöziladi. Saharlab hamma sohildagi baliqçilar tutgan ulkan dengiz maxluqi (baliq) yoniga yiğiladi. Marcello uning ölik közlari hamon odamga tikilib turgandek tuyulayotganini aytadi. Film oxirida daryoning narigi qirğoğidan Marcelloni kafeda işlaydigan yoş ofitsiant qiz Paola çaqiradi. Ammo kuçli şamol va tölqinlar şovqini tufayli uning ovozi eşitilmaydi. Marcello qizning nima deyayotganini tuşunolmaydi va oxiri qöl siltab, mast döstlarining yoniga qaytib ketadi. Paola esa içki tuşkunlik botqoğiga botgan bu insonga açiniş va öziga xos sirli bir tabassum bilan Marcelloni ortidan tikilib qoladi.
4Işlab çiqariş
Rejissyor Federico Fellini taʼkidlaşiça, film yaratilişiga ayollarning keng „qop“ köylaklari (libos ostida…

Rejissyor Federico Fellini taʼkidlaşiça, film yaratilişiga ayollarning keng „qop“ köylaklari (libos ostida nima yaşiringanini bilib bölmaydigan kiyimlar) ilhom manbai bölgan. Ssenariy hammuallifi Brunello Rondi ham uşbu fikrni tasdiqlagan. Steiner obrazi esa Tullio Pinellining ğoyasi bölib, u özi bilan birga maktabda öqigan yozuvçi Cesare Paveseni yodga olgan holda, haddan taşqari köp fikrlaş oqibatida ruhiy va hissiy jihatdan böşab qolgan inson obrazini yaratgan. „Soxta möjiza“ 1958-yilda Terni yaqinida ikki bolaning Bibi Maryamni körganlik daʼvosiga, „dengiz yirtqiçi“ esa 1953-yildagi Wilma Montesini sirli ölimiga işora qiladi.
Prodyuser boş rolga Paul Newmanni taklif qilgan, biroq Federico Fellini uni „haddan taşqari kelişgan“ deb hisoblab, tanlovni „oddiy qiyofaga“ ega Marcello Mastroiannida töxtatgan.
Filmning asosiy qismi Rimdagi „Cinecittà“ studiyasida suratga olingan. Sahnalaştiruvçi rassom Piero Gherardi 80 dan ortiq suratga oliş maydonçasini, jumladan Via Veneto köçasi, Muqaddas Pyotr sobori gumbazi va turli tungi klublar maketini yaratgan. Aristokratlar qasri bilan boğliq sahnalar esa Bassano di Sutri saroyining özida tasvirga olingan bölib, xizmatkorlar, ofitsiantlar va mehmonlarning ayrimlarini haqiqiy aristokratlar ijro etgan. Dengiz maxluqi (yirtqiçi) va Paola bilan xayrlaşuv sahnalari Rimdan 30 kilometr uzoqlikdagi Passo Oscuro sohilböyi kurortida suratga olingan. Trevi favvorasidagi maşhur epizod qişda, bir hafta davomida tasvirga tuşirilgan. Federico Fellini taʼkidlaşiça, Anita Ekberg sovuq suvda soatlab muammosiz tura olgan, Marcello Mastroianni esa kiyimi ostidan gidrokostyum kiygan bölsada, faqat bir oz spirtli içimlik içib, özini isitib olgaçgina suvga tuşişga rozi bölgan.
Film 1960-yil 5-fevralda Italiyada, 11-mayda esa Fransiyada katta ekranlarga çiqdi. Film uçun Italiyada 13 617 148, Fransiyada esa 2 956 094 ta tomoşabin çipta sotib olgan. AQŞda öşa davrgaça eng köp daromad keltirgan xorijiy tildagi filmga aylandi. Vatikanning rasmiy „LʼOsservatore Romano“ gazetasi filmni keskin qoralab çiqdi.
Ispaniyada filmni katta ekranlarga çiqariş diktator Francisco Franco vafotigaça (1975-yilgaça) taqiqlab qöyildi, Portugaliyada esa film namoyişiga ruxsat berilişi uçun tomoşabinlar 10 yil kutişlariga töğri keldi. Filmdagi fotomuxbir Paparazzo obrazi keyinçalik köplab tillarda „paparazzi“ sözining kelib çiqişiga asos böldi.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB6Öxşaş filmlar
Matn: maqola «La Dolce Vita» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
