⌕
Labirintdagilar: Ölimga qarşi
Film · Maze Runner

Labirintdagilar: Ölimga qarşi

Maze Runner: The Death Cure
2018 · postapokaliptik, jangari, detektiv · 143 daq
🍅 43%50
▶ Treyler

Labirintdagilar: Ölimga qarşi (inglizça: The Maze Runner: The Death Cure) —– 2018-yilda Wes Ball tomonidan suratga olingan va T.S. Nowlin tomonidan yozilgan ssenariy asosida yaratilgan Amerikaning distopik ilmiy-fantastik filmidir. Uşbu film, James Daşner tomonidan 2011-yilda naşr etilgan „The Death Cure“ romani asosida suratga olingan. Bu film 2015-yilda çiqarilgan Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmining davomi bölib, Labirintdagilar film trilogiyasining sönggi qismidir. Dylan ÖBrien, Kaya Scodelario, Thomas Brodie-Sangster, Patricia Clarkson, Ki Hong Lee, Dexter Darden, Giancarlo Esposito, Aidan Gillen, Barry Pepper, Nathalie Emmanuel, Jacob Lofland, Katherine McNamara, Rosa Salazar va Will Poulter avvalgi filmlardagi rollarini davom ettirişgan bölsa, Walton Goggins yangi qöşilgan aktyorlar qatoriga kiradi.

Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi dastlab 2017-yil 17-fevralda AQŞda 20th Century Fox tomonidan çiqarilişi rejalaştirilgan. Ammo studiya ÖBrien suratga oliş jarayonida olgan jarohatlaridan tuzalişi uçun filmning çiqarilişini 2018-yil 26-yanvarga qoldirgan. Film tanqidçilar tomonidan turli xil fikrlar bilan qabul qilingan. Aktyorlar iştirokidagi sahnalar, jang sahnalari va vizual effektlar maqtovga sazovor bölgan, ammo hikoya, ssenariy va personajlar rivoji tanqid qilingan. Film butun dunyo böylab 288 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Film özini oqladimi?
Byudjet $62,0 mlnTuşum $288,2 mln×4,6
Sariq — oqlanish chegarasi (byudjetdan ×2,5)
⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Labirintdagilar: Ölimga qarşi▶
2

Rollarda

Dylan O'Brien, Kaya Scodelario, Thomas Brodie-Sangster
3

Voqealar rivoji

Sönggi erkin Gladerlar bölgan Thomas, Newt va Frypan, „Right Arm“ qarşilik harakati bilan birlaşib, WCKD…
Labirintdagilar: Ölimga qarşi
Kadr: «Labirintdagilar: Ölimga qarşi»TMDB

Sönggi erkin Gladerlar bölgan Thomas, Newt va Frypan, „Right Arm“ qarşilik harakati bilan birlaşib, WCKD tomonidan qölga olingan va ularda tajriba ötkazilgan immun bolalarni, şu jumladan Aris va Sonyani olib ketayotgan poyezd vagonidan olib çiqişga urinadi. Bolalar qutqarilganidan söng Aris Thomasga, ularning WCKD tomonidan qölga olingan dösti Minho boşqa vagonda ekanini va poyezd WCKDning operatsiya markazi bölgan Sönggi şaharga yöl olayotganini aytadi.

Right Arm yetakçisi Vince buyruğiga qarşi, Gladerlar Minhoni qutqariş uçun Sönggi şaharga yöl olişadi. Minho va boşqa bolalar WCKD tomonidan virusga davo topiş umidida qiynoqqa solinib, turli tajribalar ötkazilayotgan edi. Yölda Gladerlar Flare virusi bilan zararlangan Crankslar tomonidan hujumga uçraydi. Biroq, ularni Jorge va Brenda qutqarib qolib, ular bilan qolgan bolalarni qutqarişga otlanişadi.

Gladerlar ulkan devorlar bilan himoyalangan Sönggi şahar yoniga yetib borişadi. Devor taşqarisida odamlar şaharga kiritilişlarini talab qilib namoyişlar ötkazişadi. Janson namoyişçilar orasida Thomasni körib qolib, WCKD namoyişçilarga qarata öq uzişlarini buyuradi. Söng Gladerlarni gaz niqobini kiygan bir guruh odamlar qölga olib, yaşirin joyga olib ketişadi. Bu odamlarning biri Minho tomonidan nayza bilan yaralangan bölişiga qaramay tirik qolgan Gally edi. U Thomas, Newt va Frypanni Sönggi şaharga kirişiga yordam beradigan isyonçilar yetakçisi Lawrence bilan taniştiradi.

Gally Thomas va Newtni şahar böylab aylantirib WCKD ştab-kvartirasini körsatadi. U yerga kirişning yagona yöli hozirda yana WCKD ga işlaşni boşlagan Teresa ekanligini Thomasga körsatadi. Dastlab Thomas bunga qarşilik qiladi. Keyin Newt Thomasga özining virus bilan zararlanganini körsatadi. Newtni davolaşga vaʼda berib, Thomas va Gally Teresani qölga olişadi. WCKD askarlari kiyimini kiyib, Thomas, Newt va Gally Teresani WCKD ştab-kvartirasiga olib kirişadi va Immunlar joylaşgan manzilga yöl olişadi. Gally immun bolalarga qaraşni boşlaydi va Flare virusi taʼsirini sekinlaştiradigan zardob topişga kirişadi.

Thomas, Teresa va Newt Minhoni topiş uçun yöl olişadi, lekin Janson ularni payqab qolib ularni ortidan quvlay boşlaydi. Teresa ularga Minhoni topiş uçun qoçişga imkon beradi. Söngra şaharga kirişdan oldin Gladerlardan kuzatuv moslamalarini olib taşlayotganda olingan Thomasning qonida test ötkaziş uçun laboratoriya tomon yöl oladi. Immun bolalarni va zardobni Brendaga yetkazib berganidan söng, Gally Thomasni topiş uçun WCKD ştab-kvartirasiga qaytadi. Brenda va immun bolalar qölga tuşmaslik uçun qoçişga majbur bölişadi. Thomas va Newt Minho bilan qayta uçraşib, WCKD binosidan qoçişga urinişadi. Bir xonaga qamalib qolib, baland bino derazasidan sakraşlariga töğri keladi. Teresa esa Thomasning qoni Flare virusini butunlay yöq qilib yuborişini tuşunib yetadi. Teresa bu kaşfiyotini WCKD rahbari Ava Paige bilan bölişadi hamda ular tezda Thomasni topiş maqsadida Thomasga xabar yöllaşadi. Brenda va immun bolalar Frypan yordamida WCKDdan qoçib çiqişadi.

Bu orada, Lawrence isyonçilarini şahar taşqarisida yiğib özini qurbon qiliş orqali darvozadan katta yoriq oçadi. Bu orqali uning ittifoqçilari va virus bilan zararlangan odamlar şaharni bosib olişadi. Gally WCKD askarlari qurşoviga tuşgan Thomas, Newt va Minhoni askarlardan qutqaradi. Minho va Gally Brendadan zardobni oliş uçun yöl oladi. Thomas esa Newtdan medalon oladi, söngra Newt huşidan ketadi. Teresa şahar böylab öz ovozini tarqatib, Tomasga qaytib WCKDga keladigan bölsa, uning qoni Newtni qutqarişini aytadi. Flare virusi tomonidan deyarli butunlay egallangan Newt huşiga keladi va Thomasga hujum qilib, undan özini öldirişini iltimos qiladi. Thomas rad etganida, Newt öz piçoği bilan özini halok qiladi. Thomas WCKDga qaytib, Paige bilan yuzlaşadi.

Paige Thomas bilan suhbatlaşayotganida, Flare bilan zararlangan Janson uni öldiradi va Thomasni narkoz bilan uyquga ketkazadi. Teresa muvaffaqiyatli ravişda uning qonining bir qismini oladi. Janson faqat özini va munosib deb hisoblagan boşqalarni davolaşni xohlaşini eşitgaç, Teresa unga hujum qilib, Thomasni ozod qiladi. Thomas Janson bilan kuraşib, ikki Crankni böşatib yuboradi. Ular Jansonni öldiradi. Bino yonayotgan paytda, Thomas va Teresa tomga qoçişadi. Qolgan jamoa Bergda yetib keladi. Teresa jarohatlangan Thomasga bortga çiqişga yordam beradi, ammo bino qulab tuşib, Teresaning halok bölişiga sabab böladi.

Guruh qolgan Immunelar bilan birgalikda xavfsiz joyga qoçib, u yerda qolgan aholi tinçlikda yaşab, sivilizatsiyani qayta tiklaşlari mumkin bölgan makonga yetib boradi. Thomas Newt bergan medalonda bir xat yaşiringanini aniqlaydi. Unda Newt undan hammani asraşini söraydi va döst bölgani uçun minnatdorçilik bildiradi.

4

Işlab çiqarişi

2015-yil mart oyida birinçi hamda ikkinçi filmga ssenaristlik qilgan T. S. Nowlin Labirintdagilar: Ölimga…

2015-yil mart oyida birinçi hamda ikkinçi filmga ssenaristlik qilgan T. S. Nowlin Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmiga ham ssenariy yoziş uçun qaytişi eʼlon qilingan. 2015-yil 16-sentabrda Ball yakuniy filmni suratga oliş uçun qaytişi tasdiqlangan.

5

Suratga olinişi

Asosiy suratga oliş işlari 2016-yil 14-martda Kanadaning Vancouver şahrida boşlangan. Bungaça San-Diego…
Labirintdagilar: Ölimga qarşi
Kadr: «Labirintdagilar: Ölimga qarşi»TMDB

Asosiy suratga oliş işlari 2016-yil 14-martda Kanadaning Vancouver şahrida boşlangan. Bungaça San-Diego Comic-Con festivalida suratga oliş işlari 2016-yil fevral oyida boşlanişi rejalaştirilgani maʼlum qilingan.

2016-yil 18-mart kuni aktyor Dylan ÖBrien suratga oliş jarayonida olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan. James Daşner Twitter orqali uşbu hodisadan söng film işlab çiqarilişi töxtatilganini eʼlon qilgan. Prodyuserlar suratga oliş işlarini may oyi örtalarida qayta boşlaşni rejalaştirişayotgani haqida xabar berilgan. Kanada Rejissyorlar Gildiyasining suratga oliş röyxatiga köra, filmni suratga oliş işlari 9-mayda davom etişi va asosiy suratga oliş işlari 26-iyulda tugatilişi rejalaştirilgan. Biroq, 2016-yil 29-aprelda ÖBrienning jarohatlari kutilganidan köra jiddiyroq ekanligi aniq bölganligi sababli, işlab çiqariş nömalum muddatga töxtatigan.

Qayta suratga oliş işlari 2017-yil 6-martda Janubiy Afrikaning Cape Town şahrida boşlagan. 2017-yil may oyida Walton Goggins Lawence rolini ijro etişi eʼlon qilingan. Asosiy suratga oliş işlari 2017-yil 3-iyun kuni yakunlangan.

6

Vizual effektlar

Vizual effektlar Weta Digital tomonidan taqdim etilgan bölib, ularni nazorat qiliş Chris Whitega…

Vizual effektlar Weta Digital tomonidan taqdim etilgan bölib, ularni nazorat qiliş Chris Whitega topşirilgan.

7

Namoyiş etilişi

Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi dastlab 2017-yil 17-fevralda AQŞda premyera qilinişi rejalaştirilgan.…
Labirintdagilar: Ölimga qarşi
Kadr: «Labirintdagilar: Ölimga qarşi»TMDB

Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi dastlab 2017-yil 17-fevralda AQŞda premyera qilinişi rejalaştirilgan. Biroq, ÖBrienning jarohatlari tufayli studiya bu sanaga film tayyor bölmasligini maʼlum qilgan. 2016-yil 27-mayda 20th Century Fox filmning çiqarilişini 2018-yil 12-yanvarga qoldirgan.

2017-yil 22-aprelda studiya filmning çiqariliş sanasini yana bir bor keçiktirib, montaj işlari uçun köproq vaqt beriş maqsadida premyera sanasini 2018-yil 9-fevral etib belgilagan. Bir neça oy ötgaç, 25-avgustda studiya filmning çiqarilişini ikki hafta oldinga belgilaşga qaror qilgan. Film 2018-yil 26-yanvarda premyera qilingan.

Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi 2018-yilning 24-aprelida Blu-Ray va DVD formatlarida çiqarilgan.

8

Daromadi

Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi Amerika Qöşma Ştatlari va Kanadada 58 million dollar daromad qilgan.…
Labirintdagilar: Ölimga qarşi
Kadr: «Labirintdagilar: Ölimga qarşi»TMDB

Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi Amerika Qöşma Ştatlari va Kanadada 58 million dollar daromad qilgan. Dunyo böylab daromadi 230,1 million dollarga yetgan. Jami dunyo böylab tuşumi 288,2 million dollarni taşkil etib, filmning işlab çiqariş byudjeti 62 million dollar bölgan.

Amerika Qöşma Ştatlari va Kanadada Labirintdagilar: Ölimga qarşi filmi Hostiles filmining kengaytirilgan namoyişi bilan bir vaqtda çiqarilgan. Oçiliş hamda dam oliş kunlarida 3,786 kinoteatrdan taxminan 20 million dollar daromad olişi kutilgan. Film oçiliş haftasida 24,2 million dollar yiğib, avvalgi filmga qaraganda pastroq natija körsatgan bölsa ham, özi bilan bir vaqtda çiqqan filmlar bilan soliştirganda daromadi böyiça birinçi örinni egallagan. Ikkinçi hafta oxirida film daromadi 57% ga kamayib, 10,5 million dollarga tuşib, Jumanji: Çangalzor çorlovi filmidan keyin ikkinçi örinni egallagan.

Şimoliy Amerikada premyerasidan bir hafta oldin, film Janubiy Koreya, Avstraliya va Tayvanda namoyiş etilgan. Oçiliş hamda dam oliş kunlarida 15,1 million dollar daromad qilgan. Xalqaro miqyosda namoyiş etilgan dastlabki ikki hafta davomida film xalqaro kassani zabt etib, birinçi haftasida 62,6 million dollar, ikkinçi haftasida 35,2 million dollar daromad qilgan va şu bilan avvalgi ikki filmni ortda qoldirgan.

9

Tanqid

Şarhlarni töplovçi Rotten Tomatoes veb-saytida, film 172 ta şarhga asoslangan holda 42% maʼqullaniş…

Şarhlarni töplovçi Rotten Tomatoes veb-saytida, film 172 ta şarhga asoslangan holda 42% maʼqullaniş reytingiga va 5,1/10 örtaça bahoga ega. Metacriticda, film 38 nafar tanqidçi asosida 100 dan 50 ball töplagan. CinemaScore tomonidan sörov qilingan tomoşabinlar filmga A+ dan F gaça bölgan şkala böyiça örtaça „B+“ bahosini berişgan.

10

Qayta işlanişi

2019-yil mart oyida Disney kompaniyasi 21st Century Foxni sotib olgan. Oradan bir oy ötib 2019-yil aprel…

2019-yil mart oyida Disney kompaniyasi 21st Century Foxni sotib olgan. Oradan bir oy ötib 2019-yil aprel oyida Disney özlarining CinemaCon taqdimotida yangi Maze Runner filmlari işlab çiqilişini tasdiqlagan.

2024-yil may oyida, Maze Runner filmini qayta işlaş rejalaştirilayotgani eʼlon qilingan. Wes Ball prodyuser sifatida qaytib kelişi, Jack Paglen esa ssenarist sifatida çaqirilişi rejalaştirilgan.

12

Franşiza tartibida

3 film

Matn: maqola «Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Nima köramiz?3 savol — kayfiyatga mos 3 film→
▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.