Qizil çittak (inglizça: Red Sparrow — „Qizil çumçuq“) 2018-yilda ekranlarga çiqqan, Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, Jason Matthews qalamiga mansub hamda 2013-yilda yozilgan şu nomli romaniga asoslangan josuslar haqidagi Amerika triller filmidir. Filmda boş qahramonlarni Jennifer Lawrence, Joel Edgerton, Matthias Schoenaerts, Charlotte Rampling, Mary-Louise Parker va Jeremy Irons jonlantirişgan.
Qizil çittak filmi premyerasi Özbekistonda 31-may 2018-yilda, Amerika Qöşma Ştatlarida esa 2-mart 2018-yilda bölib ötdi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 273 ta maqola yiğilib, ulardan 43 % foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $69 millionni taşkil qilib, kartina umumjahon böylab $151 million daromad körişga muvaffaq böldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Jennifer Lawrence, Joel Edgerton, Jeremy Irons
3Syujeti
Zamonaviy Rossiyada istiqomat qiluvçi gözal Dominika Egorova kasal onasiga ğamxörlik qiluvçi taniqli…
Zamonaviy Rossiyada istiqomat qiluvçi gözal Dominika Egorova kasal onasiga ğamxörlik qiluvçi taniqli balerinadir. U raqs vaqtida jiddiy jarohati tufayli, majburiy ravişda balet truppasidan çetlaştiriladi. Şundan söng, amakisi yordami bilan agent bölişga qaror qiladi. Maxfiy çittaklar maktabiga taklif qilingan Dominika tez orada ularni işonçiga kiradi. Natijada maxfiy uyuşma tarixidagi eng yaxşi agent bölib yetişadi. U keyinçalik Sovet davlatiga xiyonat qilib, Amerika hukumati içki razvedkasida faoliyat yuritadi.
4Rollarda
Jennifer Lawrence — Dominika Egorova (sirli nomi…

Jennifer Lawrence — Dominika Egorova (sirli nomi DIVA)
Joel Edgerton — Nathaniel „Nate“ Naş
Jeremy Irons — general Vladimir Andreyeviç Korçnoy
Matthias Schoenaerts — Ivan Dimitreviç Egorov
Charlotte Rampling — Matron
Mary-Louise Parker — Senator Stephanie Bouçer (sirli nomi SWAN)
Ciaran Hinds — Kolonel Aleksey Ivanoviç Zyuganov
Bill Camp — Marty Gable
Hugh Quarşie — Simon Benford
Sakina Jaffrey — Triş Forsyth
Joely Richardson — Nina Egorova
Thekla Reuten — Marta Yelenova
Douglas Hodge — Maxim Volontov
Sasha Frolova — Anya
Kristof Konrad — Dimitriy Ustinov
5Daromad
Dastlab, 20th Century Fox bu filmni 2017-yil 10-noyabrda çiqarişni rejalaştirgandi. Biroq, uşbu kinokompaniya…
Dastlab, 20th Century Fox bu filmni 2017-yil 10-noyabrda çiqarişni rejalaştirgandi. Biroq, uşbu kinokompaniya Murder on the Orient Express klassik detektiv filmini işlab çiqarganligi tufayli kartina premyerasi 2018-yil martiga keçiktirildi.
Filmning budjeti $69 million bölib (şundan $15-20 million Jennifer Lawrencening gonorori bölgan), kartina umumjahon böylab $151 milliondan oşiq (bundan $46.8 million AQŞ va Kanada, $104.7 million esa qolgan mamlakatlarda) daromad körişga muvaffaq böldi.
6Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Qizil chittak» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
