Ronʼs Gone Wrong (tarjimasi „Tuzatib bölmas Ron“; ayrim özbekça manbalarda Mening robot döstim nomi bilan ham tanilgan) 2021-yilda katta ekranlarga çiqqan, Sarah Smith va Jean-Philippe Vine tomonidan tasvirga olingan ilmiy fantastik va komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmga Julie Lockhart va Lara Breay produserlik qilişgan, ssenariyni esa Peter Baynham va Smith yozişgan bölib, boş qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Zach Galifianakis, Jack Dylan Grazer, Ed Helms, Justice Smith, Rob Delaney, Kylie Cantrall, Ricardo Hurtado va Olivia Colman kirişadi. Multfilm Locksmith Animation studiyasi tomonidan işlab çiqarilgan ilk filmdir.
Ronʼs Gone Wrong filmi xalqaro premyerasi 9-oktabr 2021-yilda bölib ötdi. Buyuk Britaniyada şu yilning 15-oktabridan, AQŞda esa 22-oktabridan boşlab kinoteatrlarda namoyiş qilindi. Film umumjahon böylab $60.4 million daromad körişga muvaffaq böldi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Ronʼs Gone Wrong haqida 93 ta maqola yiğilib, ulardan 80 foizi filmni ijobiy baholaydi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
3Syujeti
Har bir bolaning haqiqiy dösti bölişi kerak. Qandaydir uy hayvonlari emas. Eng yaxşi döst harakat qila…
Har bir bolaning haqiqiy dösti bölişi kerak. Qandaydir uy hayvonlari emas. Eng yaxşi döst harakat qila oladigan, gapira oladigan, eng muhimi, internetga ulangan va egasiga ijtimoiy tarmoqlarda yoziş va barça sönggi tendensiyalarni örganişga, sinfdoşlar bilan aloqada va yangiliklardan xabardor bölişga yordam beradigan ajoyib robot bölişi mumkin. Hamma maktab öquvçilarida şunday robot bor. Ammo uyatçan Barney Pudowski bundan mustasno, şuning uçun u öz tengdoşlari orasida özini begonadek his qiladi — toki u uzoq kutilgan tuğilgan kuni sovğasini olmagunça. Biroq Ron ismli robot nuqsonli bölib çiqadi, ammo yoş egasi unga özi bilgan hamma narsani mustaqil ravişda örgatişga qaror qiladi.
4Ovoz berganlar
Zach Galifianakis —…
Zach Galifianakis — Ron
Jack Dylan Grazer — Barney
Ed Helms — Graham
Olivia Colman — Donka
Justice Smith — Marc
Rob Delaney — Andrew
Kylie Cantrall — Savannah
Ricardo Hurtado — Rich
Cullen McCarthy — Noah
Ava Morse — Ava
Marcus Scribner — Alex
Thomas Barbusca — Jayden
Megan Maczko — janob Thomas
Ruby Wax — Hartley xonim
Bentley Kalu — politsiyaçi
Liam Payne
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Ron's Gone Wrong» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.