⌕
Bolqon çegarasi (film)
Film

Bolqon çegarasi (film)

The Balkan Line
2019 · urush, jangari · 130 daq
hali baho yöq

Bolqon çegarasi (rusça: Балканский рубеж; serbça: Балканска међа / Balkanska međa) – 2019-yilda rus va serb kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan film bölib, unga Andrey Volgin rejissyorlik qilgan. Uşbu film quyidagi voqealarga asoslanib suratga olingan: Yunus-bek Yevkurov boşçiligida Yugoslaviya bombardimon qilinişi, Kosovadagi Slatina aeroporti hududdagi mahalliy harbiy guruhlar tomonidan egallanişi, aeroportni qaytarib oliş maqsadida ruslar tomonidan maxsus guruhning yollanişi.

Yuqorida sanab ötilgan voqealar sönggida aynan şu maxsus guruh sardori Şatalov aeroportni egallaş maqsadida maxfiy operatsiya amalga oşirib, aeroportni saqlab qoladi.

Film 2019-yil 21-martda (film asoslangan voqealarning 20 yilligiga 3 kun qolganda) rus kinoijodkorlari tomonidan 20th Century Fox CIS da nomoyiş etildi. Keyinçalik bu kompaniya Disney kompaniyasi tomonidan sotib olindi.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

Gosha Kutsenko, Miloš Biković, Gojko Mitić
AVAndrey VolginrejissyorGKGosha KutsenkoaktyorMBMiloš BikovićaktyorGMGojko MitićaktyorRKRavshana KurkovaaktyorAPAnton PampushnyaktyorMRMilena RadulovićaktyorSMSergey MarinaktyorINIvan Naumovssenariy muallifiMAMikhail Afanasyevkompozitor
2

Syujeti

1999-yildagi Yugoslaviyaning bombardimon qilinişi va Kosovo uruşi voqealari bilan bir vaqtda Slatina aerodomi…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
3

Rollarda

Anton Pampuşnyy Andrey Şatalov (Şatay)…
Bolqon çegarasi (film)
Kadr: «Bolqon çegarasi (film)»TMDB

Anton Pampuşnyy Andrey Şatalov (Şatay) rolida

Goşa Kutsenko Aslan-Bek (Bek) Evkhoev rolida(hayotdagi protitipi Yunus-Bek Yevkurov)

Miloš Biković Yugoslaviya politsiya xodimi Vuk Majevski rolida

Milena Radulović doktor Jasna Blagojević rolida

Gojko Mitić Yugoslaviya boş politsiya ofisseri Goran Milić rolida

Sergey Marin Ilya Slaşçev (Sluş) rolida

Nodari Janelidze Rustam Mamatgireyev (Girey) rolida

Kirill Polukhin askar Oleg Barmin (Baria) rolida

Ravşana Kurkova snayper Vera Kurbaeva rolida

Dmitriy Frid Smukning Şvetsariyalik doktor şerigi Stern rolida

Aleksandar Srećković Smuk rolida

Svetlana Çuykina doktor Sternning yordamçisi Marta rolida

Miodrag Radonjić Amir rolida

Nikola Randelović Stevan rolida

Roman Kurtsyn vzvod komandiri Senior Lieutenant Nikolay Poltoratskiy rolida

Emir Kusturica haydovçi rolida

Mikhail Khmurov general Dmitriy Ivanoviç Somov rolida.

4

Tarixi

Yugoslaviyadagi voqealar asosida film yaratiş ğoyasi Goşa Kutsenkoga 2012-yilda dösti, slovakiyalik prodyuser…
Bolqon çegarasi (film)
Kadr: «Bolqon çegarasi (film)»TMDB

Yugoslaviyadagi voqealar asosida film yaratiş ğoyasi Goşa Kutsenkoga 2012-yilda dösti, slovakiyalik prodyuser Vasil Şevts bilan suhbat çoğida paydo bölgan. Ssenariy yoziş uçun yozuvçi Ivan Naumov taklif qilindi va u rossiyalik tinçlikparvar askar va serb qizining 600 sahifalik sevgi hikoyasini yaratdi. Keyinçalik Kutsenko prodyuser Vadim Byrkin va general Yunus-Bek Yevkurov bilan uçraşdi va bu ikki şaxs rejissyorga yordam berişga rozi bölişdi. Yevkurov (öşa paytda – GRU maxsus kuçlari mayori) iştirok etgan operatsiyaning haqiqiy tafsilotlarining hali hanuz maxfiy saqlanişi natijasida ssenariy mualliflari syujetni öz xohişlariga köra öylab topdilar. Syujetning işonarli çiqişi uçun öşa voqealarga guvoh bölgan generalning yordami katta böldi.

5

Kasting

Miloš Bikovićga dastlab rus harbiyi rolini öynaş vazifasi topşirilgan, lekin aktyor bu Rossiya va Serbiya…
Bolqon çegarasi (film)
Kadr: «Bolqon çegarasi (film)»TMDB

Miloš Bikovićga dastlab rus harbiyi rolini öynaş vazifasi topşirilgan, lekin aktyor bu Rossiya va Serbiya tominidan olinayotgan qöşma film bölganligi uçun serb rolini öynaş mantiqan töğriroq bölişini aytib rad etgan. Keyinçalik, filmning Serbiya hududida suratga olinişiga katta yordam berib ham aktyor ham prodyusserlik vazifasini bajargan.

Milena Radulović filmda qatnaşiş uçun rus tilini örganişga majbur bölgan va film jarayonlarida rus tilida sözlaşiş darajasini mukammallaştirişga harakat qilgan. Hozirgi kunga kelib aktrisa rus tilida heç qanday aksentlarsiz sözlaşadi.

Emir Kusturica belgradlik taksi haydovçisi sifatida kiçik rol öynagan. Ijroçi prodyusser Anastasia Pelevinaning aytişiça aktyor filmning Serbiya hududida olinişi kerak bölgan qismi uçun rejissyor bölişi kerak edi. Ammo, aktyorning ish jadvali bunga töğri kelmaganligi sababli film rejissyori böliş nasib etmagan.

6

Suratga oliş

Filmda rol öynaş aktyorlardan yetarli harbiy mahorat talab etardi, şu sababli ular ikki oy mobaynida öq otiş…

Filmda rol öynaş aktyorlardan yetarli harbiy mahorat talab etardi, şu sababli ular ikki oy mobaynida öq otiş va jismoniy oğir maşğulotlar bilan şuʼğullanişdi. Film bir neça davlatlarda suratga olindi. Masalan, Moskva, Moskva viloyati, Qrim, Rossiya va Serbiya.

7

Namoyişi

Filmning premyerasi 2019-yil 21-martda bòlib òtgan va aynan şu kuni uşbu kinofilm Rossiya, Serbiya,…

Filmning premyerasi 2019-yil 21-martda bòlib òtgan va aynan şu kuni uşbu kinofilm Rossiya, Serbiya, Qirğiziston, Armaniston, Belarusiya va Qozoğiston kabi davlatlarda namoyiş etilgan.

Matn: maqola «Bolqon chegarasi (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Nima köramiz?3 savol — kayfiyatga mos 3 film→
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.