Jonli Moana: 250 million dollar budjet, 324 million tuşum

Moana franşizasining umumiy kassa tuşumi 2 milliard dollardan oşdi. Bu uç filmning yiğindisi: 2016-yilgi multfilm, 2024-yilgi davomi va bu yili çiqqan jonli aktyorlar bilan suratga olingan versiya. Lekin bu raqamda yangi filmning hissasi unçalik katta emas.
Jonli Moana AQŞda 10-iyulda çiqdi. Hozirgi hisobda dunyo böyiça tuşumi taxminan 324 million dollar: AQŞ va Kanadada 126,2 million, qolgan bozorlarda 197,6 million. Filmning işlab çiqariş budjeti esa 250 million dollar, yaʼni u kino tarixidagi eng qimmat filmlardan biri. Bu budjet hali reklama xarajatlarini hisobga olmaydi.
Boşlanişi ham kutilgandan past böldi. Dastlab AQŞda 60–65 million, baʼzi baholarda hatto 75 million dollar başorat qilingan edi. Aslida film AQŞda 43 million, xalqaro bozorda 52 million, jami 95 million dollar yiğdi. Bu Disneyning jonli remeyklari içida eng past boşlanişlardan biri: «Dumbo» (46 million) dan past, «Snow White» (42,2 million) dan sal yuqori. Ikkinçi hafta oxirida tuşum 56 foizga tuşib, 19 million böldi va film The Odyssey ortida qoldi. Uçinçi hafta oxirida yana 41 foizga kamayib, 10,6 million yiğdi.

Endi franşiza hisobiga qaraymiz. Birinçi multfilm taxminan 643 million dollar yiğgan (bir manbada 680 million deb körsatilgan, manbalar bu raqamda bir-biriga mos kelmaydi). «Moana 2» 1,059 milliard dollar yiğdi. Şukranlik kunlari bayrami davrida beş kunda 225 million dollar bilan boşlagan edi. Uçalasini qöşsak, 2,03–2,06 milliard dollar çiqadi. Bu mening hisobim, rasmiy eʼlon emas. Jonli filmning uluşi esa taxminan oltidan birçalik.
Qiziq tomoni — tanqidçilar bilan tomoşabinlar fikri bir-biridan uzoq. Tanqidçilarning Rotten Tomatoesdagi bahosi taxminan 33–34 foiz, tomoşabinlarniki esa 90 foiz. Tomoşabinlar filmga CinemaScoreda A- bergan, 18 yoşgaçalar A+. Zalda 66 foiz ayollar böldi, 56 foizi esa bolalari bilan kelgan ota-onalar. Bu köpgina boşqa Disney remeyklaridan yuqori körsatkiç.

Disney rahbarlari filmning kutilgançalik işlamaganini tan oldi. Boş direktor Josh DʼAmaro filmning tovar savdosiga va tematik parklarga hissa qöşganini, Disney+da esa yaxşi körsatkiç kutilayotganini aytdi. Original «Moana» öşa platformada eng köp körilgan filmlardan biri. Prezident Dana Walden sabab sifatida filmning «Moana 2» dan atigi 18 oy keyin çiqqanini körsatdi. Taxminiy hisoblarga köra, studiyaning zarari 100–125 million dollar bölişi mumkin. Bu rasmiy raqam emas, baho.
Muqoyasa uçun: ötgan yili «Lilo & Stitch» AQŞda 146 million dollar bilan boşlab, dunyo böyiça 1 milliarddan oşgan. Demak, gap franşizaning maşhurligida emas, vaqtda va remeyk formatida bölişi mumkin. Jonli Moananing keyingi taqdiri endi asosan Disney+dagi körsatkiçlarga boğliq.

▶
Qaysi premyerani köproq kutyapsiz?
Manbalar: Vikipediya, Variety, Deadline, The Hollywood Reporter, The Numbers


