Serial Nyu-Yorklik pizza yetkazuvçi Philip J. Fry haqida hikoya qiladi. U 2000-yil arafasida tasodifan krionika kamerasiga tuşib qoladi va ming yildan söng, 2999-yilda uyğonadi. Yangi dunyaga könikiş uçun u Planet Express kompaniyasida işga joylaşadi. Bu şirkat sayyoralararo yuk yetkazib beradi, u yerda Fry özining uzoq avlodi professor Hubert Farnsworth va boşqa ğayrioddiy hamkasblari bilan birga işlaydi.
Serial Matt Groening va David X. Cohen tomonidan yaratilgan, ular «Simpsonlar» ssenariy mualliflari hisoblanadi. Janri — komediya va ilmiy-fantastika. Studiya — 20th Television; premyera 1999-yil 28-martda bölib ötdi. Personajlarga Billy West, Katey Sagal va John DiMaggio ovoz beradi, musiqasini Christopher Tyng yozgan. 2022-yilda striming xizmati Hulu serialni qayta tiklaşi haqida eʼlon qildi.
1Rollarda
·Ensiklopediyadan
Futurama Amerika multserialidir. Ilmiy-fantastik komediya janridadir. Matt Groening va David X. Cohen tomonidan Fox telekanali uçun yaratilgan. Serial 1999-yili muzlab qolib, 3000-yilda uyğongan Nyu-Yorklik pizza taşuvçi Philip J. Fry haqida hikoya qiladi.
Serialning 1999—2003-yillar orasida 4 mavsumi tayyorlanib, Fox telekanalida efirga uzatildi. Uzoq tanaffusdan söng, 2007-yil oxirida 5-mavsum ustida ish boşlandi va u 2008-yil yanvaridan Comedy Central kanalida körsatilmoqda. Serial nomi inglizça future — kelajak va panorama sözlaridandir (qolaversa, "Futurama" nomi bilan 1939-yilgi Nyu York butunjahon körgazmasidagi bir pavilyon nomlangandi, serial asosçilari öşa pavilyondan ilhomlanişgan).
2Qahramonlar
Futuramadagi voqealar XXXI-asr boşida bölib ötadi. Asosiy qahramonlar «Planet Express» yuk taşiş xizmati…

Futuramadagi voqealar XXXI-asr boşida bölib ötadi. Asosiy qahramonlar «Planet Express» yuk taşiş xizmati şirkatida işlaşadi. Ular quyidagilardir:
Philip J. Fry (Billy West)
Philip J. Fry yoş, odatda omadsiz pizza taşuvçi yigitdir. U 2000-yil kirib kelişi bilan krionika laboratoriyasida muzlab qolib, 2999-yil oxirida uyğonadi. Şundan söng u egasi uning yagona tirik qarindoşi Professor Farnsworth bölgan Planet Express şirkatiga işga joylaşadi.
Turanga Leela (Katey Sagal)
Leela bir közli yoş ayol bölib, Planet Express şirkatida fazoviy kema darğasi bölib işlaydi. Fry uni sevişini bilsa-da, ança vaqtgaça u bilan yaqin munosabatlar boşlaşdan boş tortadi.
Bender Bending Rodríguez (John DiMaggio)
Bender piyonista, sigara işqibozi, mayda öğri, mizantrop, xudbin robotdir. Meksika zavodlaridan birida metall egiş uçun maxsus işlab çiqarilgan bu robot Planet Expressda savdo menejeri yordamçisi va keyinçalik oşpaz bölib işlaydi. U Fryning eng yaqin dösti va xonadoşi hamdir.
Professor Hubert J. Farnsworth (Billy West)
Taxminan 168 yaşar Professor Hubert Farnsworth Fryning uzoq jiyani va yagona tirik qarindoşidir. Farnsworth özining ğaroyib tajriba va ixtirolari ustidagi işlariga ketadigan xarajatni qoplaş uçun Planet Expressga asos solgan.
Dr. John A. Zoidberg (Billy West)
Zoidberg Decapod 10 sayyorasidan kelgan qisqiçbaqasimon kelgindidir. Planet Expressda tabib vazifasida işlasa-da, uning odam anatomiyasidan ham deyarli xabari yöq. Zoidberg qaşşoq hayot keçiradi va uning Frydan boşqa dösti yöq.
Amy Wong (Lauren Tom)
Amy Planet Expressda amaliyot ötayotgan muhandis-talaba qizdir. Mars sayyorasida uning badavlat ota-onasi yaşaydi. Marsda tuğilgan bölsa-da, xitoylik qilib tasvirlangan.
Hermes Conrad (Phil LaMarr)
Hermes Planet Express buxgalteridir. Yamaykalik Hermes 37-darajali qoğozboz bölib, bundan juda faxrlanadi. Şuningdek u limbo öyini çempioni hamdir.
3Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB4Franşiza tartibida
3 film
Matn: maqola «Futurama» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.