⌕
Bahorning 17 lahzasi
Serial

Bahorning 17 lahzasi

Seventeen Moments of Spring
1973 · detektiv, urush, drama · 840 daq
● Strimingda
hali baho yöq
▶ Treyler

Bahorning ön yetti lahzasi (rusça: Семнадцать мгновений весны) — 1973-yilda sovet kinoijodkorlari Yulian Semyonov va Tatyana Lioznova tomonidan yozuvçi Yulian Semyonovning şu nomdagi romani asosida işlangan teleserial.

Serialda boş qahramon — Maks Otto fon Ştirlits (asl ismi — Maksim Isayev)ning Germaniya armiyasida josuslik bilan şuğullanişi tasvirlangan. Şitrlits rolini aktyor Vyaçeslav Tixonov ijro etgan. Ştirlits Germaniya hukumatini faşistlar egallaşidan ança oldin (1927-yilda) Germaniya sotsial-demokratik işçi partiyasiga qöşiladi. Gitler hokimiyatga kelgaç, nemis kontrrazvedkasiga işga ötadi. U quvğin qilingan nemis ziyolilari va taʼqibga uçragan ruhoniylar orasidan bir neçta agentlarni yollaydi. Ştirlitsning asosiy vazifasi Germaniya Ikkinçi jahon uruşida yengilayotgan bir davrda Gitlerning ğarbiy ittifoqçilar bilan ötadigan muzokaralarini buziş va separat sulh tuzişga yöl bermaslik edi. Filmda voqealar 1945-yilning bahorida keçadi.

Serial hozirgaça yaratilgan eng muvaffaqiyatli triller va sovet tarixidagi eng maşhur teleseriallardan biri hisoblanadi. Serialga işlangan ikkita qöşiq: „Lahzalar“ va „Olis Vatandagi qöşiq“ juda maşhur bölgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Bahorning 17 lahzasi▶
2

Rollarda

Vyacheslav Tikhonov, Leonid Bronevoy, Yuri Vizbor
Tatyana LioznovaTatyana LioznovarejissyorVyacheslav TikhonovVyacheslav TikhonovaktyorLBLeonid BronevoyaktyorYVYuri VizboraktyorMZMikhail ZharkovskyaktyorYKYevgeny KuznetsovaktyorVasily LanovoyVasily LanovoyaktyorNPNikolay ProkopovichaktyorOleg TabakovOleg TabakovaktyorYulian SemyonovYulian Semyonovssenariy muallifiMTMikael Tariverdievkompozitor
3

Serial syujeti

1945-yil fevral, Germaniya. Maks Otto fon Ştirlits, Ostlend-SD tarkibida SS-ştandartenfyureri lavozimida…
Bahorning 17 lahzasi
Kadr: «Bahorning 17 lahzasi»TMDB

1945-yil fevral, Germaniya. Maks Otto fon Ştirlits, Ostlend-SD tarkibida SS-ştandartenfyureri lavozimida işlayotgan harbiy, (aslida sovet josusi Maksim Isayev) faşistik Germaniyaning sönggi kunlariga guvoh bölmoqda. Adolf Gitler Reyx taqdirini saqlab qoliş uçun maslahatçilari Genrix Gimmler va Valter Şellenberg sözlariga kirib, AQŞ bilan maxfiy ravişda muzokara olib borişga hamda ğarbiy ittifoqçilar bilan separat sulh tuzişga intiladi. Şundagina, Germaniya hamma kuçlarini sovetlarga qarşi kuraş uçun Şarqiy frontga töplay oladi. Ştirlits uşbu rejani astoydil buzişga kirişadi.

Ştirlitsga Moskva tomonidan amerikaliklar va nemislarning aloqalarini barbod qiliş buyuriladi. Biroq uning yordamçilari bölgan radist Ervin va uning xotini Ket Kinnning uyi bombardimon qilinganda, uning vazifasi murakkablaşadi. Ervin öldiriladi va uning homilador xotini kasalxonaga olib ketiladi. U ikkita yangi yordamçini — Germaniya qarşilik harakati sobiq aʼzosi professor Pleyşner va faşistik rejimni maʼqullamaydigan ruhoniy pastor Şlagni yollaydi. Şu bilan birga, Ştirlits Germaniya armiyasi boş ştabidagi josusni foş qilişga kirişgan Genrix Myullerga qarşi kuraşişi hamda uning diqqatini boşqa narsaga çalğitişi lozim böladi. Ştirlits nemis generallari örtasidagi hokimiyat uçun kuraşdan ustalik bilan foydalanişga kirişadi.

Gimmler va Şellenberg neytral Şveysariyaga amerikalik tadbirkor va siyosatçi Allen Dalles bilan muzokara uçun Karl Volfni yuborganidan xabar topgaç, Ştirlits faşistlarning vakolatli organlari vakillari örtasidagi qarama-qarşiliklarni avj oldirişga muvaffaq böladi. Valter Şellenberg, Martin Borman, German Gering, Genrix Gimmler, Genrix Myuller, Yozef Gebbels va boşqa nemis rahbarlari orasiga nifoq solişga erişgan Ştirlits, AQŞ bilan tuzilişi kerak sulhni çippakka çiqaradi. 1945-yil 24-martda öz vazifasiga qaytgan Ştirlits Stalinga ish muvaffaqiyatli bajarilganini yetkazadi, sovet askarlari esa Berlinga ança yaqinlaşib qolayotgan edi.

4

Efirga uzatilişi

1973-yil 8-iyuldan 24-avgustgaça bölgan „Birnçi dastur“ kanali orqali efirga uzatilgan "Bahorning ön yetti…
Bahorning 17 lahzasi
Kadr: «Bahorning 17 lahzasi»TMDB

1973-yil 8-iyuldan 24-avgustgaça bölgan „Birnçi dastur“ kanali orqali efirga uzatilgan "Bahorning ön yetti lahzasi" seriali sobiq Sovet Ittifoqida juda maşhur bölgan. Klaus Mehnertning xabar berişiça, ilk namoyiş etilgan paytda serial 50 mln.dan 80 mln.gaça tomoşabinni jalb eta olgan.

Ivan Zasurskiy serialning jamoatçilik tomonidan qabul qilinişini şunday taʼrifladi: "Uning birinçi namoyişi paytida şahar köçalari böşab qolardi. Bu xokkey öyinlaridan köra köproq tomoşabinlarni öziga jalb etgandi". Serial qöyilgan vaqtda jinoyatçilik darajasisezilarli darajada kamaydi, elektr stantsiyalari bir vaqtning özida işlab çiqarişni köpaytirişga majbur böldi, çunki köplab televizorlarning faollaşişi elektr energiyasini isteʼmol qilişning ösişiga olib keldi. Richard Staytes bu serial televideniye blokbasteri ekanini yozgan.

Aleksey Çernayevning sözlariga köra, sobiq SSSR Boş kotibi Leonid Brejnev „Bahorning ön etti lahzasi“ning aşaddiy muxlisi bölgan va butun serialni yigirma marta tomoşa qilgan. Entoni Olkottning taʼkidlaşiça, Brejnev epizodlarni ötkazib yubormaslik uçun Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Qömitasi yiğilişlarini boşqa joyga köçirgani haqida miş-mişlar tarqalgan.

5

Mukofotlari

1976-yilda rejissyor Lioznova, operator Pyotr Katayev va boş rol ijroçilari Vyaçeslav Tixonov va Leonid…

1976-yilda rejissyor Lioznova, operator Pyotr Katayev va boş rol ijroçilari Vyaçeslav Tixonov va Leonid Bronevoy Rossiya SFSR ning aka-uka Vasilyevlar nomidagi davlat mukofotiga sazovor bölişadi.

2009-yil 23-dekabrda, ölimidan ikki hafta ötgaç, Tixonov Ştirlits obraziga hurmat sifatida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining jangovar yordam uçun medali bilan taqdirlandi.

Matn: maqola «Bahorning 17 lahzasi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.