Yarim odam, yarim atlantlik Arthur Curry hayotidagi eng muhim savolga javob izlaydi: u haqiqatan ham şoh bölişga loyiqmi? Javobni topiş uçun u yetti dengiz böylab uzoq sayohatga çiqadi. Voqea ulkan va hayratlanarli suv osti dunyosida röy beradi.
Filmni James Wan suratga oldi, boş rollarni Jason Momoa, Amber Heard, Patrick Wilson, Willem Dafoe, Dolph Lundgren va Nicole Kidman ijro etgan. Bu superqahramonlar haqidagi boevik-sarguzaşt film bölib, Warner Bros. studiyasi tomonidan tarqatilgan. Kartina DC Kengaytirilgan koinotining oltinçi filmi hamda Justice League filmining spin-offi hisoblanadi. Film AQŞda 2018-yil 21-dekabr kuni, Rossiyada esa 13-dekabr kuni ekranlarga çiqqan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Jason Momoa, Amber Heard, Nicole Kidman
·Ensiklopediyadan
Aquaman (talaffuzi: Akvamen) 2018-yilda ekranlarga çiqqan, DC Comics naşriyotidagi Aquaman qahramoniga asoslangan superqahramonlar haqidagi film bölib, Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan. Kartina DC Kengaytirilgan Koinotining (DCKK) oltinçi töliq hajmli filmi hisoblanadi. Film rejissori James Wan bölib, boş rollarni Jason Momoa, Amber Heard, Patrick Wilson, Dolph Lundgren va Nicole Kidman kabi film yulduzlari jonlantirişgan.
Aquaman filmi premyerasi Empire, Leicester maydonida 26-noyabr 2018-yilda, Amerika Qöşma Ştatlarida 21-dekabr 2018-yilda va Özbekistonda 27-dekabr 2018-yilda bölib ötdi va film teatrlarda RealD 3D, Dolby Cinema va IMAX 3D formatlarida namoyiş qilindi. Film mablaği $160–200 millionni taşkil etib, kartina dunyo böylab $1.147 milliard daromad körişga muvaffaq böldi va 2018-yilning beşinçi eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa 20chi eng yuqori daromadli film böldi.
3Syujeti
Arthur Curry / Aquaman — Atlanna ismli ayolning öğli va dengiz çiroğidagi işçi. U yoşligida allaqaçon ajoyib…
Arthur Curry / Aquaman — Atlanna ismli ayolning öğli va dengiz çiroğidagi işçi. U yoşligida allaqaçon ajoyib kuç va tezlik, suv ostida nafas oliş va baliq bilan aloqa qiliş qobiliyati bor ekanligini sezgan edi. Ölimi oldidan Atlanna öğlini surgunlikdagi Atlantis malikasi ekanligini aytgan va erta yoki keç, albatta, Arthurning yetti dengizni boşqarişini vaʼda qilgan. Otasi unga kerakli maʼlumotni berdi va unga Aquaman bölişiga imkon beradi. U ögay ukasi Orm Marius bilan jang qiladi va dastlab unga yengiladi. Orm dengizda katta qöşin töplab, quruqlikni yöq qiliş niyatida edi. Keyinçalik Arthur oltin nayzani qölga kiritadi va ögay ukasining quruqlikni yakson qiliş ğoyasini puçga çiqaradi.
4Rollarda
Jason Momoa roli Arthur Curry /…
Jason Momoa roli Arthur Curry / Aquaman
Amber Heard roli Mera
Patrick Wilson roli Orm Marius / Ocean Master
Willem Dafoe roli Nuidis Vulko
Yahya Abdul-Mateen II roli David Hyde / Qora Manta
Temuera Morrison roli Thomas Curry
Dolph Lundgren roli Nereus
Nicole Kidman roli Atlanna
Ludi Lin roli Murk
Michael Beach roli Jesse Kane
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB6Franşiza tartibida
16 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Aquaman (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



