1984-yil. Diana Möjizakor ayol sifatida hanuz yaşirinça jinoyatçilikka qarşi kuraşadi, Vaşingtondagi Smithsonian institutida esa katta antropolog bölib işlaydi. Yangi hamkasbi Barbara bilan birga u qadimiy buyumlarni örganadi. Ular orasida sehrli kristall topiladi, u istaklarni amalga oşiradi, deb hisoblanadi. Bu toşni biznesmen Maxwell Lord qidirmoqda.
Film 2017-yildagi «Möjiza ayol»ning davomi. Rejissori Patty Jenkins, ssenariysini u Geoff Johns va David Callaham bilan birga yozgan. Diana rolini Gal Gadot ijro etadi, filmda Chris Pine, Kristen Wiig va Pedro Pascal ham rollarda çiqadi. Janri — superqahramonlar haqidagi jangari sarguzaşt, studiyasi — DC Studios, davomiyligi — 151 daqiqa. Film 2020-yilda ekranlarga çiqdi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Gal Gadot, Kristen Wiig, Pedro Pascal
·Ensiklopediyadan
Möjizakor ayol 1984 (inglizça: Wonder Woman 1984) 2020-yilda ekranlarga çiqqan, DC Comics komikslaridan tuşirilgan Möjizakor ayol qahramoniga asoslangan superqahramonlar haqidagi AQŞ filmidir. Film 2017-yilda işlangan Möjizakor ayol filmining davomi bölib, DC Kengaytirilgan Koinotining (DCKK) sakkizinçi badiiy filmidir. Bu film rejissori Patty Jenkins, hikoyani Geoff Johns va David Callaham yozişgan, şuningdek, filmda Gal Gadot (Diana Prince / Möjizakor ayol rolida), Chris Pine, Kristen Wiig, Pedro Pascal, Robin Wright va Connie Nielsen kabi film yulduzlari rol öynaşgan.
2017-yil iyun oyida ilk film çiqarilgandan köp ötmay, film davomi haqidagi munozaralar boşlandi hamda keyingi oyda ham davom ettiriş töğrisidagi qaror tasdiqlandi. Asosiy suratga oliş işlari 2018-yil 13-iyunda boşlanib, suratga oliş joylari Angliyaning Leavesden şahridagi Warner Bros. Studios studiyasida, şuningdek, AQŞning Kolumbiya okrugi va Şimoliy Virjiniyada, Angliyaning London va Duxford şahrilarida, Kanareya orollaridagi Tenerife va Fuerteventurada bölib ötdi. Olti oylik suratga olişdan söng, 2018-yil 22-dekabrda qöşimça suratga oliş işlari öz nihoyasiga yetdi.
Möjizakor ayol 1984 Warner Bros. Pictures tomonidan RealD 3D hamda IMAX 3D formatlarida ommaga havola etildi.
3Syujeti
Yoşligida Diana Prince qiroliça Hippolytaning qaramoğidagi keksa amazonkalarga qarşi Themysciradagi köp…
Yoşligida Diana Prince qiroliça Hippolytaning qaramoğidagi keksa amazonkalarga qarşi Themysciradagi köp bosqiçli sport musobaqalarida qatnaşadi. Diana otidan yiqilib tuşgaç, raqibiga yetişiş maqsadida qisqa yöldan boradi va musobaqani davom ettiradi. Ğolib bölişidan sal oldin, xolasi Antiope unga „heç qanday haqiqiy qahramon yolğondan tuğilmaydi“ deb, uni musobaqadan çetlaştiradi.
1984-yilda, birinçi film çiqarilgandan 66 yil ötgaç, Diana Vaşingtondagi Smithsonian institutining katta antropologi bölib, qadimgi Örta yer dengizi sivilizatsiyalarini örganmoqda; Diana, şuningdek, Möjizakor ayol sifatida yaşirinça jinoyatçilikka qarşi kuraşadi. Ish paytida, u yangi işçi — Barbara Ann Minerva bilan uçraşadi. Barbara — Dianaga hasad qiladigan öziga işonçi yöq ayol. Möjizakor ayol talonçilik harakatini töxtatgandan söng, Federal qidiruv byurosi Barbaredan öğirlangan antiqa buyumlar keşini aniqlaşni söraydi. Barbara ham, Diana ham bitta narsada lotinça yozuv borligini payqaşdi — keyinçalik bu „Orzular toşi“ ekanligi maʼlum böldi.
Diana toşdan uning sehridan bexabar holda, marhum sevgilisi Steve Trevorni hayotga qaytişini tilaş uçun foydalanadi; uning ruhi qaytib kelib, boşqa bir kişining tanasida yaşasa ham, Diana uni Steve sifatida qabul qiladi. Keyinçalik, Diana Barbarani hujumdan qutqarib qoladi, bu paytda esa Barbara Diana kabi qobiliyatga ega bölişni xohlaydi. Boşqa tomonda esa, Diananing tilagi uning tobora super kuçlarini sustlaşiga olib keladi. Muvaffaqiyatsiz biznesmen — Maxwell „Max Lord“ Lorenzano, keyinçalik özining bankrot bölgan neft kompaniyasini qutqariş umidida orzular toşini izlab, yaşirinça Smithsonianga taşrif buyuradi; Diana va Steve ham birgalikda qatnaşişgan Smithsonianda bölib ötgan tantanali marosimda Max, Barbarani öz ofisiga kiriş va orzular toşini öğirlaş uçun yöldan ozdiradi. Keyinçalik, Max toşning mujassamiga aylanişni xohlaydi va tilaklarni amalga oşiriş uçun uning kuçiga ega böladi, şu bilan birga u boşqalardan istagan narsasini olişga ham qodirdir; Keyin, Max qudratli va taʼsirçan şaxsga aylanib, izidan betartiblik va vayronagarçiliklarni qoldirib, uning kuçlari global beqarorlik va ziddiyatlarni keltirib çiqaradi.
Barbara, Diana va Steve keyinçalik orzular toşini yolğon, xiyonat a hiyla-nayrang xudosi — Dolos yaratganligini aniqladilar. Toş foydalanuvçining xohişini bajaradi, biroq oxirida tölov (badal) ni talab qiladi, almaşinuvni bekor qilişning yagona yöli esa bu istakdan voz keçiş yoki toşning özini yöq qilişdir. Steve bu zamonda özining mavjudligini, Diana bildirgan tilak evaziga amalga oşirilganligini tuşunadi. Boşqa tomondan esa, Barbara Diana kabi kuçga ega bölişni tilagan bölib, buning evaziga uning insoniylik hislatlari asta-sekinlik bilan yöqolmoqda.
Tobora taʼsiri ösib borayotgan Max, AQŞ prezidentidan mamlakatning sunʼiy yöldoş tizimi signallarni global miqyosda tarqatişi mumkinligini bilib oladi; Max bundan yomonlaşib borayotgan soğliğini tiklaş maqsadida butun dunyoga tilaklarni bajariş uçun foydalanadi. Televideniyega borişda Max Diana va Stevega duç keladi, ularni Barbara töxtatib qoladi. Sababi, Barbara Diana unga xalaqit bermaslik uçun Max bilan kuçlarni birlaştiradi. Steve köz yoshi tökilgan Dianani öz tilagidan voz keçişga köndiradi. Bunga rozi bölgan Diana, tilagidan voz keçadi vauçiş qobiliyatiga ega bölganda, kuçini tiklab oladi (biroq, bu Stevening yöq bölişiga olib keladi). U uyga qaytib, afsonaviy Amazon jangçisi Asterianing zirhini kiyadi. Keyin u televizion stansiyasiga boradi va u yerda kuçli bölişni xohlaganidan keyin gepardga öxşaş jonzotga aylanib, mutatsiyaga uçragan Barbara bilan jang qiladi.
Barbarani mağlubiyatga uçratgandan söng, Diana Max bilan töqnaşadi va u orqali dunyo bilan muloqot qiliş uçun özining „Haqiqat Lassosi“dan foydalanadi hamda barçani öz tilaklaridan voz keçişga işontiradi. Şuningdek, u Maxning ötgan hayotini ham namoyiş etadi: birinçi navbatda uning baxtsiz bolaligi; keyin u yaratgan betartibliklar oqibatida yiğlab yotgan kiçik öğli — Alistair. Köz yoshi tökilgan Max öz tilagidan voz keçib, Alistair yoniga boradi va unga yaxşi ota bölişga vaʼda beradi.
Biroz vaqt ötgaç, Diana Stevening tanasi bölgan kişi bilan uçraşdi va u butun dunyoni kuzatişda davom etmoqda. Ayni paytda, Asteria xuddi Diana singari odamlar orasida yaşirinça yaşaşi maʼlum böladi.
4Rollarda
Gal Gadot — Diana Prince / Möjizakor ayol: Ölmas yarim xudo, Amazonlar malikasi hamda jangçi. Diana —…

Gal Gadot — Diana Prince / Möjizakor ayol: Ölmas yarim xudo, Amazonlar malikasi hamda jangçi. Diana — Themyscira qiroliçasi Hippolyta hamda Olimpiya xudolarining şohi Zevsning qizi sanaladi. Total Film jurnali muxbiri bilan suhbatda Gadot birinçi filmdagi obraz evolyutsiyasi haqida söz olib bordi: „Birinçi filmda [Diana] haqiqatan ham Themysciradan odamlar olamiga kelgan hamda inson hayotining murakkabliklari töğrisida bilib olgan suvdan çiqqan baliqdir. Möjizakor ayol 1984-yilda öşa yerda edi. U dono va yetukdir. U yillar davomida barça döstlarini himoya qilgan va köpini yöqotgan. Biroq, u hozirda biz sönggi marta körganimizdan farq qilsa-da, u hali ham töğri ish qilmoqda“. Yana Gadot: „Birinçi filmda biz çindan ham yoshi ulğaygan paytidagi sayohatni, Diana Prince qanday qilib Möjizakor ayolga aylanganligi tarixi hamda uning qudrati va qobiliyatlarini töliq özlaştirganligini örganib çiqqan edik“, deb qöşimça ham qildi.
Lilly Aspell 2017-yilda suratga olingan filmdagi kabi yoş Diana rolini takrorlaydi.
Chris Pine — Steve Trevor: Birinçi jahon uruşi paytidagi amerikalik uçuvçi va ayğoqçi hamda birinçi film voqealari paytida vafot etgan Diananing sevgilisi.
Kristen Wiig — Barbara Minerva / Çeetah: Ojiza geolog va gemmolog. U özi bildirgan tilak taʼsirida eng yuksak yirtqiçlarga xos xarakter va körinişga ega bölgan ğayritabiiy odamga aylanganidan oldin Diana bilan döst bölgan. U Diana bilan jang qiliş maqsadida Lord bilan birlaşadi.
Pedro Pascal — Maxwell Lord: Kambağal, biroq xarizmatik biznesmen, televizion reklamalari bilan tanilgan hamda „Black Gold Cooperative“ şirkati asosçisi. Hayotining köp qismini afsonaviy Orzular toşini izlaşda ötkazadi va oxir-oqibat bunga erişadi. U orzular toşi yordamida boşqa kişilarning istaklarini amalga oşiriş orqali özini kuçini oşirib boradi.
Lambro Demetriou va Jonny Barry, mos ravişda 8 va 15 yoşdagi Maxwell „Max Lord“ Lorenzanoni jonlantirişgan.
Robin Wright — Antiope: Hippolytaning opasi, Amazon armiyasi generali hamda Diananing xolasi.
Connie Nielsen — Hippolyta: Themyscira qiroliçasi hamda Diananing onasi.
5Özbekça dublyaj
Mohira Nurmatova — Diana Prince / Möjizakor…
Mohira Nurmatova — Diana Prince / Möjizakor ayol
Dildora Rustamova — Barbara Minerva / Çeetah
Sanjar Saʼdullayev — Steve Trevor
Bekzod Muhammadkarimov — Maxwell Lord
Muhammad Xöjayev
Xojiakbar Komilov
Abdulhay Otaxöjayev
Zulxumor Möminova
Şuningdek, rejissor va ovoz rejissori Jamşid Tangliberdiyev, rejissor yordamçisi Raʼno Suyunova, tarjimon Hasanboy Teşaboyev, montaj ustasi Hamidullo Latipov, texnik xodim Muhammadali Raşidov hamda muharrir Baxtiyor Karimov.[manba kerak]
6Musiqasi
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining musiqasini Hans Zimmer…
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining musiqasini Hans Zimmer yaratgan.
7Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB8Franşiza tartibida
16 film
9Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Moʻjizakor ayol 1984» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



