Wade Wilson hayotini oddiy fuqaro sifatida ötkazmoqda: sobiq yollanma Deadpool ortda qolgan, uning kundalik hayotida heç narsa qiziqtirmaydi. Ammo uning olamiga xavf tuğilganda u Time Variance Authority (TVA) taşkiloti bilan toqnaşadi va yana kostyum kiyişga majbur böladi. Bu işda unga istamay bölsa-da Wolverine hamkorlik qiladi.
Filmni rejissor Shawn Levy suratga olgan, boş rollarni Ryan Reynolds va Hugh Jackman ijro etgan. Bu «Deadpool» va «Deadpool 2» filmlarining davomi, Marvel Kino Olamining (MCU) 34-filmi hamda Beşinçi fazadagi tört filmning biri. Qora komediya elementlariga ega bu superqahramonlar haqidagi jangari film 2024-yil 26-iyulda AQŞ prokatiga çiqqan, premyerasi esa 22-iyulda Nyu-York şahridagi David H. Koch teatrida bölib ötgan. Film dunyo böylab 1,33 milliard dollardan ortiq daromad keltirib, 2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlari orasida ikkinçi örinda turgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ryan Reynolds, Hugh Jackman, Morena Baccarin
·Ensiklopediyadan
Deadpool & Wolverine — bu 2024-yilda Marvel Comics asosidagi, Deadpool va Wolverine qahramonlarini öz içiga olgan Amerika filmi. Marvel Studios, Maximum Effort va 21 Laps Entertainment tomonidan işlab çiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan taqdim etilgan uşbu film Marvel Kino Olamining (MCU) 34-filmidir. Film Deadpool (2016) va Deadpool 2 (2018) filmlarining davomi hisoblanadi. Film rejissori Shawn Levy bölib, u ssenariyni Ryan Reynolds, Rhett Reese, Paul Wernick va Zeb Wells bilan birgalikda yozgan. Filmda Reynolds Wade Wilson/Deadpool va Hugh Jackman Logan / Wolverine rollarini ijro etişgan. Filmda Emma Corrin, Morena Baccarin, Rob Delaney, Leslie Uggams, Aaron Stanford va Matthew Macfadyen kabi aktyorlar ham iştirok etişgan. Filmda Deadpool Time Variance Authority uning olamini yöq qilişga tayyorlanayotganini payqab qoladi hamda boşqa olamdan kelgan Wolverine bilan birgalikda ularni töxtatişga harakat qiladi.
„Deadpool“ filmining uçinçi qismi ustida ish boşlaş 2016-yil noyabr oyida 20th Century Fox studiyasida boşlangan. Biroq, 2019-yil mart oyida Disney studiyani sotib olganidan keyin töxtatilgan. Foxning „X-Men“ film seriyasini nazorati Marvel Studiosga ötkazilgan va ular Reynolds bilan birgalikda yangi filmni işlab çiqişni boşlaşgan. Bu filmda Deadpool MCU (Marvel Kino Olami) bilan birlaştirilgan va avvalgi „Deadpool“ filmlarining R reytingini saqlab qolgan. Bu esa Marvel Kino Olami uçun ilk R ratingdagi film hisoblanadi. 2020-yilning noyabrida Wendy Molyneux va Lizzie Molyneux-Logelin filmning ssenariy muallifligiga çaqirilgan. Levy rejissor sifatida çaqirilganidan söng, 2022-yil mart oyida avvalgi filmlarga ssenarislik qilgan Reese va Wernick ham film trilogiyasining uçinçi qismiga ssenariy yoziş uçun yollangan. 2022-yil avgust oyida Jackman X-Men filmlaridagi Wolverine röliga qaytişga rozi bölgun. Unga qadar ssenaristlar, Reynolds va Wells bilan birga, filmning ssenariysini yozişda qiyinçilikka duç kelişgan. Film multiolamlar hikoyasi bir qismi bölgani uçun „X-Men“ filmlaridan hamda Marvelning boşqa filmlaridan bir neça aktyorlar ham rol ijro etişgan. Suratga oliş işlari 2023-yil may oyida Angliyadagi Pinewood Studiosda boşlangan hamda Norfolk, Los-Anjeles va Bovingdon Film Studiosda davom ettiriligan. Işlab çiqariş 2023-yil iyulida SAG-AFTRA ish taşlovi tufayli töxtatilgan. Ammo noyabr oyida qayta boşlanib, 2024-yil yanvar oyida yakunlangan. Filmning nomi bir oy ötib 2024-yil fevralida oşkor etilgan.
„Deadpool & Wolverine“ filmi 2024-yil 22-iyulda Nyu-York şahridagi David H. Koch Teatrida premyera qilingan. 26-iyulda AQŞda MCUning Phase Five filmlari doirasida namoyiş etilgan. Film butun dunyo böylab 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. „Joker“ (2019) filmidan keyin 1 milliard dollar daromad qilgan ikkinçi R reytingli film bölib, 2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmlar röyhatida ham ikkinçi örinni egallagan.
3Rollarda
Ryan Reynolds – Wade Wilson / Deadpool rolida: 10005-yerdagi tezda qayta tiklaniş qobiliyatiga ega huşçaqçaq…

Ryan Reynolds – Wade Wilson / Deadpool rolida: 10005-yerdagi tezda qayta tiklaniş qobiliyatiga ega huşçaqçaq personaj. Deadpool regenerativ mutatsiya orqali saratonni davolaş jarayonida tanasida jiddiy çandiqlar hosil bölgan. Film boşida sevgilisi Vanessa bilan hayot yöllari uzilgandan söng, u Deadpool bölişdan voz keçadi. Wade ofisda avval haydalgan avtomobillar sotuvçisi sifatida faoliyat olib boradi. Ssenariy muallifi Rhett Reese Deadpoolni öz olamidan ajralib qolgan baliqqa qiyoslaydi. Reynolds Deadpoolning işonçsiz hikoyalari hamda törtinçi devorni buzib muhlislar bilan muloqotga kirişganligi sabab muhlislar uni jiddiy qahramon sifatida qabul qilişlarini istamaydi. Ammo uning boşqa superqahramonlarga bölgan munosabati sabab muhlislar qalbida ham iliqlik paydo qilişni istaşini taʼkidlagan. Deadpool filmida oçiliş sahnasi „Dancepool“ deb nomlanib, uşbu raqs Nick Pauley tomonidan ijro etilgan. Filmda Reynolds Deadpoolning heç qanday çandiqlari va qayta tiklaniş qobiliyatiga ega bölmagan Nicepool variantini ham gavdalantirgan.
Hugh Jackman – Logan / Wolverine rolida: Wolverine Sobiq X-Men aʼzosi hamda tezda qayta tiklaniş qobiliyatiga ega mutant. Undan taşqari Wolverine tanasi içidan çiqadigan tirnoqlarga hamda adamantiy metali bilan qoplangan skeletga ega. Bu Wolverine özga olamdan kelgan bölib, u öz olami aholisini himoya qilolmay ularni ğazabiga uçragan. Bu film Jackmanga 20th Century Foxʼning X-Men film seriyasidagi rollaridan farqli ravişda qahramonning yangi jihatlarini namoyon etişga imkon bergan. Rolga tayyorgarlik köriş uçun Jackman kuniga 8 000 kaloriya oladigan maşq dasturini boşlagan. Jackman, şuningdek, filmda qahramonning komiksdagi 5 fut 3 dyum (160 sm) böyiga mos keladigan bir variantini, qahramonning bir közsiz hamda oq smoking kiygan qimorboz Patç variantini, Keksa Logan hamda qahramonning „Incredible Hulk“ komikslaridagi birinçi paydo bölişida Hulk bilan jang qilgan variantlarini ijro etgan.
Emma Corrin – Cassandra Nova rolida: Cassandra Nova Charles Xavierning telekinetik va telepatik kuçlarga ega bölgan egizak singlisi. Corrin avvallari yovuz rollarni ijro etmagani sabab filmda yovuz odam rolini gavdalantirişda biroz qiyinçiliklarga duç kelgan. Corrin, Christoph Waltzning Inglourious Basterds (2009) filmidagi Hans Landa obrazidan ilhom olgan. Reynolds esa Casandra obrazining xavfliligi va ayyorliklarini aktyor Gene Wilder rollaridan ilhomlaniş kerakligini taʼkidlagan. Reynolds va Levy Corringa Cassandra roli qolganlar uçun yaxşi döst bölib körinib ularni osonlik bilan gumdon qila oladigan obraz sifatida gavdalantirişi kerakligini tuşuntirdilar. Corrin rolga tayyorlaniş jarayonida jismoniy transformatsiya qilişni ham xohlagan edi, biroq studiya bu obraz uçun unçalik ham muhim emasligini aytib, eʼtiborni ijroga qaratişni söragan.
Morena Baccarin – Vanessa Carlysle rolida: Wadening sobiq maşuqasi.
Rob Delaney – Peter Wisdom rolida: Wadening eski maşinalar savdosi ofisidagi hamkasbi hamda Wadening X-Force jamoasi aʼzosi:
Leslie Uggams – Blind Al: Wadening közi ojiz bölgan qariya xonadoşi.
Aaron Stanford – Jon Allerdyce / Pyro rolida: Pyro Voidda Cassandraga hizmat qiladigan mutant. U „X2“ (2003) va „X-Men: The Last Stand“ (2006) filmlaridagidan farqli ravişni kostyumi köproq komiksdagi kostyumga öxşaydi.
Matthew Macfadyen – Paradox rolida: U Time Variance Authority (TVA) agenti bölib, „Time Ripper“ maşinasi yordamida 10005-yerning yöq qilinişini tezlaştiriş böyiça ruxsat etilmagan loyihani boşqaradi. Paradox TVA ga özini rahbar böla olişini körsatişga harakat qiladi.
Deadpool va Wolverine filmiga Deadpoolning avvalgi qismlarida ijro etgan baʼzi aktyorlar bu filmda ham köriniş beradi. Jumladan Karan Soni taksi haydovçisi va Wadening muxlisi Dopinder roliga, Brianna Hildebrand X-Menning atom bombasi kabi portlaşlarni amalga oşira oliş qobiliyatiga ega ösmir aʼzosi Negasonic Teenage Warhead roliga, Şioli Kutsuna Negasonic esa Teenage Warheadning sevgilisi va X-Men aʼzosi Yukio roliga qaytişgan. Undan taşqari Lewis Tan X-Force aʼzosi Rusty/Şatterstar roliga qaytgan. Undan taşqari Marvelling avvalgi filmlarida rol ijro etgan Tyler Mane Victor Creed (Sabretooth) roliga, Aaron W. Reed Cain Marko (Juggernaut) roliga hamda Mike Waters Frederick Dukes (Blob) rollariga qaytişgan. Qöşimçasiga, Eduardo Gago Munoz Azazel roliga, Jade Lye Lady Deathstrike roliga, Ayeşa Hussain Psylocke roliga , Daniel Medina Ramos Toad roliga, Curtis Small Bullseye roliga, Chloe Kibble Callisto roliga hamda Nilly Cetin Quill rollariga çaqirilgan.
4Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB5Franşiza tartibida
14 film
6Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Deadpool & Wolverine» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



