⌕
Jang Klubi
Film

Jang Klubi

Fight Club
1999 · drama, triller · 139 daq
IMDb8.8🍅 81%67
▶ Treyler

Ismsiz rivoyatçi (Edward Norton) surunkali uyqusizlikdan azob çekadi va hayoti zerikarli, bir xil tusda ketayotganidan norozi. Xizmat safarlarining birida u jozibali sovun sotuvçisi Tyler Durden (Brad Pitt) bilan tanişadi. Tyler öziga xos qaraşlari bilan uni ham, boşqa erkaklarni ham ergaştiradi. Ikkalasi yaşirin „Jang klubi“ tuzadi, va bu ğoya tez tarqaladi.

Filmni David Fincher suratga olgan, ssenariy Çuck Palahniuk romani asosida yozilgan. Boş rollarda Edward Norton, Brad Pitt va Helena Bonham Carter ijro etgan. Janri — drama va triller, işlab çiqaruvçisi Regency Enterprises, hajmi 139 daqiqa. AQŞda 1999-yil 15-oktabrda prokatga çiqqan. Film 1990-yillarning eng bahsli va köp muhokama qilingan filmlaridan biri sifatida tilga olinadi.

Film özini oqladimi?
Byudjet $63,0 mlnTuşum $101,2 mln×1,6
Sariq — oqlanish chegarasi (byudjetdan ×2,5)
⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Jang Klubi▶
2

Rollarda

Edward Norton, Brad Pitt, Helena Bonham Carter
David FincherDavid FincherrejissyorEdward NortonEdward NortonaktyorBrad PittBrad PittaktyorHelena Bonham CarterHelena Bonham CarteraktyorJared LetoJared LetoaktyorMeat LoafMeat LoafaktyorZGZach GrenieraktyorDLDavid Lee SmithaktyorEion BaileyEion BaileyaktyorJUJim Uhlsssenariy muallifiDBDust Brotherskompozitor
·

Ensiklopediyadan

Fight Club (tarjimasi „Jang klubi“) – Çuck Palahniuk şu nomdagi romani asosida suratga olingan AQŞ filmidir. 1999-yilda David Fincher tomonidan suratga olingan. Filmda boş rollarni Brad Pitt, Edward Norton va Helena Bonham Carter ijro etgan.

Fight Club filmi AQŞda $37 030 102, dunyo böylab esa $63 823 651, jami $100 853 753 miqdorida foyda körgan. Uşbu film 2000-yil Oscarning „Eng yaxşi ovoz effekti nominatsiyasi“ga nomzod sifatida körsatilgan. 2001-yilning noyabrida uşbu nominatsiya böyiça mukofotga Brad Pitt sazovar bölgan. Film qölga kiritgan muvaffaqiyatlardan söng uning muxlislari tomonidan maxsus kompyuter öyini ham işlab çiqildi. Ammo bu foyda körişga möljallangan faoliyat sifatida film ijodkorlari tomonidan tanqidga uçragan.

3

Mazmuni

Çuck Palahniukning asari asosidagi bu filmda özgaça fikr sohibi bölgan, şu bilan birga, avtomabil fermasida…
Jang Klubi
Kadr: «Jang Klubi»TMDB

Çuck Palahniukning asari asosidagi bu filmda özgaça fikr sohibi bölgan, şu bilan birga, avtomabil fermasida işlab kelayotgan bir erkakning hayoti körsatilgan. Barça kabi odatiy hayot keçirib kelayotgan Jack xronik uyqusizlikdan aziyat çeka boşlaydi. Oilasi va yaqin döstlari bölmagan Jack doktorning tavsiyasi bilan saraton kasalligiga çalingan bemorlarning doimiy guruhiga qöşiladi. Bu yiğilişlarga qatnab yurganda, Marla ismli bir qiz bilan tanişib qoladi. Marla Jack kabi kasal bölmasa ham bu kabi doimiy yiğilişlarda iştirok etib kelar edi. Jack va Marlaning munosabatlari faqat isteʼmolçiga aylanib qolgan jamiyatning illatlarini oçib beradi. Filmda Jack va u kabi yaşab kelayotgan millionlab avlod vakillarining allaqaçon „ölimga“ yuz tutgani oçib beriladi. Doimiy ish sayohatlarining biridan qaytib kelgan Jack uyining yonib kul bölganiga guvoh böladi. Bunday şaroitda kimsasiz Jack sayohat vaqtida tanişgan Taylerga qönğiroq qilişdan boşqa çora topa olmaydi. Ikkisi ötirib pivoxörlik qilişganidan söng, Tayler Jackdan unga muşt tuşurişini söraydi. Ular örtasida röy bergan janjal ikkisining ham hayotini özgartirib yuboradi. Biroz vaqtdan keyin Jack Taylerning yoniga köçib ötadi. Tez orada Taylerning liderligida yangi jang klubi taşkil etiladi. Klub qoidalariga köra ularning soni ellik kişidan oşmasligi kerak edi. Bu yerga töplanadigan erkaklar har keça jang uyuştirişni odat qiladi. Qisqa muddat içida ommalaşib ketgan bu jang klubi aʼzolari orasida Tayler göyo „yöqotilgan avlod“ vakillarining Masihiga aylanadi. Tayler va Jackning jamiyatda yuz berayotgan haqsizliklarga noroziligi köplab insonlar tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Kapitalizmga asoslangan jamiyatda özini begona his qilgan insonlar bu klubga aʼzo böla boşlaydi va kun sayin „Jang klubi“ning aʼzolar soni ortib boradi. Bu vaqtga kelib, Jack Taylerning undan yaşirinça „Qiyomat rejasi“ tuzganidan xabar topadi. Bundan taşqari, Taylerning Jackni yolğiz qoldirib ketişi uni qattiq dahşatga soladi. Taylerni topiş uçun uçratişi mumkin bölgan barça şaharlarni kezib çiqadi. Jack özi borgan şaharlarining barçasida „Jang klubi“ning qançalik ildiz otganiga guvoh böladi. Bu haqida politsiyaga aytib beradi. Ammo bu politsiyaçilar ham „Jang klubi“ning aʼzosi bölib çiqadi. Film söngida „Qiyomat rejasi“ amalga oşadi. Uşbu rejaga köra, markaziy bank portlatib yuboriladi va şu tariqa millionlab insonlar öz hayotini qarzsiz boşlaşi uçun zamin hozirlanadi.

4

Syujeti

Ismi zikr qilinmagan hikoyaçi avtomobillarni çaqirib oliş böyiça koordinator sifatida ofisda işlaydi. U…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
6

Öxşaş filmlar

Matn: maqola «Fight Club» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.