Ikkinçi Jahon uruşi davrida amerikalik armiya şifokori Desmond Doss heç qanday qurolni uşlamaslikka va odamni öldirmaslikka qaror qiladi. Yettinçi kun adventisti bölgan Doss uçun bu işonç hayotining markaziy qismi. Pearl Harbor hujumidan söng u armiyaga sanitar sifatida yoziladi, lekin otasi bu qarordan qattiq xafa böladi. Harbiy lagerda serjant va şeriklari uni çetga surişadi, çunki Doss jismonan kuçli bölsa-da, vintovka bilan maşğulotda qatnaşişni rad etadi.
Filmni rejissyor Mel Gibson suratga olgan, bu uning beşinçi töliq metrajli ishi. Boş rolni Andrew Garfield ijro etgan, ikkinçi darajali rollarda Sam Worthington, Vince Vaughn va Hugo Weaving çiqişadi. Ssenariy Andrew Knight tomonidan yozilgan, asos esa 2004-yildagi hujjatli film. Studiya — Summit Entertainment. Film drama, biografiya va harbiy janrlarga mansub. Qöşma Ştatlarda 2016-yil 4-noyabrda namoyiş etilgan va 89-Oscar mukofotida oltita nominatsiyaga sazovor bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Andrew Garfield, Vince Vaughn, Sam Worthington
·Ensiklopediyadan
Vijdon amri – 2004-yilda Terry Benedict tomonidan suratga olingan „The Conscientious Objector“ hujjatli filmi asosida 2016-yilda yaratilgan biografik, uruş haqidagi film. Uning ssenariysi Andrew Knight va Robert Sçenkkan tomonidan yozilgan. Filmga Mel Gibson rejissyorlik qilgan.
Film yettinçi kun adventisti, nasroniy bölganligi sababli öqotar qurollarni olib yuriş yoki işlatişdan boş tortgan amerikalik pasifist, jangovar şifokor Desmond Dossning Ikkinçi Jahon uruşi davrida boşdan ötkazgan voqealari haqida hikoya qiladi. Doss Okinava jangi paytida vijdon tuyğusini afzal bilib, frontda va front ortida körsatgan xizmatlari uçun „Şon-şaraf“ medali bilan taqdirlangan, şuningdek, harbiy xizmatdan vijdonan voz keçgan birinçi harbiy bölgan. Doss rolini Andrew Garfild, ikkinçi darajali rollarni esa Sam Worthington, Luke Bracey, Teresa Palmer, Hugo Weaving, Rachel Griffiths, Vince Vaughn va Richard Pyros ijro etgan.
Suratga oliş işlari 2015-yil sentyabrdan dekabrgaça Avstraliyada bölib ötgan. „Vijdon amri“ 2016-yilning 4-noyabrida Qöşma Ştatlarda namoyiş etilgan, butun dunyo böylab 180,5 million dollar daromad körib, tanqidçilar olqişiga sazovor bölgan. Gibsonning yönalişi va Garfildning ijrosi alohida eʼtirof etilgan. „Vijdon amri“ Amerika kino instituti tomonidan 2016-yilning eng yaxşi önta filmidan biri sifatida tanlangan hamda köplab mukofotlar va nominatsiyalarga sazovor bölgan. Film 89-Oscar taqdirlaş marosimida oltita, jumladan, „Eng yaxşi film“, „Eng yaxşi rejissyor“, Garfild uçun „Eng yaxşi aktyor“, „Eng yaxşi ovoz montaji“, „Eng yaxşi ovoz ustasi“ va „Eng yaxşi film montaji“ nominatsiyalarida mukofotlarni qölga kiritgan. Film, şuningdek, „Oltin globus“ mukofotining „Eng yaxşi kinofilm“, „Eng yaxşi rejissyor“ va „Eng yaxşi erkak roli“ nominatsiyalari böyiça hamda Avstraliya akademiyasi mukofotining 12 ta, jumladan, „Eng yaxşi film“, „Eng yaxşi rejjisyor“, „Eng yaxşi original ssenariy“, „Eng yaxşi aktyor“, „Eng yaxşi ikkinçi darajali aktyor“ nominatsiyalarida ğolib deb topilgan.
3Film syujeti
1929-yilda Dossning oilasi Virjiniyada istiqomat qilar edi. Yoş Desmond Doss hovlida akasi bilan uruşayotgan…

1929-yilda Dossning oilasi Virjiniyada istiqomat qilar edi. Yoş Desmond Doss hovlida akasi bilan uruşayotgan paytida, akasining boşiga ğişt bilan urib, uni qattiq jarohatlaydi. Bu voqea va yettinçi kun adventistlari tarbiyasi Desmondning „Öldirmang“ amriga bölgan işonçini mustahkamlaydi. Yillar ötib, u yarador odamni kasalxonaga olib boradi va Dorothy Sçutte ismli hamşira bilan uçraşib qoladi. Ular bir-birlarini sevib qolişadi, Desmond unga tibbiyot işiga qiziqişi haqida aytib beradi.
Yaponiyaning Pyorl Harborga hujumidan keyin Qöşma Ştatlar Ikkinçi Jahon uruşiga kirib kelganidan söng, Desmond Amerika Qöşma Ştatlari armiyasida jangovar şifokor sifatida xizmat qiliş uçun ketişga qaror qiladi. Uning otasi Tom, PTSD bilan kasallangan Jahon uruşi faxriysi, bu qarordan qattiq xafa böladi. Ketişdan biroz oldin Desmond va Dorothy unaştiriladi.
Desmond serjant Howell qömondonligi ostida 77-piyoda diviziyasida asosiy maşğulotlarga joylaştiriladi. Desmond jismonan kuçli edi, lekin şanba kuni miltiqdan otiş bilan şuğullanişdan boş tortgani uçun öz safdoşlari orasida tahqirlanadi.
Howell va kapitan Glover psixiatrik sabablarga köra Desmondni harbiy xizmatdan ozod qilişga harakat qilişadi, ammo Desmondning diniy eʼtiqodlari ruhiy kasallik emasligi sababli bu qaror bekor qilinadi.
Keyinçalik ular Desmondni quvib çiqariş niyatida maşaqqatli mehnatga duçor qilib, uni azoblaydilar. Bir keçada safdoşlari tomonidan kaltaklanganiga qaramay, Desmond uni kim kaltaklaganini aytişdan boş tortadi.
Desmondning bölinmasi asosiy maşğulotlarni yakunlaydi va taʼtilga qöyib yuboriladi, bu vaqt davomida Desmond Dorothy bilan turmuş quriş arafasida edi. Doss öqotar qurol olib yurişdan boş tortişi va itoatsizligi uçun hibsga olinadi. Kapitan Glover va Dorothy qamoqxonaga taşrif buyurişadi va uni qöyib yuborişlari uçun aybiga iqror bölişga köndirişga harakat qilişadi, lekin u öz eʼtiqodlarini buzişdan boş tortadi.
Harbiy sudda Desmond öz aybini tan olmaydi, lekin hukm çiqarilişidan oldin otasi, sobiq qömondon, hozirda brigada generali öğlining pasifizmi AQŞ Konstitutsiyasi tomonidan himoyalanganligi haqida xat bilan tribunaga kiradi. Desmondga qarşi ayblovlar olib taşlanadi va u Dorothy bilan oila quradi.
Desmond xizmat qiluvçi bölim Tinç okeani harbiy flotiga joylaştiriladi. Okinava jangi paytida ularga Maeda toğiga kötariliş va xavfsizlikni taʼminlaş vazifasi yuklatilgandi.
Ertasi kuni tongda yaponlar şiddatli qarşi hujumga ötişadi va amerikaliklarni çöqqilardan haydab çiqarişadi. Smitty öşa yerda halok böladi, Howell va Desmondning bir neça jamoadoşlari jang maydonida jiddiy jarohat oladilar.
Desmond ölayotgan askarlarning qiçqiriğini eşitardi, şu sababli ularni qutqariş uçun qaytib keladi, yaradorlarni va Smittyning jasadini jar yoqasiga olib kelib, arqon bilan pastga tuşiradi va har safar yana bir kişini qutqariş uçun ibodat qiladi. Ölgan deb taxmin qilingan önlab yaradorlarning olib kelinişi quyida joylaşgan bölinmaning qolgan qismi uçun katta zarba böldi. Tong otgaç, Desmond Howellni qutqaradi va ikkalasi ham Hacksawdan qoçib ketişadi.
Qöşimça kuçlar bilan ular jangning tölqinini özgartirdilar. Taslim bölgandek tuyilgan yapon askarlari tomonidan örnatilgan pistirmada Desmond duşman granatalarini uloqtiriş orqali Glover va boşqalarni qutqarişga muvaffaq böladi.
Film Desmond Hacksaw toğ tizmasida 75 nafar askarni qutqargani uçun prezident Harry S. Truman tomonidan „Şon-şaraf“ medali bilan taqdirlangani, şuningdek, Desmondning ölimidan oldin öz boşidan keçirganlarini hikoya qiluvçi real hayotdan olingan voqealar asosida suratga olingan.
4Yaratilişi
Köp prodyuserlar, jumladan, uruş qahramonlari Audie Murphy va Hal B. Wallislar yillar davomida Dossning…

Köp prodyuserlar, jumladan, uruş qahramonlari Audie Murphy va Hal B. Wallislar yillar davomida Dossning hikoyasini suratga olişga harakat qilgan.
2004-yilda rejissyor Terry Benedict Doss haqidagi hujjatli filmni suratga oliş huquqini qölga kiritdi. Biroq Doss 2006-yilda vafot etdi, şundan söng prodyuser Bill Mechanic huquqlarni sotib oldi. Keyin filmni prodyuser David Permut rahbariligidagi Walden Media kompaniyasiga sotdi. Walden Media jangning PG-13 versiyasini talab qildi. Şundan söng, Mechanic huquqlarni yana qaytarib oliş uçun yillar davomida harakat qildi.
2015-yilning 9-fevralida IM Global filmni moliyalaştiriş böyiça bitim tuzdi, şuningdek, film xalqaro bozorlarda sotildi. Şu kuni Lionsgate filmni Şimoliy Amerikada namoyiş etiş huquqini qölga kiritdi. Filmning Xitoyda namoyiş etiş huquqlarini Şanxayda joylaşgan kino suratga oliş kompaniyasi Bliss Media sotib oldi.
„Vijdon amri“ 2006-yilda suratga olingan „Apocalypto“ filmidan keyin Gibson tomonidan suratga olingan birinçi film böldi. Uşbu film uning oldingi „Apocalypto“ va „Şeryurak“ filmlaridan ajralib turadi.
5Musiqasi
Dastlab James Hornerga filmga musiqa yoziş uçun murojaat qilişgan, ammo 2015-yilda Horner vafot etgandan…

Dastlab James Hornerga filmga musiqa yoziş uçun murojaat qilişgan, ammo 2015-yilda Horner vafot etgandan keyin uning örniga John Debney filmning musiqasi ustida işlaşni boşlagan. „Vijdon amri“ning Venetsiya kinofestivalida premyerasi bölişidan avval uning versiyasi rad etilgani sababli Debney öz örnini Rupert Gregson-Williamsga böşatib bergan. Musiqani yaratişda Gregson-Williams şunday deydi: „Saundtrek haqiqatan ham ikki qismdan iborat. Uning birinçi qismida Desmond öz hayotida sevgisini ham, eʼtiqodini ham kaşf etib, haqiqiy romantikani aks ettiradi. Filmning ikkinçi yarmi esa şafqatsizlikdan iborat. Biz uning maʼnaviyatini aks ettirmoqçi edik“. Filmning yana bir musiqasi Londondagi Abbey Road studiyasida 70 nafar musiqaçidan iborat orkestr va Cliff Masterson dirijyorligida 36 ovozli xor bilan yozilgan.
6Tarixiy aniqlik
Film ijodkorlari tomonidan baʼzi tafsilotlar, xususan, uning otasi Birinçi jahon uruşi qatnaşçisi bölganligi,…

Film ijodkorlari tomonidan baʼzi tafsilotlar, xususan, uning otasi Birinçi jahon uruşi qatnaşçisi bölganligi, Dossning mast otasining qölidan tortib olgan quroli bilan boğliq voqea va uning birinçi turmuşidagi vaziyatlar özgartirilgan.
Yana bir özgariş – Armiyada xizmat qilgan Harold Doss bölib, aslida u USS bortida dengiz flotida xizmat qilgan Lindsi (DD-771) edi. Boşqa özgarişlar filmning oxirida, Doss zambilga qöyilganda sodir böladi. Haqiqiy hayotda Doss zambilda öz örnini yana bir yaradorga böşatib bergan. Askarni davolagandan söng, snayper öqi Dossning qölini sindirgan, Doss şu holatda 300 yard (270 m) yöl bosadi, va nihoyat, beş soat yolğiz yurib xavfsiz joyga yetib keladi. Gibson bu qismni filmdan çiqarib taşladi, çunki tomoşabinlar uçun uşbu sahna işonarli körinmasligini his qildi. Şuningdek, filmda uning Guam va Leyte jangidagi jangovar xizmati ham körsatilmagan. Doss ikkala jangda körsatgan ajoyib jasorati uçun Bronza yulduz medali bilan taqdirlangan.
7Namoyiş etilişi
„Vijdon amri“ning jahon premyerasi 2016-yil 4-sentyabrda 73-Venetsiya kinofestivalida bölib ötdi va u yerda…
„Vijdon amri“ning jahon premyerasi 2016-yil 4-sentyabrda 73-Venetsiya kinofestivalida bölib ötdi va u yerda 10 daqiqalik uzoq olqişlarga sazovor böldi. Film Avstraliyada 2016-yil 3-noyabrda Icon Film Distribution tomonidan, AQŞda esa 2016-yil 4-noyabrda Lionsgate / Summit Entertainment tomonidan namoyiş etilgan. „Vijdon amri“ dekabr oyida Xitoyda Bliss Media tomonidan va Buyuk Britaniyada 2017-yilda IM Global tomonidan xalqaro bozorlarda sotuvga qöyilgan.
8Marketing
2016-yil 28-iyulda Lionsgate „Vijdon amri“ uçun millionlab tomoşabinlarni eʼtiborini tortgan yagona rasmiy…
2016-yil 28-iyulda Lionsgate „Vijdon amri“ uçun millionlab tomoşabinlarni eʼtiborini tortgan yagona rasmiy treylerni namoyiş etgan. Nogiron amerikalik faxriylar bilan hamkorlikda Gibson 2016-yil avgust oyida DAV milliy konvensiyasida va VFW milliy konvensiyasida filmni namoyiş etgan. Avgust oyida Gibson filmni tarğib qiliş uçun Kaliforniyaning Anaheim şahridagi Pastor Greg Lorining SoCal Harvest körgazmasida ham iştirok etgan.
9Teatr kassalarida
Film „Doktor Strange“ va „Trollar“ filmlari bilan birga namoyiş etilgan va 2886 ta kinoteatrlardan 12 million…

Film „Doktor Strange“ va „Trollar“ filmlari bilan birga namoyiş etilgan va 2886 ta kinoteatrlardan 12 million dollarga yaqin daromad olişi taxmin qilingan edi. Birinçi kunida 5,2 million dollar, dam oliş kunlarida 15,2 million dollar daromad kördi, hamda „Doctor Strange“ va „Trolls“ filmlaridan keyin uçinçi örinni egalladi. Uning debyuti Gibsonning 2006-yildagi sönggi rejissyorlik faoliyati „Apocalypto“ filmining 15 million dollarlik debyuti bilan teng edi. Ikkinçi dam oliş kunlarida film 10,6 million dollar (atigi 30 foizga pasayiş) yiğib, kassada 5-örinni egalladi.
Film Xitoyda ham muvaffaqiyatli namoyiş etilib, birinçi tört kun içida 16 million dollardan köproq daromad keltirdi va jami 60 million dollardan ortiq mablağ yiğdi.
10Tanqidiy qabul
Rotten Tomatoes böyiça film 282 ta şarh asosida 84 % ijobiy reytingiga ega bölib, örtaça reyting körsatkiçini…

Rotten Tomatoes böyiça film 282 ta şarh asosida 84 % ijobiy reytingiga ega bölib, örtaça reyting körsatkiçini 7,30/10 böldi. Saytning tanqidiy konsensusida şunday deyilgan: „Vijdon amri uruş davrida iymon, jasorat va öz eʼtiqodlariga sodiq qoliş va unga hurmat körsatiş uçun zamin yaratadi“. Metacriticda film reytingi 47 tanqidçi tomonidan 100 balldan 71 ballga baholandi, bular asosan, ijobiy şarhlardan iborat edi. CinemaScore tomoşabinlari A+ dan F gaça bölgan baholaş tartibi böyiça örtaça „A+“ bahosini berişgan.
11Mukofotlari
Vijdon amri „Eng yaxşi film montaji“ va „Eng yaxşi ovoz ustasi“ yönalişlarida ğolib çiqqan. Oscar…
Vijdon amri „Eng yaxşi film montaji“ va „Eng yaxşi ovoz ustasi“ yönalişlarida ğolib çiqqan. Oscar mukofotlarida „Eng yaxşi film“, „Eng yaxşi rejissyor“, Garfild uçun „Eng yaxşi aktyor“ va „Eng yaxşi ovoz montaji“, „Eng yaxşi moslaştirilgan ssenariy“, „Eng yaxşi ovoz“ va „Eng yaxşi pardoz va soç turmagi“ nominatsiyalariga ham nomzod bölgan.
12Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Vijdon amri» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



