Film 1969-yilda boşlanadi: Alan Parriş degan bola topgan stol öyini «Jumanji»ni öynay boşlaydi va ğayritabiiy kuç uni öyin içiga tortib ketadi. Yigirma olti yil ötgaç, Parrişlar eski uyiga köçib kelgan aka-singil Judy va Peter şu öyinni topib olişadi. Ular beixtiyor Alanni öyin qamoğidan ozod qiladilar. Alanning yagona umidi öyinni oxiriga yetkaziş, lekin bu oson emas.
Rejissyor — Joe Johnston, boş rollarni Robin Williams va Kirsten Dunst ijro etgan. Film fentezi, komediya va jangari janrlarini uyğunlaştiradi. Uni Interscope Films studiyasi suratga olgan. Ssenariy 1981-yilda Chris Van Allsburg yozgan bolalar kitobiga asoslangan. «Jumanji» 1995-yilning 15-dekabrida AQŞda prokatga çiqqan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Robin Williams, Kirsten Dunst, David Alan Grier
·Ensiklopediyadan
Jumanji—1995-yilda rejissyor Joe Johnson tomonidan yaratilgan dark fentezi sarguzaşt janridagi Amerika filmi. Film ssenariy mualliflari Jonathan Hensleigh, Jim Strain hamda Greg Taylorlar bölib, Chris Van Allsburgning 1981-yili bolalar uçun yaratgan rasmli kitobiga asoslangan. Uşbu film Jumanji seriali filmlarining dastlabkisi bölib, unda aktyorlardan Robin Williams, Kirsten Dunst, David Alan Grier, Bonnie Hunt, Jonathan Hyde va Bebe Neuwirth kabilar rol ijro etişgan. Film voqealari ğayritabiiy stol öyini atrofida keçadi va uşbu öyin iştirokçilari har bir yuriş tufayli turli xil xavf-xatarlarga duçor böladilar.
Jumanji 1995-yilning 15-dekabrida Sony Pictures Releasing tomonidan taqdim etilgan. Tanqidçilar filmni turliça baholaşgan bölişsa-da, u kassa daromadi jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Byudjeti 65 million dollarni taşkil etgan bölsa, kassa tuşumi 263 million dollardan oşgan va 1995-yilning eng kassabop filmlari röyxatida 10-örinni egallagan.
Filmdan ilhomlanib animatsion televizion serial yaratilgan hamda 1996-1999-yillar oraliğida efirga uzatilgan. Şuningdek, keyinçalik Zathura: A Space Adventure(2005) spin-off filmi hamda Jumanjining mantiqiy jihatdan davomi bölgan Jumanji: Welcome to the Jungle(2017), Jumanji: The Next Level(2019) singari ikkita film yaratilgan.
3Syujeti
1969-yil, Alan Parriş New-Hampşirening Brantford şahrida ota-onasi (Sam va Carol) bilan birga yaşardi. Bir…
1969-yil, Alan Parriş New-Hampşirening Brantford şahrida ota-onasi (Sam va Carol) bilan birga yaşardi. Bir kuni u bezori bolalardan qoçib, otasining poyabzal fabrikasiga borib qoladi. Dösti Carl unga özi tikkan yangiça poyabzalni körsatadi. Alan poyabzalni tasodifan notöğri joyga qöyib, unga zarar berib qöyadi, lekin Carl javobgarlikni öz zimmasiga olib, işdan böşaydi. Bezorilar Alanni quvlab, velosipedini olib qoçib ketişganidan keyin, Alan quriliş bölayotgan joydan kelayotgan ğalati dömbira ovoziga qiziqib, u tomonga boradi. U ustiga Jumanji deb yozilgan eski öyin doskasini topib olib, uyiga olib keladi.
Mahalliy internat-maktabga boriş böyiça Sam bilan bölgan kelişmovçilikdan söng Alan qoçişni rejalaştiradi. Xuddi şu paytda uning dösti Sarah Whittle Alanning velosipedini olib keladi. Alan unga Jumanjini körsatadi va birga öynab körişni taklif qiladi. Har toş taşlaşdan söng öyin donaçalari özlari harakatlanişadi va yurişning natijasi doskaning örtasidagi kristal şarda namoyon böladi. Alanning bexosdan toş taşlab yuborişi natijasida öyin işga tuşib ketadi va xabar keladi. Unda aytilişiça, yana kimdir beşlik yoki sakkizlik toşni taşlamagunça, Alan çangalzorda jon saqlaşi kerak böladi va öyin Alanni yutib yuboradi. Birozdan keyin esa Sarah körşapalaklar tödasidan qoçib, uydan çiqib ketadi.
Oradan yigirma olti yil ötgaç, Judy va Peter Shepherd ota-onasi ötgan yil qişda Canadaga çanğida sayohat qiliş jarayonida baxtsiz hodisa tufayli halok bölganidan söng xolasi Nora bilan birga ayni paytda sotuvga qöyilgan Parrişlar uyiga köçib ötişadi. Judy va Peter tomdan Jumanjini topib olişadi va öynab körişadi. Ularning taşlagan toşlari oqibatida öyin içidan bahaybat çivinlar va bir gala maymunlar çiqib kelişadi. Qoidalarida öyin tugagandagina hammasi öz holiga qaytişi aytilganligi sabab ular öynaşda davom etişadi. Peter beş raqamini tuşiradi va natijada öyin içidan arslon hamda katta yoşli Alan çiqib keladi. Taşqariga çiqib ketayotganida Alanning közi eski dösti Carlga tuşadi, endilikda u politsiya xodimi bölib işlardi. Xarobaga aylangan poyabzal fabrikasiga borganda, Alan, Peter hamda Judy şuni tuşunib yetişadiki, Sam yöqolib qolgan öğlini topiş uçun poyabzal fabrikasini yopgan va 1991-yili vafot etgunigaça Alanni qidirgan. Fabrikaning yopilişi natijasida Brantford iqtisodiy muammoga duç keladi.
Öyinni yakunlaş uçun ularga Sarah zarurligini tuşunib, uçovlon ham Jumanjining dastidan ham Alanning ğoyib bölişidan tuşkunlikda bölgan Sarani topib, uni öyinga qöşilişga köndirişadi. Sarah va Alan şu zahoti keyingi yurişni qilişadi natijada Alan birinçi bor öyin içida tanişgan Van Pelt ismli öyin ovçisi öyindan taşqariga çiqib keladi. Keyingi yurişlar turli hayvonlarning, şu jumladan bir neçta saqoquşlarningm vahimaga tölgan suruvini ozod qilib yuboradi, ulardan biri öyin taxtasini öğirlab ketadi. Peter taxtani qaytarib oladi, lekin Carl Alanni hibsga oladi. Bu röy berayotgan hodisalar şaharda vayronagarçiliklarni keltirib çiqaradi, Van Pelt esa öyin taxtasini öğirlab ketadi.
Peter, Sarah va Judy yaqin orada joylaşgan çegirmalar dökoniga borişadi va Öyin taxtasini qaytarib oliş uçun Van Pelt bilan urişişadi. Bu orada Carl Alanning şaxsi tasdiqlangaç, uni qöyib yuboradi. Törtovlon uyga qaytgaç, Van Pelt yetib kelgunga qadar yana bir ofatni boşlaridan ötkazişadi. Vanihoyat Alan taşlagan toş öyinni yutadi va öyin sabab vujudga kelgan hamma köngilsizliklar öyin içiga kirib ğoyib böladi.
Alan va Sarah öşa hammasi boşlangan 1969-yilga, Alan Sam bilan yaraşib olişlari uçun ayni mos vaqtga qaytişadi. Sam Alanga u internat-maktabda öqişi şart emasligini aytadi. Şunda Alan oyoq kiyimni uning özi yirtib qöyganini tan oladi va Carlni qayta işga olişadi. Öyin keltirgan taşvişlar haqida eslaşar ekan, Alan va Sarah Jumanjini daryoga uloqtirib yuborişadi.
1994-yilgi Rojdestvoda yaqinda turmuş qurgan Alan va Sarah ilk marta farzand kutişayotgan edi. Alanning ota-onasi hali tirik, Alanning özi esa oilaviy biznesni muvaffaqiyatli yuritayotgan edi. Alan va Sarah Judy, Peter va ularning ota-onasi Jim va Martha bilan Rojdestvo bazmida birinçi marotaba uçraşişadi. Alan Jimga ish taklif qilib, ularni çanği sayrini bekor qilişga köndiradi. Bu esa ularni avvalgi vaqt oraliğida sodir bölgan ölimdan qutqarib qoladi.
Şu paytda sohil böyida, qumlarga çala kömilgança, Jumanji öyin taxtasi yotardi. Ikki fransuz qiz sohil böylab keta turib öyin içidan taralayotgan baraban ovozini eşitib qolişadi.
4Rollarda
Robin Williams Alan Parriş rolida, sönggi yigirma olti yil davomida Jumanjida qamalib qolgan odam. Adam…

Robin Williams Alan Parriş rolida, sönggi yigirma olti yil davomida Jumanjida qamalib qolgan odam. Adam Hann-Byrd esa qahramonning yoşligini gavdalantirgan.
Kirsten Dunst Judy Shepherd, Peterning singlisi va Noraning jiyani.
David Alan Grier Carl Bentley rolida, Parriş oilasining poyafzal işlab çiqariş biznesida işçi, keyinçalik kasbini politsiyaçiga özgartirgan.
Bonnie Hunt Sarah Whittle rolida, Alanning dösti va uning ğoyib bölişiga sabab bölgan voqealardan tuşkunlikka tuşib qolgan muhabbati. Laura Bell Bundy esa qahramonning yoşligini gavdalantirgan.
Jonathan Hyde esa ikkita rolni:
Van Pelt, Jumanjidagi Alanni taʼqib qiluvçi ovçi, şuningdek
Sam Parriş, Alanning otasi rollarini öynagan.
Bebe Neuwirth Nora Shepherd rolida, Judy va Peterning xolasi hamda qonuniy vasiysi.
Bradley Pierce Peter Shepherd rolida, Judyning ukasi va Noraning jiyani.
James Handy Parrişning uyidagi körşapalaklarni yöqotiş uçun Şepherdlar tomonidan çaqirilgan zararkunandalarga qarşi kuraşuvçi sifatida.
Patricia Clarkson Carol Parriş rolida, Alanning onasi.
1995-yilda filmda suratga tuşgan aktyorlar orasida, şuningdek rieltor Tomas xonim rolida Gillian Barber, Judy va Peterning ota-onasi rolida Malcolm Stewart va Annabel Kerşaw, Jim va Martha, qurol sotuvçisi sifatida Darryl Henriques va feldşerlar jamoasi sifatida rol ijro etgan Robyn Driscoll va Peter James Bryantlar bölgan.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB6Franşiza tartibida
4 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Jumanji» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

