«Yöl» (La strada) — sodda va yoş Gelsominaning hikoyasi. Kambağal onasi uni sirk kuçlisi Zampanòga sotadi. Zampanò qizni öziga xotin va hamkor qilib olib, Italiya qişloqlari böylab birga çiqiş qilib yuradi. Gelsomina erining sovuqqonligi va zulmini sabr bilan kötaradi.
Filmni Federico Fellini suratga olgan, boş rollarda Anthony Quinn va Giulietta Masina oynagan. Musiqasini Nino Rota yozgan, ssenariy muallifi Tullio Pinelli. Dramatik film «Ponti-De Laurentiis Cinematografica» studiyasida tayyorlangan, davomiyligi 104 daqiqa. Film 1954-yilda çiqdi. 1957-yilda u eng yaxşi xorijiy film uçun Oscar mukofotini qölga kiritgan.
1Rollarda
Anthony Quinn, Giulietta Masina, Richard Basehart
·Ensiklopediyadan
Yöl (La strada) — 1954-yilda Federico Fellini tomonidan suratga olingan italyan dramatik filmi. Film Gelsomina — sodda va yoş ayol (Giulietta Masina) haqida hikoya qiladi. Film Gelsominani onasidan Zampanò (Anthony Quinn) tomonidan sotib olinişi va özi bilan birga olib ketişidan boşlanadi.
Fellini „La Strada“ni „mening butun mifologik dunyomning töliq katalogi, şaxsimning xavfli timsoli“ deb taʼriflagan. Natijada, film uning boşqa asarlariga qaraganda köproq vaqt va kuç talab qildi. Suratga oliş jarayoni uzoq va va maşaqqatli keçdi. Işlab çiqariş jarayonida muammolar bor edi. Moliyaviy yordam, muammoli kasting va köplab keçiktişlar şular jumlasidan. Suratga oliş jarayoni tugaşi arafasida Fellini asabiy tuşkunlikka uçradi. Dastlabki tanqidiy munosabat keskin böldi. Filmning Venetsiya kinofestivalidagi namoyişi Fellini tarafdorlari va qoralovçilar örtasida ommaviy muştlaşuvga aylanib ketgan bahsga sabab böldi.
Keyinçalik Amerika kino instituti maʼlumotlariga köra, "Yöl" „eng taʼsirli filmlardan biriga aylandi“. U 1957-yilda eng yaxşi xorijiy film uçun Oscar mukofotini qölga kiritdi. U 1992-yilda Britaniya Film Instituti rejissyorlari tomonidan kinematografiyaning eng yaxşi 10 ta filmi röyxatida törtinçi örinni egalladi.
2Syujeti
Sodda, xayolparast qiz Gelsominaning opasi Roza Zampanò bilan yölga çiqqanidan keyin vafot etgan. Erkak bir…
Sodda, xayolparast qiz Gelsominaning opasi Roza Zampanò bilan yölga çiqqanidan keyin vafot etgan. Erkak bir yildan söng ularning onasidan Rozaning örnini Gelsomina egallaşini sörab qaytib keladi. Kambağal ona boşqa bolalarini boqiş va tomni yopiş uçun 10 000 lira oladi va qizini Zampanò bilan birga jönatadi.
Zampanò — köça artisti. U kökragiga öralgan zanjirni uzib tomoşa körsatadi. U Gelsominaga noğora va karnay çalişni, raqsga tuşişni, masxarabozlik qilişni örgatadi. Zampanò Gelsominaga nisbatan yaxşi munosabatda bölmaydi.
Bir kun qiz isyon kötaradi va şaharga yöl oladi. U yerda u boşqa köça artistlari, dorbozlik qiluvçi masxaraboz Mattoning harakatini tomoşa qiladi. Zampanò uni öşa yerda topgaç, uni qaytarib olib ketadi. Keyinçalik ular Matto işlaydigan sirkka qöşilişadi. Matto Zampanòni masxara qiladi. Lekin uni bunga nima undayotganini tuşuntirib berolmaydi. Ertasi kuni Matto Zampanòning ustidan bir çelak suv sepib yuborgandan söng, Zampanò piçoq bilan uni quvib ketadi. Natijada, u qisqa muddatga qamoqqa olinadi va ikkala erkak ham sayyor sirkdan haydaladi.
Zampano qamoqdan çiqişidan oldin Matto Gelsomina bilan gaplaşib, u qul emasligini, har bir inson va narsaning maqsadi borligini aytadi. Zampanò qamoqdan çiqqaç, ular yana yölga tuşadi. Yölda bir çerkovda tunab qoladi. Çerkov rohibalaridan biri Gelsominaga qolişni taklif qiladi. Ammo Gelsomina Zampanò bilan birga ketadi.
Böş yölda Zampanò maşinasining ğildiragini tuzatayotgan Mattoga duç keladi. Gelsomina ularni tomoşa qilar ekan, ular jang qila boşlaydi. Zampanò Mattoning boşiga bir neça marta muşt tuşirgandan söng jang tugaydi. Muştlaşuv payti Mattoning boşi maşinaning tomi burçagiga urilib jarohatlanadi. Zampanò mototsikliga qaytib ketayotganda Matto soati singanidan şikoyat qiladi. Keyin toşga qoqilib, qulab tuşadi va öladi. Zampanò jasadni yaşiradi va maşinani köprikdan itarib yuboradi va maşina yonib ketadi.
Bu voqea Gelsominaga qattiq taʼsir qiladi va doimo „Matto yaralangan“ deb takrorlaydi. Zampanò uni yupatişga harakat qiladi. Lekin foyda bermaydi. U endi Gelsomina bilan tirikçilik qila olmasligidan qörqib, uxlayotganida kiyim-keçak, pul va karnayi bilan uni taşlab ketadi.
Bir neça yil ötgaç, u bir ayolning Gelsomina çaladigan kuyni kuylayotganini eşitadi. Zampanò ayoldan Gelsominaning ölganini eşitadi. Keçki payt Zampanò mast bölib, odamlar bilan janjallaşib qoladi. Qirğoqqa boradi va u yerda yiğlab yuboradi.
3Rollar
Giulietta Masina Gelsomina…
Giulietta Masina Gelsomina rolida
Anthony Quinn Zampano rolida
Richard Besehart Matto rolida
Aldo Silvani Signor Giraffa rolida, sirk egasi
Marcella Rovere La Vedova, beva ayol rolida
Livia Venturini rohiba La Suorina rolida
4Mukofotlar va nominatsiyalar
„La Strada“ 50 dan ortiq xalqaro mukofotlarni, şu jumladan 1957-yilda „Eng yaxşi çet tilidagi film“…
„La Strada“ 50 dan ortiq xalqaro mukofotlarni, şu jumladan 1957-yilda „Eng yaxşi çet tilidagi film“ nominatsiyasida Oscarni qölga kiritdi.
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «La Strada» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

