Memories of Murder (koreysça: 살인의 추억) 2003-yilda Bong Joon-ho tomonidan suratga olingan Janubiy Koreya neo-noir jinoyat triller filmidir. Film ssenariysini Bong va Şim Sung-bo yozgan bölib, Kim Kwang-limning 1996-yilda yozilgan „Come to See Me“ pyesasiga asoslangan. Filmda Song Kang-ho va Kim Sang-kyung boş rollarni ijro etgan. Filmda detektivlar Park Doo-man (Song) va Seo Tae-yoon (Kim) 1980-yillarning oxiridagi Xvason provinsiyasida sodir bölgan bir qator zörlaş va qotillik işlarini tergov qilişadi. Film Lee Çoon-jae tomonidan amalga oşirilgan haqiqiy qotillik voqealariga asoslangan.
CJ Entertainment Kim Kwang-limning pyesasi uçun mualliflik huquqilarini sotib olgaç film suratga olinişi 2002-yil sentyabr oyida tasdiqlangan. Uşbu pyesa Janubiy Koreyada sodir bölgan birinçi seriyali qotilliklar haqidagi haqiqiy voqealar asosida yozilgan.
Memories of Murder birinçi marta 2003-yil 2-mayda CJ Entertainment tomonidan Janubiy Koreyada kinoteatrlarda namoyiş etilgan. Film tanqidçilar tomonidan yuqori baholanadi, ayniqsa ssenariysi, Bong Joon-honing rejissyorligi, aktyorlarning (ayniqsa Song Kang-honing) ijrosi, ohang va montaji alohida maqtovlarga sazovor böladi. Film köplab mukofotlar va nominatsiyalarni qölga kiritgan va 21-asrning eng ajoyib filmlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Song Kang-ho, Kim Sang-kyung, Kim Roe-ha
Song Kang-hoaktyorKSKim Sang-kyungaktyorKRKim Roe-haaktyorPHPark Hae-ilaktyorBHByun Hee-bongaktyorKSKo Seo-huiaktyorJMJeon Mi-seonaktyorLJLee Jae-eungaktyor3Syujeti
1986-yil oktyabr oyida kiçik bir şaharning çekkasida ikki ayol zörlangan va öldirilgan holda topiladi.…
1986-yil oktyabr oyida kiçik bir şaharning çekkasida ikki ayol zörlangan va öldirilgan holda topiladi. Mahalliy detektiv Park Doo-man bunday jiddiy ish bilan ilgari heç şuğullanmagani sababli özini yöqotadi. Dalillar notöğri yiğiladi, tergov usullari odamlarda şubha uyğotadi. Sud-tibbiyot texnologiyasi esa deyarli mavjud emas edi. Park gumonlanuvçilarni közi yordamida aniqlay olişini daʼvo qiladi. Aqli zaif va yuzida çandiği bölgan Baek Kwang-ho qurbonlardan birini şahar böylab kuzatib yurgani uçun gumondor sifatida qölga olinib, söroq qilinadi. Parkning hamkori Cho Baekni kaltaklab, uni iqror bölişga majburlaydi.
Seuldan kelgan va zamonaviy tergov usullariga ega detektiv Seo Tae-yoon ularga yordam berişi uçun taklif qilinadi. Biroq, uning va Parkning usullari bir-biriga zid keladi. Seo Baekning bu jinoyatlarni qila olmasligini aniqlaydi. Jinoyat hisobotlarini diqqat bilan örganib çiqqaç, u yana bir qurbonning çirigan jasadini topadi va qotil yomğirli tunlarda va qizil kiyim kiygan ayollarni nişonga olganini aniqlaydi. Inspektor Kwon har bir jinoyat keçasida mahalliy radiostansiyada bir xil noaniq qöşiq söralganini payqaydi.
Yomğirli keçada qotil yana bir ayolni gips koni yaqinida öldiradi. Ertasi kuni Park, Cho va Seo jinoyat joyini kuzatiş uçun u yerga borişadi va özini qondiriş bilan şuğullanayotgan bir kişini körib qolişadi. Ular uni hibsga olişadi. Cho va Park uni qiynab, jinoyatçi ekanligini tan olişga majburlaşsadi. Lekin uning „iqrori“ jinoyat tafsilotlariga töğri kelmaydi. U mahalliy maktabdagi hojatxona yaqinida paydo bölgan sirli bir şaxs haqida gapirib beradi; bu Seo sönggi qotillik keçasida mahalliy ikki maktab qizidan eşitgan voqeaga öxşaydi. Seo tergovni davom ettirib, qotilning yagona tirik qurboni bölgan, hojatxona yaqinida yaşaydigan ruhiy jabr körgan ayolni topadi. Ayol hibsga olingan odamni aybdorlikdan çiqaradigan tafsilotlarni aytib beradi.
Hibsga olingan odam ozod qilingaç, Park va Seo janjallaşadi, lekin qotil yana bir marta zarba berganida, ular birgalikda işlaşga kelişişadi. Ular gips zavodida işlaydigan va qöşiqni söragan çiroyli xodim Hyeon-gyudan şubhalanişadi. Seo Hyeon-gyuning qöllari qurbon tasvirlaganidek yumşoq ekanligini va u birinçi qotillik paytida şaharga köçib kelganini aniqlaydi, ammo aniq dalillar topişolmaydi. Seo Baekning „iqrori“ni yana tinglab, u qotilliklardan birini körganini anglab yetadi. Ular Baekning otasiga tegişli restoranga borişadi va u yerda Hyeon-gyuni kaltaklagani uçun işdan çetlatilgan Cho bilan uçraşişadi. Boşqa mijozlar politsiyani jinoyatni hal qila olmagani uçun masxara qilganda, Cho janjal boşlaydi. Baek Çoni singan stol oyoği bilan uradi va qoçib ketadi. Stol oyoğidagi zanglagan mix Çoni yaralaydi. Park va Seo Baekni quvişadi, lekin u nimani bilişini aytişidan oldin poyezd ostida qolib, halok böladi.
Çoning oyoğida tetanus rivojlanadi va uni kesib taşlaş kerak böladi. Sud-tibbiyot mutaxassisi sönggi qurbonning tanasida sperma topadi va Seo uni Hyeon-gyuning DNKsini soliştiriş uçun AQŞga yuboradi. Keyingi yomğirli keçada Seo Hyeon-gyuni kuzatadi, lekin uxlab qoladi va uni yöqotadi. Öşa keçada yana bir qotillik sodir böladi, bu safar Seo bilan döst bölgan maktab qizlaridan biri halok böladi. Ğazablangan Seo ertasi kuni Hyeon-gyuga hujum qiladi. Park uni töxtatib DNK natijalarini körsatadi. Natijalar noaniq – Hyeon-gyuning aybdor yoki aybsizligi tasdiqlanmagan. Seo baribir Hyeon-gyuni öldirmoqçi böladi, lekin Park uni töxtatadi va Hyeon-gyu ketişiga ruxsat beriladi.
2003-yilga kelib Park tadbirkorga aylanadi. U birinçi jinoyat joyi yonidan ötayotganda, birinçi qurbon topilgan joyda töxtaydi. Şu yer yaqinidan ötib ketayotgan yoş qiz bu yerda uzoq vaqt oldin qilgan narsasini eslayotgan bir odamni körganini aytadi. Park qizdan odam qanday körinişda ekanligini söraydi va u juda oddiy körinişda ekanligini aytadi. Park hayratga tuşib, kameraga qarab qoladi.
4Rollarda
Song Kang-ho — Park Doo-man, boş…

Song Kang-ho — Park Doo-man, boş detektiv
Kim Sang-kyung — Seo Tae-yoon, Seuldan kelgan detektiv
Kim Roi-ha — Cho Yong-koo, Parkning hamkori
Song Jae-ho — Serjant Shin Dong-çul
Byun Hee-bong — Serjant Koo Hee-bong
Go Seo-hee — Ofitser Kwon Kwi-ok
Park No-şik — Baek Kwang-ho, birinçi gumonlanuvçi
Ryu Tae-ho — Jo Byeong-Sun, ikkinçi gumonlanuvçi
Park Hae-il — Park Hyeon-gyu, uçinçi gumonlanuvçi
Jeon Mi-seon — Kwok Seol-yung, Park Doo-manning qiz dösti va keyinçalik xotini
Yeom Hye-ran — So-hyeonning onasi
5Çiqarilişi
2020-yilda NEON distribyutor kompaniyasi „Memories of Murder“ filmini restavratsiya qiliş huquqini sotib…
2020-yilda NEON distribyutor kompaniyasi „Memories of Murder“ filmini restavratsiya qiliş huquqini sotib oladi. Film 2021-yil 20-aprelda Blu-ray formatida çiqarilgan va The Criterion Collection tomonidan tarqatilgan.
6Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Memories of Murder» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

