Film 2049-yilda, asl «Blade Runner» voqealaridan 30 yil ötgaç boşlanadi. Los-Anjeles politsiyasining ofitseri K uzoq vaqt yaşirilgan sirni topadi, bu kaşfiyot qolgan jamiyatni xaosga solişi mumkin. Uning izlanişlari 30 yil oldin yöqolgan sobiq blade runner Rick Deckardni topişga olib keladi.
Filmni Denis Villeneuve rejissyorlik qilgan, ssenariy Hampton Fancher va Michael Green tomonidan yozilgan. K rolini Ryan Gosling, Rick Deckard rolini Harrison Ford ijro etadi, filmda Ana de Armas ham rol öynaydi. Janri fantastika, detektiv va triller. Film 2017-yil oktyabrda prokatga çiqqan, Şimoliy Amerikada uni Warner Bros. tarqatgan. Kinematografiya va vizual effektlar böyiça ikkita «Oscar» mukofotini olgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ryan Gosling, Harrison Ford, Robin Wright
·Ensiklopediyadan
Blade Runner 2049 – 2017-yilgi Amerikaning epik neo-noir ilmiy-fantastika janridagi filmi. Ssenariy mualliflari Hampton Fançer va Michael Green bölib, film Fançer yaratgan hikoyaga asoslangan. Filmga Denis Villeneuve rejissyorlik qilgan. Blade Runner (1982) ning davomi hisoblangan uşbu filmda boş qahramonlarni Ryan Gosling hamda Harrison Ford gavdalantirişgan. Ana de Armas, Sylvia Hoeks, Robin Wright, Mackenzie Davis, Dave Bautista va Jared Leto lar esa qöşimça rollarda köriniş berişgan. Ford va Edward James Olmos özlarining avvalgi filmdagi rollari bölmiş Rick Deckard va Gaff obrazlaridagi rollarini qayta takrorlaganlar. Gosling filmda K, yaʼni „blade runner“ rolini öynagan. U jamiyat va sivilizatsiyaning ayni holatiga xavf solişi mumkin bölgan sirning tagiga yetgan.
Blade Runner loyihasini davom ettiriş böyiça ğoyalar birinçi marta 1990-yillarda taklif etilgan, ammo litsenziya oliş masalalari tufayli ular amalga oşmagan. Andrew Kosove va Broderick Johnson film huquqlarini Bud Yorkindan olişga erişişgan. Ridley Scott filmning rejissorligidan ketib, ijroçi prodyuser sifatida işlagan, keyinçalik rejissorlikka Denis Villeneuve tayinlangan. Blade Runner 2049 Alcon Entertainment va Sony Pictures örtasidagi hamkorlik orqali moliyalaştirilgan bölib, Vengriya hukumati ham soliq imtiyozlari beriş orqali qisman moliyalaştirilgan. Warner Bros. kompaniyasi filmni Şimoliy Amerika böylab Alcon hamkorligida çiqargan bölsa, Sony filmning xalqaro bozorlarda tarqatilişini öz zimmasiga olgan. Asosiy suratga oliş işlari 2016-yilning iyulidan noyabrigaça, tört oy davomida Budapeştdagi ikkita ovoz yoziş studiyasida bölib ötgan.
Blade Runner 2049 2017-yil 3-oktyabrda Californianing Los Angeles şahridagi Dolby teatrida premyera qilingan. AQŞda esa 6-oktyabrga kelib ilk bor namoyiş etilgan. Filmni ijobiy baholagan tanqidçilar undagi ijro, rejissyorlik ishi, kinematografiya hamda avvalgi film (Blade Runner (1982)) ga boğliqligi singari bir neçta jihatlarini yuksak eʼtirof etişgan. Film, garçi yilning eng kassabop loyihalaridan biriga aylanib, daromadi dunyo miqyosida 267.5 million dollardan oşgan bölsa-da, 150-185 million dollar byudjetiga köra 400 million dollar kassa daromadi tahmin qilingan bölib, bu tahminlar özini oqlamagan. Blade Runner 2049 köplab mukofotlarni, şu jumladan, Academy Awardsning Eng yaxşi Kinematografiya hamda Eng yaxşi Vizual effektlar nominatsiyalarini, British Academy Film Rewardsning sakkizta nominatsiyasidan ikkitasi, yaʼni Eng yaxşi Kinematografiya va Eng yaxşi Maxsus Vizual effektlar nominatsiyalarini yutgan. Davomli serial sifatida çiqişi kutilayotgan Blade Runner 2099 loyihasi böyiça Amazon Studiosda ayni vaqtda jadal işlar olib borilayotgan bölib, Scott uşbu loyihaning ijroçi prodyuserligiga qaytişi közda tutilgan.
3Voqealar rivoji
2049 yilda, Blade Runner hodisalaridan 30 yil ötgaç, replikantlar deb nomlangan biomexanik odamlar qul…

2049 yilda, Blade Runner hodisalaridan 30 yil ötgaç, replikantlar deb nomlangan biomexanik odamlar qul sifatida işlatiladi. K (seria raqami qisqartmasi, KD6-3.7), Nexus-9 replikant, Los-Anjeles politsiyasi departamenti uçun „tiğ ustida yuquruvvçi“ (inglizça „blade runner“) ofitser sifatida işlaydi, vazifasi esa şubhali replikant modeldagi insonlarni ovlaş va isteʼfoga çiqariş (öldiriş) hisoblanadi.
Replikant Sapper Mortonni öldirgandan söng, K daraxt tagiga kömilgan bir quti topib oladi. Uning içidan kesarça kesiş jarayonida vafot etgan replikant ayolning tana qoldiqlari borligini aniqlaşadi. Bu ilgari imkonsiz deb öylangan replikantlarning biologik köpayişi mumkinligini isbotlaydi. Kning boşliği, Leytenant Joşi bu maʼlumotlar insonlar va replikantlar örtasida uruş boşlanişiga sabab bölişidan qörqadi va Kga öşa replikant bolakayni topib, öldirişni buyuradi.
K, replikantlarni işlab çiqariş bilan şuğullanadigan Tyrell korporatsiyasining davomçisi Wallace korporatsiyasiga taşrif buyuradi. DNK arxivlaridan marhum ayolning Raçael bölib, u Nexus 7 tajriba replikanti ekanligi maʼlum böladi. K Raçaelning sobiq „tiğ ustida yuguruvçi“ Rik Dekard bilan işqiy munosabatda bölganligini bilib oladi. Boş direktor Niander Wallace fazoviy kolonizatsiyaning rivojlanişi uçun replikant reproduksiyasi sirligiça qolişini xohlaydi. U Kni kuzatiş uçun özining ijroçi replikanti Luvni uning ortidan yuboradi.
Mortonning fermasida K daraxt tanasiga öyib yozilgan 6.10.21 sanasini körib qoladi va uni bolaligida öynagan yoğoç öyinçoği bilan boğliq xotiralar tufayli tanib qoladi. Replikantlarning xotirasi sunʼiy tarzda yaratilgani uçun Kning sunʼiy intellektga ega gologramma qiz dösti Joi bu hodisa K ning yasalgan yoki yaratilgan emas, balki inson kabi tuğilganligidan dalolat berişiga işonişini taʼkidlaydi. K LAPDdagi manbalardan öşa sanada jinsiy xromosomalarini hisobga olmaganda bir xil DNKga ega bölgan ikkita çaqaloq tuğilganligini, lekin ulardan faqat bittasi, öğil bolaning tirik ekanligi qayd etilganligini bilib qoladi. K bolani izlab mehribonlik uyiga boradi, lekin aynan öşa yilgi maʼlumotlar yöqolgan bölib çiqadi. K mehribonlik uyini va u haqidagi xotiralarni va öyinçoq otini öçoqning içiga yaşirganligini eslab, uni öşa yerdan topadi. Replikantlarning xotiralarini dizaynlaştiradigan doktor Ana Stelline Kning mehribonlik uyi haqidagi xotirasini körib çiqib, uning haqiqiy ekanligini tasdiqlaydi. Şundan keyin K özining Raçaelning farzandi ekanligiga işonç hosil qiladi. Söngra K doim topşiriladigan rostgöylik testidan öta olmaydi, yaʼni test uning yolğonçi ekanligini körsatadi. U Joşiga replikant bolani öldirganligini aytganida, Joşi unga testdan qayta ötiş uçun 48 soat vaqt beradi, aks holda u „isteʼfo“ga çiqişiga, yaʼni uni öldirişlariga töğri kelardi.
Joi K bilan jinsiy aloqa qiliş uçun yengiltak replikant Marietteni yollaydi. Ertasi kuni ertalab Joi uni qaytib jönatib yuborişidan avvalroq Mariette Kning nimçasiga joylaşuvni aniqlagiç solib qöyadi. Öyinçoq otni tekşirişgaç, uning tahlil natijalari Kni Las-Vegasning radiatsiyalangan vayronlariga tomon yetaklab boradi. K u yerda Deckardni uçratadi. Deckard Kga özining öşa bolaning, yaʼni Raçaelning farzandining otasi ekanligini va farzandini himoya qiliş uçun tuğilganlik haqidagi maʼlumotlarni almaştirib taşlaganligini aytib beradi. Dekard bolani replikantlar ozodlik harakatiga qaraşli mehribonlik uyida qoldirgan edi. Luv Joşini öldiradi va Kni qidirib, Las Vegasga yöl oladi. U Dekardni öğirlab, Joini buzib taşlaydi va holdan toygan Kning özini qoldirib ketadi. Mariettening joylaşuvni aniqlagiçidan foydalanib, ozodlik harakati Kni qutqaradi. Ularning rahbari Freysa Raçaelning farzandi qiz ekanligini unga maʼlum qilgaç, K Stelline Raçaelning qizi ekanligini va öyinçoq ot haqidagi xotira Stellinega tegişli ekanligini tuşunib yetadi. Deckard Stelline yoki ozodlik harakatini Wallacega sotib qöyişi mumkinligidan qörqqan Freysa Kni Deckardni öldirişga undaydi.
Luv Deckardni Wallace bilan uçraştiriş uçun olib boradi. Wallace Deckardga farzandining qayerdaligi haqidagi maʼlumotlar evaziga Raçaelning dublikatini almaştiriş taklifini beradi. Deckard bu taklifni rad etgaç Luv dublikatni öldiradi. Luv Deckardni qiynoqqa soliş uçun uzoqqa olib ketayotganda, K uning yölidan çiqadi. K Luv bilan jang qilib, uni suvga çöktirib öldiradi, lekin jang qiliş jarayonida oğir yaralanadi.
K Deckardni Wallace hamda replikantlar ozodlik harakatidan himoya qiliş maqsadida uning ölimini sahnalaştiradi. Söngra Deckardni Stellinening ofisiga olib boradi va qöliga qizining öyinçoq toyçoğini tutqazadi. Deckard bino içiga kirib, közi yoşlangança öz qizi bilan ilk bor uçraşar ekan, K zinalar ustida yotgança, yoğayotgan qorga tikilib, jon beradi.
4Rollarda
Asl filmdagi Sean Youngning arxiv kadrlari, audio hamda harakatsiz sahnalaridan nafaqat Raçael obrazini,…

Asl filmdagi Sean Youngning arxiv kadrlari, audio hamda harakatsiz sahnalaridan nafaqat Raçael obrazini, balki Niander Wallace yaratgan Raçaelning dublikatini gavdalantirişda ham foydalanilgan. Youngning qiyofasi kompyuter texnologiyalari yordamida Loren Petaga örnatilgan. Young esa Loren Petaga birinçi filmdagi öz çiqişini qanday qilib qayta ijro etiş böyiça körsatmalar bergan. Replikantning ovozi Youngga ovozi öxşaş aktrisaning yordamida yaratilgan. Young qilgan jonbozligi uçun hurmat qozongan.
5Jarayonning rivojlaniş bosqiçlari
1990-yillardan boşlab Philipp K. Dickning "Androidlar elektr qöylarni orzu qiladimi?"(1968) romanini…

1990-yillardan boşlab Philipp K. Dickning "Androidlar elektr qöylarni orzu qiladimi?"(1968) romanini litsenziyalaş böyiça yuz bergan bahs va munozaralar "Blade Runner" (1982) ilmiy-fantastik dramasini mantiqiy davom ettiruvçi siklli filmlarni yaratişga tösqinlik qila boşlagan. Rejissyor Ridley Scott Blade Runner kanyoniga noaniq vaqt oraliğida boğlangan ikkita tölaligiça yakunlanmagan loyihani, jumladan, Metropolis nomli mustaqil siklni öylab topgan. Scottning ikkinçi, öğli Luke va ukasi Tony bilan hamkorlikdagi "Purefold" deb nomlangan loyihasi, empatiya tuşunçasini örganuvçi epizodik veb-seriya bölişi tasavvur qilingan.
Film çiqqanidan qariyb öttiz yil ötgaç, Alcon Entertainment asosçilari Andrew Kosove va Broderick Johnson mualliflik huquqini prodyuser Bud Yorkindan sotib olişgan. Alconni sotib oliş şartlariga köra asl Blade Runner filmini qayta yaratiş taqiqlangan, biroq kompaniyaga özining sindikatsiya, françayzing hamda prikllar va sikllar kabi medialarni köçiriş huquqlarini bergan. Kosove va Johnson özlarining kiçik byudjetli loyihalarining daromadidan qoniqmagan holda, şuningdek investitsiya mablağlarining tanqisligi tufayli endilikda Alkonning blockbuster filmlarini köpaytirişga harakat qilişgan: „Agar sizning davomli biznesda ekanligingizni körsatib turuvçi doimiy daromad oqimingiz bölmasa, oxir-oqibat muammoga duç kelişingiz tayin“. Kosove Christopher Nolanni rejissyorlik uçun özining ideal tanlovlardan biri deb hisoblaşini aytgaç, yangi Blade Runner filmi ustida olib borilayotgan işlar tezlik bilan jadallab ketgan. Lekin Nolan Blade Runner franşizasining muxlisi bölişiga qaramay, heç qaçon rejissyorlik qilişni rejalaştirmaganligini aytgan.
2011-yilning avgust oyiga kelib Alcon matbuotga Ridley Scott filmga rejissyorlik qiliş haqidagi şartnomaga imzo çekkanligini eʼlon qilgan. Britaniyalik kinorejissyor köpdan beri film qamrovini kengaytiriş uçun uning davomini suratga olişni juda xohlagan. Scottning rejissyorlik qilişi tayin bölgaç, studiya Michael Green va Hampton Fançerga ssenariy yoziş vazifasini yuklagan. Alcon prodyuserlari özlarining qanday film xohlayotganlari haqida bir oz tuşunça berişgan bölsa-da, Blade Runner voqealariga qanday özgartiriş kiritiş haqida aniq bir qarorga kelişmagan. Şuning uçun nafaqat Scott, balki barça ijodkorlar film suratga olinişidan oldin uyuştirilgan matbuot anjumanlarida filmdagi voqealar haqida umuman oğiz oçmaslik kerakligini his etişgan. Nihoyat, Scott özining Alien: Covenant (2017) filmi borasida masʼuliyati ortgaç, undagi vazifasidan isteʼfo berişga qaror qilgan, ammo boş prodyuser sifatida faoliyatini qisman davom ettirgan. Oçiqçasiga bölmasa-da, ssenariyga katta hissasi qöşilgan.
Blade Runner 2049 Alconning rejissyor Denis Villeneuve bilan hamkorlikdagi ikkinçi ishi bölib, ular uşbu masala böyiça muzokaralar olib boriş uçun uçraşuvni Nyu-Meksiko ştatidagi qişloqlardan biridagi kafeda taşkil qilişga kelişişgan. Ular bundan oldin Prisoners (2013) loyihasi ustida ham professional hamkorlikda ish olib borişgan. Villeneuve Blade Runnerni kino sanoatiga bölgan iştiyoqining ortişiga sabab bölganini taʼkidlagan, lekin franşizaning obrösiga putur yetkazib qöyişdan qörqib, dastlab taklifni qabul qilişga ikkilangan. Şunga qaramay, unga ssenariy yoqqan va, şuningdek Fançerning loyihaga sarmoya kiritganligiga işonç hosil qilgan. Villeneuve Blade Runnerning retrofuturistik virtual olamini zamonga moslaştiriş orqali asl filmning barça asosiy elementlarini saqlab qolgan, çunki uşbu elementlar, Villeneuvening fikriga köra, hikoyaning realligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etgan.
Steven Spielbergning "Birinçi öyinga tayyor" (2018) filmining Blade Runner olamida keçadigan sahnasi yakuniy tahrirda filmdan olib taşlangan. Spielberg "Blade Runner 2049" ning suratga oliniş jarayonida mualliflik huquqini berişlarini söragan, Alcon prodyuserlari esa garçi Ready Player One bor-yöği bir neça oy ötib çiqqan bölsa ham bu oçiqdan-oçiq işora filmning kelgusidagi tijoriy jihatdan keltiradigan foydasiga salbiy taʼsir körsatişi mumkinligidan çöçişgan va bu taklifni rad etgan. Şunday qilib, Spielberg bu sahnaning örniga Stanley Kubrick bilan yaqin munosabatda bölganligi tufayli "The Shining" (1980) filmiga asoslangan boşqa sahna yaratişni maʼqul körgan.
6Kadrlar
3
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB7Franşiza tartibida
2 film
8Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Blade Runner 2049» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



