«Dune» — Frenk Gerbertning 1965-yildagi şu nomli romani asosidagi epik ilmiy fantastika filmi. Voqea uzoq kelajakda boşlanadi: imperator Shaddam IV Atreides oilasiga çöl sayyorasi Arrakisni beradi. Bu sayyora melanj, yaʼni «dorivor»ning yagona manbai bölib, u inson umrini uzaytiradi va yulduzlararo sayohat uçun zarur. Oila endi öz yangi uyida, qattiq şaroitda yaşaşga majbur: atrofda qum, kuydiruvçi quyoş va gigant jonivorlar.
Filmni Denis Villeneuve suratga olgan, ssenariyni u Jon Spaytes va Eric Roth bilan birga yozgan. Boş rollarda Timothée Chalamet, Rebecca Ferguson, Oscar Isaac, Jason Momoa va Javier Bardem. Film Legendary Pictures studiyasi ishi bölib, fantastika, boevik va sarguzaşt janrlariga mansub. Jahon premyerasi 2021-yil 3-sentyabrda 78-Venetsiya xalqaro kinofestivalida bölib ötdi. Film $400 milliondan ortiq daromad keltirdi, «Oskar»ga 10 nominatsiyada nomzod bölib, ulardan 6 tasida ğolib böldi. Davomi «Dune: Part Two» 2024-yil martda çiqdi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Timothée Chalamet, Rebecca Ferguson, Josh Brolin
·Ensiklopediyadan
Dune (talaffuzi: Dyun) 2021-yilda katta ekranlarga çiqqan, Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan hamda AQŞ, Birlaşgan Qirollik, Kanada va Vengriya mamlakatlari bilan hamkorlikda işlangan epik va ilmiy fantastika janridagi filmdir. Film rejissori Denis Villeneuve bölib, u Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmda Timothée Chalamet, Rebecca Ferguson, Oscar Isaac, Josh Brolin, Stellan Skarsgård, Dave Bautista, Stephen McKinley Henderson, Zendaya, David Dastmalchian, Chang Çen, Sharon Duncan-Brewster, Charlotte Rampling, Jason Momoa va Javier Bardem kabi aktyorlar suratga tuşgan.
Dune filmi premyerasi 78-Venetsiya xalqaro film festivalida 3-sentyabr 2021-yilda bölib ötdi, AQŞda esa 22-oktabr 2021-yildan kinoteatrlarda namoyiş qilindi. Film budjeti $165 millionni taşkil etib, kartina umumjahon böylab $400 milliondan ortiq daromad körişga muvaffaq böldi. Filmning davomi bölmiş Dune: Part Two 2023-yil oktabrida çiqarilişi kutilmoqda.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Dune haqida 383 maqola yiğilib, ulardan 83 foizi filmni ijobiy baholagan.
3Syujeti
10191-yilda Caladan okean-sayyorasi hukmdori bölgan Duke Leto Atreides podşoh imperator Shaddam Corrino IV…
10191-yilda Caladan okean-sayyorasi hukmdori bölgan Duke Leto Atreides podşoh imperator Shaddam Corrino IV tomonidan House Harkonnen örniga Arrakisning feodal hukmdori etib tayinlanadi. Arrakis — yoqimsiz çöldan taşkil topgan sayyora hamda «dorivorlar»ning yagona manbaidir. Dorivor inson hayotiyligini oşiradigan va yulduzlararo sayohat uçun muhim ahamiyatga ega bölgan qimmatli moddadir. Haqiqatda, Shaddam imperatorning Sardaukar qöşinlari yordamida sayyorani qaytarib oliş uçun House Harkonnenda töntariş uyuştirganda, uning taʼsiri Şaddamning boşqaruviga tahdid solayotgan House Atreidesni ildizi bilan yöq qilişni rejalaştirgan. Leto esa bundan xavotirda, lekin dorivorlar sayyorasini boşqariş va Fremenlar nomi bilan tanilgan tub aholi bölmiş malakali jangçilar bilan ittifoq tuzişning siyosiy afzalliklarini köradi.
4Rollarda
Timothée Chalamet — Paul…
Timothée Chalamet — Paul Atreides
Rebecca Ferguson — Lady Jessica
Oscar Isaac — Duke Leto Atreides
Josh Brolin — Gurney Halleck
Stellan Skarsgård — Baron Vladimir Harkonnen
Dave Bautista — Glossu Rabban
Zendaya — Chani
David Dastmalchian — Piter De Vries
Stephen McKinley Henderson
Charlotte Rampling — Gaius Helen Mohiam
Jason Momoa — Duncan Idaho
Javier Bardem — Stilgar
Chang Çen — doktor Wellington Yueh
5Relizi
Manba:…
Manba: IMDb.com
6Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB7Franşiza tartibida
4 film
8Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Dune (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



