Qarigan ixtiroçi sunʼiy inson yaratgan, ammo uni tugatmasdan vafot etgan. Natijada Edvardning qöllari örnida qayçilar qolgan, u esa tepalikdagi gotik qasrda yolğiz yaşagan. Bir kuni uni Avon kosmetikasining savdogari Peg Boggs topadi va öz uyiga, tinç şaharçaga olib keladi. Edvard yangi oilada yaşaşni, qöşnilar bilan muomala qilişni örganadi va oilaning kiçik ögli hamda qizi bilan döstlaşişga harakat qiladi.
Filmni Tim Burton rejissorlik qilgan, boş rollarda Johnny Depp, Winona Ryder va Dianne Wiest ijro etgan. Janri — fantaziya, drama va melodrama, studiya — 20th Century Studios. Jahon premyerasi 1990-yil 6-dekabrda bölgan, AQŞda prokatga 14-dekabrda çiqqan. Bu Burtonning Depp bilan birinçi hamkorligi, Vincent Price uçun esa hayotligidagi sönggi yirik rollardan biri edi.
1Rollarda
Johnny Depp, Winona Ryder, Dianne Wiest
·Ensiklopediyadan
Qayçiqöl Edvard (inglizça Edward Scissorhands – Tim Burton rejissorlik qilgan 1990-yilgi Amerika gotik romantik fantaziya filmi. Film Burton va Caroline Thompson hikoyasiga asosan yozilgan va Denise Di Novi va Tim Burton tomondan işlab çiqarilgan. Boş rollarni Johnny Depp, Winona Ryder, Dianne Wiest, Anthony Michael Hall, Kathy Baker, Vincent Price va Alan Arkin ijro etgan. Film qöllari örnida qayçilar mavjud bölgan, şahar yaqinida yaşovçi oila tomonidan asrab olingan va oilaning ösmir qiziga oşiq bölgan tugallanmagan sunʼiy inson haqida hikoya qiladi.
Burton Qayçiqöl Edvardni Kaliforniya ştatining Burbank şahrida keçgan bolalik davrida yaratgan. Beetlejuicening dastlabki işlab çiqarilişi paytida Caroline Thompson Burton hikoyasini sahnalaştiriş uçun işga olingan va film Warner Bros. tomondan rad etilgaç, 20th Century Fox kompaniyasida işlab çiqariş boşlangan. Qayçiqöl Edvardning suratga olinişi Burtonning Batmen filmining tanqidiy va moliyaviy muvaffaqiyatidan keyin tezlaştirildi. Film, şuningdek, Burton va kino kompozitor Danny Elfman örtasidagi törtinçi hamkorligi va Vincent Pricening hayotligi davomida çiqarilgan sönggi kino roli edi.
Qayçiqöl Edvard tanqidçilar tomonidan ijobiy qabul qilingan va moliyaviy muvaffaqiyatga erişgan. Özining 20 million dollarlik byudjetidan tört baravar köproq daromad qilgan. Film British Academy film Award for Best Production Design va Hugo Award for Best Dramatic Presentation va Academy Awards, British Academy Film Awards, Saturn Awards da köplab nominatsiyalarni qölga kiritgan. Burton ham, Elfman ham Qayçiqöl Edvardni özlarining eng şaxsiy va sevimli asarlari deb hisoblaydilar.
2Syujeti
Qor yoğayotgan bir keçada keksa ayol nabirasiga uxlaşdan oldin qöllari örnida qayçilar bölgan Edvard ismli…
Qor yoğayotgan bir keçada keksa ayol nabirasiga uxlaşdan oldin qöllari örnida qayçilar bölgan Edvard ismli yoş yigit haqida hikoya aytib beradi.
Köp yillar oldin, Avonlik mahalliy savdogar Peg Boggs Edvard yaşaydigan buzğunçilikka tölgan gotik uy atrofida savdo qilmoqçi böladi. Keksa ixtiroçi tomondan yaratilgan Edvard – bu qarimaydigan inson. Ixtiroçi Edvardni uyda öqitgan, ammo unga qöl örnatişdan oldin, uni bitirmagan holda yurak xurujidan vafot etgan. Peg Edvardni yolğiz holda topgaç, uni öz uyiga olib ketişni taklif qiladi. Peg Edvardni eri Bill, kiçkina öğli Kevin va ösmir qizi Kim bilan taniştiradi. Edvard Kimning dastlab undan qörqqaniga qaramay, unga oşiq böladi. Qöşnilari yangi mehmon bilan qiziqqaç, Boggslar uni taniştiriş uçun barbekyu ötkazişadi. Köpgina qöşnilar Edvarddan hayratda qoladilar va u bilan döstlaşadilar, faqatgina ğalati diniy fanatik Esmeralda va Kimning kibrli yigiti Jim bundan mustasno.
Edvard qöşnilarning mehribonligiga ularning butalariga şakl beriş, itlarini parvarişlaş va keyinçalik qöşni ayollarning soçlariga turmak beriş orqali javob qaytaradi. Qöşnilardan biri – Joys Edvardga özini taʼminlaşi uçun gözallik saloni oçişga yordam berişni taklif qiladi. Salon uçun joy körişga borişganda, Joys Edvardga tegajoğlik qiladi va uni qörqitib yuboradi. Joys Edvardning xulq-atvori haqida qöşni ayollarga yolğon gapirib, qöşnilarning Edvardga bölgan işonçini kamaytiradi. Rasman inson bölmagani uçun bank unga kredit berişni rad etgaç, Edvardning salon oçiş orzusi yakson böladi.
Kimning Edvardga bölgan eʼtiboridan ğazablangan Jim uning soddaligidan foydalanadi. Otasining elektron mahsulotlarini öğirlab, ularni sotib, furgon sotib oliş uçun ota-onasining uyining qulfini oçişga Edvardni köndiradi. Edvard rozi böladi, lekin u qulfga qöl tegazişi bilan signalizatsiya işga tuşadi. Jim qoçib ketadi va Edvard hibsga olinadi. Politsiya esa Edvardni butun umr yolğiz yaşagani, heç qanday oqilona xulq-atvor va axloqiy meʼyorlarga ega bölmagani sababli jinoiy javobgarlikka tortib bölmaydi deb hisoblaydi. Ammo, Edvard öğrilik uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi. Kimga bu işni qilişga Kim söragani uçun rozi bölganini aytadi. Natijada Boggs oilasidan boşqa hamma u bilan aloqani uzadi.
Rojdestvo kunida Edvard Kimning namunasida bir farişta şaklidagi muz haykal yasaydi. Muz parçalari havoga soçiladi va qor yoğayotgandek körinadi, bunday holat şaharda ilgari heç qaçon sodir bölmagan edi. Kim yoğayotgan qor ostida raqsga tuşadi. Jim tösatdan paydo bölib, Edvardni çaqiradi. Edvard çöçib ketadi va Kimning qölini tösatdan kesib yuboradi. Jim Edvardni Kimga qasddan zarar yetkazganlikda ayblaydi. Jimning Edvardga nisbatan noörin raşkidan çarçagan Kim Jim bilan ajraşadi. Bu vaqtda Edvard ğazab içida asarlarini yöq qilib va Esmeraldani qörqitib qoçib ketadi.
Kimning ota-onasi Edvardni qidirişga ketişadi. Kim esa Edvard uyga qaytib kelişi mumkinligi uçun uyda qoladi. Edvard uyga qaytgaç, Kimni uçratadi. Kim Edvarddan yoniga kelişini söraydi, ammo unga zarar berişdan qörqqan Edvard rozi bölmaydi. Jimning mast dösti uni Kimning uyiga olib keladi va deyarli Kevinni bosib ketadi. Edvard Kevinni çetga itarişga ulguradi, ammo uni tasodifan kesib yuboradi. Voqeani körganlar Edvardni Kevinga hujum qilişda ayblaşadi. Jim unga taşlanganda Edvard özini himoya qiladi va Jimning qöliga jarohat yetkazadi, keyin ixtiroçining uyiga qoçib ketadi.
Kim Edvardni qidiriş uçun ketadi. Jim qöliga qurolini olib, uning orqasidan ergaşadi. Jim Edvardga öq uzgaç, uni döpposlaydi. Kim aralaşişga harakat qilgani uçun Jim unga qöl kötarganini körmagunça Edvard Jimga qarşilik körsatmayotgan edi. Edvard ğazablanib, Jimning qorniga zarba beradi va uni uyning derazasidan itarib yuboradi. Kim Edvardga öz sevgisini izhor qilib, uni öpadi. Ular heç qaçon birga böla olişmasligini tan olişadi. Qöşnilar töplangaç, Kim ularni Jim va Edvard bir-birini öldirişganligiga işontiradi.
Kim bölib çiqqan keksa ayol nevarasiga hikoyani aytib tugatadi. Edvard uni yoş körinişida eslab qolişi uçun u bilan boşqa heç qaçon körişmaganini aytadi. U Edvardning hamon tirikligiga işonadi, çunki usiz qor yoğmayotgan bölardi. Keyin Edvard Kim bilan ötgan lahzalarining muz haykallarini yasayotgani, muz parçalari şamolda qor kabi uçib borayotganini köriş mumkin.
3Aktyorlar röyxati
Johnny Depp Qayçiqöl Edvard…
Johnny Depp Qayçiqöl Edvard rolida
Winona Ryder Kim Boggs rolida
Dianne Wiest Peg Boggs rolida
Anthony Michael Hall Jim rolida
Kathy Baker Joys Monro rolida
Vincent Price Ixtiroçi rolida
Alan Arkin Bill Boggs rolida
Robert Oliveri Kevin Boggs rolida
Conçata Ferrell Helen rolida
Susan Blommaert Tinka rolida
Caroline Aaron Marge rolida
Dick Anthony Williams Ofitser Allen rolida
O-Lan Jones Esmeralda rolida}}
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB5Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Qaychiqoʻl Edvard» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



