Harry Potter Hogwarts maktabida beşinçi öquv yilini boşlaydi. U Voldemortning qaytgani haqidagi ogohlantirişlari eʼtiborsiz qoldirilganini köradi. Köpçilik sehrgarlar bu haqda gapirişni istamaydi, göyo heç narsa yuz bermagandek tutiladi. Şundan keyin Harry özi ish boşlaydi va qora sehrdan himoyalanişni öqitadi.
Film J. K. Rowlingning 2003-yildagi şu nomli romani asosida suratga olingan. Rejissyori David Yates, ssenariy muallifi Michael Goldenberg, musiqasini Nicholas Hooper yozgan. Boş rollarda Daniel Radcliffe, Rupert Grint va Emma Watson, şuningdek Helena Bonham Carter, Ralph Fiennes va Robbie Coltrane iştirok etgan. Fentezi janridagi bu oilaviy film Heyday Films studiyasi tomonidan tayyorlangan hamda 2007-yilda prokatga çiqqan. Kassa böyiça u 2007-yilning ikkinçi filmiga aylangan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Daniel Radcliffe, Rupert Grint, Emma Watson
·Ensiklopediyadan
Harry Potter va Feniks jamiyati (inglizça: Harry Potter and the Order of the Phoenix) – J. K. Rowlingning ayni nomli romani asosida 2007-yilda tasvirga olingan fentezi janridagi film; Harry Potter filmlar seriyasining beşinçi qismi. Filmga David Yates rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Michael Goldenberg yozgan. Filmda boş rollarni Daniel Radcliffe, Rupert Grint, Emma Watson, Helena Bonham Carter, Robbie Coltrane, Warwick Davis, Ralph Fiennes, Michael Gambon, Brendan Gleeson, Richard Griffiths, Jason Isaacs, Gary Oldman, Alan Rickman, Fiona Shaw, Maggie Smith, Imelda Staunton, David Thewlis, Emma Thompson va Julie Walters ijro etgan.
Film premyerasi 2007-yilning 11-iyulida AQŞda, 2007-yilning 12-iyulida esa Birlaşgan Qirollikda bölib ötgan. Film kinotanqidçilar tomonidan xuş qarşilangan hamda köplab mukofotlarga, jumladan, BAFTAga nomzod etib körsatilgan. Byudjeti £75–100 millionni ($150–200 million) taşkil etgan uşbu kinokartina umumjahon böylab prokatlarda $942 million işlab topgan va 2007-yilning ikkinçi eng kassabop filmiga aylangan.
3Syujeti
Harry Potter yozgi taʼtilni Dursleylarnikida ötkazadi. Kunlarning birida Harry va Dudley dementorlar hujumiga…
Harry Potter yozgi taʼtilni Dursleylarnikida ötkazadi. Kunlarning birida Harry va Dudley dementorlar hujumiga uçraydi. Harry ularni Patronus afsuni yordamida özidan nari ketkazadi. Sehrgarlik vazirligi Harryning afsun işlatganidan xabar topadi va uni jazo tariqasida Hogwarts maktabidan çetlatadi (sababi voyaga yetmaganlarning afsun işlatişi man etilgan). Mazkur jazo keyinçalik bekor qilinadi.
Albus Dumbledore asos solgan „Feniks jamiyati“ nomli sirli taşkilot Harryni Sehrgarlik vazirligi Lord Voldemortning qaytgani haqidagi miş-mişlar tarqalişini oldini olişga urinayotgani haqida boxabar qiladi. Taşkilot qarorgohida Harryning çöqintirgan otasi Sirius Black unga Voldemort qandaydir buyum izlayotganini aytadi.
Sehrgarlik vaziri Cornelius Fudge Dolores Umbridgeni qora kuçlardan himoyalaniş böyiça professor etib tayinlaydi. Umbridge himoyalaniş böyiça afsunlarni öquvçilarga örganişni man etişi u va Harry örtasida ziddiyatga olib keladi. Umbridge maktab ustidan nazoratni qölga ola boşlayotganda, Ron va Hermione Harryga öquvçilarga himoyalaniş afsunlarini örgatişni maqsad qilgan „Dumbledore otryadi“ maxfiy guruhini tuzişga kömaklaşişadi. Umbridge „Slytherinlar“ fakulteti öquvçilaridan iborat „Inspeksiya drujinasi“ guruhini tuzib, guruh aʼzolariga boşqa öquvçilar ortidan ayğoqçilik qiliş vazifasini topşiradi.
Keçalarning birida Harry Arthur Weasleyning Vazirlik binosida hujumga uçrayotganini tuş köradi. Dumbledore Voldemort Harry bilan mazkur aloqadan foydalanişi mumkinligidan çöçib, Severus Snapedan Harryga uning ongini Voldemortning ehtimoliy taʼsiridan himoyalaş maqsadida okklyumensiyani örgatişni iltimos qiladi. Snapedan saboq oliş çoğida Harry otasi James maktab davrida Snapeni köp marotaba masxara qilganini aks ettiruvçi xotiralarni köradi. Harry va Voldemort örtasidagi aloqa Harryni döstlaridan yiroqlaşişiga sabab böladi. Bu orada „Ajal kasofatlari“ jamoasining ön nafar aʼzosi Azkaban qamoqxonasidan qoçişga muvaffaq böladi. Hogwarts maktabida Umbridge va „Inspeksiya drujinasi“ „Dumbledore otryadi“ guruhini foş etadi. Fudge Dumbledoreni uşbu guruhni tuzganlikda ayblab, uni qölga olişni buyurganida, Dumbledore qoçib ketadi. Umbridge esa maktabning yangi direktoriga aylanadi.
Harry xayolida Voldemort Siriusni azoblayotgani bilan boğliq tasvirlarni köradi. Harry, Ron va Hermione „Feniks jamiyati“ taşkiloti aʼzolarini Harry körgan tasvirlardan boxabar etiş maqsadida Umbridgening xonasi tomon şoşilişadi. Umbridge ularni qölga oladi va Harryni oğir jazolamoqçi bölganida, Hermione taqiqlangan örmonda Dumbledorening „sirli quroli“ mavjudligini aytadi. Hermione va Harry Umbridgeni Hagridning bahaybat ukasi Grawp yaşayotgan joyga olib borişadi. U yerda ular kentavrlarga töqnaş kelişadi. Kentavrlar Umbridgeni öğirlab ketişadi. Harry, Hermione, Ron, Luna, Neville va Ginny Siriusni qutqariş uçun festrallarda Sehrgarlik vazirligi tomon uçişadi.
Oltovlon Sirlar bölimiga yetib kelişadi va Voldemort axtarayotgan buyum – Harryning ismi tuşirilgan başorat toşini topişadi. Bu paytda „Ajal kasofatlari“ ularga pistirmadan hujum uyuştiradi. Lucius Harryga Siriusning azoblanayotgani bilan boğliq tasvirlar uni şu yerga keltiriş uçun tuzilgan puxta reja ekanligini oçiqlaydi. Harry Luciusga başorat toşini topşirişdan boş tortadi va natijada „Dumbledore otryadi“ va „Ajal kasofatlari“ örtasida jang yuzaga keladi. „Ajal kasofatlari“ öquvçilardan iborat guruhdan ustun keladi va Harryni başorat toşini topşirişga majburlaşadi. Harry Luciusga başorat toşini berayotganda, Sirius, Remus Lupin, Nymphadora Tonks, Kingsley Şacklebolt va Mad-Eye Moodydan iborat jamoa yetib keladi. Ular „Ajal kasofatlari“ga hujum qilişganida, Lucius başorat toşini yerga uloqtirib, uni yöq qiladi. Sirius Lucius bilan kuraşayotganda, Bellatrix Siriusni öldiradi.
Voldemort paydo bölib, Harryni öldirişiga bir baxya qolganda, Dumbledore yetib keladi. Voldemort va Dumbledore örtasida şiddatli jang sodir böladi. Ikkovining kuçi deyarli teng kelganida, Voldemort Harryning vujudiga kirib oladi. Harryning döstlari va oilasiga bölgan muhabbati Voldemortni vujudidan siqib çiqarib yuboradi. Vazirlik rasmiylari Voldemort ğoyib bölişidan avval yetib kelişadi; Fudge Voldemort qaytganini tan oladi va isnod bilan isteʼfoga çiqadi. Umbridge işidan ozod etiladi va Dumbledore Hogwartsga maktab direktori ölaroq qaytadi. Dumbledore Harryga Voldemort ularning aloqasidan foydalanişi mumkinligidan xavotirlanib özini undan uzoqroq tutganini tuşuntiradi. Siriusning ölimi ortidan ğam-ğussa çekar ekan, Harry başorat zamiridagi tub maʼnoni anglaşga urinadi: „Ikkinçisi tirik bölsa, boşqa biri yaşay olmaydi“.
4Işlab çiqariş
Filmga rejissyorlik qiliş taklifi avvalboşda Mike Newell (Harry Potter and the Goblet of Fire filmi…

Filmga rejissyorlik qiliş taklifi avvalboşda Mike Newell (Harry Potter and the Goblet of Fire filmi rejissyori), Jean-Pierre Jeunet, Guillermo del Toro, Matthew Vaughn va Mira Nair kabi kinorejissyorlarga berilgan, biroq ularning heç biri taklifni qabul qilişmagan. Keyinçalik, ayni taklif britaniyalik rejissyor David Yatesga berilganda, u taklifni qabul qilgan. Yatesning fikriga köra, studiyaga uning State of Play, Sex Traffic, The Girl in the Café kabi teleloyihalardagi ishi manzur kelgan. Şu sababdan ham uni ötkir syujetli, hissiyotlarga boy filmga rejissyorlik qilişga munosib körgan. Prodyuser David Heymanga köra, Feniks jamiyati siyosiy mavzudagi film bölib, vakolatlarini suiisteʼmol qilayotgan rahbariyatdan norozi bölgan öspirinlar isyoni haqida hikoya qiladi. Emma Watson filmning siyosiy va ijtimoiy jihatlari haqida şunday fikr bildirgan: „Film qandaydir darajada 7-iyuldan keyingi hayot, insonlarning qörqqanida özlarini qanday tutişlari, qanday qilib haqiqatning inkor etilişi hamda jamiyatimiz duç keladigan hamma narsalar haqida hikoya qiladi“.
Potter haqidagi birinçi tört film ssenariysini yozgan Steve Kloves boşqa loyihalar bilan band bölgani tufayli Feniks jamiyati loyihasida iştirok etmagan. Şu sababli bu vazifa Michael Goldenbergga yuklatilgan. Kloves keyinçalik Feniks jamiyatidan keyin işlangan Potter haqidagi filmlarning barçasida ssenariy muallifi ölaroq iştirok etgan.
Filmda Mark Day montaj ustasi, Sławomir Idziak operator, Jany Temime esa liboslar böyiça rassom sifatida iştirok etgan. Ilgari David Yates bilan bir neça loyihalarda birga işlagan xoreograf Paul Harris filmda tayoqçalar bilan bölgan jang sahnalarini sahnalaştirişda muhim örin tutgan.
5Kasting
Radcliffe Harry roliga qaytişini eʼlon qilganidan keyin 2005-yilning mayida Feniks jamiyati filmi uçun…

Radcliffe Harry roliga qaytişini eʼlon qilganidan keyin 2005-yilning mayida Feniks jamiyati filmi uçun kasting jarayoni boşlangan. Goblet of Fire filmi çiqarilişi ortidan OAVda yuzaga kelgan ajiotaj fonida Grint, Watson, Lewis, Wright, Leung va Fiennes kabi aktyorlar avvalgi Potter haqidagi filmlarda gavdalantirgan rollariga qaytişlarini eʼlon qilişgan.
Filmdagi yangi personajlarni qaysi aktyorlar jonlantirişini aniqlab oliş maqsadidagi kasting eʼlonlari butun 2006-yil davomida berilib borilgan. Evanna Lynch kastingda iştirok etgan 15 mingdan ziyod qizlar orasidan Luna Lovegood rolini ijro etiş uçun tanlan olingan. Saoirse Ronan ham uşbu rol uçun muhtamal nomzod bölgan, ammo studiya uni Lovegood roli uçun juda yoş deb hisoblagan.
OAVda Elizabeth Hurley Bellatrix Lestrange rolini ijro etişi haqida köplab miş-mişlar tarqalgan, ammo Warner Bros. studiyasi miş-mişlarga javoban Hurley mazkur rolni ijro etmasligini eʼlon qilgan. 2005-yilning avgustida uşbu rolga Helen McCrory nomzod ekanligi töğrisida miş-mişlar tarqala boşlagan. 2006-yil 2-fevralda McCrory haqiqatan ham Bellatrix rolini öynaşi eʼlon qilingan. Biroq, 2006-yilning aprelida u uç oylik homiladorligini aytib, filmda rol öynamaslikka qaror qilgan. Bu qarorga kelişiga filmda böladigan jang sahnalarini ijro eta olmasligini sabab ölaroq körsatgan. 2006-yilning 25-mayida Helena Bonham Carter Bellatrix rolini ijro etişi maʼlum bölgan. McCrory keyinçalik Harry Potter and the Half-Blood Prince filmida Narcissa Malfoy personajini jonlantirgan.
Ayrim personajlarning qöşilişi yoki olib taşlanişi muxlislarda film prokatlarga çiqarilişidan atigi ön kun ötib çiqarilgan Harry Potter turkum romanlarining oxirgisi bölmiş Harry Potter and the Deathly Hallows romanidagi personajlar ahamiyati, örni haqida taxminlarni keltirib çiqargan. 2006-yilning aprelida Jim McManus Albus Dumbledorening ukasi Aberforth va „Hoğs Head“ qovoqxonasi barmeni rollarini öynaşini maʼlum qilgan. Oradan bir hafta ötgaç, Warner Bros. Aberforth „juda kiçik rol“ ekanligini oçiqlagaç, muxlislarda yakuniy romandagi uşbu personajning örni haqidagi taxminlar yöqolgan. 2006-yilning oktyabrida MTV Chamber of Secrets filmida köriniş bergan Dobby personaji Feniks jamiyati filmida bölmasligini eʼlon qilgan. MTV, şuningdek, yakuniy roman çiqarilişidan bir oy muqaddam Blacklar oilasining elfi – Kreaçer personajiga bağişlangan sahna filmdan olib taşlanganini xabar qilgan. Rowling film prodyuserlarini uşbu personajni filmga qöşişga undab, şunday degan: „Örningizda bölganimda, uni filmdan olib taşlamagan bölardim. Olib taşlaşingiz mumkin, ammo yettinçi filmni ham işlamoqçi bölganingizda, yeçilmas tugunlarga öralib qolasiz“. Buning ortidan personaj iştirokidagi sahna filmga qöşilgan.
Filmning yakuniy versiyasida boşqa bir neça kiçik rollar iştirokidagi sahnalar olib taşlangan. Goblet of Fire filmi premyerasida prodyuser David Heyman muxlislarga Hogwarts maktabi sobiq professori Gilderoy Lockhart (Harry Potter and the Chamber of Secrets filmida Kenneth Branagh tomonidan jonlantirilgan) personaji Feniks jamiyati filmida iştirok etişiga şama qilgan. Biroq, Feniks jamiyati filmining yakuniy versiyasida Lockhart personaji bilan aloqador sahna olib taşlangan. Tiana Benjamin Gryffindor Quidditç jamoasi kapitani Angelina Johnson roliga qaytişi kutilgan, ammo EastEnders teleserialida rol ijro etayotgani sababli mazkur rolni ijro etmagan. Natijada personaj filmdan butkul olib taşlangan. Keyinçalik, Benjamin Order of the Phoenix videoöyinida Johnson personajiga ovoz bergan.
Futbolçi Theo Walcottning oilasi filmda kameo rollarda köriniş bergan. Ularning filmda köriniş berişi Theoning xolasining eri David Yates tomonidan maʼqullangan. Avvalboşda Theoning özi ham filmda köriniş berişi kutilgan, biroq Arsenal futbol klubidagi majburiyatlari tufayli bu amalga oşmagan.
6Suratga oliş
Feniks jamiyati filmi suratga oliş jarayonlari 2006-yilning 27-yanvarida boşlangan. Asosiy suratga oliş…

Feniks jamiyati filmi suratga oliş jarayonlari 2006-yilning 27-yanvarida boşlangan. Asosiy suratga oliş işlari 2006-yilning 7-fevralidan 2006-yilning noyabriga qadar davom etgan. Suratga oliş jarayonlarida Radcliffe va Watsonning maktab imtihonlari tufayli ikki oylik tanaffus bölgan. Film byudjeti £75–100 million (AQŞ$150–200 million) ni taşkil etgan. Bungaça işlangan Potter haqidagi filmlar orasida eng katta byudjedga egasi Goblet of Fire bölib, uşbu kinokartina byudjeti £75 millionni taşkil qilgan. Film ijodkorlari filmni Birlaşgan Qirollik taşqarida suratga oliş haqida jiddiy öylab körişgan bölsa-da, filmning köplab sahnalari Watford borosidagi Leavesden kinostudiyasida tasvirga tuşirilgan.
Angliyadagi Temza daryosi „Feniks jamiyati“ aʼzolarining Grimmauld saroyi tomon, „Dumbledore otryadi“ aʼzolarining esa Sehrgarlik vazirligi tomon parvoz etişiga aloqador sahnalarni tasvirga olişda işlatilgan. Mazkur tasvirlarda London közi, Kaneri-Uorf, Big Ben, Buckingham saroyi va HMS Belfast singari oriyentirlarni ham köriş mumkin. 9¾ platformasiga bağişlangan sahna oldingi filmlardagi kabi Kinğs Cross vokzalida suratga tuşirilgan. Harry va Arthur Weasley Vazirlikka kirişda foydalangan qizil telefon budkasi bilan boğliq sahna Scotland Yardda suratga olingan. Suratga oliş jamoasi Arthur Weasley va Harry iştirokidagi sud majlisiga bağişlangan sahnani tasvirga oliş uçun 2006-yilning 22-oktyabrida Westminster metro stansiyasini maʼlum muddatga yopişgan. Boşqa sahnalar Oxford şahri içida va yaqinida suratga olingan.
Hogwarts Expressning viadukdan ötiş sahnasi oldingi filmlardagi kabi Glenfinnan qişloğida olingan. Osmonda keçadigan sahnalar Glen-Kou, Kleşeyg-Galli va Glen-Etiv daralarida suratga olingan. Sababi suratga oliş çoğida mazkur daralar Şotlandiyadagi oz sonli qorsiz joylardan biri bölgan.
Rejissyor David Yatesning sözlariga köra, Feniks jamiyati filmi davomiyligi dastavval uç soatni taşkil etgan. Film reja qilinganidan 45 daqiqa uzoq davom etgani tufayli baʼzi materiallar yakuniy montaj jarayonlarida olib taşlangan. Şu sababli filmning köplab joylarda tasvirga olingan sahnalari filmning yakuniy versiyasiga kiritilmagan. Virginia Water qişloğida suratga olingan professor McGonagallning soğayiş sahnasi, Burnham Beeçesda suratga olingan Hagridning sehrli mavjudotlar parvarişi darsida öquvçilarga festrallarni körsatiş sahnasi yakuniy versiyaga kiritilmagan sahnalarga misoldir.
7Vizual effektlar
Film uçun hammasi bölib 1 400 dan ortiq vizual effektli kadr tayyorlangan. Ularning 950 tasi Double Negative…

Film uçun hammasi bölib 1 400 dan ortiq vizual effektli kadr tayyorlangan. Ularning 950 tasi Double Negative studiyasi tomonidan yaratilgan. Studiya vizual effektli kadrlar tayyorlaşni 2006-yilning sentyabridan boşlagan. Jarayon qariyb olti oy davom etgan.
Filmdagi yangi personaj – Grawp Image Metrics kompaniyasi tomonidan yaratilgan „Soul Capturing“ nomli yangi texnologiya yordamida jonlantirilgan. Personaj harakatlarini modellaştirişda aktyor Tony Maudsleyning harakatlari va mimikasi işlatilgan.
8Musiqasi
Feniks jamiyati filmiga Nicholas Hooper bastakorlik qilgan. Bundan oldingi filmlarga John Williams (birinçi…

Feniks jamiyati filmiga Nicholas Hooper bastakorlik qilgan. Bundan oldingi filmlarga John Williams (birinçi uç filmga) va Patrick Doyle (törtinçi filmga) bastakorlik qilişgan. Film uçun Hooper tomonidan yaratilgan saundtrekga „Hedwiğs Theme“ asosida işlangan variatsiyalar ham kiritilgan. „Hedwiğs Theme“ Harry Potter filmlar seriyasining tematik musiqasi bölib, Williams tomonidan yaratilgan va undan Potter haqidagi filmlarning barçasida işlatilgan. 2007-yilning mart-aprel oylarida Hooper va London kamerniy orkestri Abbey Road Studios studiyasida salkam ikki soat davom etadigan musiqani yozib olgan.
Film musiqasi qolgan filmlar bilan soliştirilganda ançayin maʼyus ruhda ekanligi bilan ajralib turadi. Saundtrek 2007-yilning 10-iyulida, filmning relizi arafasida Warner Bros. Records leybli tomonidan eʼlon qilingan. Hooper „World Soundtrack Discovery“ mukofotiga nomzod etib körsatilgan.
Filmda The Ordinary Boys guruhi ijro etgan „Boys Will Be Boys“ qöşiği işlatilgan. Tarona filmning Gryffindor zaliga aloqador sahnasida (31:35) yangraydi. Rupert Grintga köra, David Yates uşbu qöşiqdan zalda „erkin“ atmosfera yaratiş uçun foydalangan.
9Film va kitob orasidagi tafovutlar
Harry Potter and the Order of the Phoenix romani 766 betdan iborat bölib, Harry Potter turkum romanlari…

Harry Potter and the Order of the Phoenix romani 766 betdan iborat bölib, Harry Potter turkum romanlari içidagi eng köp betlisi hisoblanadi. Biroq, Feniks jamiyati filmi Potter haqidagi filmlar orasida davomiyligi böyiça eng qisqalaridan biridir (138 daqiqa). Film ssenariysini yozgan Michael Goldenbergning aytişiça, uning vazifasi romanda böladigan butun voqealarni film uçun imkon qadar umumiy mazmunni saqlab qolgan holda qisqartiriş bölgan. Goldenberg qöşimça qilişiça, Rowling unga, prodyuserlarga va Yatesga şunçaki yaxşi film körişni istaşini, şunday film yaratişimiz uçun esa kitob voqealarini istagança özgartirişimiz mumkinligini aytgan.
Kitob voqealarida Ronning Quidditç jamoasi uçun saʼy-harakatlari davomida şaxs sifatida ösişini köriş mumkin. Biroq, bunday voqea filmning rejadagi davomiyligini taʼminlaş uçun film ssenariysiga kiritilmagan. Bu esa personajini Quidditçga aloqador sahnalarda körişni intiqlik bilan kutgan Rupert Grintning hafsalasini pir qilgan. Goldenbergning sözlariga köra, tomoşabin filmni tomoşa qiliş davomida Ronning personaj ölaroq ösişini kuzatişi mumkin, garçi kitobdagidek batafsil bölmasa-da.
Kitobga köra, Harry otasining Snapeni masxara qilişi, onasi otasini yonini olganda esa Snape uni haqoratlaşi haqidagi xotiralarni köradi. Film voqealarida esa Harryning onasi Lily Potter umuman iştirok etmaydi.
Filmda St Mungös kasalxonasidagi sahna ham olib taşlangan. Mazkur sahnada Harry va döstlari Neville Longbottom bilan töqnaş kelib, Bellatrix Lestrange Nevillening ota-onasini azoblagini bilib olişadi. Uşbu sahnaning filmdan olib taşlanişiga sabab uning yangi dekoratsiya talab etgani bölgan.
Kreaçer personaji filmga Rowlingning sörovi bilangina qöşilgan. Mazkur personaj kitobda filmga qaraganda ança muhim örin tutgan. Kitobda Kreaçerning „Feniks jamiyati“ aʼzolari uloqtirib yuborgan Blacklar oilasiga tegişli artefaktlarni saqlab qolişini kuzatiş mumkin. Kreaçer saqlab qolgan artefaktlardan biri medalon bölib, yettinçi kitob voqealarida juda muhim ahamiyat kasb etgan.
Film, şuningdek, Rita Skeeter (Goblet of Fire filmida Miranda Richardson tarafidan jonlantirilgan) personaji bilan boğliq sahnalarni ham öz içiga olmagan. Kitob voqealarida Hermione Harryni qöllab-quvvatlovçi maqola yozişi uçun Ritaga döq-pöpisa qiladi.
10Marketing
Filmning ilk treyleri 2006-yilning 17-noyabrida eʼlon qilingan. Ayni şu sanada Warner Bros. studiyasining…
Filmning ilk treyleri 2006-yilning 17-noyabrida eʼlon qilingan. Ayni şu sanada Warner Bros. studiyasining Happy Feet nomli animatsion filmi prokatlarga çiqarilgan. Filmning xalqaro treyleri 2007-yilning 22-aprelida soat 14:00 UTC da eʼlon qilingan. 2007-yilning 4-mayida filmning AQŞ uçun möljallangan treyleri ommaga taqdim etilgan. Ayni şu sanada Spider-Man 3 filmi AQŞda kinoprokatlarga çiqarilgan.
Filmning Internetda eʼlon qilingan ikki posteri OAVda köplab bahs-munozaralarga sabab bölgan. Uşbu ikki poster deyarli bir xil bölib, bir-biridan Emma Watson tomonidan gavdalantirilgan Hermione personajining kökragi konturi çöziqligi bilan farqlangan.
EA UK şirkati tomonidan filmdan ilhomlanib yaratilgan Harry Potter and the Order of the Phoenix videoöyini 2007-yilning 25-iyunida çiqarilgan. Ayni şu sanada EA Mobile tomonidan tayyorlangan Harry Potter: Mastering Magic mobil öyini ham eʼlon qilingan. 2007-yilning 1-iyunida Lego şirkati Harry Potter and the Order of the Phoenix jamlanmasini çiqargan.
11Kassa
Feniks jamiyati filmi prokatlarga çiqarilganidan beş kun ötib $333 million işlab topgan. Film AQŞ va Kanadada…
Feniks jamiyati filmi prokatlarga çiqarilganidan beş kun ötib $333 million işlab topgan. Film AQŞ va Kanadada kassada $292,4 million işlab topgan va Şimoliy Amerikada 2007-yilning beşinçi eng kassabop filmiga aylangan. Birlaşgan Qirollikdagi prokatlarda £49,2 million ($101,4 million) işlab topgan. Umumjahon böylab esa prokatlarda $942 million işlab topgan va 2007-yilning ikkinçi eng kassabop filmiga aylangan (birinçilikni $960 million bilan Pirates of the Caribbean: At Worldʼs End filmi olgan).
12Tanqid
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida film haqida 256 ta maqola yiğilib, ulardan 78 foizi filmni ijobiy…
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida film haqida 256 ta maqola yiğilib, ulardan 78 foizi filmni ijobiy baholagan. Sayt konsensusi şunday: „Harry Potter haqidagi eng uzun kitobni olib, uni Harry Potter haqidagi eng qisqa filmga aylantiriş oson vazifa emas, ammo rejissyor David Yates buni uddalab, oxirida qiziqarli syujetga boy Feniks jamiyati filmini yaratdi“. Metacritic saytida esa 37 ta maqola yiğilib, 71/100 reyting bilan baholangan.
13Franşiza tartibida
12 film
14Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Harry Potter va Feniks jamiyati (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



