Voqea afsonaviy Olux orolida böladi… Asrlar davomida bu yerdagi viking qabilalari ajdarlar bilan urişib keladi, ajdarlar esa qişloqlarni vayron qiladi. Qabila boşliğining öğli Hiccup — xijolatçan öspirin, u jangçilarga oxşamaydi. Jasoratini isbotlaş uçun u ajdarni öldirişi kerak. Lekin nodir Tungi Furiya ajdari bilan uçraşuvi unga boşqaça qaraşga majbur qiladi.
Rejissyorlari Dean DeBlois va Chris Sanders, ssenariy muallifi William Davies, musiqa muallifi John Powell. Fantaziya, sarguzaşt va komediya janrlaridagi bu animatsion filmni DreamWorks Animation studiyasi işlagan. Ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel va Gerard Butler kiradi. Film 2010-yilda çiqqan, Oscar mukofotiga nomzod etilgan va prokatda deyarli $500 million yiğdi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
·Ensiklopediyadan
Ajdar örgatuvçilar (inglizça: How to Train Your Dragon; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalaş kerak) 2010-yili çiqarilgan jangari-fantaziya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan işlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film ğoyasi Cressida Cowellning 2003-yilda yozilgan şu nomli kitobiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruçel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, Christopher Mintz-Plasse, T.J. Miller va Kristen Wiig kirişadi.
Film Oscar mukofotiga nomzod etilgan (Eng yaxşi animatsiya hamda Eng yaxşi soundtrack); biroq, tegişli toifalarda Öyinçoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazgan.
Ajdar örgatuvçilar filmi afsonaviy Viking olamida sodir böladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda ekranlarda namoyiş etila boşlandi. Uning keltirgan daromadi $500 millionga yaqinlaşib, DreamWorks Animationʼning beşinçi eng omadli filmi böldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdar örgatuvçilar kinotanqidçilar tomonidan juda xuş qarşilandi, u 98% reyting bilan baholandi.
Film sikvellari — Ajdar örgatuvçilar 2 va Ajdar örgatuvçilar 3: Yaşirin dunyo mos ravişda 2014 va 2019-yillarda çiqarilgan.
3Ovoz berganlar
Jay Baruçel — Hiccup Horrendous Haddock III, Stoick the Vastʼning…

Jay Baruçel — Hiccup Horrendous Haddock III, Stoick the Vastʼning öğli
America Ferrera — Astrid Hofferson, Hiccupʼning yoqtirgan qizi
Gerard Butler — Stoick the Vast, Hiccupʼning otasi
Craig Ferguson — Gobber the Belç, Stoickʼning yaqin dösti
Christopher Mintz-Plasse — Fişlegs Ingerman, ajdarlar haqida bilimga ega yigit
Jonah Hill — Snotlout Jorgenson, Hiccupʼning takabbur dösti
T.J. Miller va Kristen Wiig — Tuffnut va Ruffnut Thorston, egizaklar
David Tennant — Spitelout, Snotloutʼning otasi
Robin Atkin Downes — Ack, sariq soqolli Viking
Philip McGrade — Starkard
Kieron Elliott — Hoark the Haggard
Ashley Jensen — Phlegma the Fierce, ayol Viking
Randy Thom — „Tişsiz“ laqabli tungi furiya (Toothless the Night Fury) ning ovozi
4Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB5Franşiza tartibida
5 film
6Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Ajdar oʻrgatuvchilar» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



