Voqea AQŞ mustaqillik uruşi davrida böladi. Benjamin Martin – faxriy askar, bir neça uruşni başidan ötkazgan va yetti farzandli beva erkak. U allaqaçon harbiy hayotni ortda qoldirib, Janubiy Karolinada oddiy dehqon hayotini tanlagan. Biroq katta öğli Gabriel Britaniyaga qarşi kuraşiş uçun Kontinental armiyaga yozilganda, Benjamin istamay bölsa-da, öğlini himoya qiliş uçun eski hayotiga qaytadi.
Filmni Roland Emmerich suratga olgan, boş rollarda Mel Gibson, Heath Ledger va Jason Isaacs ijro etgan. Kartina tarixiy drama bilan birga harbiy va jangovar boyevik elementlarini özida mujassam etadi. Davomiyligi 164 daqiqa. Işlab çiqaruvçi studiya – Centropolis Entertainment. Film 2000-yilda çiqqan. «Oskar» mukofotiga uçta nominatsiyaga ega böldi: operator ishi, Jon Uilyams musiqasi va ovoz uçun.
1Rollarda
Heath Ledger, Mel Gibson, Jason Isaacs
·Ensiklopediyadan
Vatanparvar (inglizça: The Patriot) – 2000-yilda suratga olingan 1776-yil voqealarini özida aks ettirgan Amerika tarixiy drama filmi. Rejissor Roland Emmerich, senariy muallifi Robert Rodat. Filmda boş rollarni Mel Gibson, Chris Cooper, Heath Ledger, Tom Wilkinson va Jason Isaacs ijro etgan. Film voqealari asosan Berkli okrugining (Janubiy Karolina) qişloqlarida bölib ötadi.
Filmdagi voqealar Amerika inqilobiy uruşining janubdagi töqnaşuvlari paytida sodir böladi. Bu film tarixiy britaniyalik şaxslar va ularning vahşiyliklar haqidagi uydirma tasvirlar, ayniqsa tarixiy isboti bölmagan yonib turgan çerkov sahnasi bilan bahs-munozaralarga sabab böldi. Tanqidçi Roger Ebert şunday deb yozgan edi: "Buning heç biri inqilobiy uruşning tarixiy voqeligi bilan boğliq emas".
2Rollarda
Mel Gibson – Benjamin Martin obrazida. Benjamin Fransiya va Hindiston uruşi faxriysi, Kontinental Armiya…

Mel Gibson – Benjamin Martin obrazida. Benjamin Fransiya va Hindiston uruşi faxriysi, Kontinental Armiya polkovnigi, Fort Wilderness jangi qahramoni va yetti farzandning otasi.
Joely Richardson – Şarlotta Selton Benjaminning ikkinçi rafiqasi.
Heath Ledger – Gabriel Edward Martin. Benjaminning katta farzandi va Ann Howardning eri. U otasining xohişiga qarşi Kontinental Armiya safiga qöşilişga qaror qiladi va Green Dragoons lageriga hujum paytida, polkovnik Taveton tomonidan öldiriladi.
Liza Brenner – Ann Howard. Gabrielning bolalikdagi dösti va muhabbati. U Tavetonning buyruğiga binoan çerkovda öldirilgan.
Gregori Smit – Tomas Martin. Benjaminning ikkinçi öğli. U Gabrielning hibsga olinişiga qarşi çiqqanida Taveton tomonidan otib öldiriladi.
Trevor Morgan – Nathan Martin. Benjaminning uçinçi öğli.
Bryan Çafin – Samuel Martin. Benjaminning törtinçi öğli
Mika Boorem – Margaret Martin Benjaminning katta qizi
Logan Lerman– William Martin, Benjaminning beşinçi va kenja öğli.
Skye Makkol Bartusiak – Syuzen Martin Benjaminning yettiçi farzandi.
Jason Isaacs – polkovnik William Tavington. U xalq tomonidan „Qassob“ laqabini olgan.
Chris Cooper – polkovnik Harry Burwell
Tom Wilkinson – general Charles Cornwallis, Britaniya armiyasining generali.
Dan Skott – Donal Logue
Piter Vudvord – ikkinçi guruh qömondoni Çarlz ÖXara obraida
Leon Rippi – Jon Billings obrazida
Adam Baldwin – kapitan Jeyms Wilkins
Jay Artlen – Jones Occam
Joey D. Vieira – Piter Howard Anne Howardning otasi obrazida.
3Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB4Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Vatanparvar (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



