Frank Abagnale Jr. 19 yoşiga tölmasdan oldin Pan American aviakompaniyasining uçuvçisi, şifokor va advokat sifatida soxta çeklar yordamida millionlab dollar aldaydi. FQB agenti Carl Hanratty uni qamoqqa tiqişni özining asosiy vazifasiga aylantiradi, lekin Frank har safar qoçib qutuladi va bu taqib poygasidan zavq oladi.
Filmni Steven Spielberg suratga oldi va prodyuserlik qildi. Boş rollarda Leonardo DiCaprio va Tom Hanks, ikkinçi plan aktyorlari sifatida Christopher Walken, Martin Şeen, Nathalie Baye, Amy Adams va James Brolin iştirok etgan. Krimi-komediya-drama janridagi bu film Amblin Entertainment studiyasida tayyorlangan va Abagnalening yarim avtobiografik kitobiga asoslangan. Film 2002-yil 25-dekabrda AQŞda prokatga çiqdi. 75-Oskar mukofotlari topşirişida Christopher Walken va John Williams nomzod böldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Leonardo DiCaprio, Tom Hanks, Christopher Walken
·Ensiklopediyadan
Catch Me If You Can, 2002-yilda Steven Spielberg rejissyorli va prodyuserlik qilgan, Leonardo DiCaprio va Tom Hanks bilan Christopher Walken, Martin Şeen, Nathalie Baye, Amy Adams va James Brolin iştirok etgan biografik, jinoiy, komediya-drama janrlaridagi AQŞ filmidir. Jeff Natansonning ssenariysi Frank Abagnale Jrning xuddi şu nomdagi yarim avtobiografik kitobiga asoslangan bölib, u özining 19 yoşga tölişidan oldin özini Pan American World Airways uçuvçisi, Georgia şifokori va Luiziana çerkov prokurori sifatida körsatib, millionlab dollarlik zararlarni yetkazganini tasvirlaydi. Uning hikoyasining tarixiy haqiqati juda bahslidir .
Abagnalening xuddi şu nomdagi kitobining kino versiyasi 1980-yilda kitob naşr etilganidan keyin köp ötmay keng muhokama qilindi. Keyinçalik 1997-yilda DreamWorks Spielberg uçun kino huquqlarini sotib olganidan söng qiziqişlar jiddiy böla boşlaydi. David Fincher, Gore Verbinski, Lasse Hallström, Miloš Forman va Cameron Crowe Spielbergning özi rejissyorlik qilişga qaror qilişidan oldin uni filmning rejissyori deb hisoblaşgan. Suratga oliş işlari 2002-yilning fevralida boşlanib, mayida öz nihoyasiga yetdi.
Film 2002-yilning 25-dekabrida premyera qilina boşlaydi. 75-Oskar mukofotlarini topşiriş marosimida, Çristofer Walken eng yaxşi ikkinçi plandagi aktyor, John Williams esa eng yaxşi original qöşiq uçun nomzod böladi.
3Syujeti
1969-yilda FQB agenti Carl Hanratty qamoqxona şaroiti tufayli kasal bölib qolgan Frank Abagnale Jr ismli…
1969-yilda FQB agenti Carl Hanratty qamoqxona şaroiti tufayli kasal bölib qolgan Frank Abagnale Jr ismli mahbusni olib ketiş uçun Fransiyaning Marsel şahriga keladi.
6 yil oldin, Frank Abagnale Jr Nyu-Yorkning New Roçelle şahrida otasi Frank Abagnale Sr va fransuz onasi Paula bilan yaşayotgan böladi. Yoşligida u otasining odamlarni aldaşda işlatiladigan köplab usullariga guvoh böladi. Frank Srning IDH bilan soliq muammolari tufayli oila kiçik kvartiraga köçib ötişga majbur böladi.
Kunlarning birida Frank otasining New Roçelledagi Rotary klubidagi dösti Jek Barnsni onasi bilan işqiy munosabatda bölganini bilib qoladi. Keyinçalik ota-onasi ajraşganda, Frank uydan qoçib ketadi. U pulga muhtoj bölgani uçun turli xil firibgarliklar bilan şuğullanadi. Bu esa uning salbiy jihatlarining oşişiga sabab böladi. U Frank Taylor nomi bilan soxta Pan American World Airways uçuvçisiga aylanadi va aviakompaniyaning ish haqi çeklarini soxtalaştiradi. Köp ötmay, uning qalbakilaştirişlari millionlab dollarga aynaladi.
Abagnale Jr ning jinoyatlari haqidagi xabar FQBga yetib boradi va agent Carl Hanratty Frankni kuzatişni boşlaydi. Carl uni mehmonxonada topadi, lekin Frank Carlni Barry Allen ismli Maxfiy xizmat agenti ekanligini aytib, uni laqillatadi. Carl aldanganini anglab yetmasdan u mehmonxonadan qoçib ketadi.
Keyinçalik u Frank Conners nomi bilan doktor sifatida kasalxonaga işga kiradi. Doktor sifatida u sodda va yoş hamşira Brendani sevib qoladi. Frank Brendaning advokat otasidan uning qölini va Luiziana ştatidagi advokatlik imtihonini topşirişida yordam söraydi. Carl Frank va Brendaning unaştiriş ziyofatida uni qölga tuşuradi, ammo Frank yotoqxona derazasidan qoçib ketadi va Brendaga uni 2 kundan keyin Mayami xalqaro aeroportida kutib olişini aytadi.
Aeroportda Frank Brendani köradi, ammo uning atrofida fuqarolik kiyimidagi agentlarni payqab qoladi. U Brendadan umidini uzadi va maşinasi haydab ketib qoladi. U özining eski uçuvçi kasbiga qaytişga qaror qiladi va mahalliy kollejda styuardessalarni yollaş böyiça yolğon tanlovni uyuştiradi. U styuardessa sifatida 8 nafar ayol bilan atrofini qurşab olgan holda özini Karl va aeroportdagi boşqa agentlardan yaşiradi va Madridga (Ispaniyaga) ketadigan reysda qoçib ketadi.
1967-yilda Carl Frankning onasining ona şahri Montrixarddan uni yana qölga tuşuradi va uni aldab hibsga olişga muvaffaq böladi.
1969-yilda Carl Frankni AQŞga qaytarib olib keladigan reysga ötirişadi. Ular AQŞga yaqin kelişganda, Carl unga otasi vafot etganini aytadi. Qayğuga botgan Frank samolyotdan qoçib ketadi va hozirda Barnsdan qizi bor onasining uyiga yetib boradi. Carl Frankning u yerga borişini bilib, uni öşa yerda qölga tuşuradi. Frank taslim bölişga qaror qiladi va sud uni 12 yillik qattiq tartibli qamoqxonaga hukm qiladi.
Carl vaqti-vaqti bilan Frankning oldiga taşrif buyuradi. Bir taşrif davomida Carl unga özi işlayotgan ish böyiça firibgarlik işini körsatadi. Frank darhol bank xodimining firibgarlikka aloqadorligini aniqlaydi. Bu ish Carlda katta taassurot qoldiradi, u FQBdan Frankning jazo muddatining qolgan qismini FQBning moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraş bölimida ötaşiga ruxsat berişga köndiradi. Frank rozi böladi, lekin tez orada u özini ofis işlaridan zerikkan his qila boşlaydi.
Dam oliş kunlarining birida Frank yana soxta uçuvçi nomi bilan firibgarliklarini davom ettirmoqçi böladi. Carl uning oldiga yetib boradi va endi heç kim Frankni uşlab turmasligini va u öz yölini tanlaşi kerakligini, şundan keyin u keta olişini aytadi. Şunday qilib u yana FQBga qaytişga qaror qiladi va Carl bilan yana bir firibgarlik işlarini yeşişga harakat qilişadi. Şu paytda, Carl undan Luiziana ştatidagi advokatlik imtihonidan qanday muvaffaqiyatli ötgani haqida söraydi. Frank esa imtihondan özi öqib ötganini taʼkidlaydi. Carl bunday hayratda qoladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, Frank 26 yil davomida Amerika Qöşma Ştatlarining Örta Ğarbiy qismida rafiqasi bilan birga yaşaydi va ularning jami 3 öğli bor böladi. Frank Carl bilan umrbod döst bölib qoladi. U keyinçalik bank firibgarligi va qalbakilaştiriş böyiça dunyodagi yetakçi ekspertlardan biriga aylanadi.
4Rivojlaniş
Frank Abagnale 1980-yilda film huquqlarini sotadi . Abagnalening sözlariga köra, prodyuserlar Norman Lear va…

Frank Abagnale 1980-yilda film huquqlarini sotadi . Abagnalening sözlariga köra, prodyuserlar Norman Lear va Bud Yorkin uni "The Tonight Show" da Jonni Carson bilan körganidan keyin film huquqlarini sotib olişgan. Ikki yildan söng, ular huquqlarni Columbia Picturesga sotadilar, u öz navbatida prodyuser Hall Bartlettga huquqlarni sotadi. Bartlett va uning biznes hamkori Miçeal J. Lasky ssenariy yoziş uçun Steven Kunesni işga oladilar, biroq Bartlett loyiha distribyutor topgunça vafot etadi . Keyin huquqlar Hollywood Picturesga sotiladi va loyiha köproq yordamga muhtoj bölgani sababli huquqlar yana TriStar Pictures bölimi bölgan Bungalow 78 Productionsga sotiladi. U yerdan loyiha DreamWorks Picturesda Steven Spielbergga taqdim etiladi . Daily Variety maʼlumotlariga köra, ijroçi prodyuser Miçeal Shane film huquqlarini 1990-yilda Paramount Pictures uçun sotib olgan . 1997-yil dekabriga kelib Barry Kemp Şanedan film huquqlarini sotib oladi va loyihani DreamWorksga olib keladi. Jeff Natanson bölsa film ssenariysini yozadi . 2000-yil apreliga kelib, David Fincher bir neça oy davomida rejissyorlikka qöşiladi, ammo boşqa loyiha tufayli filmdan ketişga majbur böladi. 2000-yil iyul oyida Leonardo DiCaprio boş rolni öynaş böyiça munozaralarga kirişadi va Gore Verbinski rejissyorlik qilişi kelişilib olinadi . Spielberg prodyuser sifatida şartnoma imzolaydi va suratga oliş işlarining boşlanişi 2001-yil mart oyiga belgilanadi .
5Kasting
Verbinski James Gandolfinini Carl Hanratty, Ed Xarrisni Frank Abagnale Sr va Chloë Sevignyni Brenda Strong…

Verbinski James Gandolfinini Carl Hanratty, Ed Xarrisni Frank Abagnale Sr va Chloë Sevignyni Brenda Strong rollarini ijro etiş uçun tanlaydi . Verbinski DiCaprioning "Nyu-York tödalari" filmidagi rolini tugatmagani uçun filmni tark etadi . Lasse Hallstryom 2001-yil may oyiga qadar rejissyorlik qiliş uçun muzokaralar olib bordi, ammo 2001-yil iyul oyida u ham filmdan ketadi. Uşbu bosqiçda Harris va Sevigny filmni tark etişdi, ammo Gandolfini rolida saqlanib qoldiriladi . DreamWorks asosçisi Spielberg Miloš Formanga direktorlik işini taklif qiladi va Cameron Croweni ham işga olişni öylab köradi. Uşbu muzokaralar davrida Spielberg filmni özi boşqariş haqida öylay boşladi va oxir-oqibat "Katta baliq" va "Geyşaning xotiralari" kabi loyihalardan voz keçadi . Spilberg 2001-yil avgust oyida rasman rejissyorlik qilişni boşlaydi .Aynan öşa oyda Tom Hanksga "The Sopranos" filmi bilan vaqtni rejalaştirişdagi kelişmoqçiliklar tufayli filmdan çiqqan Gandolfinining roli beriladi .
Sevignyning örniga Brenda Strong roli uçun aktrisa izlaş bir neça oy davom etadi. Amy Adams oxir-oqibatda rolga ega çiqadi. Spielberg Amyning ijrosini ajoyib deb hisoblaydi va prodyuser Walter F. Parkes u haqida iliq fikrlarni bildiradi. Christopher Walken Parkesning taklifiga binoan Frank Abagnale Sr. rolini oladi. Martin Şeen Rojer Strongni rolini öynaydi. Spielberg Paula Abagnale roli uçun haqiqiy fransuz aktrisasini izlaydi çunki u filmdagi fakt haqiqat bölişini xohlagan edi. U Parijda yaşovçi Brian De Palmadan yordam söraydi va Nathalie Baye kabi bir qança aktrisalarni sinovdan ötkizadi. Spielberg Jennifer Garnerni „Alias“ filmida körib qoladi va unga filmdagi kiçik rolni taklif qiladi .
6Suratga oliş
Suratga oliş işlari 2002-yilning yanvar oyida boşlanişi rejalaştirilgan edi , ammo bu 7-fevral sanasiga…

Suratga oliş işlari 2002-yilning yanvar oyida boşlanişi rejalaştirilgan edi , ammo bu 7-fevral sanasiga köçiriladi va Los-Anjelesga (Kaliforniya) da boşlanadi . Suratga oliş joylariga Burbank, Downey, New York şahri, LA/Ontario xalqaro aeroporti, Quebec şahri va Montreallar kirgan . Film atigi 52 kun içida 147ta joyda suratga olinadi. DiCaprio şunday fikr bildirdi: „Biz uç kun davom etadi deb öylagan sahnalarni bir kunda tugatdik“ . Suratga oliş işlari 25-30 aprel kunlari Waldorf-Astoria mehmonxonasi taşqarisidagi Park avenyuda davom etdi. Işlab çiqariş New Jersey ştatining Orange şahriga köçib ötadi va bank va sud binosi sahnalari uçun Bruklinga qaytadi. Suratga oliş işlari John F.Kennedy xalqaro aeroportidagi TWA parvoz markazida ham bölib ötadi . Quebec şahri özining Yevropaça xarakteri va fransuzça hisyot berişi tufayli tanlangan edi. Suratga olingan Qadimgi Quebec içidagi Place Royale Montriçardni bildirgan. Frank hibsga olingan sahna fonidagi çerkov bölsa Notre-Dame-des-Victoires çerkovi bölgan . Oxir-oqibat suratga oliş işlari 12-may kuni Montrealda yakunlanadi .
7Musiqa
Filmning saundtreki 2002-yil 10-dekabrda DreamWorks Records tomonidan çiqariladi. Asl musiqa John Williams…
Filmning saundtreki 2002-yil 10-dekabrda DreamWorks Records tomonidan çiqariladi. Asl musiqa John Williams tomonida yozilgan.
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining matnini Smth yozgan.
8Tarix böğliqligi
Abagnalening film bilan birozgina iştiroki bölgan, lekin u Spielberg real voqealarga turli xil özgarişlar…

Abagnalening film bilan birozgina iştiroki bölgan, lekin u Spielberg real voqealarga turli xil özgarişlar kiritilganiga qaramay, u „bu filmni adolatli yarata oladigan“ yagona rejissyor ekanligiga işonadi . 2001-yil noyabr oyida Abagnale şunday degan edi:Men film böyiça maslahatçi emasman. Men Steven Spielberg bilan heç qaçon uçraşmaganman va gaplaşmaganman va hatto ssenariyni ham öqimaganman. Men bunday qilmaslikni afzal köraman. Meni şuni tuşundimki, ular mening otamni haqiqatda bölgani kabi yaxşiroq tasvirladilar. Steven Spielberg ssenariy muallifiga (Jeff Nathanson) men qilgan munosabatlar va haqiqiy firibgarliklarimni töliq aniqlik bilan tasvirlaşini aytadi. Umid qilamanki, film oxiri qiziqarli, hayajonli, kulgili böladi va har bir uyga oila, bolalik va ajraliş haqida muhim maʼlumotlarni olib kiradi.Haqiqiy Abagnale otasining uyidan qoçib ketganidan keyin boşqa otasini heç qaçon körmagan, ammo Spielberg „Frank otasini xursand qilişga harakat qilgan holda munosabatlarni davom ettirişni xohlaydi“ . 2017-yilning noyabrida bölib ötgan „Googledagi suhbatlar“dagi taqdimotda Abagnale ham qatnaşadi. Aynan uşbu taqdimotda Abagnale Spielberg işlab çiqqan filmning haqiqatligi haqida keng fikr bildiradi:Men uşbu filmni atiga ikki marta körganman. Şuning uçun ommaviy axborot vositalari mendan film haqida qanday fikrda ekanligimni hamda nima töğri va nima notöğri ekanligini söraşganida, men şunday javob beraman: birinçi navbatda mening 2 ukam va 1 singlim bor edi. Filmda esa meni yolğiz farzand sifatida körsatişdi. Haqiqiy hayotda onam heç qaçon 2-marta turmuşga çiqmagan. Filmdagi bir sahnada u yana turmuşga çiqqan va kiçkina qizi ekanligi tasvirlangan. Bu haqiqatan ham sodir bölmagan. Haqiqiy hayotda uydan qoçib ketganimdan söng otamni körmaganman. Ular esa buning aksini körsatişdi. Bu haqiqatan ham sodir bölmagan. . . . Men hayotda samolyotdan oşxona orqali qoçib ketganman. Kinoda bölsa men hojatxona orqali qoçib ketganman. . . . Mening fikrimça Spielberg filmni haqiqatga juda yaqin qilib işlagan. U film haqiqatga yaqin bölişi haqida juda köp qayğurgan. Buning bir neçta sabablari mavjud. Birinçidan, u haqiqiy odam haqida birinçi bor film suratga olayotgan edi. Ikkinçidan, FQB haqida filmda körsatilgan maʼlumotlar töğriligiga işonç hosil qiliş uçun suratga oliş maydonçasiga axborot xodimini joylaştirişdi. . . . şuning uçun Spielberg „Men juda köp maʼlumotlarni öşa 3 nafaqadagi agentdan oldim“ degani bejiz emas. . . . Şunday qilib, men u filmni juda aniq va haqiqatga yaqin qilib suratga oldi deb öylayman .Bundan taşqari, Abagnaleni kuzatgan va keyinçalik u bilan birga işlagan FQB agentining haqiqiy ismi Joseph Şea edi. Abagnalening aytişiça, Şea öz ismining filmda qöllanilişini istamaganligi sababli, qahramon Carl deb özgartirilgan va xuddi şu ismli futbolçiga asoslanib, Hanratty familiyasi berilgan .
Abagnale Spielberg "filmni juda aniq va haqiqatga yaqin qilib suratga oldi " degan gapi qaramay, maʼlumotlar Abagnale 17 yoşdan 20 yoşgaça bölgan New-Yorkning Comstock şahridagi Great Meadow qamoqxonasida bölganini körsatadi (1965-yil 26-iyuldan 1968-yil 24-dekabrgaça, mahkum № 25367), va bundan oldin u Qöşma Ştatlar dengiz flotida bölgan (1964-yilning dekabridan 1965-yilning fevraligaça) . Great Meadowdan ozod etilganidan olti hafta ötgaç, 1969-yil 14-fevralda u Luiziana ştatining Baton Rouge şahrida qayta hibsga olinadi va mahalliy qamoqxonaga taşlanadi. 1969-yil iyun oyida u Baton Rougedagi mahalliy oila va kiçik biznesni ömarganlikda ayblanadi . Abagnale 1970-yilning kuzida qisqa vaqt davomida soxta Pan American Airlines uçuvçisi sifatida firibgarliklar qilişni boşlaydi. Keyinçalik u 1970-yil 2-noyabrida Jorjiya ştatining Cobb okrugida hibsga olinadi. Uning sudlanganligi bilan boğliq federal sud maʼlumotlari şuni körsatadiki, u Pan American Airlines logotipi qöyilgan atigi 10 ta şaxsiy çekni naqd qilgan, va uşbu çeklarning umumiy qiymati 1500 AQŞ dollaridan kam bölgan. Abagnalening köplab börttirilgan daʼvolari ortidagi faktlar va ularning filmga kiritilişi yoki qöyilmasligi 2021-yilda yangilangan ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusi böldi . Uning Luizianadagi advokatlik imtihonidan ötgani va Boş prokuror Jack P. F. Gremilliond uçun işlagani haqidagi maʼlumoti 1978-yilda bir qança jurnalistlar tomonidan inkor etilgan . Jurnalist Ira Perry Abagnale FQB bilan işlaganligi haqida heç qanday dalil topa olmaydi. FQBning nafaqadagi maxsus agentga köra, Abagnale 1978-yilda FQB bilan işlay boşlaganidan bir neça yil ötib, şaxsiy çeklardan foydalanmoqçi bölganida qölga olingan .
9Mavzular
"Catch Me If You Can" filmi muammoli bolalik mavzusini öz içiga oladi. Spielbergning ota-onasi uning ösmirlik…

"Catch Me If You Can" filmi muammoli bolalik mavzusini öz içiga oladi. Spielbergning ota-onasi uning ösmirlik çoğida ajraşişgan, xuddi Frank Abagnalening holatiga öxşab. Filmda Carl Hanratty ham Çikagoda qizi bilan yaşaydigan xotini bilan ajraşgan. Spielberg şunday degan edi: „Mening baʼzi filmlarim qayğuli ötmişlaridan qoçgan odamlar bilan boğliq“.
Spielberg firibgarga haqida film yaratmoqçi edi. U bu haqida şunday degan edi:Frank 21-asr dahosi bögan. U 60-yillarning örtalari dodamlar hozirgidanda köproq işonuvçanligida unumli foydalangan.
DreamWorks filmni " Tafakkur öyinlari „ (2001) va “Böron" (1999) atrofidagi tortişuvlarga öxşab ketmaslik uçun „haqiqiy voqeadan ilhomlangan“ deb eʼtibor bilan bozorga çiqaradi . Premyera 2002-yilnig 18-dekabrida Los Anjelas, Kaliforniya, Vestvudda bölib ötadi .
"Qölingdan kelsa, tutib ol" 2003-yil 6-mayda DVD va VHS formatida çiqariladi. Unda rejissyor Steven Spielbergning heç qaçon körilmagan maxsus kadrlari va intervyular mavjud bölgan . Blu-ray versiyasi bölsa 2012-yil 4-dekabrda çiqarilgan .
10Teatr Kassasi
"Qölingdan kelsa, tutib ol" filmi 2002-yil 25-dekabrda çiqarilgan bölib, uning dam oliş kunlaridagi oçilişida…

"Qölingdan kelsa, tutib ol" filmi 2002-yil 25-dekabrda çiqarilgan bölib, uning dam oliş kunlaridagi oçilişida jami 3225 ta kinoteatrda 30 million dollardan bir oz köproq daromad olib, "Uzuklar hukmdori: Ikki qalʼa" dan keyingi ikkinçi örinni egallaydi. Film Şimoliy Amerikada 164,6 million dollar, xorijiy mamlakatlarda esa 187,5 million dollar, dunyo böylab jami 352,1 million dollar yiğadi. Film moliyaviy muvaffaqiyatga erişadi va 52 million dollarlik byudjetni yetti marta qoplaydi . 2002-yilning eng köp daromad keltirgan ön birinçi filmi böladi. Şuningdek, Spielbergning yana bir filmi "Muhim qaror" bölsa eng yuqori öninçi örinni egallaydi.
11Tanqidiy fikrlar
Film Rotten Tomatoesda „certified fresh“ maqomiga, 203 ta şarhga asoslangan holda 96% reytingga hamda örtaça…
Film Rotten Tomatoesda „certified fresh“ maqomiga, 203 ta şarhga asoslangan holda 96% reytingga hamda örtaça 7.90/10 ballga ega çiqadi. Saytning tanqidiy konsensusida şunday deyiladi: „Leonardo DiCaprioning haqiqiy hayotdagi daho firibgar Frank Abagnale sifatidagi kuçli çiqişi yordamida Steven Spielberg zamonaviy, qiziqarli va hayratlanarli darajadagi film suratga olibdi“ . Metacriticda film 39 ta kino tanqidçiga asoslangan holda 100 balldan 75 ballga ega bölgan. CinemaScore tomonidan söralgan tomoşabinlar filmga A+ dan F gaça bölgan şkala böyiça örtaça „A-“ bahosini berişgan.
Roger Ebert DiCaprioning ijrosini yuqori darajada baholaydi va „Bu Spielbergning asosiy filmi bölmasa ham uni osongina tomoşa qiliş mumkin“ degan xulosaga keladi. Mick LaSalle bu „Spilbergning eng yaxşi filmi emas, ammo uning eng yaxşi va eng döstona filmlaridan biri. Rangli kinematografiya, aqlli ijrolar hamda şiddatli temp rejissyorga har qanday boşqa impulslarni zavq bilan yaratişiga sabab böladi“ . Steven Hunterning fikriça, DiCaprio Martin Scorsesening „Nyu-York tödalari“ filmida unçalik kam qöllangan diapazon, qulaylik va zukkoliklarni körsatgan.
12Mukofotlar
75-Oskar mukofotini topşiriş marosimida Çristofer Walken va John Williams eng yaxşi ikkinçi plandagi erkak…
75-Oskar mukofotini topşiriş marosimida Çristofer Walken va John Williams eng yaxşi ikkinçi plandagi erkak roli va eng yaxşi original musiqa nominatsiyasiga nomzod bölişadi . Wallken 56-Britaniya Akademiyasi Film mukofotlari marosimida xuddi şu toifada ğolib böladi. Williams, liboslar dizayneri Mary Zophres va ssenariy muallifi Jeff Natansonlar nomzodlar bölişadi . DiCaprio „Oltin globus“ mukofotiga „Kinofilmdagi eng yaxşi aktyor“ nominatsiyasida nomzod böladi . Williams şuningdek, Grammy mukofotiga nomzod böladi . Filmning elementlari keyinçalik Simpsonlar multserialining epizodida parodiya qilinadi.
13Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Catch Me If You Can» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



