«Terminal» filmi Viktor Navorskiy haqida hikoya qiladi. U Nyu-Yorkka uçib kelgan sayohatçi bölib, Krakozhiya nomli uydirma Şarqiy Yevropa mamlakatidan. Parvoz paytida vatanida töntariş sodir bölади va mamlakat amalda mavjudligini yöqotadi. Viktorning pasporti endi haqiqiy emas, AQŞga kirişga ruxsat yöq, uyga qaytib ketişning ham iloji bölmaydi. Şunday bölib, u John F. Kennedy nomidagi xalqaro aeroportda qolib, vatanidagi uruş tugaşini kutişga majbur bölади.
Filmni Steven Spielberg suratga olgan. Asosiy rollarni Tom Hanks, Catherine Zeta-Jones, Stanley Tucci, Chi McBride va Diego Luna ijro etgan. Bu komediya-drama janridagi, studiyasi Amblin Entertainment bölgan film. Musiqasini John Williams yozgan. AQŞda film 2004-yil 15-iyun kuni prokatga çiqqan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Tom Hanks, Catherine Zeta-Jones, Stanley Tucci
·Ensiklopediyadan
Terminal (The Terminal) – Stiven Spilberg rejissyorligida 2004-yilda suratga olingan, Komediya-Drama janiridagi amerika filmi. Filmda boş rollarni Tom Hanks, Catherine Zeta-Jones va Stanley Tucci ijro etişgan. Filmda Amerika Qöşma Ştatlariga kirişiga öz vatanidagi harbiy tuntarilişlar tufayli ruxsat berilmagani holda Nyu-Yorkning Jon Kennedy nomidagi ayroporti terminalida qolib ketgan Yevropalik sayohatçi haqida hikoya qilinadi.
Film qisman Mehran Karimi Nosiriyning 1988-yildan 2006-yilgaça Parij Şarl de Goll aeroporti 1-terminalida 18 yil qolib ketişi bilan boğliq real voqeadan ilhomlangan. 1988-yilda Nossiri Bryusseldan Parij orqali Londonga uçadi, ammo u qoçqin sifatida pasportini yöqotgani uçun Parijga qaytarib yuboriladi. Şundan keyin Nosiri 2006-yilgaça Şarl de Goll aeroportidagi 1-terminal tranzit hududida yaşagan, Fransiya hukumati unga mamlakat hududiga kirişga ruxsat bermagan. Bundan avvalgi "Qölingdan kelsa meni tut yoki Ustasifarang" filmini tugatgandan söng, Spilberg "Terminal" filmini suratga olişga qaror qiladi, çunki bu filmidan keyin "bizni kuldirişi, yiğlatişi va bizni xursand qilişi mumkin bölgan dunyo" filmini suratga olişni xohlar edi. Filmni suratga oliş uçun öz jihozlarini taqdim etişga tayyor bölgan mos ayroportlar yöqligi sababli, LA/Palmdale mintaqaviy ayroportidagi katta angar içida butun işçi töplamli terminal qurilgan. Monreal-Mirabel xalqaro aeroportida esa filmning aksariyat ayraport taşqi sahnalari suratga olingan.
Film 2004-yil 18-iyun kuni Şimoliy Amerikada katta ekranlarda namoyiş etilgan hamda umuman ijobiy baholarga sazovor bölgan. Butun dunyo böylab uning namoyişlaridan 219 million dollar daromad işlangan.
3Syujeti
Filmda öylab topilgan Krakosiya mamlakatidan kelgan sayohatçi Viktor Navorski Nyu-York şahri Jon Kennedi…
Filmda öylab topilgan Krakosiya mamlakatidan kelgan sayohatçi Viktor Navorski Nyu-York şahri Jon Kennedi xalqaro ayroportiga yetib kelganida öz mamlakatida davlat töntarişlari sodir bölganini televezor orqali bilib oladi. Qöşma Ştatlar Krakosiyaning yangi hukumatini tan olmaydi. Şu sababdan Viktor Navorskining AQŞ hududiga kirişi ham, vataniga qaytib ketişi ham mumkin emas edi, çunki uning pasporti endi haqiqiy emas edi. Şu sababli, AQŞ Bojxona va çegara qöriqlaş xizmati uning pasporti va qaytiş çiptasini, masala hal bölgunga qadar olib qöyadi. Şundan sung u qoçqinga aylanadi va ayroportda yaşaşga majbur bölib qoladi.
Ayroportning boş komissari vazifasini bajaruvçi Frenk Dikson Viktorga muammo hal etilmagunça tranzit zalida qolişni buyuradi. Viktor terminalda yuklari va yonğoq töla qutisi bilan birga qolib ketadi. Navorski ayraport hududining hozir taʼmirlanayotgan utiş qismini topadi va u yerda yaşay boşlaydi. Dikson Viktorni ayroport hududini tark etişga bir neça bor suniy ravişda majbur qilib köradi. Dikson soqçilarni beş daqiqaga çiqiş joyidan uzoqlaştirişni buyurib, uni ayroportdan çiqarib yuboriş orqali Viktorni ketişga majbur qiladi, ammo Navorskiy qonunlarni buzişni hohlamas edi. Dikson, agar Navorskiy uyga qaytişdan qörqsa, ayroportni tark etişi uçun AQŞ hukumatidan boşpana söraşini hamda öz mamlakatidan qörqişini aytib ariza yozdirişga örinib köradi, ammo bu uriniş ham Viktor öz mamlakatidan qörqmasligini daʼvo qilgani uçun muvaffaqiyatsiz böladi. Viktor bir neça ayroport xodimlari va sayohatçilar bilan döstlaşadi hamda ularga yordam beradi. ular: Gupta Rajan ismli farroş, odamlarning tozalangan pollarida sirğanişlarini tomoşa qilişdan zavqlanadegan xodim, Pokkerga mukkasidan ketgan Jo Mulroy yöqolgan bagaj buyumlariga pul tikiş bilan şuğullanuvçi yuk taşiş xodimi, Dolores Torres, immigratsiya xizmati xodimi, Doloresni yaxşi köradigan oziq-ovqat xizmati yuk maşinasi haydovçisi Enrike Kruzlar navorskiyning yaqin döstlariga yalanadi. Şuningdek Navorskiyning tanişlari orasida United Airlines styuardessasi Ameliya Uorren ham bor edi. Ameliyani Navorskey vaqti-vaqti bilan körib turar edi va uni tez-tez sayohat qiladigan quriliş pudratçisi deb öylaydi. Şundan keyin Vektor Navorskiy Amelyani yoqtirib qoladi va uni öziga jalb qilişga harakat qiladi. Yuqoriroq lavozimga Kötariliş uçun nomzodi körib çiqilayotgan Dikson Viktordan qutulişning yangi yöllarini izlaydi. Bu orada Viktor ingliz tilini örganiş uçun kitob va jurnallarni öqiy boşlaydi. Taʼmirlaş zonasidagi devorni bir özi impulsiv tarzda qayta tamirlaganidan söng ayroport pudratçisi tomonidan quruvçi sifatida işga yollanadi hamda unga oylik maoş tölanadi.
Töqqiz oy ötgaç, Viktorning döstlari Viktorni Krakosiyadagi uruş tugaganligi haqidagi xabar bilan uyğotişadi hamda edni u ayroport hududidan çiqib ketişga ruxsat beruvçi yaşil muhirni olişi mumkin edi. Bojxonada favqulodda Viktorga viza beriladi va unga Dikson imzo çekişi kerakligini aytişadi. Ammo Viktorning pasporti yana kuçga kirgaç, Dikson uni darhol Krakosiyaga qaytarişga qaror qiladi. U Viktorga agar uyiga bir zumda qaytmasa, döstlarini noqonuniy xatti-harakatlari uçun ayroportda jinoiy javobgarlikka tortişini, eng jiddiysi, farroş Gupta Rajanni politsiya xodimiga hujum qilganlikda ayblaş uçun Hindistonga deportatsiya qiliş bilan tahdid qiladi. Buni istamagan Viktor nihoyat uyga qaytişga rozi böladi. Gupta bundan xabar topgaç, Viktorni uyiga qaytaradigan samolyot oldiga yugurib çiqib deportatsiyaga özini tutib beradi. Hamda Viktorning yuklarini samalyotdan tuşirib qoladiradi.
Keçikiş Viktorga şaharga kiriş uçun yitarli vaqt beradi. Dikson öz ofitserlariga Viktorni hibsga olişni buyuradi, ammo Diksondan hafsalasi pir bölgan ofitserlar viktorni yölini tusişmaydi. Viktor taksiga ötirayotganda, Ameliya boşqa taksida keladi va ular birgalikda şaharga çiqib krtişadi. Nyu-Yorkka Benni Golson kontsert berayotgan mehmonxonaga kelgan Navorski otasi vasyat qilgan oxirgi dastxatni konsertçidan oladi. Taksida ayroportga qaytib keladi hamda öz vatani krakosiyaga uçib ketadi.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB5Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Terminal» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



