Yangi saylangan prezident Nelson Mandela mamlakatning apartheiddan qolgan irqiy va iqtisodiy bölinişini köradi. U xalqni sport orqali birlaştirişga qaror qabul qiladi va milliy regbi jamoasini qöllab-quvvatlaydi. Jamoa 1995-yilda Janubiy Afrikada ötkaziladigan jahon çempionatiga tayyorlanadi. Voqealar shu mamlakatda, turnir arafasida va turnir davomida rivojlanadi.
Filmni rejissyor Clint Eastwood suratga olgan, ssenariy muallifi Anthony Peckham. Nelson Mandela rolini Morgan Freeman, jamoa sardori Francois Pienaar rolini Matt Damon ijro etadi. Janri – biografik drama va tarixiy film. Studiyasi Warner Bros. Entertainment. Film John Carlinning kitobi asosida yaratilgan va 2009-yil 11-dekabrda AQŞda çiqdi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Morgan Freeman, Matt Damon, Scott Eastwood
·Ensiklopediyadan
Invictus – 2009-yilda rejissyor Clint Eastwood tomonidan işlangan film, boş rollarda Morgan Freeman va Matt Damon öynagan. Bu Eastwood va Freeman örtasidagi Unforgiven (1992) va Million Dollar Baby (2004) dan keyin hamkorlikda işlangan uçinçi film. Invuctus John Carlinning 2008-yilda yozilgan "Playing the Enemy: Nelson Mandela and the Game That Made a Nation" kitobi asosida işlangan. Voqealar 1995-yilda Janubiy Afrika Respulbikasida bölib ötgan regbi böyiça jahon çempionatidagi voqealarga asoslangan. Springboks (Janubiy Afrika milliy regbi terma jamoasining nomi) uşbu çempionatda faqatgina mamlakati mezbon bölganligi uçun iştirok etayotgani, turnirda yaxşi natija qayd eta olmasligi kutiladi, biroq yakunda ular turnir ğolibi bölişadi. Morgan Freeman Janubiy Afrika prezidenti Nelson Mandela sifatida rol ijro etgan bölsa, Matt Damon esa Janubiy Afrika regbi terma jamoasining sardori Francois Pienaar rolida öynaydi.
Invictus 2009-yil 11-dekabr kuni AQŞda ekran yuzini köradi. Film nomidagi „Invictus“ sʼozi „yengilmas“, „mağlub qilib bölmas“ maʼnolarini anglatadi. Bundan taşqari „Invictus“ britaniyalik şoir William Ernest Henley (1849-1903) tomonidan yozilgan va filmda bir neça örinlarda işlatilgan sheʼrning ham nomidir. Film tanqidçilar tomonidan ijobiy kutib olindi va unda ijro etgan rollari uçun Freeman va Damon Oscar mukofotida nomzod sifatida qayd etiladi. Film byudjeti 50-60 million dollar taşkil etgan bölib jami hisobda 122,2 million dollar daromad olib keladi.
3Voqealar
1990-yil 11-fevral kuni Nelson Mandela 27-yil davomida bölgan Victor Verster qamoqxonasidan ozod qilindi.…

1990-yil 11-fevral kuni Nelson Mandela 27-yil davomida bölgan Victor Verster qamoqxonasidan ozod qilindi. Tört yildan söng esa Mandela Janubiy Afrikadagi birinçi qora tanli prezident etib saylandi. U boşqaruvga kelgan davrida oçarçilik, kambağallik, irqçilik, turli jinoyatlar va yana şunga öxşaş köplab qiyinçiliklarga duç kelgan edi.
Mandela milliy regbi terma jamoasi bölmiş Springboksning Angliyaga qarşi öyiniga taşrif buyuradi. U yerda barça qora tanli Janubiy Afrikalik muhlislar Angliya terma jamoasini qöllab quvvatlayotganiga guvoh böladi, bunga asosiy sabab milliy jamoa safidagi barça regbiçilar oq tanli bölgani va ularda irqçilikning juda kuçli ekanligida edi. 1995-yilda esa aynan şu davlatda regbi böyiça jahon çempionati ötkazilişi lozim edi. Öyinda Angliya yirik hisobda ğalaba qozonadi. Keyinçalik Mandelaning özi uşbu turnirga alohida eʼtibor qarata boşlaydi. U Springboks sardori Francois Pienaar (Matt Damon) bilan uçraşadi va uşbu çempionat qay darajada muhumligi haqida gaplari bilan uni ruhlantiradi. Mandela Francoisga qamoqxonada ötkazgan vaqtlarida özini ruxlanitra olgan sheʼr „Invictus“ni baham köradi.
Turnir davomida terma jamoa aʼzolari bir kun davomida Mandela 27 yilda 18tasini mahbuslikda ötkazgan Robben Islanddagi qamoqxonaga borişadi. U yerda Pienaar Mandela irodasiga tan beradi va unga umid baxş etgan sheʼr „Invictus“ning boş ğoyasini anglab yetadi. Francoisni Mandela „öttiz yil bu darajada kiçik bir xonada yaşab hayot uçun yetarliça umid topa oliş, yanada kuçliroq iroda bilan qaytiş mumkinligi“ hayratga soladi.
Springboks uşbu turnir finaligaça yetib boradi va finalda Yangi Zelandiya milliy jamoasi All Blacksni qöşimça vaqt natijasiga köra 15-12 hisobida mağlub etadi. Mandela va Pienaar öyin maydonida yana uçraşişadi va prezident sardorga jahon çempionati kubogini topşiradi. Film söngida Mandela ğalabani nişonlayotgan muhlislarga qarab „Invictus“ sheʼrini yana bir bor ijro etayotgani namoyiş etiladi.
4Rollarda
Morgan Freeman – Janubiy Afrikaning birinçi qora tanli prizedenti Nelson Mandela…

Morgan Freeman – Janubiy Afrikaning birinçi qora tanli prizedenti Nelson Mandela rolida
Matt Deymon – Springboks sardori Francois Pienaar rolida
Tony Kgoroge – Jason Tşabalala rolida
Adjoa Andoh – Brenda Mazibuko rolida
Julian Lewis Jones – Etienne Feyder rolida
Patrick Mofokeng – Linga Moonsamy rolida
Mett Stern – Hendrick Booyens rolida
Marguerite Wheatley – Pienaarning rafiqasi Nerine Winter rolida
Patrik Lyster – Francious Pienaarning otasi rolida
Leleti Khumalo – Mery rolida
MacNeil hendricks – Springboksning yagona qora tanli öyinçisi Çester Williams rolida
Skott Eastwood – Joel Stransky rolida
David Dukas – öyin boşlanişidan avval maydon ustidan uçib ötgan Boeing 747 uçuvçisi rolida
Hennie Bosman rasist regbi murabbiyi rolida
5Yaratilişi
Film John Carlinning „Playing the Enemy: Nelson Mandela and the Game That Made a Nation“ kitobiga asoslangan.…
Film John Carlinning „Playing the Enemy: Nelson Mandela and the Game That Made a Nation“ kitobiga asoslangan. Film ijodkorlari Carlin bilan bir hafta davomida uning Barselonadagi uyida uçraşişdi va kitobni ssenariyga aylantirişni muhokama qilişdi. Filmlarning suratga oliş işlari 2009-yil mart oyida Keyptaun şahrida boşlandi. Janubiy Afrikadagi dastlabi suratga oliş işlari 2009-yil may oyida yakunlandi.
6Film namoyişi
Invictus Şimoliy Amerikada 2,125 ta kinoteatrda namoyiş etiladi va 8,611,147 AQŞ dollari foyda keltirib öşa…
Invictus Şimoliy Amerikada 2,125 ta kinoteatrda namoyiş etiladi va 8,611,147 AQŞ dollari foyda keltirib öşa vaqt uçun uçinçi örinni egallaydi, regbi mavzusidagi filmlar orasida esa yetakçi bölib oladi. Film muxlislar orasida yaxşi kutib olinadi. U mahalliy miqyosda 37,491,364 dollar, xalqaro miqyosda esa 84,742,607 dollar miqdorda daromad keltiradi. Umumiy byudjeti 60 ming dollar atrofidani taşkil etgan film mualliflarga jami hisobda $122,233,971 dollardan ortiq daromad keltirgan.
7Baholar
Film deyarli barça tanqidçilar tomonidan ijobiy baholanadi. Rotten Tomatoes naşrining maʼlumotlariga köra 246…
Film deyarli barça tanqidçilar tomonidan ijobiy baholanadi. Rotten Tomatoes naşrining maʼlumotlariga köra 246 tanqidçidan 76%i filmga ijobiy baho beradi va Invictus örtaça 10dan 6,6 balga loyiq köriladi. Metacritic maʼlumotlariga köra film 34 tanqidçitomonidan baholangan va 74% ijobiy baho olgan.
8Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB9Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Invictus» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.


