Suv parisi (The Little Mermaid) tengiz tubida yaşaydigan malika Ariel haqidagi hikoya. U insoniyat dunyosiga qiziqadi va bir kuni şahzoda Erikka oşiq bölib qoladi. Ammo ularni ajratib turgan tösiqlar juda katta. Ariel sevgisi uçun hamma narsaga tayyor, şuning uçun yordam izlab dengiz jodugari Ursulaga boradi.
Filmni John Musker va Ron Clements suratga olgan, ssenariy muallifi ham Musker. Musiqasini Alan Menken yozgan. Film Walt Disney Pictures studiyasi tomonidan tarqatilgan, janri musiqali fentezi bölib, melodrama elementlari bilan. Bu Disney studiyasining 28-chi töliq metrajli animatsion filmi, Hans Christian Andersenning ertagiga erkin asoslangan. 1989-yil 17-noyabrda ekranlarga çiqqan. Film «Under the Sea» qöşigi va eng yaxşi musiqa uçun ikkita «Oskar» mukofotini olgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
·Ensiklopediyadan
Suv parisi (The Little Mermaid) 28chi töliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1989-yilda ekranlarga çiqarilgan. Walt Disney Feature Animations tomonidan işlangan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmda boş qahramonlarga Jodi Benson, Christopher Daniel Barnes, Pat Carroll, Samuel E. Wright, Jason Marin, Kenneth Mars va Buddy Hackett ovoz bergan.
Film Rotten Tomatoes saytida 93% ijobiy baholangan.
3Syujeti
Atlantika saltanati malikasi bölgan Ariel ismli 16 yoşli suv parisi insoniyat dunyosi bilan juda qiziqadi. U…
Atlantika saltanati malikasi bölgan Ariel ismli 16 yoşli suv parisi insoniyat dunyosi bilan juda qiziqadi. U Eric ismli odam-şahzodaga bir körişda oşiq bölib ham qoladi. Dengizda sodir bölgan töfon tufayli Eric boşçiligidagi kema suvga ğarq bölganda, Ariel uni qutqarib, qirğoqqa olib borib qöyadi. Söngra, Ariel Ericʼning dunyosiga qöşiliş yölini izlaydi. Odamga aylaniş orzusida Ariel Ursula ismli dengiz yalmoğizining yoniga boradi. Biroq, Ursula unga şart qöyadi. Şartga köra, Ariel Ursulaʼga ovozini berişi kerak böladi. Şunda Ursula uni uç kun muddatga odamga aylantiradi. Agar Ariel şu uç kun içida şahzodadan chin muhabbat bösasini olsa, bir umrga odamga aylanadi. Aksi bölsa, şu zahoti suv parisiga aylanib, bir umr Ursulaʼga xizmat qiladi. Ariel şartga rozi böladi.
4Ovoz berganlar
Jodi Benson —…
Jodi Benson — Ariel:
16 yoşli suv parisi. Bundan taşqari, Atlantika malikasi.
Christopher Daniel Barnes — şahzoda Eric
Pat Carroll — Ursula
Kenneth Mars — qirol Triton
Samuel E. Wright — Sebastian
Jason Marin — Flounder
Buddy Hackett — Scuttle
Paddi Edwards — Flotsam va Jetsam
Ben Wright — ser Grimsby
Edie McClurg — Carlotta
Will Ryan — Harold
René Auberjonois — oşpaz Louis
5Musiqasi
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining matnini Howard Aşman yozgan; treklar musiqasini esa Alan Menken…
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining matnini Howard Aşman yozgan; treklar musiqasini esa Alan Menken yaratgan.
6Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB7Franşiza tartibida
30 film
8Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Suv parisi (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



