Turbo — boğdagi oddiy şilliqurt haqida hikoya. Theo, yaʼni Turbo, tezlikka iştiyoqi baland, lekin atrofidagi sekin va ehtiyotkor şilliqurtlarning hayoti unga mos kelmaydi. U dunyodagi eng yaxşi poygaçi bölişni orzu qiladi va Indy 500 poygasida ğalaba qozonişni xayol qiladi. Akasi Çet bilan birga yaşaydi.
Film DreamWorks Animation studiyasi tomonidan işlangan. Rejissyor — David Soren, ssenariy muallifi — Robert Siegel, musiqasini Henry Jackman yozgan. Ovoz bergan aktyorlar sirasida Ryan Reynolds, Samuel L. Jackson, Snoop Dogg va Michelle Rodriguez bor. Janri — komediya, myuzikl va sarguzaşt, davomiyligi 96 daqiqa. Film AQŞda 2013-yil 16-iyulda prokatga çiqqan.
1Rollarda
·Ensiklopediyadan
Turbo 2013-yilda katta ekranlarga çiqqan, DreamWorks Animation mahsuloti bölgan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan komedik janridagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Ryan Reynolds, Paul Giamatti, Michael Peña, Snoop Dogg, Maya Rudolph, Michelle Rodriguez va Samuel L. Jackson kirişadi.
Film $127 millionlik budjeti bilan umumjahon böylab $282.5 million daromad qildi. Şuningdek, film asosida Turbo Fast animatsion teleseriali ham işlandi va bu multserial ilk bor Netflix orqali 24-dekabr 2013-yilda efirga uzatildi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Turbo haqida 114 maqola yiğilib, ulardan 67 foizi filmni ijobiy baholaydi.
Film animator Nicholas Sanger Hoppega bağişlangan, u film çiqarilişidan avval miya saratoni tufayli vafot etgan.
2Syujeti
Los Angeles ştatining Van Nuys şahridagi bir pomidor boğidagi Theo (talaffuzi: Teo; özini „Turbo“ deb ataydi)…
Los Angeles ştatining Van Nuys şahridagi bir pomidor boğidagi Theo (talaffuzi: Teo; özini „Turbo“ deb ataydi) dunyodagi eng yaxşi poygaçi bölişni orzu qiladigan bir boğ şilliqurtidir, uning qahramoni — Indy 500 çempionati beş karra ğolibi Guy Gagné bölgan. Biroq, u tezlik bilan band bölgan xayoli bilan boşqa sekin harakatlanuvçi va ehtiyotkor şilliqurtlar hamjamiyatidan ajralib turardi va buning ortidan doimo akasi Çetni xijolatga qöyardi. Keçalarning birida, Theo yulduzni köriş uçun avtostradaga yöl oladi, keyinçalik uning samolyot ekanligini biladi. Keyinçalik, uning DNKsi tasodifan Çevrolet Camaro drag-reyser superçargeri bilan birlaşadi. Bu kunisiga ertalab, u supertezlik va baʼzi haqiqiy maşina xarakteristikasiga ega bölib uyğonadi. Biroq, uning yangi qudratini sinab körişga bölgan birinçi urinişi, bir bolaning uç oyoqli velosipedini şilliqurtlar yaşaydigan boğga urib yuborişi bilan tugaydi, natijada u va akasi Çet boğ jamoasidan çetlatiladi.
3Ovoz berganlar
Ryan Reynolds — Theo…
Ryan Reynolds — Theo (Turbo)
Michael Peña — Tito
Maya Rudolph — Burn
Paul Giamatti — Çet
Snoop Dogg — Smoove Move
Luis Guzmán — Angelo
Bill Hader — Guy Gagne
Richard Jenkins — Bobby
Ken Jeong — Kim-Ly
Michelle Rodriguez — Paz
Ben Schwartz — Skidmark
Kurtwood Smith — CEO Indy
Samuel L. Jackson — Whiplaş
4Relizi
Manba:…
Manba: IMDb.com
5Musiqasi
Turbo: Music from the Motion Picture bu filmning saundtrekidir. Film uçun Henry Jackman tomonidan bastalangan…
Turbo: Music from the Motion Picture bu filmning saundtrekidir. Film uçun Henry Jackman tomonidan bastalangan uşbu saundtrek 16-iyul 2013-yilda Relativity Music Group şirkati tomonidan çiqarilgan. Saundtrek deluks versiyasida çiqarilganida, qöşimça yana 11 ta qöşiqni öz içiga olgan. Snoop Dogg filmdagi Smoove Move qahramoniga ovoz bergan bölib, film saundtrekiga ham öz hissasini qöşadi, jumladan „Let the Bass Go“ aşulasini ijro etgan.
6Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB7Franşiza tartibida
24 film
8Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Turbo» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



