⌕
Thor: Love and Thunder
Film · Marvel Cinematic Universe

Thor: Love and Thunder

≈ Tor: Sevgi va momaqaldiroq iNorasmiy tarjima. Filmning özbekça rasmiy nomi yöq — tuşunarli bölişi uçun KINOQIZ tarjima qildi. Kinoteatr va qidiruvda asl nomi bilan izlang.
2022 · jangari, sarguzaşt, superqahramonlar · 119 daq
IMDb6.1🍅 64%57
▶ Treyler

Film Thorning nafaqadagi tinç hayoti Gorr tomonidan buzilişidan boşlanadi. Gorr maʼbudlarning barçasini yöq qilişni maqsad qilgan galaktik qotil. Thor uni töxtatiş uçun Valkyrie, sodiq dösti Korg va sobiq sevgilisi Jane Foster bilan birlaşadi. Voqealar kosmik sarguzaştga aylanadi.

Filmni Taika Waititi suratga olgan va ssenariy muallifi ham u. Boş rollarda Chris Hemsworth, Christian Bale, Tessa Thompson va Natalie Portman ijro etgan. Film Marvel Studios tomonidan işlab çiqarilgan, janri — boyevik, sarguzaşt va superqahramonlar. U Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 29-filmi bölib, AQŞda 2022-yil 8-iyulda çiqdi va dunyo böylab $760 million dan ortiq yiğdi.

Film özini oqladimi?
Byudjet $250,0 mlnTuşum $760,9 mln×3,0
Sariq — oqlanish chegarasi (byudjetdan ×2,5)
⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Thor: Love and Thunder▶
2

Rollarda

Chris Hemsworth, Tessa Thompson, Natalie Portman
·

Ensiklopediyadan

Thor: Sevgi va momaqaldiroq (inglizça: Thor: Love and Thunder) 2022-yilda katta ekranlarga çiqarilgan superqahramonlar haqidagi AQŞ filmidir. Taika Waititi tomonidan suratga olingan. Film ğoyasi Marvel Comics naşriyotidan tuşirilgan Thor personajiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan işlab çiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan premyera qilingan. Bu film Thor (2011), Thor: Zulmat dunyosi (2013) va Thor: Ragnarok (2017) filmlarining davomi bölib, Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 29-töliq metrajli filmi sanaladi. Filmda boş rollarni Chris Hemsworth, Christian Bale, Tessa Thompson, Jaimie Alexander, Waititi, Russell Crowe va Natalie Portman lar ijro etgan. Film voqealariga köra, Thor içki xotirjamlikka erişiş maqsadida safarga otlanadi, biroq uning dam olişini „Maʼbudlar qotili“ nomi bilan tanilgan Gorr buzadi. Çaqmoq maʼbudi yangi xavfga qarşi kuraşişda Yangi Asgard Qiroli Valkyre, sodiq dösti Korg va sobiq sevgilisi Jane Fosterni yordamga çaqiradi. Foster Thor va Myolnir bolğa örtasidagi özaro kelişuv sabab „Mjolnir“ bolğasiga munosib körilib, buyuk Thorning kuçiga ega böladi.

Thor: Sevgi va momaqaldiroq premyerasi AQŞda 2022-yil 8-iyulda böldi. Film umumjahon böylab $760.8 million jamğardi va 2022-yilning 6chi eng kassabop filmiga aylandi.

3

Syujeti

Gorr va uning qizi — Love çölda suv va yegulik yöqligi tufayli oçlikdan qiynalişadi. Ular xudosi bölmiş…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
4

Rollarda

Chris Hemsworth Thor rolida:Qasoskor va Asgardning sobiq qiroli, Skandinaviya mifologiyasidagi ayni nomli…
Thor: Love and Thunder
Kadr: «Thor: Love and Thunder»TMDB

Chris Hemsworth Thor rolida:Qasoskor va Asgardning sobiq qiroli, Skandinaviya mifologiyasidagi ayni nomli xudoga tayangan. Film rejissori Taika Waititining aytişiça, filmda Thor kimligini aniqlaşga urinadi va öziga „men kimman, nima uçun qahramonman va nega qahramon bölişim kerak“ kabi savollarni beradi. Hemsworthning egizak öğillari — Sasha va Tristan filmda Thorning bolaligini jonlantirişadi.

Christian Bale Xudolar qotili Gorr rolida:Necrosword bilan qurollangan qotil. Tanasi çandiqqa töla bölib, u barça xudolarni öldirişni maqsad qilgan. Waititi Gorrni „juda qörqinçli“ va juda çuqur xarakterga ega, deb tasvirladi. Waititi filmda Gorrning yuz körinişini özgartirişga qaror qildi, çunki uşbu personajning komiksdagi asl körinişi Harry Potter filmlar seriyasidagi Lord Voldemort qahramoniga öxşardi.

Tessa Thompson Valkyrie rolida:New Asgard qiroliçasi, mifologik mavjudot — Brynhildrga asoslangan. Thompson va film produseri Kevin Feigening aytişlariça, Valkyriening biseksualligini film davomida köriş mumkin. Waititining aytişiça, Valkyrie New Asgard infratuzilmasi va iqtisodiyotini idora etiş, boşqa mamlakatlar delegatlarini qarşilaş kabi jang maydonidan uzoq bölgan burokratik aspektlarga könikişi kerak edi.

Jaimie Alexander Sif rolida: Asgardlik jangçi va Thorning bolalikdan yaqin dösti, Skandinaviya mifologiyasidagi ayni nomli xudoga tayangan.

Taika Waititi Korg rolida: Kronan irqiga mansub gladiator.

Russell Crowe Zeus rolida: Olimpiaçilar xudosi, yunon mifologiyasidagi ayni nomli xudoga tayangan. Crowe jonlantirayotgan qahramoni yunonça aksentda gapirişini istagan, ammo Waititi „juda ahmoqona“ tuyuladi, deb öylab, Croweni ham yunonça, ham britança aksentda gapirtirgan. Yakunda, Waititi Crowe töğri aytganini aytib, filmda yunonça aksentda gapirganini işlatgan.

Natalie Portman Jane Foster / Qudratli Thor rolida:Astrofizik va Thorning sobiq mahbubasi. Unga saraton taşxisi qöyilib, filmda Foster Thorning sobiq bolğasi — Mjolnirga egalik qilib, „Qudratli Thor“ga aylanadi. Avvalgi film — Thor: Ragnarok (2017) da paydo bölmagan Portman Waititi bilan uçraşuvdan söng, filmga qaytişga rozi böladi. Waititi şuni ham qöşimça qildiki, Fosterning Thornikiga öxşaş kiyimda paydo bölişi uni (Thorni) „hayratda“ qoldiradi.

5

Özbekça dublyaj

Film özbek tiliga „Şavid Sound“ dublyaj studiyasi tomonidan ögirilgan[manba…

Film özbek tiliga „Şavid Sound“ dublyaj studiyasi tomonidan ögirilgan[manba kerak].

Behzod Muhammmadkarimov — Thor

Dildora Rustamova — Valkyrie

Elbek Mirzohidov — Xudolar qotili Gorr

Muhammadjon Xöjayev — Sif

Abdulhay Otaxöjayev — Korg

Bundan taşqari, tarjimon — Zilola Rahimova, dublyaj rejissori — Şavkat ABdujamilov, ovoz rejissori — Quvondiq Abdullayev, muharrir — Şahlo Sadiqova.

6

Musiqasi

Filmga Michael Giacchino va Nami Melumad bastakorlik…

Filmga Michael Giacchino va Nami Melumad bastakorlik qilişgan.

8

Franşiza tartibida

30 film
9

Öxşaş filmlar

Matn: maqola «Thor: Sevgi va momaqaldiroq» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.