⌕
Thor: Ragnarok
Film · Marvel Cinematic Universe

Thor: Ragnarok

≈ Tor: Ragnarok iNorasmiy tarjima. Filmning özbekça rasmiy nomi yöq — tuşunarli bölişi uçun KINOQIZ tarjima qildi. Kinoteatr va qidiruvda asl nomi bilan izlang.
2017 · superqahramonlar, fantastika, fantaziya · 130 daq
IMDb8.2🍅 93%74
▶ Treyler

Thor koinotning boşqa çetida asirlikka tuşib qoladi va vaqt tugayotganini anglaydi. U Asgardga qaytib, Ragnarokning oldini olişi kerak — bu voqea ona olamining halokati va Asgard sivilizatsiyasining tugaşiga olib keladi. Xavfni yangi, qudratli duşman keltirib çiqaradi.

Filmga Taika Waititi rejissyorlik qildi, boş rollarni Chris Hemsworth va Tom Hiddleston ijro etgan. Aktyorlar tarkibida Cate Blanchett, Mark Ruffalo, Tessa Thompson, Jeff Goldblum va Idris Elba ham bor. Bu Marvel Studios studiyasining superqahramonlik fantastikasi bölib, MKK franşizasining on yettinçi filmi. Kartina 2017-yilning 3-noyabrida AQŞda prokatga çiqqan va $855 million yiğib, trilogiyadagi eng kassabop film bölgan.

Film özini oqladimi?
Byudjet $180,0 mlnTuşum $854,0 mln×4,7
Sariq — oqlanish chegarasi (byudjetdan ×2,5)
⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Thor: Ragnarok▶
2

Rollarda

Chris Hemsworth, Tom Hiddleston, Mark Ruffalo
·

Ensiklopediyadan

„Thor: Ragnarok“ (ayrim özbekça manbalarda „Thor: Ragnaryok“ ölaroq maʼlum) — 2017-yilda çiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranşizasidagi ön yettinçi kinokartina. „Thor“„“ (2011), „Thor: The Dark World“ (2013) filmlarining davomi. Marvel komikslaridagi Thor personajiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan işlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Taika Waititi rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Eric Pearson, Craig Kyle, Christopher Yost hamkorlikda yozgan. Boş rollarni Chris Hemsworth, Tom Hiddleston, Cate Blançett, Idris Elba, Jeff Goldblum, Tessa Thompson, Karl Urban, Mark Ruffalo, Anthony Hopkins ijro etgan.

„Thor“ haqidagi uçinçi filmni suratga oliş böyiça rejalar ommaga 2014-yilning yanvarida Kyle va Yost kinokartina ssenariysini yozişni boşlaganida maʼlum bölgan. Hemsworth va Hiddlestonning kinofilmda iştiroki öşa yilning oktyabrida eʼlon qilingan. Oradan bir oy ötib esa film nomi maʼlum qilingan. „Thor: The Dark World“ kartinasiga rejissyorlik qilgan Alan Taylor „Thor: Ragnarok“ga rejissyorlik qilişdan boş tortgaç, uning örnini Waititi egallagan. MKK filmlarida Bruce Banner / Hulk rolini ijro etgan Ruffalo aktyorlar tarkibiga qöşilgan, bu esa film ijodkorlariga „Planet Hulk“ syujet çiziği unsurlarini ekranlaştiriş imkoniyatini bergan. Qolgan aktyorlarning filmda iştiroki 2016-yilning mayida eʼlon qilingan. Öşa yilning iyulida Pearsonning ssenariyçi sifatida iştirok etişi maʼlum bölgan. Suratga oliş işlari 2016-yilning iyulida Avstraliyaning Brisben va Sidney şaharlarida boşlanib, öşa yilning oktyabrida yakunlangan.

„Thor: Ragnarok“ premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida Los-Anjeles şahridagi El-Kapitan teatrida bölib ötgan. Öşa yilning 3-noyabridan esa AQŞ kinoteatrlarida körsatila boşlagan. Kartina aktyorlar ijrosi, rejissyorlik ishi, ekşn-sahnalar, yumor uçun tanqidçilar eʼtirofiga sazovor bölgan. Umumjahon böylab kinoprokatlarda $855 million mablağ töplab, 2017-yilning töqqizinçi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning iyulida ekranlarga çiqarilgan.

3

Syujeti

Sokovia uruşidan ikki yil ötib, Thor olov iblisi – Surtur tomonidan Muspelheimda asir olindi. Surtur Thorga…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
4

Rollarda

Chris Hemsworth Thor…
Thor: Ragnarok
Kadr: «Thor: Ragnarok»TMDB

Chris Hemsworth Thor rolida:

Qasoskor va Asgard valiahd şahzodasi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Çeksizlik toşlarini topiş payiga tuşgan „yolğiz ganfayter“ga aylangan. Bungaça Thor rolini tört marta öynagan Hemsworth personajdan „biroz zerikib qolgandi“, şu sababdan ham tavakkal qilişni istab qoldi: oldingi filmlar bilan soliştirilganda, mazkur filmda Thorning soçi ança kalta, kiyimi butunlay özgargan, bolğasi yöq qilingan, bir közidan esa ayrilgan. Rejissyor Taika Waititining sözlariga köra, boş qahramonning boşiga şu kabi „balolarni soliş“ unga film oxirida qoçqinga aylaniş imkoniyatini bergan. Bundan taşqari, Waititiga „Vacation“ (2015), „Ghostbusters“ (2016) kabi filmlarda Hemsworth ijro etgan komik rollar juda manzur kelgan va filmda uning komik mahoratidan foydalanişni xohlagan.

Tom Hiddleston Loki rolida:

Thorning ögay ukasi va duşmani (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Hiddlestonga kartinada Lokining attityudi qanday özgargani qiziq bölgan. Personaj uçun ziyonkor bölişning yangi usullarini öylab topiş [jarayoni] esa uni doim ajiblantirgan. Hiddlestonning aytişiça, Loki doim trikster bölib qoladi. Yana qöşimça qilişiça, „Thor: The Dark World“ (2013) filmi oxiridan beri Asgard hukmdoriga aylangan Loki butun kuçini saltanatni yaxşi boşqarişga emas, balki özini özi uluğlaşga sarflagan. Bundan taşqari, Hiddleston Thorning Lokiga nisbatan befarq bölişi mumkinligi haqidagi fikr personajni taşvişga soladigan bölib qolgani qiziqarli voqealar rivoji ekanligini taʼkidlagan.

Cate Blançett Hela rolida:

Thorning opasi va ajal xudosi (personaj skandinav mifologiyasidagi Helga asoslangan). Odinning vafotidan keyin bexosdan qamoqdan xalos qilingan. Ssenariyçi Eric Pearson Hela Thorning opasi bölişi ğoyasini dastlabki qoralamalarining biriga kiritgan. Hela va Thorni opa-uka qiliş qarori ikkalasining örtasidagi yakuniy töqnaşuvga köproq emotsional salmoq beriş istagidan kelib çiqqan. Blançett Helani ijro etişda angliyalik qöşiqçi Siouxsie Sioux hamda 1970–80-yillar „pank-rok ikonografiyasi“dan ilhomlangan. Blançettning aytişiça, personajni mokap-kostyum kiygan holda gavdalantiriş unga qiyinçilik tuğdirgan. Helaning taşqi qiyofasi dizayni Jason Aaron yaratgan „Thor: God of Thunder“ komiksidan olingan. Helaning „tanasidan çeksiz miqdorda qurol ota oliş“ qobiliyati ayni komiksdagi Gorr personaji qobiliyatidan ilhomlangan. Blançett kaskadyor Zoë Bell va Hemsworthning şaxsiy murabbiyi Luke Zocçi bilan yaqindan işlagan. Şuningdek, roli uçun kapoeyra böyiça tahsil ham olgan.

Idris Elba Heimdall rolida:

Hamma narsani köruvçi va eşituvçi asgardlik, Bifröst köprigi sobiq posponi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Lokining hukmronligi davrida quvğinda yaşaşga qaror qilgan. Hela Asgardga bostirib kirganidan söng, Heimdall himoyasiz aholini Hela qöşinidan yaşirişga yordamlaşadi.

Jeff Goldblum Grandmaster rolida:

Olam oqsoqollaridan biri. Sakaar sayyorasini idora etadi. Goldblum qahramonini „gedonist“ deb tasvirlagan. Yana qöşimça qilişiça, Waititi Goldblum qahramonni „öziniki qilib olişi“ uçun improvizatsiyani quvvatlagan. Waititining sözlariga köra, filmda Grandmasterning teri rangi komikslardagi kabi kök emas, sababi Goldblum „Earth Girls Are Easy“ (1988) kartinasida allaqaçon kök tusli qahramonni jonlantirgan. Bundan taşqari, Waititi Goldblumning yuzini berkitiş orqali uning şaxsiyati ekranda kamaytirib körsatilişini xohlamagan. Grandmaster Kolleksionerning („Guardians of the Galaxy“ (2014) filmida Benicio del Toro tomonidan gavdalantirilgan) ukasidir. Prodyuser Kevin Feige kelajakdagi loyihalarda uşbu ikki personajni birga körişga qiziqiş bildirgan.

Tessa Thompson Valkiriya rolida:

Asgardlik qörs, piyonista qulfuruş (personaj german mifologiyasidagi Brynhildrga asoslangan). Qaçonlardir afsonaviy Valkiriyalarning biri bölgan. Hozir esa Grandmaster uçun işlaydi. Alamini içkilikdan oladi. Thompsonning sözlaşiça, personajning komikslarda turli versiyalari mavjudligi film versiyasini yaratişda „köp erkinlik“ bergan. Waititi zerikarli, gözal ayol obrazini yaratmaslikni xohlagan. Feigening aytişiça, Marvel Thor uçun Jane Fosterga qaraganda [qudrat, maqom jihatdan] köproq mos bölgan mahbuba yaratişni istagan. Craig Kyle va Christopher Yost yozgan ssenariyning dastlabki qoralamasi Thor va Valkyrie orasida işqiy munosabat alangalatuvçi köplab unsurlarni öz içiga olgan. Ammo Pearson kinokartina ustida işlaşni boşlaganda, personajlar örtasidagi „özaro hurmat“ga hamda Valkyriening PTSB bilan kuraşişiga köproq eʼtibor qaratgan. Thompsonning aytişiça, Valkiriya biseksualdir. Hatto Waititi Valkiriyaning yotoqxonasidan bir ayolning çiqib ketayotganini aks ettiruvçi sahnani suratga olgan, ammo mazkur sahna tomoşabin eʼtiborini asosiy syujetdan çalğitgani tufayli filmdan keyinçalik olib taşlangan. Thompson rolni ijro etişga tayyorgarlik körayotgan mahal Linda Hamilton gavdalantirgan Sarah Conno obrazidan („Terminator 2: Judgment Day“, 1991) ilhomlangan.

Karl Urban Skurge rolida:

Asgardlik jangçi. Heimdall yöqligida Bifröst köprigini qöriqlaydi. Keyinçalik jonini saqlab qoliş uçun Helaga qöşiladi. Urban filmdagi roli uçun soçini kalga oldirgan. Şuningdek, qahramoni doim kostyum kiyib yurişiga qaramay, özini rolga töliq baxşida etiş maqsadida jismoniy maşqlar bilan ham şuğullangan. Urbanning sözlaşiça, Skurge „şayton bilan kelişuv tuzadi“ va Helaning „yugurdagiga“ aylanadi. Yana qöşimça qilişiça, Skurge qabih işlarni qiladi, ammo bu uning vijdonini qiynaydi.

Mark Ruffalo Bruce Banner / Hulk rolida:

Qasoskor, daho olim. Aççiği çiqqanda yoki hayajonlanganda maxluqqa aylanadi. Personaj „Avengers: Age of Ultron“ (2015) filmi voqealaridan keyin Sakaar sayyorasiga borib qolib, u yerda muvaffaqiyatli, taniqli gladiatorga aylangan. Söz boyligini ham ança oşirgan (avvalgi filmlar bilan soliştirilganda). Hulkning qanday gapirişi, uning söz boyligi va boşqalar Waititi va Marvel örtasida keng muhokama qilingan. Mazkur film personaj uçun „Avengers: Infinity War“ (2018), „Avengers: Endgame“ (2019) filmlarida davom etuvçi yangi bosqiçni boşlab bergan. Ruffaloning aytişiça, Hulk „Qasoskorlar“ filmlarida „yaşil ğazab maşinasi“ sifatida tasvirlangan bölsa, mazkur filmda uning içki dunyosi yorqin oçib berilgan.

Anthony Hopkins Odin rolida:

Asgard qiroli, Thor, Hela va Lokining otasi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Yerda quvğinlikda yaşagan. Kartina ssenariysining dastlabki qoralamalarida Odin Nyu-York köçalarida yaşovçi „telbanamo“ xobo sifatida tasvirlangan. Ammo Waititi uning film voqealari davomida vafot etişini hisobga olib, personajni ekranda kulgili qilib tasvirlamaslikka qaror qilgan. Odinning vafot joyi ham keyinçalik uning ötmişiga „hurmat-izzat keltiriş“ maqsadida Norvegiyaga özgartirilgan. Waititi Hopkinsga rolning avvalgi talqinlarini batamom „buzib“, uni qaytadan yaratişi kerakligini aytganidan keyin uning improvizatsiya qobiliyatini körib hayratda qolgan.

5

Prokati

„Thor: Ragnarok“ jahon premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida El-Kapitan teatrida bölib ötgan. Avstraliya…
Thor: Ragnarok
Kadr: «Thor: Ragnarok»TMDB

„Thor: Ragnarok“ jahon premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida El-Kapitan teatrida bölib ötgan. Avstraliya premyerasi esa şu yilning 13-oktyabrida bölib ötgan. Buyuk Britaniya kinoteatrlarida 24-oktyabrdan, Avstraliya kinoteatrlarida esa 26-oktyabrdan namoyiş etila boşlagan. 3-noyabrda AQŞ va Kanadadagi 4080 ta kinoteatrda körsatilgan (3400 tasida 3D, 381 tasida IMAX va IMAX 3D, 204 tasida esa D-Box formatlarida körsatilgan). Film avval boşda 2017-yilning 28-iyulida ekranlarga çiqarilişi reja qilingan. „Thor: Ragnarok“ Marvel kinoolamining uçinçi fazasiga kiradi.

6

Davomi

„Thor: Ragnarok“ning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning 8-iyulida ekranlarga çiqarilgan. Filmda…

„Thor: Ragnarok“ning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning 8-iyulida ekranlarga çiqarilgan. Filmda boş rollarni Hemsworth, Christian Bale, Thompson, Elba, Natalie Portman, Jaimie Alexander, Waititi, Russell Crowe, Kat Dennings, Stellan Skarsgård ijro etgan. Lentada, şuningdek, Chris Pratt, Pom Klementieff, Dave Bautista, Karen Gillan, Vin Diesel, Bradley Cooper, Sean Gunn ham kiçik rollari bilan iştirok etişgan. Bale kartinada salbiy qahramon — xudolar kuşandasi Gorrni jonlantirgan.

8

Franşiza tartibida

30 film
9

Öxşaş filmlar

Matn: maqola «Thor: Ragnarok» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Nima köramiz?3 savol — kayfiyatga mos 3 film→
▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.