Dunyo Tony Starkning Temir odam ekanini bilganidan beri olti oy ötdi. Milliarder ixtiroçi endi hukumat, matbuot va jamoatçilik bosimiga duç keladi: ular undan bronkostyum texnologiyasini harbiylarga berişni talab qiladi. Stark ixtirosidan voz keçişni istamaydi. Rossiyalik olim oğli Ivan Vanko esa Starkda işlagan otasining ölimini eslab, öz qurolini yasaydi va öç olişni niyat qiladi. Pepper Potts va James „Rhodey“ Rhodes yordamida Stark yangi ittifoqlar tuzişi va kuçli duşmanlarga qarşi turişi kerak.
Filmning rejissyori Jon Favreau, ssenariysini Justin Theroux yozgan. Boş rolni Robert Downey Jr. ijro etgan; Gwyneth Paltrow, Don Cheadle, Scarlett Johansson va Mickey Rourke ham rolda çiqadi. Kinostudiyasi — Marvel Studios, prokatni Paramount Pictures amalga oşirgan. Bu „Temir odam“ (2008) davomi va Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranşizasining uçinçi filmi. Janri — superqahramonlik, fantastika va sarguzaşt. Film 2010-yil 29-aprelda jahon prokatiga çiqqan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Robert Downey Jr., Gwyneth Paltrow, Don Cheadle
·Ensiklopediyadan
„Temir odam 2“ (inglizça: Iron Man 2) — 2010-yilda çiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranşizasidagi uçinçi film; „Temir odam“ (2008) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan işlangan, Paramount Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Jon Favreau rejissyorlik qilgan. Boş rollarni Robert Downey Jr., Gwyneth Paltrow, Don Cheadle, Scarlett Johansson, Sam Rockwell, Mickey Rourke va Samuel L. Jackson ijro etgan.
„Temir odam 2“ premyerasi 2010-yilning 26-aprelida Los-Anjeles şahrida bölib ötgan. Film Kinotanqidçilar tomonidan ijobiy baholangan. Kinoprokatlarda umumjahon böylab $623,9 million mablağ töplab, 2010-yilning yettinçi eng kassabop filmiga aylangan. „Eng yaxşi vizual effektlar“ nominatsiyasida „Oscar“ mukofotiga nomzod ölaroq körsatilgan. Filmning davomi — „Temir odam 3“ 2013-yilning 3-mayida çiqarilgan.
3Syujeti
Tony Stark (talaffuzi: Toni Stark) Temir odam ekanligini ommaga oşkor etadi. Bu paytda Rossiyada „Stark…
Tony Stark (talaffuzi: Toni Stark) Temir odam ekanligini ommaga oşkor etadi. Bu paytda Rossiyada „Stark Industries“ şirkati sobiq xodimi — Anton Vanko öğli Ivan Vanko qölida jon beradi. Otasining ölimida „Stark Industries“ni aybdor hisoblagan Ivan otasining çizmalari asosida Starknikiga öxşaş elektr yoyi bilan işlaydigan reaktor yiğişni boşlaydi. Oradan olti oy ötib, Stark OAV yulduziga aylanadi. AQŞ hukumatining Temir odam bronkostyumi texnologiyasidan voqif böliş yölidagi urinişlari esa samara bermaydi. Bundan taşqari, Stark otasi Howardning merosini davom ettiriş maqsadida New York şahridagi Fluşing Meadows–Corona parkida „Stark Expo“ körgazmasini qayta oçadi.
Keyinçalik, Stark ham hayotini saqlab turgan, ham bronkostyumini quvvatlantirib turgan elektr yoyi bilan işlaydigan reaktoridagi palladiy tanasini zaharlayotganini bilib oladi. Palladiy örnini bosuvçi unsurni esa topa olmaydi. Yaqinlaşib kelayotgan ölimiga nisbatan tobora beparvo va noumid bölib borayotgan Stark soğligi haqida heç kimga aytmaslikni lozim topadi. Stark yordamçisi Pepper Pottsni „Stark Industries“ boş direktori etib tayinlaydi. Uning örniga esa Natalie Ruşman (talaffuzi: Natali Raşmen) ni yordamçi sifatida işga oladi. Stark Monakodagi Gran-pri poygasida iştirok etadi. Biroq, u boşqarayotgan poyga maşinasi Vanko hujumiga duçor böladi. Garçi Stark elektrlaşgan qamçilar bilan qurollangan Vankoni mağlub etsa-sa, uning bronkostyumi jiddiy zarar köradi. Qölga olingan Vanko dunyoga Temir odam yengilmas emasligini isbotlaşga uringanini aytadi.
Vanko yaratgan quroldan hayratda qolgan Starkning raqibi bölmiş Justin Hammer (talaffuzi: Jastin Hammer) Vankoning vafot etgani haqida yolğon xabar eʼlon qilib, uni qamoqdan ozod etadi va evaziga undan Starknikidek bronkostyumlar yaratişni söraydi. Vanko esa bronkostyumlar örniga dronlar yaratişni afzal köradi. Bu paytda Stark tuğilgan kuni munosabati bilan uyida bazm uyuştiradi. Köp içgani ortidan sarxuş bölib qolgan Stark bronkostyumini kiyib olib uyida mayda tartibsizliklar amalga oşiradi. Uning eng yaqin dösti — AQŞ Havo kuçlari polkovnigi James Rhodes (talaffuzi: Jeyms Rouds) Starkning prototip bronkostyumini kiyib, Starkni hovuridan tuşirişga harakat qiladi. Ikkovlon örtasidagi jang bölib, oxirida durang bilan yakunlanadi. Söngra, Rhodes kiyib olgan bronkostyumida uçib ketib, uni AQŞ Havo kuçlariga topşiradi.
Q.A.L.Q.O.N. taşkiloti direktori Nick Fury (talaffuzi: Nik Fyuri) Stark bilan yaqinlaşadi hamda unga „Ruşman“ aslida agent Natasha Romanoff ekanligi, bundan taşqari, Howard Stark bilan şaxsan taniş bölgani haqida sözlab beradi. Fury, şuningdek, Vankoning otasi Anton va Howard Stark birgalikda elektr yoyi bilan işlaydigan reaktor yaratişgani, biroq Anton reaktorni sotişga uringanda, Howard uni deportatsiya qilib yuborgani va öşa paytda sovetlar böş qöl bilan qaytgan Antonni Gulagga surgun qilişgani haqida ham aytib beradi. Fury Starkga otasiga tegişli bölgan eski materialni beradi. Tony 1974-yilgi „Stark Expo“ dioramasida yaşirin xabarni payqaydi. Yaşirin xabar ortidan yangi kimyoviy unsur modelini topadi. Özi yaratgan sunʼiy idrok — J.A.R.V.I.S. yordamida Stark uni sintezlaydi. Söngra, reaktoriga yangi unsurni joylab, palladiydan batamom xalos böladi.
„Expo“ körgazmasida Hammer ommaga Vanko yaratgan dronlarni namoyiş etadi. Stark Rhodesni ogohlantiriş uçun yetib keladi, ammo Vanko masofadan turib körgazmada namoyiş etilayotgan barça dronlarni, jumladan Rhodes kiygan bronkostyum ustidan ham nazorat örnatadi va ular orqali Starkga hujum qiladi. Bu orada Hummer Vankoni qamoqdan ozod etganligi uçun hibsga olinadi. Romanoff va Starkning soqçisi Happy Hogan (talaffuzi: Heppi Hogan) Vankoni topişadi. Vanko qoçişga muvaffaq böladi, biroq Romanoff Rhodes kiygan bronkostyum ustidan nazoratni Rhodesga qaytarişga erişadi. Söngra, Stark va Rhodes Vanko va uning dronlariga qarşi jang qilişadi. Vanko mağlub bölgaç, özi kiygan kostyumni portlatiş orqali öz joniga suiqasd qiladi.
Oradan maʼlum vaqt ötgaç, Stark Fury bilan uçraşadi. Fury unga Q.A.L.Q.O.N. undan faqat maslahatçi sifatida foydalanmoqçi ekanligini aytadi. Keyinçalik, Stark va Rhodes qahramonliklari uçun medal bilan taqdirlanişadi. Titrdan keyingi sahnada, Q.A.L.Q.O.N. agenti Phil Coulson (talaffuzi: Fil Kolson) New Mexico çölidagi bolğa topilmasi haqida xabar beradi.
4Rollarda
Robert Downey Jr. Tony Stark / Temir odam…
Robert Downey Jr. Tony Stark / Temir odam rolida
Gwyneth Paltrow Pepper Potts rolida
Don Cheadle James „Rhodey“ Rhodes / War Machine rolida
Scarlett Johansson Natasha Romanoff / Qora beva rolida
Sam Rockwell Justin Hammer rolida
Mickey Rourke Ivan Vanko / Whiplaş rolida
Samuel L. Jackson Nick Fury rolida
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB6Franşiza tartibida
30 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Temir odam 2» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



