Avengers va ularning ittifoqçilari bir qahramon yengolmaydigan tahdidlardan dunyoni himoya qilişda davom etmoqda. Endi koinot soyasidan yangi xavf paydo böladi — Thanos, galaktikalararo zolim. Uning maqsadi oltita Çeksizlik toşini yiğib, ulardan kuç oliş va butun voqelikni öz irodasiga böysundiriş. Yer taqdiri va butun mavjudlik ayni paytda heç qaçon bunçalik noaniq bölmagan.
Filmga Anthony va Joe Russo rejissyorlik qilgan, ssenariyni Christopher Markus yozgan. Boş rollarda Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Tom Hiddleston va Chris Pratt ijro etgan. Bu superqahramonlik boyeviki bölib, fantastika elementlariga ega. Studiya — Marvel Studios. Film «Marvel kinematografik koinoti»ning (MKK) 19-filmi hamda «Avengers» va «Avengers: Age of Ultron» filmlarining davomi. 2018-yil 27-aprelda AQŞda prokatga çiqqan film $2 milliarddan ziyod mablağ yiğib, 2018-yilning eng kassabop filmiga aylangan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans
·Ensiklopediyadan
„Avengers: Infinity War“ (özbekça manbalarda „Qasoskorlar: Çeksizlik jangi“ ölaroq maʼlum) — 2018-yilda çiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranşizasidagi ön töqqizinçi film; „The Avengers“ (2012) va „Avengers: Age of Ultron“ (2015) filmlarining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan işlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anthony va Joe Russolar rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Christopher Markus va Stephen McFeely yozgan. Boş rollarni Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Scarlett Johansson, Benedict Cumberbatch, Don Cheadle, Tom Holland, Çadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Anthony Mackie, Sebastian Stan, Danai Gurira, Letitia Wright, Dave Bautista, Zoe Saldaña, Josh Brolin va Chris Pratt ijro etgan.
Film premyerasi 2018-yilning 23-aprelida Gollivudda bölib ötgan. Umumjahon böylab kinoprokatlarda $2 milliarddan ziyod mablağ töplab, öşa vaqtda tarixdagi törtinçi eng kassabop filmga, 2018-yilning esa eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „Avengers: Endgame“ 2019-yilning aprelida çiqarilgan.
3Syujeti
Thanos va uning leytenantlari — Ebony Maw, Cull Obsidian, Proxima Midnight, Corvus Glaive Ksandar sayyorasida…
Thanos va uning leytenantlari — Ebony Maw, Cull Obsidian, Proxima Midnight, Corvus Glaive Ksandar sayyorasida „Qudrat toşi“ni (oltita Çeksizlik toşlaridan biri) qölga kiritişgaç, Asgard halokatidan omon qolganlarni olib ketayotgan fazo kemasini qölga olişadi. Thanos Thorni mağlub etib, Tesseractdan „Olam toşi“ni ajratib oladi. Jangda Hulkni yengib, Lokini öldiradi. Heimdall Bifröstdan foydalanib, Hulkni Yerga jönatganda, Thanos uni ham öldiradi. Oxirida Thanos va uning leytenantlari fazo kemasini yöq qilişadi.
Hulk Nyu-York şahridagi Sanctum Sanctorum binosiga qulab, Bruce Bannerga aylanadi. Banner Stephen Strange va Wongni Thanosning olamdagi butun hayotning teng yarmini yöq qiliş rejasi haqida xabardor qiladi. Uçovlon Tony Starkni yordamga çaqirişadi. Maw va Obsidian Strangedan „Vaqt toşi“ni oliş uçun fazo kemasida Yerga kelişadi. Maw Strangening jodulari tufayli „Vaqt toşi“ni qölga kirita olmagaç, uni asirga oladi. Stark va Peter Parker yaşirinça Mawning fazo kemasiga çiqib olişadi, Wong esa Sanctumni qöriqlaş uçun qoladi.
„Galaktika qöriqçilari“ asgardliklar fazo kemasining falokat signalini qabul qilişadi va Thorni qutqarişadi. Thor Thanos Unut sayyorasida Taneleer Tivanning kolleksiyasida saqlanayotgan „Voqelik toşi“ni izlayotganini taxmin qiladi. Thor Rocket va Groot bilan birga gnomlar qiroli Eitridan jangovar bolta yasab berişini söraş uçun Nidavellirga jönab ketadi. Peter Quill, Gamora, Drax va Mantis Unut sayyorasiga borişib, allaqaçon „Voqelik toşi“ni qölga kiritgan Thanos bilan töqnaşişadi. Thanos Gamorani öğirlab ketadi. Gamora Nebulani qiynoqlardan xalos etiş uçun Thanosga „Qalb toşi“ qayerdaligini aytadi. Söngra, Thanos va Gamora Vormir sayyorasiga borişadi. U yerda Toş qöriqçisi — Red Skull Thanosga toşni faqat qadrlagan kişisining hayoti evazigagina qölga kiritişi mumkinligini sözlaydi. Thanos Gamorani qurbon qilib, toşga ega çiqadi.
Edinburgda Midnight va Glaive Wanda Maximoff va Visionga hujum qilişib, Visionning peşonasidagi „Aql toşi“ni olişga harakat qilişadi. Steve Rogers, Natasha Romanoff va Sam Wilson juftlikni qutqarib, „Qasoskorlar“ bazasiga jönab ketişadi. Vision „Aql toşi“ Thanosning qöliga tuşmasligi uçun Wandadan toşni yöq qilişini iltimos qiladi (garçi bu Visionning muqarrar ölimiga olib kelsa-da), ammo Wanda buni qilişga rozi bölmaydi. Rogers Wakandada Visionning peşonasidagi toşni uni öldirmasdan olsa bölişiga işonib, u yerga borişni taklif qiladi.
Nebula asirlikdan qoçib, „Galaktika qöriqçilari“ aʼzolari bilan aloqa örnatadi va ulardan Thanosning vayronaga aylangan ona sayyorasi — Titanda uçraşişni söraydi. Stark va Parker Mawni öldirib, Strangeni qutqaradi. Keyin, uçovlon fazo kemasida Titan sayyorasiga qönib, u yerda Quill, Drax va Mantis bilan uçraşişadi. „Vaqt toşi“ yordamida Strange kelajakdagi hodisalarning mumkin bölgan millionlab varianlarini közdan keçirib çiqib, ularning faqat bittasida „Qasoskorlar“ ğalaba qozonişi ehtimoli borligini maʼlum qiladi. Guruh Thanosni yengib, undan Çeksizlik qölqopini olib qöyiş rejasini tuzadi. Oradan bir muddat ötib, Thanos Titan sayyorasida paydo böladi va guruhga olamni saqlab qoliş uçun undagi haddan ortiq köpayib ketgan aholining teng yarmini yöq qiliş zarurati borligini sözlab beradi. Köp ötmay Nebula yetib kelib, boşqalarga Thanosni yengişda yordam beradi. Guruh Thanos Gamorani öldirganini bilib olgaç, ğazabdan özini yöqotgan Quill Thanosga taşlanadi. Natijada Thanos guruhning nazoratidan çiqib, ularni mağlub qiladi. Thanos Starkni jiddiy jarohatlaydi, ammo Strange Thanosga Starkning hayotini saqlab qolişi evaziga unga „Vaqt toşi“ni berişini aytadi.
Wakandada Rogers Bucky Barnes bilan qayta birlaşadi. Thanos qöşini Wakandaga bostirib keladi. „Qasoskorlar“ TʼÇalla va Wakanda kuçlari bilan birgalikda jangga hozirlanişadi. Shuri esa Visiondan „Aql toşi“ni xavfsiz ajratib oliş ustida ish olib boradi. Thanosdan yengilgaç, Hulkga aylana olmayotgan Banner Starkning „Hulkbuster“ bronini kiyib jang qiladi. Thor, Rocket va Groot „Qasoskorlar“ga jangda yordamlaşiş uçun yetib kelişadi. Birgalikda jamoa Midnight, Obsidian va Glaiveni öldirib, Thanos qöşinini mağlub qiladi. Jang maydoniga Thanos yetib keladi, ammo Shuri Visiondan toşni ajratib oliş jarayonini tugatişga ulgurmaydi. Vision Wandani özini va „Aql toşi“ni yöq qilişga köndiradi, ammo Thanos „Vaqt toşi“ yordamida Wandaning harakatlarini orqaga qaytarib, Visionning peşonasidan toşni yulib oladi va qölqopida barça toşlarni yiğişga muvaffaq böladi. Thor boltasi bilan Thanosga jiddiy jarohat yetkazadi. Bunga qaramay, Thanos barmoqlarini şaqillatişi orqali Çeksizlik qölqopini faollaştiradi va teleportatsiya qilib ğoyib böladi.
Olamdagi barça hayotning teng yarmi yöq bölib ketadi (yöq bölib ketganlar orasida Barnes, TʼÇalla, Groot, Wanda, Wilson, Mantis, Drax, Quill, Strange, Parker, Maria Hill va Nick Fury ham bor). Fury yöq bölib ketişidan oldin peyjerda favqulodda signal yuborişga ulgurib qoladi. Stark va Nebula Titan sayyorasida tang ahvolda qolib ketadi. Banner, MʼBaku, Okoye, Rhodes, Rocket, Rogers, Romanoff va Thor Wakanda jang maydonida qoladi. Bu orada Thanos olis sayyorada quyoş çiqişini kuzatadi.
4Özbekça dublyaj
Film Yoşlar teleradiokanalida özbek tiliga dublyaj qilingan[manba…
Film Yoşlar teleradiokanalida özbek tiliga dublyaj qilingan[manba kerak].
Tarjimon — Alişer Saʼdullayev
Dublyaj rejissyori — Nilufar Isayeva
Ovoz rejissyori — Alişer Mahmudov
Rejissyor yordamçisi — Husniddin Muxiddinov, Şerzod Holmatov
Muharrir — Aktam Berdiyorov
Dublyajda artistlardan
Sanjar Saʼdullayev — Tony Stark
Behzod Muhammadkarimov — Stephen Strange
Muhammadjon Xöjayev —
Mohira Nurmatova —
Şerzod Ahmedov —
Şavkat Abdujamilov —
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB6Franşiza tartibida
30 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Avengers: Infinity War» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



