Tony Stark uzoq vaqt harakatsiz turgan tinçlik saqlaş dasturini qayta işga tuşirmoqçi böladi, biroq hamma narsa rejadan çiqib ketadi. Sahnaga yovuz sunʼiy intellekt Ultron çiqadi va Yer taqdiri muvozanatda turganda, uni töxtatiş Qasoskorlar zimmasiga tuşadi. Majburiy ittifoqlar va kutilmagan janglar qahramonlarni keng miqyosli global sarguzaştga olib boradi.
Filmni Joss Whedon suratga olgan, u ssenariy muallifi hamdir. Boş rollarda Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Scarlett Johansson va Samuel L. Jackson ijro etgan. Superqahramonlik fantastikasi janridagi kartinani Marvel Studios işlab çiqargan. Dunyo miqyosida 2015-yil 22-aprelda prokatga çiqqan film „Qasoskorlar“ (2012) filmining davomi hamda Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranşizasidagi ön birinçi töliq metrajli film.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo
·Ensiklopediyadan
Avengers: Age of Ultron (özbekça manbalarda Qasoskorlar: Ultron davri ölaroq maʼlum) — 2015-yilda çiqarilgan superqahramonlik filmi; Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranşizasidagi ön birinçi film; The Avengers (2012) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan işlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Joss Whedon rejissyorlik qilgan. Boş rollarni Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Aaron Taylor-Johnson, Elizabeth Olsen, Paul Bettany, Cobie Smulders, Anthony Mackie, Hayley Atwell, Idris Elba, Linda Cardellini, Stellan Skarsgård, James Spader va Samuel L. Jackson ijro etgan.
„Avengers: Age of Ultron“ premyerasi 2015-yilning 13-aprelida Gollivudda bölib ötgan. Umumjahon böylab kinoprokatlarda $1,4 milliard mablağ töplab, öşa vaqtda tarixdagi beşinçi eng kassabop filmga, 2015-yilning esa törtinçi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning sikvellari — Avengers: Infinity War va Avengers: Endgame mos ravişda 2018- va 2019-yilda çiqarilgan.
3Syujeti
Tony Stark, Thor, Bruce Banner, Steve Rogers, Natasha Romanoff, Clint Bartondan iborat Qasoskorlar jamoasi…
Tony Stark, Thor, Bruce Banner, Steve Rogers, Natasha Romanoff, Clint Bartondan iborat Qasoskorlar jamoasi Sokoviyadagi „Hydra“ bazasiga hujum qiladi. Jamoa „Hydra“ kuçlari tomonda kuraşayotgan egizaklar – Pietro (tovuş tezligidan yuqori tezlikda harakatlana oladi) va Wanda Maximofflar (telepatik va telekinetik qobiliyatlarga ega) bilan töqnaş keladi. Rogers „Hydra“ boş qömondoni Wolfgang von Struckerni mağlub qiladi, Stark esa Lokining skipetrini qölga kiritadi.
Stark va Banner skipetrdagi toş içida sunʼiy intellekt borligini aniqlab, undan yaşirinça Stark taklif etgan „Ultron“ dasturini yaratişda foydalanişadi. Ultron Yerni saqlab qoliş uçun insoniyatni yöq qiliş zarur degan fikrga kelib, Starkning J.A.R.V.I.S. deb ataluvçi sunʼiy intellektini yöq qiladi, „Qasoskorlar“ga hujum qiladi, skipetrni öğrilaydi va oxirida Sokoviyaga qoçib ketadi. Sokoviyada Ultron Struckerning bazasidagi resurslardan özining boşlanğiç versiyada yaratilgan tanasini takomillaştirişda hamda robot dronlar armiyasini tuzişda foydalanadi. Struckerni öldirgaç esa Starkdan öç oliş istagida yurgan Maximofflarni öz safiga qöşib oladi (sababi Maximofflarning ota-onasi Starkga tegişli kompaniya işlab çiqargan qurol-yaroğ bilan öldirilgan böladi). Söngra, uçovlon vibraniumni qölga kiritiş maqsadida Yoxannesburgdagi kontrabandist Ulysses Klaue boşçiligidagi baza tomon yöl oladi. U yerda „Qasoskorlar“ Ultron va Maximofflarga hujum qiladi, ammo Wanda jamoa aʼzolarining xayollariga vahimali öylar yuboriş orqali ularni yengadi. Natijada Banner Hulkga aylanib, şahar tomon ketadi. „Hulkbuster“ bronini kiygan Stark uni töxtatişga muvaffaq böladi.
Şahardagi vayronagarçiliklarga nisbatan odamlarning salbiy reaksiyalari hamda Wandaning gallyutsinatsiyalari qözğatgan vahimali öylar „Qasoskorlar“ni Bartonning fermasida yaşirinişga majbur etadi. Thor Wanda qözğatgan gallyutsinatsiyalarda körgan apokaliptik kelajak haqida jiddiy öylab köriş uçun doktor Erik Selvig bilan uçraşgani jönab ketadi. Bu orada Nick Fury kelib, jamoani Ultronni töxtatiş rejasini tuzişga undaydi. Seulda Ultron Lokining skipetridan foydalangan holda „Qasoskorlar“ jamoasi dösti bölgan Helen Çoning ongi ustidan nazoratni qölga oladi. Ultron va Cho sintetik töqima texnologiyasi, vibranium va skipetrdagi toşdan foydalanib, yangi tana yaratişadi. Ultron özini yangi tanaga yuklaganida, Wanda uning ongini öqiş imkoniyatiga ega çiqadi; Maximofflar Ultronning insoniyatni yöq qiliş rejasi haqida bilib olişadi va unga qarşi çiqişadi. Rogers, Romanoff va Barton Ultron bilan jang qilib, sintetik tanani qölga kiritişadi, ammo Ultron Romanoffni asirga oladi. Stark va Banner hali ham işlayotgan J.A.R.V.I.S.ni yaşirinça sintetik tanaga yuklaşganda, bundan norozi bölgan „Qasoskorlar“ aʼzolari özaro janjallaşişadi.
Thor tanani jonlantirişga/faollaştirişga yordamlaşiş uçun yetib keladi va jamoaga tananing peşonasidagi toş oltita Çeksizlik toşlaridan biri — „Aql toşi“ ekanligi haqida sözlab beradi. Jonlangan tana özini „Vision“ deb ataydi va Thorning bolğasini kötarib, jamoaning işonçiga kiradi. Vision va Maximofflar „Qasoskorlar“ bilan birga Sokoviyaga boradi. Sokoviyada Ultron qolgan vibraniumdan foydalanib mamlakat poytaxtining katta qismini osmonga kötarib, yer bilan bitta qilişga qodir qurilma yaratadi. Banner Romanoffni qutqaradi. „Qasoskorlar“ Ultron armiyasi bilan jang qilişadi. Bu orada Fury Maria Hil, James Rhodes va Q.A.L.Q.O.N. agentlari bilan birga Helikerierda kelib, tinç aholini xavfsiz joyga köçiradi.
Pietro Bartonni öq otişmasidan himoya qiliş çoğida halok böladi. Bundan qattiq ğazablangan Wanda Ultronning asosiy tanasini yöq qiliş uçun himoya qilişi kerak bölgan joyni tark etadi, natijada Ultronning dronlaridan biri qurilmani işga tuşirişga muvaffaq böladi. Şahar bir muddat osmonga kötarilib, keyin qulaşni boşlaganda, Stark va Thor qurilmani haddan ortiq quvvat bilan töldirib, şaharni parça-parça qilib taşlaydi. Voqeadan söng, Hulk Romanoffni xavf ostiga qöyişni istamay, Kvinjetda jönab ketadi, Vision esa Ultronning oxirgi qolgan tanasini topib, uni yöq qiladi.
Keyinçalik, „Qasoskorlar“ yangi bazani işga tuşirişadi. Thor sodir bölgan voqealarni ortida turgan kuçlar haqida köproq maʼlumot töplaş uçun Asgardga ketadi. Rogers va Romanoff „Qasoskorlar“ning yangi aʼzolari — Rhodes, Vision, Sam Wilson va Wandani tayyorlaşga kirişadi.
Titrdan keyingi sahnada Thanos qönjli qölqop kiyib, Çeksizlik toşlarini şaxsan özi qölga kiritişga ont içadi.
4Rollarda
Robert Downey Jr. – Tony Stark / Temir…

Robert Downey Jr. – Tony Stark / Temir odam
Chris Hemsworth – Thor
Mark Ruffalo – Bruce Banner / Hulk
Chris Evans – Steve Rogers / Kapitan Amerika
Scarlett Johansson – Natasha Romanoff / Qora beva
Jeremy Renner – Clint Barton / Loçin köz
Don Cheadle – James „Rhodey“ Rhodes / War Machine
Aaron Taylor-Johnson – Pietro Maximoff
Elizabeth Olsen – Wanda Maximoff
Paul Bettany – J.A.R.V.I.S. / Vision
Cobie Smulders – Maria Hill
Anthony Mackie – Sam Wilson
Hayley Atwell – Peggy Carter
Idris Elba – Heimdall
Linda Cardellini – Laura Barton
Stellan Skarsgård – Erik Selvig
James Spader – Ultron
Samuel L. Jackson – Nick Fury
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB6Franşiza tartibida
30 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Avengers: Age of Ultron» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



