⌕
Örgimçak-odam: Yangi kun
Film · Marvel Cinematic Universe

Örgimçak-odam: Yangi kun

Spider-Man: Brand New Day
2026 · sarguzaşt, fantaziya, jangari · 145 daq
🍅 90%
▶ Treyler

Piter Parker tört yildan beri Nyu-York şahrini yolğiz holda, Örgimçak-odam sifatida himoya qiladi. Doktor Stiven Stranjning sehridan keyin dunyo va yaqin odamlari uni unutgan. Eski döstlari hayotda öz yöliga ketgan, Piter esa jinoyatga qarşi kuraşni davom ettiradi. Şu orada uning qobiliyatlari özgarib boşlaydi, şahrda esa yangi jinoyatlar zanjiri boşlanadi. Piter bu jarayonda hayotidagi eng xavfli duşmanlardan biri bilan yuzleşadi.

Filmga Destin Daniel Cretton rejissyorlik qilgan, ssenariyni Chris McKenna va Erik Sommers yozgan. Boş rolda yana Tom Holland. Filmda Zendaya, Sadie Sink, Mark Ruffalo va Jon Bernthal ham rolda çiqadi. Janri — sarguzaşt, fantastika va boevik. Filmni Columbia Pictures studiyasi işlab çiqargan; u Marvel Kino Olamining 38-filmi hamda Örgimçak-odam haqidagi törtinçi MCU filmi. 2026-yil 29-iyulda jahon prokatiga çiqdi, dunyo böyiça 2,521 milliard dollar yiğdi.

Film özini oqladimi?
Byudjet $225,0 mlnTuşum $2,52 mlrd×11,2
Sariq — oqlanish chegarasi (byudjetdan ×2,5)
⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Örgimçak-odam: Yangi kun▶
2

Rollarda

Tom Holland, Zendaya, Jacob Batalon
·

Ensiklopediyadan

Örgimçak-odam: Yangi kun (inglizça: Spider-Man: Brand New Day) — Marvel Comics qahramoni Örgimçak-odam haqidagi superqahramonlik filmi. Film Columbia Pictures, Marvel Studios va Pascal Pictures tomonidan işlab çiqarilgan bölib, Sony Pictures Releasing tomonidan namoyiş etiladi. U Marvel Kino Olamining (MCU) 38-filmi hamda Spider-Man: No Way Home (2021) filmidan keyingi törtinçi MCU Spider-Man filmi hisoblanadi. Filmga Destin Daniel Cretton rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Chris McKenna va Erik Sommers yozgan. Asosiy rolni yana Tom Holland ijro etib, Peter Parker / Spider-Man obrazini gavdalantiradi. Şuningdek, filmda Zendaya, Sadie Sink, Jacob Batalon, Jon Bernthal, Florence Pugh, Tramell Tillman, Marisa Tomei, Michael Mando va Mark Ruffalo kabi aktyorlar ham iştirok etadi. Filmda Parker yolğiz holda qahramon Örgimçak odam sifatida Nyu-York şahrini himoya qilişga özini bağişlaydi. Şaxsiy muammolari va haddan taşqari köp işlaşi uning superqobiliyatlarining rivojlanişiga sabab böladi. Şu bilan birga, Parker yangi telepatik tahdidga duç keladi.

Spider-Man: Brand New Day filmini yaratiş ğoyasi 2019-yil avgust oyidayoq Sony Pictures tomonidan muhokama qilina boşlagan. 2021-yil noyabrida film prodyuseri Amy Pascal uşbu loyiha Tom Holland boş rolni ijro etadigan yangi Spider-Man trilogiyasining ilk filmi bölişini maʼlum qilgan. 2021-yil dekabr oyida ssenariy ğoyasi işlab çiqila boşlangan. Tom Holland bu safar faqat boş rol ijroçisi sifatida emas, balki ijodiy jarayonda ham faol qatnaşgan. Uning Peter Parker obrazining rivojlanişi haqidagi fikrlari film konsepsiyasini şakllantirişda muhim rol öynagan. 2023-yil fevral oyida avvalgi Spider-Man filmlarining ssenariy mualliflari Chris McKenna va Erik Sommers yana loyiha ustida işlaşni boşladilar. 2024-yil oktyabr oyida esa rejissyorlik vazifasi Destin Daniel Crettonga topşirildi. 2025-yil mart oyida filmning Brand New Day nomi rasman eʼlon qilingan. Bu nom 2008-yilda naşr etilgan Marvel komikslaridagi maşhur „Brand New Day“ syujetiga işora qiladi. Mazkur komiksda Spider-Manning hayoti tubdan özgaradi. Film ijodkorlari ham aynan şu ğoyani ekranga olib çiqişni maqsad qilgan: Peter Parker endi yolğiz harakat qiladigan, Nyu-York köçalaridagi jinoyatlarga qarşi kuraşuvçi qahramon sifatida tasvirlanadi. Suratga oliş işlari boşlanişidan avval Jon Bernthal va Mark Ruffalo Marvel Kino Olamidagi maşhur rollariga qaytişi tasdiqlangan. Bernthal yana Frank Castle / Punisher, Ruffalo esa Bruce Banner / Hulk obrazlarini gavdalantiradi va şu orqali film voqealarini MCU bilan yanada çambarças boğlaydi. Filmni suratga oliş işlari 2025-yil avgust oyida boşlanib, dekabr oyida yakunlangan. Taşqi sahnalar Şotlandiyaning Glazgo şahri hamda Angliyaning turli hududlarida tasvirga olingan. Maxsus dekoratsiyalar talab qiladigan içki sahnalar esa Angliyadagi Pinewood Studios pavilyonlarida suratga tuşirilgan. Bu studiya zamonaviy kino sanoatining eng maşhur maskanlaridan biri bölib, köplab Marvel va boşqa yirik blokbaster filmlar aynan şu yerda işlangan.

Spider-Man: Brand New Day filmining premyerasi 2026-yil 27-iyul kuni Los Angeles şahri Hollywood Dolby Theatreda bölib ötgan. Film 2026-yil 31-iyul kuni AQŞda ommaga taqdim qilingan hamda Marvel Kino Olamining (MKO)ning oltinçi fazasi tarkibiga kirgan. Tanqidçilar tomonidan asosan ijobiy baholangan. Film dunyo böylab 2.513 milliard AQŞ dollari miqdorida daromad töplab, daromad böyiça Spider-Man filmlari orasida hamda 2026-yilda ekranlarga çiqqan filmlar orasida esa eng yuqori daromad qilgan film bölgan. Şuningdek, u kino tarixidagi eng yuqori daromad qilgan uçinçi filmga aylangan.

3

Syujeti

Doctor Strangening sehrli afsuni butun insoniyat xotirasidan Peter Parker mavjudligini unuttirgaç, u…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
4

Rollarda

Tom Holland Peter Parker (Örgimçak-odam) rolida: Radioaktiv örgimçak çaqqanidan söng örgimçakka xos…
Örgimçak-odam: Yangi kun
Kadr: «Örgimçak-odam: Yangi kun»TMDB

Tom Holland Peter Parker (Örgimçak-odam) rolida: Radioaktiv örgimçak çaqqanidan söng örgimçakka xos qobiliyatlarga ega bölgan sobiq Qasoskor Peter Parker Örgimçak odam: Uyga yöl yöq filmi voqealaridan söng butunlay yangi hayot boşlaydi. Doctor Strangening sehri sababli butun dunyo uning kimligini unutadi va Parker jamiyat uçun nomaʼlum şaxsga aylanadi. Endilikda u Nyu-York şahrini köça jinoyatçilaridan himoya qilişni özining asosiy maqsadiga aylantiradi. Rejissyor Destin Daniel Crettonning taʼkidlaşiça, Parker endi bor eʼtiborini Örgimçak Odam bölişga qaratadi. Tom Holland esa uşbu rolni öziga xos çuqur hissiyotlarga boy ekanligini taʼkidlagan. Uning aytişiça, doimiy fidoyilik va öz manfaatlaridan voz keçiş Parkerning şaxsiy hayoti hamda soğliğiga salbiy taʼsir körsatadi. Film, şuningdek, Parkerning ösmirlik davridan kattalar hayotiga ötiş jarayonida özligini anglaş yölidagi izlanişlarini yoritadi. Holland bu obrazni talqin qilişda özining hayotiy tajribalaridan ham ilhomlangani aytiladi. Jinoyatçilikka qarşi tinimsiz kuraş va bir vaqtlar unga yaqin bölgan döstlarining usiz hayotlarini davom ettirayotganini köriş Parkerning qobiliyatlarida yangi özgarişlarni yuzaga keltiradi. Natijada u tanasidan tabiiy ravişda örgimçak töri işlab çiqariş qobiliyatiga ega böladi. Bu qobiliyat Sam Raimi rejissyorligida suratga olingan boş rolni Tobey Maguire ijro etgan Örgimçak Odam filmlaridagi qobiliyatiga öxşaşdir.

Zendaya Michelle Jones-Watson / MJ rolida: Parkerning sobiq sinfdoşi hamda sevgilisi. MJ hozirda Massachusetts texnologiya institutida (MIT) Ned Leeds bilan birga taqsil oladi. Filmda MJning yangi sevgilisi paydo bölişi Parkerning içki dunyosida hissiy ziddiyatlarga sabab böladi. Zendaya ssenariy mualliflari bilan hamkorlik qilib, MJ obrazining öziga xos xususiyatlari saqlab qolinişini, şu bilan birga qahramonning xarakteri yanada yetukroq tarzda rivojlantirilişini taʼminlagan. Bunga sabab, dastlabki ssenariy variantida uning fikriça, qahramonning xarakteri haddan taşqari oddiy edi.

Sadie Sink Jean Grey rolida: Telekinez, telepatiya hamda boşqa şaxs ongini egallaş kabi psionik qobiliyatlarga ega bölgan mutant bölib, Department of Damage Control tomonidan qölga olinadi va keyinçalik Spider-Manning raqibiga aylanadi. Film Jeanning kelib çiqiş tarixini komikslardagidan özgaça talqin qiladi. Filmda Jean öz qobiliyatlarini singlisi Sara bilan birgalikda asta-sekin rivojlantiradi. Bu talqin komikslardagi voqealardan farq qiladi. Komikslarda Jeanning qobiliyatlari avtohalokatdan keyin yuzaga kelgan posttravmatik stress oqibatida namoyon böladi.

Jacob Batalon Ned Leeds rolida: Parkerning MJ bilan hozirda MIT da taqsil olayotgan sobiq dösti. U Örgimçak odam ular yuqori maktabda öqib yurgan vaqtlari ularning hayotini saqlab qolgani uçun raxmat aytiş hamda kimligini biliş ilinjida „Spidey tracker“ degan ilova yaratadi. Batalonning taʼkidlaşiça, Ned va MJ har ikkisi ham tölaqonli va farovon hayot keçirayotgan bölsalar-da, içki hissiyotlarida göyoki nimadir yetişmayotgandek tuyğu saqlanib qolgan. Uning sözlariga köra, Ned tomonidan yaratilgan „Spidey tracker“ aynan Spider-Man bilan ular örtasidagi yöqolgan boğliqlik qayta topişga qaratilgan vosita hisoblanadi.

Jon Bernthal Frank Castle / Punisher rolida: Oilasining şafqatsizlarça öldirilişidan söng, jinoyatçilik olamiga qarşi har qanday vosita orqali, uning oqibatlari qançalik halokatli bölişidan qatʼi nazar, kuraşişni maqsad qilgan qahramon. Film Castle obrazining Disney+ platformasida namoyiş etilgan The Punisher: One Last Kill (2026) nomli maxsus televizion filmidagi voqealardan keyingi faoliyatini davom ettiradi. Mazkur maxsus film Brand New Day voqealari arafasida Frankning psixologik holatini yoritadi. Jon Bernthalning taʼkidlaşiça, film voqealari boşlanişiga kelib Castle deyarli insoniyatdan butunlay yuz ögirgan böladi. Castle yuk taşuvçi kemadan qayta yasalgan uy-qayiqda faoliyat yuritadi. Uşbu inşoot bir vaqtning özida boşqaruv markazi va xavfsiz boşpana vazifasini bajaradi. Prodyuser Kevin Feigening sözlariga köra, mazkur filmda qahramonning talqini uning avvalgi Marvel Kino Olamidagi (MKO) körinişlariga nisbatan öziga xos uslubiy ohang bilan ajralib turadi. Uning avvalgi MKO loyihalaridagi talqini zöravonlikka asoslangan harakatlariga köproq urğu bergan bölsa, uşbu filmning PG-13 reytingi bunday zöravonlikni xuddi şu darajada tasvirlaş imkonini bermaydi. Tom Hollandning aytişiça, suratga oliş jarayonida u va Jon Bernthal köplab sahnalarni improvizatsiya qilgan. Natijada Peter Parker va Frank Castle örtasidagi munosabatlar rivojlanib, dastlab özaro nafrat bilan boşlangan aloqalar keyinçalik „katta aka–kiçik uka“ uslubidagi raqobatga aylangan. Holland, şuningdek, Peter Parker va Frank Castle örtasidagi öxşaşlikni taʼkidlab, har ikkala qahramon ham „bir xil jarayonni boşdan keçirayotganini“ qayd etgan. Şu sababli Castle Peter Parker uçun murabbiylik rolini bajarib, unga murakkab ruhiy holatini yengib ötişda yordam beradi. Bundan taşqari, komikslarda tasvirlangan Castlening jangovor furgoni ilk bor ekranizatsiyalaştiriladi.

Tramell Tillman Bill Metzger rolida: Damage Control Departmenti (DCD) boşliği bölib, superqobiliyatlarga ega şaxslar faoliyatini nazorat qiladi. DCD obyektida sodir bölgan ommaviy qoçişdan söng, Metzger faqat Spider-Man sezişi mumkin bölgan va uning superqobiliyatlari tufayli öziga taʼsir qilmaydigan körinmas tahdidga qarşi kuraşişda Spider-Mandan yordam söraydi.

Florence Pugh Yelena Belova / Black Widow rolida: Red Roomda Black Widow bölişga tayyorlangan yangi qasoskorlar jamoasining aʼzosi.

Marisa Tomei May Parker rolida: Peterning xolasi. U filmda fleşbeklar orqali Peterning xotiralarida paydo böladi.

Mark Ruffalo Bruce Banner / Hulk rolida:Qasoskorlar jamoasining asosçilaridan biri bölgan buyuk olim. Bruce Banner gamma nurlanişi bilan boğliq hodisa natijasida jahli çiqqanda yoki kuçli hissiy bosim ostida qolganda ulkan, yaşil terili va favqulodda kuçga ega mavjudotga aylanadi. Hozirda Banner Empire State Universitetida (ESU) kvant mexanikasi böyiça professor lavozimida işlaydi. Peter Parker öz superqobiliyatlaridagi ğayrioddiy özgarişlarni tuşuniş uçun uning yordamiga murojaat qiladi. Özidagi gamma nurlanişini nazorat qiliş maqsadida Banner maxsus inhibitor texnologiyasidan foydalanadi, bu esa unga inson qiyofasini saqlab qoliş imkonini beradi. Uşbu qurilma ilk bor Shang-Chi and the Legend of the Ten Rings filmida namoyon bölgan va keyinçalik She-Hulk: Attorney at Law serialida uning vazifasi hamda işlaş mexanizmi batafsil tuşuntirilgan. Avengers: Endgame filmida Banner öz şaxsiyatining ikki tomonini (Bruce Benner va Hulk) muvaffaqiyatli birlaştirib, „Smart Hulk“ qiyofasiga erişganidan söng, Brand New Day filmida u yana boşqarib bölmaydigan va vayronkor „Savage Hulk“ şaxsiyatiga qaytadi. Uşbu qiyofa oxirgi marta Avengers: Infinity War filmida namoyon bölgan edi.

Bundan taşqari, Michael Mando Mac Gargan / Scorpion rolidani ijro etgan. Çayonga öxşaş mexanik dum bilan jihozlangan zirhli jangovar kostyumdan foydalanadigan jinoyatçi. U avvalroq Örgimçak Odam tomonidan qölga olinib, Örgimçak Odam: Uyga qaytiş voqealaridan söng hibsga olingan. Zabryna Guevara esa MCU teleseriali Daredevil: Born Again (2025–hozirgaça)dagi Sheila Rivera roliga yana qaytadi. Uşbu filmda u New York meri sifatida gavdalanadi. Liza Colón-Zayas detektiv Jean DeWolff rolini gavdalantiradi. Marvin Jones III albinizmga ega, terisi deyarli şikastlanmaydigan va ğayriinsoniy kuçga ega bölgan jinoyat yetakçisi Lonnie Lincoln / Tombstone rolini ijro etadi. U avvalroq uşbu qahramonning boşqa talqiniga Spider-Man: Into the Spider-Verse (2018) animatsion filmida ovoz bergan edi. Eman Esfandi MJning yangi sevgilisi obrazida paydo böladi. Olivia Booth-Ford Jeanning undan katta, özi kabi mutant bölgan va ayni psionik qobiliyatlarga ega opasi Sara Greyni ijro etadi. Shannon Young Cho ESUdagi Bannerning talabalaridan biri bölgan Cindy rolini ijro etadi. Billy Clements kiborg superyovuz qahramon Ramrod obrazini gavdalantiradi, Naomi Watts esa Parkerning sunʼiy intellekt yordamçisi E.V. ga ovoz beradi. Keith David Peter tomoşa qiladigan örgimçaklar haqidagi tabiatşunoslik hujjatli filmida hikoyaçiga ovoz beradi. Filmda, şuningdek, Boomerang, Tarantula, hamda the Hand taşkiloti ham iştirok etadi. Kaskadyor va jang sanʼati ustasi Fan Xiaoşuang the Hand taşkilotining yetakçisi rolini ijro etadi. Pat Kiernan filmda reporyor bo libözining hayotdagi obrazini gavdalantiradi. Tony Revolori va Martin Starr esa MKO qahramonlari Flash Thompson hamda Roger Harrington sifatida fotosuratlar orqali namoyon böladi.

6

Franşiza tartibida

30 film
7

Barça yangiliklar

2
8

Öxşaş filmlar

Matn: maqola «Oʻrgimchak-odam: Yangi kun» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.