⌕
aktyor · rejissyor · prodyuser

Scarlett Johansson

Scarlett Ingrid Johansson (talaffuzi: Skarlett IIngrid Yohansson; 1984-yil 22-noyabrda tuğilgan) – amerikalik aktrisa va qöşiqçi. 2021-yilda Time jurnalining jahondagi 100 nafar eng nufuzli şaxs röyxatiga kiritilgan. Uning iştirokidagi filmlar umumjahon böylab kinoprokatlarda $14,3 milliard işlab topgan. Köplab yutuqlarga, jumladan, Tony va BAFTAga sazovor bölgan.

Johansson Nyu-York şahrining Manhattan borosida tuğilib ösgan. Bolaligida aktrisa bölişni orzu qilgan. Kinodagi debyutini North (1994) nomli kinokomediya bilan boşlagan. Manny & Lo (1996), The Horse Whisperer (1998) va Ghost World (2001) filmlaridagi rollari unga şuhrat keltirgan. Lost in Translation (2003) filmidagi roli ortidan „Eng yaxşi aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA bilan taqdirlangan. Keyinçalik, Girl with a Pearl Earring (2003), A Love Song for Bobby Long (2004), Matç Point (2005), The Prestige (2006) va Vicky Cristina Barcelona (2008) kabi kinokartinalarda suratga tuşgan. Bundan taşqari, Johanssonning Anywhere I Lay My Head (2008) va Break Up (2009) albomlari Billboard 200 xit-paradidan örin olgan.

Johansson OAVda Hollywoodning seks-ramzi va jahondagi eng dilbar ayollardan biri sifatida izzatlangan. Filantrop ölaroq bir neça xayriya loyihalarida qatnaşgan. 2008-yilda kanadalik aktyor Ryan Reynolds bilan turmuş qurib, 2011-yilda ajraşgan; 2014-yilda fransiyalik biznesmen Romain Dauriac bilan turmuş qurib, 2017-yilda ajraşgan; 2020-yilda qiziqçi Colin Jost bilan turmuş qurgan.

1

Hayoti

Scarlett Johansson 1984-yilning 22-noyabrida Nyu-York şahrida tavallud topgan. Otasi Karsten Johansson…

Scarlett Johansson 1984-yilning 22-noyabrida Nyu-York şahrida tavallud topgan. Otasi Karsten Johansson meʼmor, onasi Melanie Sloan esa prodyuser bölib işlagan. Scarlettning bir opasi (Vanessa), ikki ukasi (Adrian va Hunter) bor.

2

Studiyaviy albomlari

Anywhere I Lay My Head…

Anywhere I Lay My Head (2008)

Break Up (2009).

3

Mini-albomlari

Rhapsody Originals…

Rhapsody Originals (2008)

Live Session (2008)

Live at KCRW.com (2009)

Apart (2018).

4

Filmografiya

35

Matn: maqola «Scarlett Johansson» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Foto: Harald Krichel / CC BY-SA 4.0 / Wikimedia Commons.